Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3114-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 9-fevraldagi 5-mh-sonli “Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3773, 11.02.2026-y.) asosan 2026-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/18/3114/2423-son) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-fevral,
3-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 27-fevraldagi 3-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. 7-bandning uchinchi xatboshisi “pasporti” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Suhbat savollari quyidagi sohalar boʻyicha tuziladi:
davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish;
fuqarolik huquqi;
notariat.
Savollar komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
“261. Savollar talabgor tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar komissiya masʼul kotibi tomonidan printerda chop etiladi va talabgorga taqdim qilinadi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 10/21/3114-2/0168-son)