28.01.2021 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.01.2021 yildagi 40-son
Date of entry into force
29.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish ishlarini amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan qurilish chiqindilaridan takror foydalanish, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yoʻnaltirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirishga doir asosiy talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini yigʻish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanilishi, utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi yoki mazkur chiqindilarni toʻplash, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga topshirilishi (berilishi), realizatsiya qilinishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan yoki qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan xavfsiz tarzda koʻmilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil boʻlish obyekti joylashgan hududda (tuman yoki shahar) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yoʻnaltirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan yoki ulardan takroriy foydalanishga talab boʻlmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindi poligonlari mavjud boʻlmagan hududlarda maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi binolar va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash yoki buzish ishlarida (keyingi oʻrinlarda — qurilish ishlari) loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari hajmlarini va ularni toʻplash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish nazarda tutilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-mayga qadar qurilish chiqindi poligonlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qurish va jihozlash boʻyicha 2022-2023-yillarga moʻljallangan manzilli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlarida hosil boʻladigan qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va poligonlarga joylashtirish hamda ularning hisobini yuritish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish ishlari amalga oshirilishida hosil boʻlgan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarga tashlaganligi uchun tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 28-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-yanvardagi 40-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, shuningdek, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil boʻladigan tashkilotlar (qurilish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va buzish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar), shuningdek, qurilish chiqindilarini toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi barcha yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom talabi aholi tomonidan qurilish ishlari olib borilishida hosil boʻluvchi qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilari — bino va inshootlar, shu jumladan yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini hamda ishlab chiqarish obyektlarini qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash, obodonlashtirish hamda buzish ishlarini amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan chiqindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi chiqaruvchilar — xoʻjalik faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil qiladigan (qurilish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va buzish kabi ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar) yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini tashuvchilar — qurilish chiqindilarini tashish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyekti — qurilish, rekonstruksiya yoki montaj qilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va buzish ishlari olib boriladigan qurilish maydonchasi, ishlab chiqarish uchastkasi, bino va inshootlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga doir asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yoʻnaltirilishi yoki mazkur chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi boshqa yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga topshirilishi (berilishi), realizatsiya qilinishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan yoki qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan xavfsiz tarzda koʻmilishi taʼminlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Qurilish obyektlarida qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va maxsus poligonlarga joylashtirish bilan bogʻliq ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Qurilish chiqindilari monitoringi elektron platformasi orqali real vaqt rejimida nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya vazirligining hududiy organlari qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarning elektron platforma orqali boshqarilishini taʼminlaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qurilish chiqindilari turlari takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil boʻlish obyekti joylashgan hududda (tuman yoki shahar) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan taqdirda, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashga yoʻnaltirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega boʻlgan tashkilotlar mavjud boʻlmaganligi sababli yoki ulardan takroriy foydalanishga talab boʻlmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindilari poligonlari mavjud boʻlmagan hududlarda maishiy chiqindilari poligonlariga (keyingi oʻrinlarda — chiqindi poligoni) joylashtirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilish chiqindilari mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilinishini, qayta ishlanishini yoki takroriy foydalanilishini taʼminlash imkoniyatiga ega boʻlmagan chiqindi chiqaruvchilar qurilish chiqindilarini topshirish (berish) yoki realizatsiya qilish yuzasidan mazkur chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar, yoxud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnomaga ega boʻlishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish xarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutiladi hamda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning qurilishi, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilinishi, taʼmirlanishi, obodonlashtirish ishlari, shuningdek, boshqa maxsus ishlar qiymatiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayoni har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyekti boʻyicha qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilovchi texnik hujjatda (keyingi oʻrinlarda — texnik hujjat) belgilab qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Texnik hujjat chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasiga ilova qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Texnik hujjatda qurilish chiqindilarining hosil boʻlishidan boshlab ulardan takroriy foydalanish yoki koʻmilishigacha boʻlgan barcha jarayonlar boʻyicha toʻliq va ishonchli maʼlumotlar qayd etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjatda qurilish chiqindilarini ikkilamchi xomashyo yoki ikkilamchi mahsulot sifatida imkon qadar koʻproq xoʻjalik ishlab chiqarishi aylanmasiga jalb qilish uchun ulardan takror foydalanish, shuningdek, utilizatsiya qilish va qayta ishlashning eng samarali yoʻnalishlari hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Texnik hujjatda qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha aks ettirilgan barcha talablar chiqindi chiqaruvchilar, shuningdek, ular tomonidan jalb etiladigan pudratchilar uchun ham ularga rioya etilishi majburiy ekanligi belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qurilish chiqindilarini toʻplash va vaqtincha saqlashga doir asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Takroriy foydalanishga va qayta ishlashga yaroqli qurilish chiqindilarini toʻplash ular hosil boʻladigan obyektlarda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq, foydalanishning yagona yoʻnalishiga ega boʻlgan pozitsiyalar boʻyicha (2-ilovaga kiritilmagan boshqa qurilish chiqindilari ularning kelib chiqishi, agregat holati, xavflilik sinfi va foydalanish imkoniyatlariga koʻra) alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qurilish chiqindilarini toʻplash ular xavflilik sinfi boʻyicha alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyektlarida qurilish chiqindilarini faqat maxsus ajratilgan (shu jumladan jihozlangan) maydonchalarda (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha saqlash joylari) vaqtincha saqlashga (toʻplash, joylashtirish) yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlashning (toʻplash, joylashtirishning) cheklangan muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtincha saqlash joylarining oʻlchami (maydoni) hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda har 1 m2 ga toʻgʻri keladigan qurilish chiqindilar miqdorining hisobi 3 tonnadan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash joylari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyektlarining hududida yoki unga bevosita yaqin boʻlgan chiqindi chiqaruvchi tomonidan ushbu maqsadda foydalanish uchun ijara yoki boshqa huquqiy asoslarda foydalanishga olingan uchastkada joylashgan boʻlishi, shuningdek, turar joy binolarining derazalari, taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari, dam olish joylari uchastkalarining chegarasidan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus transport vositalari, mashina va mexanizmlarning erkin harakatlanishi hisobga olingan holda joylashtirilishi hamda atrofi perimetri boʻylab (kirish yoʻlidan tashqari) vaqtinchalik himoya vositalari bilan oʻralgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta ishlanadigan va takroriy foydalaniladigan chiqindilarni saqlashda yogʻingarchilik va shamol taʼsiridan himoyalangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish yoʻli va tungi tashqi yoritish tizimiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproq qatlami qurilish chiqindilari bilan ifloslanishining oldi olinishini taʼminlaydigan (suv oʻtkazmaydigan, asfalt, beton) qoplamaga ega boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vaqtincha saqlash joylarida qurilish chiqindilarini saqlash (toʻplash, joylashtirish) ishlarini tashkil etishda alohida saralab (ajratib) toʻplangan chiqindilar ularni olib chiqib ketish (tashish) uchun yuklash ishlari amalga oshirilishida maxsus transport vositalari, mashina va mexanizmlarga xalaqit bermasligini hisobga olish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yirik gabaritli qurilish chiqindilarini saqlashda (toʻplashda, joylashtirishda) sigʻimi 2 m3 dan yuqori boʻlgan idishlar (yirik gabaritli konteynerlar, sigʻimlar) yoki multilift tizimi bilan jihozlangan maxsus avtotransport vositalari yordamida tashiladigan konteynerlardan (almashadigan kuzovlardan) foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash ularning xavflilik sinfiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsiz qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli qurilish chiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar sogʻligʻi hamda atrof muhitga zararli taʼsiridan muhofaza qilishni taʼminlovchi boshqa idishlarda (sigʻimlarda) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Chiqindi chiqaruvchilar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobni yuritish qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda olib boriladi va ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv taloni (keyingi oʻrinlarda — kuzatuv taloni) ilova qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobi boʻyicha maʼlumotlar va ular bilan bogʻliq buxgalteriya hujjatlari uch yil davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qurilish chiqindilarini tashishga doir asosiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qurilish chiqindilari hosil boʻlish obyektlari va vaqtincha saqlash joylaridan chiqindilarni olib chiqib ketish chiqindi chiqaruvchilar tomonidan (oʻz texnik imkoniyatlariga koʻra) yoki shartnoma asosida mazkur chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi, yoxud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilarini tashuvchilar mazkur xizmatlarni koʻrsatish uchun qurilish chiqindilarini toʻplash, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshirishni (realizatsiya qilishni) yoxud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar bilan chiqindilarni joylashtirishni tasdiqlovchi hujjatga (shartnomaga) ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xavfli yuk sifatida tasniflangan chiqindilarni tashish xavfli yuklarni tashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qurilish chiqindilarini tashib borish manzili (zaruratga koʻra yoʻnalish chizmasi) chiqindi chiqaruvchi tomonidan kuzatuv talonida belgilab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qurilish chiqindilarini tashish uchun transport vositasini yoʻnalishga chiqarishda haydovchining yonida ikki nusxadagi kuzatuv taloni va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa hujjatlar boʻlishi zarur.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish uchun agʻdarma, bortli yoki multilift tizimi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qurilish chiqindilarini ochiq kuzovli transport vositalarida tashish, ularning usti chiqindilarning shamolga uchishi va tushib qolishining (sochilib ketishining) oldini oluvchi brezent yoki boshqa materiallar bilan yopilgan holda amalga oshiriladi (yirik gabaritli qurilish chiqindilarini tashish bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda brezent oʻrniga mustahkam, suv oʻtkazmaydigan va yongʻinga chidamli boʻlgan materiallardan foydalanishga ruxsat beriladi. Brezent bortni har tomonidan 200+50 mmdan kam boʻlmagan holda yopishi hamda mahkamlovchi moslamalar bilan qotirilishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qurilish chiqindilari tashuvchilar quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuk tashishga boʻlgan umumiy talablarga rioya qilish;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini belgilangan manzilga (obyektga) oʻz vaqtida tashilishini taʼminlash va bunda tegishli manzilga (obyektga) olib boruvchi yoʻnalish chizmasiga (agar mavjud boʻlsa) rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv talonini mazkur chiqindilarni qabul qilib oluvchilardan tasdiqlatib olish va uning bir nusxasini qurilish chiqindilari tashilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay chiqindi chiqaruvchilarga topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qurilish chiqindilarini tashuvchilar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish chiqindi chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Qurilish chiqindilarini chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish (qabul qilish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Chiqindi poligoni hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan transport vositalari kirish/chiqish punktida maxsus nazorat-dezinfeksiya hududidan (hovuzdan) oʻtishi, ogʻirligi tarozida (yuk bilan va yuksiz) tortilishi, shuningdek, bu tovar-transport hujjatlarida (yoʻl varaqalari) hamda tegishli qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda qayd etib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qurilish chiqindilarini qabul qiluvchi chiqindi poligonining masʼul xodimi kuzatuv talonida mazkur chiqindi turini, haqiqatda qabul qilingan (topshirilgan) chiqindi miqdorini koʻrsatgan holda uni tasdiqlab berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kuzatuv talonining bir nusxasi qurilish chiqindilarini qabul qiluvchida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qurilish chiqindilarini (beton, sheben va gʻisht boʻlaklari, qum, tuproq) maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilishda foydalanish uchun qabul qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Atrof muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda atrof muhit chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish choralari koʻrilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qurilish chiqindilarini aholi punktlari yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarga tashlash va koʻmish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasini yuritish Ekologiya vazirligining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasini yuritish faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqatda hosil boʻlgan, takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yoki koʻmishga yoʻnaltirilgan qurilish chiqindilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish, yuritish va yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik hujjatda koʻrsatilgan maʼlumotlarni qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiqindi chiqaruvchilardan ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllar boʻyicha maʼlumot va tasdiqnomalarni qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasi asosida hisobot tayyorlash va Ekologiya vazirligiga taqdim etib borish;
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy holatni tahlil qilish va kelgusida qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi prognozlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish, qayta ishlash, joylashtirish va boshqa obyektlarni tashkil etish, ularni rivojlantirish yoki modernizatsiya qilish, shuningdek, qurilish chiqindilarining ikkilamchi mahsulotlarini xoʻjalik ishlab chiqarish aylanmasiga jalb qilish tizimi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik hujjatga amalda rioya etilishi (bajarilishi) ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Chiqindi chiqaruvchilar ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnoma olish uchun chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlarga rasmiy ravishda murojaat qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlar chiqindi chiqaruvchilar murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnomani tayyorlaydilar va chiqindi chiqaruvchilarga taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Chiqindi chiqaruvchi tashkilotlar har oydan keyingi oyning 5 sanasigacha ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllarda bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash, obodonlashtirish, shuningdek, buzish ishlari boshlanishidan tugallanib obyektlar belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgunga qadar qurilish chiqindilari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni Ekologiya vazirligining hududiy organlari xodimlari yordamida Qurilish chiqindilari monitoringi elektron platformasiga kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyekti boʻyicha qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga, shuningdek, koʻmishga yoʻnaltirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar toʻgʻrisida tasdiqnoma.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ekologiya vazirligining hududiy organlari taqdim etilgan maʼlumot va tasdiqnomalarni qabul qilib olgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida undagi maʼlumotlarni tahlil qiladi va ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilganligini tekshiradi hamda xato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, undagi maʼlumotlarni qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumot va tasdiqnomalarda xato va kamchiliklar aniqlangan hollarda Ekologiya vazirligining hududiy organlari bu haqida xabar qabul qilib olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda uni taqdim etgan tashkilotni xabardor qiladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumot va tasdiqnomani taqdim etuvchi tashkilot aniqlangan kamchiliklarni oʻn ish kuni mobaynida bartaraf qilib qayta taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ushbu Nizomga muvofiq maʼlumot va tasdiqnomalarni taqdim etmaslik chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ekologiya vazirligining hududiy organlari qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish doirasida atrof muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini taʼminlaydilar.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologik nazorati amalga oshirilganda chiqindi chiqaruvchilar tomonidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning talabi boʻyicha vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar boʻyicha birlamchi hisob hujjatlari taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Yuridik va jismoniy shaxslar chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar va atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash usullariga muvofiq yoki ular mavjud boʻlmagan taqdirda, yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foydani hisobga olgan holda atrof muhitning buzilgan holatini tiklash uchun qilinadigan haqiqiy xarajatlar miqdoridan kelib chiqib qoplashi shart.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishi ularni qonun buzilishi va uning oqibatlarini bartaraf etish, fuqarolar sogʻligi va mulkiga, shuningdek, atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Amalga oshirish muddatlari

1-bosqich

Xoʻjalik faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil qiladigan yuridik shaxslar

1. Har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyekti boʻyicha qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilovchi texnik hujjatni ishlab chiqadi.

1. Atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasini ishlab chiqish jarayonida.

2. Texnik hujjatni atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyihasiga ilova qilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi.

2. Moʻljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan xoʻjalik faoliyati va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar.

2-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

Texnik hujjatga muvofiq qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish xarajatlarini qurilish loyiha-smeta hujjatlariga kiritadi.

Qurilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida

3-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

Qurilish chiqindilarini toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yoxud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar bilan chiqindilarni topshirish (realizatsiya qilish) yoki olib chiqib ketishga shartnoma tuzadi.

Qurilish ishlari davrida

4-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

1. Qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyektida:

takroriy foydalanishga va qayta ishlashga yaroqli qurilish chiqindilarini alohida saralangan (ajratilgan) holda toʻplaydi;

koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qurilish chiqindilarini ularning xavflilik sinfi boʻyicha alohida saralangan (ajratilgan) holda toʻplaydi.

1. Qurilish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash, obodonlashtirish va buzish ishlari davrida.

2. Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlaydi.

2. Oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda.

3. Qurilish chiqindilari olib chiqib ketilishini tashkil etadi.

3. Qurilish ishlari davrida.

4. Vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobini yuritadi.

4. Qurilish ishlari davrida.

5-bosqich

Qurilish chiqindilarini tashuvchilar

1. Qurilish chiqindilarini toʻplash, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshirish (realizatsiya qilishni) yoxud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar bilan chiqindilarni joylashtirish uchun shartnoma tuzadi.

1. Zaruratga koʻra yoki qurilish ishlari davrida.

2. Qurilish chiqindilarini shartnoma, yoʻnalish chizmasi yoki qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonida belgilangan manzilga (obyektga) oʻz vaqtida tashilishini taʼminlaydi.

2. Belgilangan muddatlarda.

3. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonini mazkur chiqindilarni qabul qilib oluvchilardan tasdiqlatadi va uning bir nusxasini chiqindi chiqaruvchilarga topshiradi.

3. Qurilish chiqindilari tashilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay.

6-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

1. Qurilish chiqindilarini tashuvchilar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.

2. Qurilish chiqindilarini qabul qilib oluvchilarga topshirishning hisobini yuritadi.

Qurilish ishlari davrida

7-bosqich

Qurilish chiqindilarini joylashtirish uchun maxsus ajratilgan obyektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar

1. Chiqindi poligoni hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan transport vositalari ogʻirligini kirish/chiqish punktida tarozida tortilishini (yuk bilan va yuksiz) taʼminlaydi.

2. Qabul qilib olingan yuk haqidagi maʼlumotlarni tovar-transport hujjatlari (yoʻl varaqalari)da hamda tegishli qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda qayd etib boradi.

3. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonida mazkur chiqindi turini haqiqatda qabul qilib olingan chiqindi miqdorini koʻrsatgan holda tasdiqlaydi.

4. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonining bir nusxasini qurilish chiqindilarini tashuvchilarga topshiradi va ikkinchi nusxasini oʻzida saqlaydi.

Qurilish chiqindilarini qabul qilib olish jarayonida

8-bosqich

1. Chiqindi chiqaruvchilar

1. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnoma olish uchun chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlarga rasmiy ravishda murojaat qiladi.

1. Qurilish ishlari yakuniga koʻra.

2. Chiqindilarni qabul qilib oluvchilar

2. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnomani tayyorlaydi va chiqindi chiqaruvchilarga taqdim etadi.

2. Chiqindi chiqaruvchilar murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.

3. Chiqindi chiqaruvchilar

3. Ekologiya vazirligining hududiy organlariga ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllarda:

har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyekti boʻyicha qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga, shuningdek, koʻmishga yoʻnaltirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;

shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etadi.

3. Qurilish ishlari tugallanganidan soʻng, obyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga topshirguniga qadar (kamida besh ish kun oldin).

9-bosqich

Ekologiya vazirligining hududiy organlari

1. Chiqindi chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va tasdiqnomalardagi maʼlumotlarni tahlil qilish, mazkur tartibga muvofiq ishlab chiqilganligini tekshirish hamda xato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, undagi maʼlumotlarni qurilish chiqindilarining maʼlumotlar bazasiga kiritadi.

1. Besh ish kuni mobaynida.

2. Maʼlumot va tasdiqnomalarda xato va kamchiliklar aniqlanganda asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda uni taqdim etgan tashkilotni xabardor qiladi.

2. Besh ish kuni mobaynida

10-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar

Maʼlumot va tasdiqnomalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, Ekologiya vazirligining hududiy organlariga qayta taqdim etadi.

Oʻn ish kuni mobaynida

11-bosqich

Ekologiya vazirligining hududiy organlari

Maʼlumot va tasdiqnomalarni taqdim etmagan chiqindi chiqaruvchilarga nisbatan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.

Zaruratga koʻra

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkilamchi xomashyo hisoblangan chiqindilar nomenklaturasi va ulardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kichik guruh

Chiqindilar pozitsiyasining nomi (roʻyxati)

Foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari (utilizatsiya qilish va qayta ishlash mahsuloti)

1. Organik asosli chiqindilar guruhi

Yogʻoch chiqindilar

yogʻoch materiallar va konstruksiyalar, yogʻoch issiqlik izolyatsiyasi materiallari, taxta, DSP, fanera, DVP, MDF, yogʻoch taralar va boshqalar

yogʻoch materiallar, shu jumladan, murakkab profilli, namga chidamli va boshqalar, arbolit, issiqlik izolyatsiyasi, shovqin izolyatsiyasi

Qogʻoz va karton chiqindilar

gulqogʻozlar, qogʻoz qadoqlash idishlari, karton taralar va boshqalar

issiqlik izolyatsiyasi aralashmalari, tom yopish materiallari

2. Mineral asosli chiqindilar guruhi

Tabiiy tosh chiqindilari

qoplama plita boʻlaklari (parchalari, siniqlari);

siniqsimon plitalar, mozaykali qoplama plitalar

toshga ishlov berishdan hosil boʻluvchi shlam (kukunsimon)

shpatlyovka, suvoq, sunʼiy tosh, tashqi dekorativ qoplamalar

bruschatka, tosh yotqizilgan yoʻllar va boshqa tabiiy tosh chiqindilari

sheben (maydalangan tosh)

Beton va qurilish aralashmalari chiqindilari

Temir-beton va boshqa ogʻir beton chiqindilari

sheben (maydalangan tosh)

yengil beton chiqindilari, gʻovak beton chiqindilari, fibrolitli, arbolitli beton chiqindilari, suvoq aralashmalarining quruq chiqindilari

devor bloklarini ishlab chiqarish va monolit quyma uchun kukunsimon toʻldirgichlar

Mineral bogʻlovchi materiallar chiqindilari

gipsli material chiqindilari (toʻsiq panellari va plitalari, gipsokarton, vent-bloklar), silikatli material chiqindilari (gʻisht, gʻovakli materiallar), ohakli chiqindilar (ohak-qum, ohak-kukun, ohak-kul)

devor bloklarini ishlab chiqarish va monolit quyma uchun kukunsimon toʻldirgichlar

Asbest-sement chiqindilar

tom yopish listlari, tashqi qoplama panellari, quvurlar, ventkoobkalar, elektrotexnika doskalari

olovga chidamli devor bloklarini ishlab chiqarish uchun toʻldirgichlar

Shisha va unga tenglashtirilgan chiqindilar

shisha siniqlari, koʻpikli shisha chiqindilari, shisha mato chiqindilari, perlit va vermikulit mahsulot chiqindilari, gʻisht, santexkeramik, fayans va keramikli plitka boʻlaklari (parchalari, siniqlari)

avtoklavsiz koʻpikli beton bloklarini ishlab chiqarish uchun kukunsimon xomashyo, monolit ishlab chiqarish

Keramik chiqindilar

press-kukun, shliker quyish uchun qorishma, olovga chidamli suvoq uchun qoʻshimchalar, pigmentlar ishlab chiqarish uchun qoʻshimchalar

3. Kimyoviy asosli chiqindilar guruhi

Asfalt va qatron-beton chiqindilari

qayta tiklanuvchi (ikkilamchi) asfalt-beton

Rulonli tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari chiqindilari

bitumli, katronli, katron-bitumli, bitum-polimerli, rezina-katronli va bitumli (asossiz) materiallar hamda krton asosli materiallar (ruberoid, pergamin, qora qogʻoz), shisha asosli (shishali ruberoid), asbesli qogʻoz (gidroizol)

Asfalt-beton qorishmalarini ishlab chiqarish uchun yupqa dispersiyali kukun

Plastmassa va polimer chiqindilar

linoleum va polimer plitka chiqindilari

yogʻochli plastik ishlab chiqarish uchun qoʻshimchalar

polimerli tom yopish materiallari chiqindilari

penoplast pa poroplast (polistirol, poliuretan) chiqindilar

devor bloklar ishlab chiqarish uchun toʻldirgichlar

suv taʼminoti, kanalizatsiya va elektr oʻtkazgichlarning plastmassa quvurlari, zina va toʻsiq (panjara) tutqichlari, polimer asosli pogonajli mahsulotlar

ikkilamchi polimer mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yupqa dispersiyali kukun

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qora va rangli metall parchalari qayta ishlanishi va foydalanilishi shart. Mazkur chiqindilarni qabul qilish, qayta ishlash yoki foydalanish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-ilova izoh qismining birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu roʻyxat toʻliq hisoblanmaydi, utilizatsiya qilish va qayta ishlash imkoniyatlaridan (tegishli texnologiya va quvvatlarning mavjudligidan) kelib chiqib mazkur roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(2-ilova izoh qismining ikkinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari
‎tartibini belgilovchi texnik hujjatning
‎namunaviy shakli

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(chiqindi hosil boʻlish obyektining nomi)
‎____________________________________________________________________________________________
‎(chiqindi hosil boʻlish obyektining joylashgan joyi)
‎Qurilish buyurtmachisi:________________________________________________________________________

‎‎(nomi, yuridik manzili, telefon raqami)

‎‎Bosh pudratchi: ________________________________________________________________________________

‎‎(nomi, yuridik manzili, telefon raqami)

‎‎20___ y. “____”______

‎‎1-jadval

‎‎Obyektda hosil boʻluvchi qurilish chiqindilarining
‎prognoz koʻrsatkichlari

T/r‎

Chiqindi turi‎?

Butun jarayon davomida hosil boʻlish miqdori (tonna, m3) ‎‎

Xavflilik sinfi ‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

Jami‎‎

‎‎ ‎‎

2-jadval

‎‎Qurilish chiqindilaridan foydalanish yoki chiqindi poligonlariga
‎joylashtirishning prognoz koʻrsatkichlari

T/r‎

Chiqindi turi‎‎

Takroriy foydalanishga yoʻnaltiriladigan chiqindi miqdori
‎(tonna, m3) ‎‎

Utilizatsiya va (yoki) qayta ishlashga yoʻnaltiriladigan chiqindi miqdori
‎(tonna, m3) ‎‎

Poligonlarga joylashtirish uchun yoʻnaltiriladigan chiqindi miqdori
‎ (tonna, m3) ‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎3-jadval

‎‎Qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan obyekt joylashgan hududda (tuman, shahar)gi mavjud qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega boʻlgan tashkilotlar roʻyxati

T/r‎

Tashkilotlar nomi‎‎‎

Joylashgan manzili‎‎

Tashkilotning chiqindilarni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash yoʻnalishlari ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Izoh. Ushbu roʻyxatga qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan obyekt joylashgan hududda (tuman, shahar) qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash uchun tegishli texnologiya hamda quvvatlarga ega boʻlgan tashkilotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur hududga bevosita tutash hududlardagi mavjud tashkilotlar ham kiritilishi mumkin.

‎4-jadval

T/r‎

Chiqindi turi‎‎

Olib chiqib ketish davriyligi (kun) ‎

Olib chiqib ketish miqdori
‎(tonna, m3)‎‎

Chiqindilar tashiladigan obyekt
‎(nomi, joylashgan joyi, obyekt nomi va manzili) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Izoh. Ushbu jadvalga qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarini belgilagan holda qurilish chiqindilari hosil boʻladigan obyektning sxemasi ilova qilinadi (1:500 masshtabdan kam boʻlmagan oʻlchamda).

‎‎
‎Texnik hujjat loyihasiga qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jarayonlariga xos va zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtincha saqlash joylarida saqlangan va olib chiqib ketilgan qurilish chiqindilarining hisobini yuritish jurnali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Chiqindi hosil boʻlgan sana

Chiqindi turi

Xavflilik sinfi

Hajmi

(tonna, m3)

Olib chiqib ketilgan sana

Chiqindilarni olib chiqib ketgan tashkilot nomi

Chiqindilarni olib borish yoki joylashtirish manzili

1

2

3

4

5

6

7

Jami

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Qurilish chiqindilarini __________________________________________________ uchun tashishga namunaviy

‎‎(utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish)

‎‎‎‎KUZATUV TALONI

‎‎№: ________
‎‎1. Chiqindi chiqaruvchi tomonidan toʻldiriladi.
‎Chiqindi chiqaruvchi: ___________________________________________________________________________

‎‎(toʻliq nomi)

‎___________________________________________________________________________
‎(manzili)

‎‎______________________
‎(imzo)‎

___________________________________________________
‎(tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning F.I.O)‎‎

‎‎Yuborilgan sana: 20___ y. “____”______ ‎

T/r‎

Chiqindi nomi‎‎

Chiqindi miqdori
‎(tonna, m3) ‎‎

Xavflilik sinfi‎‎

Idish
‎(tara) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Tashuvchi: ____________________________________________________________________________________
‎(toʻliq nomi, yuridik manzili, telefon raqami)
‎Olib chiqib ketish obyekti: _____________________________________________________________________

‎‎(chiqindi hosil boʻlish obyektining nomi v joylashgan joyi)

‎‎Tashib olib boriladigan obyekt: _________________________________________________________________

‎(chiqindini qabul qilib oluvchining toʻliq nomi va manzili)

‎‎2. Chiqindini tashuvchi tomonidan toʻldiriladi.
‎20___ y. “____”______

‎‎________________________________________________________________________________
‎(chiqindini tashishda foydalanilgan transport vositasining rusumi va davlat raqami)
‎____________________________________________________________________________________________
‎(haydovchi yoki chiqindini tashishga masʼul ekspeditorning F.I.O)

‎‎Tashish uchun masʼul shaxs: __________________

‎‎(imzo)

‎‎3. Qabul qilib oluvchi tomonidan toʻldiriladi.‎
‎Qabul qilib olingan sana: 20___ y. “____”______ ‎

T/r‎

Chiqindi nomi‎‎

Chiqindi miqdori
‎(tonna, m3) ‎‎

Xavflilik sinfi‎

Idish
‎(tara) ‎‎

Qabul qilishning maqsadi
‎ (utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish) ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Chiqindini qabul qilib oluvchi: _________________________________________________________________

‎‎(toʻliq nomi va manzili)

________________
‎(imzo)‎‎

‎‎_____________________________________________________
‎(chiqindini qabul qilib olishga masʼul shaxsning F.I.O)‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

20_____ yil ____________ oyidan 20_____ yil ____________ oyiga qadar

______________________________________________ da hosil boʻlgan qurilish chiqindilari takroriy foydalanish, utilizatsiya qilish,

(chiqindi hosil boʻlish obyekti nomi)

qayta ishlash, shuningdek, koʻmishga yoʻnaltirilganligi toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

T/r

Chiqindi turi

Xavflilik sinfi

Jami hosil boʻlgan chiqindi miqdori

(tonna, m3)

Takroriy foydalanishga yoʻnaltirilgan chiqindilar miqdori

(tonna, m3)

Utilizatsiya va (yoki) qayta ishlashga yoʻnaltirilgan chiqindi

Koʻmishga yoʻnaltirilgan chiqindi

chiqindi miqdori

(tonna, m3)

yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomi

tuzilgan shartnoma raqami va sanasi

chiqindi miqdori

(tonna, m3)

poligon egasining nomi

tuzilgan shartnoma raqami va sanasi

1.

Yogʻoch chiqindilari

2.

Qogʻoz va karton chiqindilari

3.

Tabiiy tosh chiqindilari

4.

Beton va qurilish aralashmalari chiqindilari

5.

Mineral bogʻlovchi materiallar chiqindilari

6.

Asbest-sement chiqindilari

7.

Shisha chiqindilari

8.

Keramik chiqindilar

9.

Asfalt va qatron-beton chiqindilari

10.

Gidroizolyatsiya materiallari chiqindilari

11.

Plastmassa va polimer chiqindilar

Jami

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎20____ yil “_______” ___________dagi ___________________________________________ ___________-son

‎‎(tuzilgan shartnoma nomi)

‎‎shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar toʻgʻrisida
‎TASDIQNOMA

‎‎№: ________
‎‎Shahar (tuman) _____________________

‎‎20_____ yil “______” ___________________

‎‎1. Chiqindini qabul qilib oluvchi ________________________________________________________________

‎‎(toʻliq nomi)

‎________________________________________________________________
‎(manzili)

T/r‎‏

Chiqindi turi ‎‎‏

Chiqindi miqdori
‎(tonna, m3) ‎‎‏

Xavflilik sinfi‎‎‏

Chiqindilarni qabul qilishning maqsadi‎‎‎

utilizatsiya qilish
‎(tonna, m3) ‎‎

qayta ishlash
‎(tonna, m3) ‎‎

koʻmib tashlash
‎(tonna, m3) ‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Chiqindini qabul qilib oluvchi: _________________________________________________________________

‎‎(toʻliq nomi va manzili)

__________________
‎(imzo)‎‎

______________________________________________________
‎(tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning F.I.O)‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-yanvardagi 40-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qurilish chiqindilari — bino va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini hamda ishlab chiqarish obyektlarini qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil boʻladigan chiqindilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 30-bandning uchinchi xatboshisidagi “(ekologik normativlarga)” soʻzlari “shuningdek, atrof muhitga taʼsir koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi bayonot loyiha hujjatlari boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2021-y., 09/21/40/0070-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)