19.02.2021 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.02.2021 yildagi 84-son
Date of entry into force
20.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada yogʻoch va yogʻochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash, mebel sanoatida yogʻoch mahsulotlari xomashyosiga boʻlgan ehtiyojni qondirish, ularni import qilish hajmini kamaytirish, shuningdek, mebel va yogʻochsozlik sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining respublikada yogʻochsozlik sohasining xomashyo bazasini mustahkamlash, mebel sanoatining barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish va shu orqali yogʻoch importi hajmini kamaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yogʻochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2021-yil 10-martdan boshlab oʻrmon xoʻjaliklari va koʻchat yetkazib beruvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga zarur koʻchat ekish materiallari belgilangan tartibda shartnoma asosida yetkazib berilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi bilan birgalikda 2021-yil 20-martga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mebel va yogʻochsozlik sanoati tashkilotlarining yogʻoch xomashyosiga boʻlgan oʻrtacha yillik talabini oʻrganib chiqib, sohada import ulushini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch va boshqa daraxtlar turlarini ishlatish imkoniyatlarini xorijiy tajribani inobatga olgan holda hamda ishlab chiqaruvchilarga mahsulotni yetishtirish muddati va hajmlaridan kelib chiqib, tahlillar asosida ishlab chiqaruvchilar roʻyxati, talab etiladigan yogʻoch xomashyosi hajmi, mos ravishda ajratiladigan yer maydonlari boʻyicha roʻyxatni shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini yaratish, undan mebel va yogʻochsozlik sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalanish bilan bogʻliq muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga belgilangan tartibda takliflarni taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tez oʻsuvchi va sanoatbop pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-avgustdagi 520-son qarorining 1-bandiga muvofiq respublika boʻyicha tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil qilish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda klaster shaklida pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etish uchun mebel va yogʻochsozlik sanoati tashkilotlariga zaxiradagi va foydalanishdan chiqqan yerlardan belgilangan tartibda kamida 50 gektardan ajratish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 19-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 84-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ChORA-TADBIRLARI REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Oʻrmon xoʻjaliklari va koʻchat yetkazib beruvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga zarur koʻchat ekish materiallari belgilangan tartibda shartnoma asosida yetkazib berilishini taʼminlash.

2021-yil 10-martdan boshlab

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmo� xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Mebel va yogʻochsozlik sanoati tashkilotlarining yogʻoch xomashyosiga boʻlgan oʻrtacha yillik talabini oʻrganib chiqib, sohada import ulushini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritish.

2021-yil 20-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi

3.

Mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch va boshqa daraxtlar turlarini ishlatish imkoniyatlarini xorijiy tajribani inobatga olgan holda hamda ishlab chiqaruvchilarga mahsulotni yetishtirish muddati va hajmlaridan kelib chiqib, tahlillar asosida ishlab chiqaruvchilar roʻyxati, talab etiladigan yogʻoch xomashyosi hajmi, mos ravishda ajratiladigan yer maydonlari boʻyicha roʻyxatni shakllantirish.

2021-yil 20-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi

4.

Pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini yaratish, undan mebel va yogʻochsozlik sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalanish bilan bogʻliq muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga belgilangan tartibda takliflarni taqdim etish.

2021-yil 20-mart

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi bilan birgalikda klaster shaklida pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etish uchun mebel va yogʻochsozlik sanoati tashkilotlariga zaxiradagi va foydalanishdan chiqqan yerlardan belgilangan tartibda kamida 50 gektardan ajratish.

2021-yil 25-mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi

6.

Pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalari tashkil etilgan hududlarni xatlovdan oʻtkazish va elektron xaritalarga joylashtirish.

2021 — 2024-yillar har yili dekabr

“Oʻzdaverloyiha” instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida pavlovniya daraxt turini ishlatish imkoniyatla�ini ilmiy asosda oʻrganib chiqish, ilmiy tavsiyalar berish hamda ishlab chiqarishga joriy etish.

2021-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi

8.

Pavlovniya va boshqa daraxtlar koʻchatlarining muvofiqlik sertifikatlari va nav guvohnomalarini ishlab chiqish hamda sotish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

9.

Yogʻochsozlik va mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalanish bilan bogʻliq muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Loyihalar tanlovi eʼlon qilingan muddatlarda

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi

10.

Shakllantirilgan roʻyxatdan kelib chiqqan holda kelgusida tashkil etiladigan pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch plantatsiyalari hisobidan talab etiladigan yogʻoch xomashyosini yetkazib berish.

Ehtiyojdan kelib chiqqan holda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2021-y., 09/21/84/0129-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 09/21/442/0672-son)