Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018 04.06.1997 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.06.1997 yildagi 282-son
Date of entry into force
04.06.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“HUNARMAND” XALQ HUNARMANDLARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyundagi PQ-3068-son va ““Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3393-son qarorlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasi “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi huzurida tashkil etilganligi va uning tarkibiga kirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasining raisi lavozimiga koʻra “Musavvir” markazi bosh direktorining oʻrinbosari hisoblanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar tomonidan “Hunarmand” uyushmasining konferensiyasi oʻtkazilganligi, uning raisi saylanganligi va Ustavi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq va uning xodimlarining cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 22 kishidan iborat boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasining hududiy boʻlimlari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Musavvir” markazining bosh direktori va “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarining rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari taqdimnomasiga koʻra “Hunarmand” uyushmasining raisi tomonidan tayinlanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasi va uning hududiy boʻlimlari apparatini mablagʻ bilan taʼminlash uyushmaning oʻz tadbirkorlik faoliyati va uning aʼzolari badallari hisobiga tashkil topadigan mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Hunarmand” uyushmasi “Hunarmand” uyushmasining hududiy boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni 10 kun muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 1997-yil 31-martdagi 1741-son Farmonda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari berish tartibini 20 kun muddatda ishlab chiqsinlar va uni hududiy boʻlimlarga yetkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalari, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi “Hunarmand” uyushmasining xomashyo, moddiy va boshqa resurslar ajratish haqidagi buyurtmanomalarini bir oy muddatda koʻrib chiqsinlar. Zaruriyat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Hunardmand” uyushmasi, “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 3 oy muddatda yetakchi xalq ustalari huzurida xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼati ustalarini tayyorlash boʻyicha yakka tartibdagi shogirdlar maktablarini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi “Musavvir” markaziga “Neksiya” rusumli 2 ta yengil avtomobil, shu jumladan bittasini “Hunarmand” uyushmasi uchun ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazini va “Hunarmand” uyushmasini hukumat hamda shahar telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Musavvir” ilmiy-ishlab chiqarish markazi va “Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi Toshkent shahar, Fani Mavlonov koʻchasidagi 18-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 4-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
282-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 4-iyundagi 282-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” xalq hunarmandlari uyushmasi ijro etuvchi apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 4-iyundagi 282-son-qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” xalq hunarmandlari hududiy boʻlimlari ijro etuvchi apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.‎

Boʻlim rahbari‎

2.‎

Moddiy-texnika taʼminoti boʻyicha yetakchi mutaxassis‎

3.‎

Katta sanʼatshunos‎

4.‎

Marketing boʻyicha yetakchi mutaxassis‎

5.‎

Buxgalter—xazinachi
‎‎
Hududiy boʻlimlar xodimlari soni:
‎‎
Qoraqalpogʻiston respublikasi‎‎ — 5 kishi‎ ‎
Andijon viloyati, Andijon shahri‎

— 5 kishi‎

Buxoro viloyati, Buxoro shahri‎

—‎ 7 kishi

Jizzax viloyati, Jizzax shahri‎

—‎ 4 kishi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri‎

— 5 kishi‎

Navoiy viloyati, Navoiy shahri‎

—‎ 4 kishi

Namangan viloyati, Namangan shahri‎

— 4 kishi‎

Samarqand viloyati, Samarqand shahri‎

— 8 kishi‎

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri‎

— 4 kishi‎

Sirdaryo viloyati, Guliston shahri‎

— 4 kishi‎

Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri‎

— 8 kishi‎

Xorazm viloyati, Xiva shahri‎

— 7 kishi‎

Toshkent viloyati va Toshkent shahri‎

— 5 kishi‎

Jami:‎

— 70 kishi‎