22.01.2021 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.01.2021 yildagi 32-son
Date of entry into force
23.01.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori bilan karantin ostidagi mahsulotlarning namunalari toʻlov asosida laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin ostidagi mahsulotlarning namunalarini laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, xizmatlar narxlarini belgilasin va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 2021-yil 1-martga qadar tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kirilgan (reyimport) karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitariya sertifikati asosida karantin tekshiruvidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari orasida muntazam ravishda oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻi I.K. Ergashev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 22-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring yuritish — oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini prognoz qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prognoz — oʻsimliklar dunyosiga zarar yetkazuvchi zararli organizmlarni (zararkunanda, kasallik qoʻzgʻatuvchilar va begona oʻtlar) paydo boʻlishi, tarqalishi, miqdori va rivojlanishini ilmiy asoslangan holda mutaxassislar tomonidan uzoq va qisqa muddatli prognoz qilish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitar dala nazorati — oʻsimliklarning va oʻsimlik mahsulotining fitosanitar tozaligini taʼminlash, ularda oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan jarayon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
feromon tutqich — tabiatda hasharotlarning qishlashdan chiqishini, rivojlanish bosqichining boshlanishini va fenologiyasini aniqlashda hamda ularga qarshi kurashishni toʻgʻri tashkillashtirishda foydalaniladigan vosita;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini obyekti — dunyoda karantin ahamiyatiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlmagan yoki cheklangan tarzda tarqalgan zararli organizmlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimliklar karantini sohasidagi monitoring va fitosanitar dala nazorati “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish doirasida oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini prognoz qilishning yagona tizimini yuritadi va unga rahbarlik qilishda vakolatli davlat organi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman boʻlimlari) tomonidan yuritiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻsimliklar karantini sohasida monitoringni yuritish doirasida oʻsimliklar karantini obyektlarining oʻchoqlarini aniqlash, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish yoʻllarini, tarqalgan hududlarni hamda bioekologik xususiyatlarga taʼsir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga moneliksiz kirish va bir kundan oshmagan holda dastlabki oʻrganishni amalga oshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mazkur oʻrganish jarayonida berilgan xulosalardan kelib chiqib, kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish yuzasidan tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmonida nazarda tutilgan tartibda Agentlik tomonidan vakolatli organni faqat xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati tomonidan oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga asosan oʻsimliklar karantini sohasida monitoring:
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda bioekologik xususiyatlariga taʼsir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish yoʻllari va tarqalgan hududlari hamda oʻchoqlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitar xavfni aniqlash va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini obyektlarini baholash va ularning tarqalishini prognoz qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararli organizmlar oʻsimliklarga iqtisodiy zarar yetkazishining oldini olish maqsadida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarning tarqalishi ular aniqlangan hududlarga nisbatan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Baholashda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalikdagi yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari, koʻp yillik daraxtzorlar, yaylov, pichanzorlar, suv osti va yer usti yoʻllariga qarab yoʻnalishlarini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash oʻtkazilayotgan yuridik va jismoniy shaxsning manzili, egalik shakli va ularning ixtiyoridagi mavjud qishloq xoʻjaligi ekin yerlari, koʻp yillik daraxtzorlar, yaylov, pichanzorlar, suv osti va yer usti yoʻllari hamda u yerda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish va oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarning zararkunanda, kasallik va begona oʻtlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash aniq boʻlishi uchun maʼlumotda oʻsimlik turini, miqdorini, hajmini, oʻsimliklar karantinidagi hamda boshqa zararkunanda, kasallik va begona oʻtlar mavjudligini yoki zararlanish holatini koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash yakunida toʻplangan maʼlumotlar tahlil qilinib, hududiy boshqarmalar va tuman boʻlimlari tomonidan karantin choralarini belgilash yoki belgilamaslik boʻyicha xulosa qilinadi.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish yoʻllari va tarqalgan hududlar hamda oʻchoqlarni aniqlashda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini chegara maskanlari va qoʻriqlanadigan davlat chegaralariga 3 km radiusda feromon tutqichlar qoʻyib nazorat olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilingan karantin ostidagi mahsulotlarni birlamchi va ikkilamchi nazoratdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin ostidagi mahsulotlarni karantin laboratoriyalarida ekspertizadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meteostansiyalar maʼlumotlarini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlariga biriktirilgan hududlaridagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning ekin maydonlarida karantin obyektlarining rivojlanishi hamda tarqalishi boʻyicha muntazam monitoring yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlariga biriktirilgan hududlarda har yili oʻsimliklar karantini obyektlari miqdorining oʻzgarishi hamda ushbu hududlarga mos ravishda ulardagi oʻsimliklar karantini obyektlari rivojlanishi toʻgʻrisidagi hisobotni yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avval belgilangan yoʻnalish (marshrut) boʻyicha kuzatish ishlarini olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi bilan chegaradosh davlatlar bilan chegara hududlarida, xalqaro pochtamt va aeroportlarda, temir yoʻl stansiyalarida, daryo portlarida hamda import yuk kelib tushadigan maskanlarda 3 kmgacha joylashgan tashkilotlar, shaxsiy tomorqalar va transport birliklarida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring quyidagi tartibda yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil boshidan mazkur subyektlarning roʻyxati shakllantirilib, monitoring yuritish boʻyicha yillik ish rejalar tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat davomida karantindagi va boshqa xavfli obyektlar aniqlangan taqdirda, belgilangan zararsizlantirish choralari amalga oshiriladi, aniqlanmagan taqdirda, universal feromon tutqichlardan foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar mavjud boʻlgan maydonlarda oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash boʻyicha ekin maydonlarning konturlari kesimida monitoring yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari olib borgan dala monitoringi toʻgʻrisida hisobotlar topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotlar asosida monitoring natijalari tahlil qilinib, hududlar zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan yoki zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlarga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring ochiq va yopiq maydonlarda quyidagi tartibda yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dala monitoringini yuritish uchun yil boshida yillik ish rejalar tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan tashkilotlar, shaxsiy tomorqalar, ochiq va yopiq issiqxonalar, klaster, dehqon va fermer xoʻjaliklari dalalari, oʻrmon xoʻjaligi fondi yerlarida, obodonlashtirish boshqarmasi nazoratidagi yerlarda, urugʻchilik xoʻjaliklarida, nav sinash uchastkalarida, koʻchatxonalarda, ilmiy-tekshirish muassasalarida, savdo va tayyorlov tashkilotlarida zararli organizmlarni aniqlash boʻyicha monitoring olib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar mavjud boʻlgan maydonlarda oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash boʻyicha xoʻjaliklarning konturlari kesimida tahlil yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari olib borilgan dala monitoringi toʻgʻrisida hisobotlar topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotlar asosida monitoring natijalari tahlil qilinib, hududlar fitosanitar toza va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan yoki zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlarga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻsimlik mahsulotlari qayta ishlanadigan va realizatsiya qilinadigan joylar hamda omborxonalar monitoringi quyidagi tartibda yuritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish uchun yil boshidan tashkilotlar roʻyxati shakllantirilib, yillik ish rejalar tuziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan oʻsimlik mahsulotlari qayta ishlanadigan va realizatsiya qilinadigan joylarda oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar ularning bioekologik xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi va monitoring yuritiladi, shuningdek hisobotlar topshirib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotlar asosida monitoring natijalari tahlil qilinib, oʻsimlik mahsulotlari qayta ishlanadigan va realizatsiya qilinadigan joylar fitosanitar toza va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan yoki zararli organizmlardan xoli boʻlgan hududlarga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻsimliklar karantini tashqi monitoringi oʻsimliklar karantini obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda oʻsimliklar karantini obyektlariga qarshi kurashishda lozim boʻlgan tegishli chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi va ular quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlarida, xalqaro pochtamt va aeroportlarda, temir yoʻl stansiyalarida, daryo portlarida hamda import yuk kelib tushadigan maskanlarda 3 kmgacha radiusda joylashgan tashkilotlar va shaxsiy tomorqalarda, klaster, dehqon va fermer xoʻjaliklari dalalarida, oʻrmon xoʻjaligi fondi yerlarida, urugʻchilik xoʻjaliklarida, nav sinash maydonlarida, koʻchatxonalarda, savdo va tayyorlov tashkilotlari hududlarida oʻsimliklar karantini obyektlarini aniqlash boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatidagi oʻsimliklar karantini obyektlari boʻyicha tahlil olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlar hududlari fitosanitar holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportyor davlatning fitosanitar sertifikatini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet mamlakatlardan keltirilib, respublika hududida ekilgan koʻp yillik ekish materiallarining fitosanitar holati boʻyicha besh yilgacha kuzatuv ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar holatini oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan joyiga borib oʻrganib kelganligi toʻgʻrisidagi hisobotlari asosida tahlil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlarni Agentlik tizimidagi oʻsimliklar karantini laboratoriyalari xulosalari asosida tahlil qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tomonidan ushbu tashqi monitoring natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻsimliklar karantini obyektlari kirib kelishi va tarqalish yoʻllari hamda ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari belgilab boriladi.
(14-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, dorivor oʻsimliklar, daraxt va butalar yetishtirish, oʻsimliklarning yangi navlari seleksiyasi bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimliklar karantini obyektlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida ekinlar va daraxtlarni tizimli ravishda kuzatib borishni amalga oshirishi, ular aniqlangan taqdirda esa bu haqda mahalliy davlat hokimiyati organlarini, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatini darhol xabardor qilishi, shuningdek aniqlangan oʻsimliklar karantini obyektlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ilmiy-tekshirish muassasalari tomonidan tegishli vazirlik, idora va tuman, viloyat, respublika darajasidagi boshqa tashkilotlar xodimlari bilan kelishilgan holda (prognoz guruhlari) oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar, kasalliklar va begona oʻtlarning tarqalishi boʻyicha prognoz tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prognozni hisobga olgan holda, kelgusida bunday zararli organizmlar qay darajada tarqalishidan qatʼi nazar, ularga qarshi profilaktik ishlovlar (urugʻ va ekish materiallarini ekishdan avval dorilash, daraxtlarga va dala chekkalariga erta bahorda ishlov berish va boshqalar) berish rejalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlangan hollarda tuman (shahar) oʻsimliklar karantini davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan fermer va dehqon xoʻjaliklarining, oʻrmon xoʻjaliklarining hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, shaharchalar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek ularga tutash hududlar oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilinadi yoki ularda zarur karantin cheklovlari oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar va shaharlarni oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilish yoki karantin cheklovlarini oʻrnatish tegishli oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining hududlarini oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilish yoki karantin cheklovini oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini ostida deb eʼlon qilingan hududda oʻsimliklar karantini oʻchogʻining tarqalishiga yoʻl qoʻyilmaydi, unga tutash hududlarda oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olishga va ularni yoʻq qilishga qaratilgan oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob.Fitosanitar dala nazoratini tashkil etish va amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Fitosanitar dala nazorati oʻsimliklarning va oʻsimlik mahsulotining fitosanitar tozaligini taʼminlash, ularda oʻsimliklar karantini obyektlarining mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Monitoring natijalari asosida choraklik rejalar tuziladi va oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan fitosanitar dala nazorati amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi uchun oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni dala nazoratida aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirilayotgan maydonlardagi tuproqda zararli organizmlarni aniqlashda zararli organizm rivojlanishidan va tuproqda uchratilishidan kelib chiqib, tuproqning turli chuqurliklaridan namunalar olinadi va dala sharoitida entomologik elak, qisqich, lupa, binokulyar va boshqa anjomlar orqali kuzatish usuli bilan nazoratdan oʻtkaziladi yoki tuproqni entomologik ekspertizadan oʻtkazish maqsadida oʻsimliklar karantini laboratoriyalariga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni saqlash, realizatsiya qilish joylarida va vegetatsiya davriga qarab oʻsuv (vegetativ) nuqtasi, ildizi, poyasi, guli, mevasi hamda urugʻida zararli organizmlarni aniqlashda lupa, maxsus qaychi, pichoq, qisqich, hasharot solgich va boshqa anjomlar orqali kuzatish usuli bilan nazoratdan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin ostidagi mahsulotlarda flotatsion (dondagi zararkunandalarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan usul) va boshqa usullar orqali don, dukkakli ekin va boshqalarda yashirin zararlanganlikni aniqlashda namunalarni tuzli suvga solib, natijada yuzaga qalqib chiqqan zararlangan donlarni ajratib olish va ulardan zararkunandalar turini aniqlash amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarda, omborxonalarda, realizatsiya qilish joylarida, ochiq va yopiq turdagi dalalarda feromon va boshqa turdagi hasharot tutqichlardan foydalanib zararli organizmlarning oʻchoqlari aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻsimliklarning karantinidagi begona oʻtlarni va ularning urugʻlarini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantinidagi begona oʻtlarni morfologik belgilaridan kelib chiqib, kuzatish usuli bilan turlari aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantinidagi begona oʻtlarning urugʻlarini ajratib-kuzatish va taqqoslash usuli orqali urugʻlar qismlarga ajratilib, tekshiriladigan maxsus yuzali moslamada bir tekis yoyiladi va turli xil oʻlchamdagi elaklar, binokulyar mikroskop, lupa va boshqa anjomlar yordamida begona oʻt urugʻlari ajratib olinib, turlarga boʻlinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitar dala nazorati davrida aniqlash imkoni boʻlmagan oʻsimliklar karantinidagi begona oʻtlar va ularning urugʻlarini turiga aniqlik kiritish maqsadida oʻsimliklar karantini laboratoriyalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻsimliklar karantini davlat inspektori oʻz faoliyatining qonuniyligi, xolisligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻgʻri tashkil qilinishi hamda amalga oshirilishi uchun javob beradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Fitosanitar dala nazorati amalga oshirilishiga yoki uni amalga oshiruvchi oʻsimliklar karantini davlat inspektoriga har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish, uning faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qonuniy talablarni bajarmaganlikda, oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan xizmat majburiyatlari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Fitosanitar dala nazorati olib borilayotganda, oʻsimliklar karantini davlat inspektori quyidagi vakolatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) karantin ostidagi mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning hududiga moneliksiz kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) karantin laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertiza oʻtkazish uchun karantin ostidagi mahsulotdan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakillari ishtirokida namunalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarining buzilishi holatlarini uch kunlik muddatda bartaraf qilish boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan dalolatnoma rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻsimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materiallarni sudlarga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriya tadqiqotlari va tahlillari uchun zarur boʻlgan namuna va nusxalarni olish dalolatnomalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻsimliklar karantini boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, davlat dasturlari va boshqa fitosanitar dasturlarining amalga oshirilishi boʻyicha oʻtkazilgan tekshirish natijalariga koʻra dalolatnomalar yoki maʼlumotnomalar;
(26-bandning “d” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlariga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fitosanitar dala nazorati oʻtkazilganidan keyin dalolatnoma tuziladi hamda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Karantin laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertiza oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oʻsimliklar karantini davlat inspektori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tekshirish oʻtkazish huquqi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni koʻrsatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlari, tijorat sirlari va boshqa sirlarni oshkor qilmaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijasini dalolatnoma bilan rasmiylashtirishga, uning bir nusxasi tekshirish tamom boʻlgan kunda tekshirilgan xoʻjalik yurituvchi subyektda qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari farqlash belgili formali kiyim-boshlarini ish faoliyati davomida mavsumiy kiyishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻsimliklar karantini obyektlari fitosanitar dala nazorati vaqtida, shuningdek, oʻsimliklar mahsulotlari qayta ishlanadigan va realizatsiya qilinadigan joylar hamda omborxonalarda monitoring oʻtkazilishi davomida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati natijalarini rasmiylashtirish hamda amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati natijalari boʻyicha bir kun ichida dalolatnoma tuziladi hamda amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlar belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati natijalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻsimliklar karantini monitoringi natijalariga koʻra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar ijrosi yuzasidan muntazam nazorat oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻrnatilgan karantin cheklovlari Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hamda tuman boʻlimlari tomonidan nazoratga olinadi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrnatilgan karantin cheklovlari yuzasidan jamoatchilik nazorati talab etilgan taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddat



1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari

Oʻsimliklar karantini sohasida (oʻsimliklar karantini obyektlari yoki eksportga salbiy taʼsir etuvchi zararli organizmlar oʻchoqlarini aniqlash, ularning respublika hududiga kirib kelish yoʻllari va tarqalgan hududlarni aniqlash, tahlil qilish, baholash va tegishli chora-tadbirlar belgilash) monitoring yuritadi.

Muntazam



2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari

Monitoring natijalari asosida Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan choraklik rejalar tuzadi.

Har chorakda



3-bosqich

Oʻsimliklar karantini davlat inspektori

Choraklik rejalar asosida fitosanitar dala nazoratini quyidagi tartibda amalga oshiradi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi uchun oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni dala nazoratida aniqlaydi;

2) oʻsimliklarning karantinidagi begona oʻtlarni va ularning urugʻlarini aniqlaydi.

Choraklik rejalarda belgilangan muddatlarda



4-bosqich

Oʻsimliklar karantini davlat inspektori

Fitosanitar dala nazorati natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzadi va amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlarni belgilaydi.

Fitosanitar dala nazorati amalga oshirilgandan keyin bir kun ichida



5-bosqich

Oʻsimliklar karantini davlat inspektori

Fitosanitar dala nazorati natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar ijrosi yuzasidan nazorat oʻrnatadi.

Muntazam

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va Oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 22-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar tushirishga qadar birinchi marta (birlamchi) karantin koʻrigidan oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Transport vositalari oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan birinchi marta (birlamchi) karantin koʻrigini oʻtkazishda uning tashqi qismi va muhrlanmagan boshqa karantin nazoratidagi mahsulotlar olib kirishi mumkin boʻlgan joylari karantin koʻrigidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karantin ostidagi mahsulotning karantin tekshiruvi oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan bojxona nazorati hududida ularni tushirish va bojxona identifikatsiya vositasini olib tashlash joyida oʻrnatilgan tartibda karantin koʻrigi yoki laboratoriya tekshiruvi oʻtkazish uchun karantin ostidagi mahsulotdan namuna olish orqali amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 281-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“281. Karantin laboratoriya tekshiruvlari va tegishli ekspertiza oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan qoplanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 2 va 2a-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

0000000 — SONLI
‎TRANSPORT BIRLIGINI OCHISH TOʻGʻRISIDAGI DALOLATNOMA
‎(karantin ostidagi import mahsulotlar uchun) ‎‎

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(temir yoʻl stansiyasi, aeroport, daryo porti, avtomobil yoʻllari va boshqalar)

‎‎‎________________________________________Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi
‎‎davlat inspektori ____________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(yuk nomi, miqdori va hajmi)
‎___________________________________________________________________________________________
‎(vagon, konteyner va boshqalarning raqami)
Eksport qilayotgan davlat nomi:_________________________________________________________________
‎Import qiluvchi tashkilot nomi va manzili: _______________________________________________________
‎________________________________________________
STIR: ____________________________________
‎Karantin ruxsatnomasi berilgan sana: “____” _________20___ yil, №_________________________________
‎Fitosanitariya sertifikati berilgan sana: “____” ________20___ yil, №______________________________

‎‎________________________
‎(davlat inspektori imzosi.)

______________
‎(vakil imzosi) ‎

“____” _________20___ yil

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

0000000 — SONLI
‎KARANTIN KOʻRIGI DALOLATNOMASI

_______________________________________________________ Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi

‎‎(respublika, viloyat, tuman, shahar)

davlat inspektori ___________________________________________________________________ tomonidan

‎‎(F.I.O.)‎

“____” ___________20___ yilda quyidagi vakil ishtirokida _________________________________________

‎‎(vakil F.I.O.)

‎________________________________________________________________ STIR: _____________________

‎‎‎‎(korxona, tashkilot, fermer xoʻjaligi nomi yoki fuqaro)

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(yuk nomi, miqdori va hajmi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida” gi 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-484-son Qonunining 29-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va Oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qaroriga asosan karantin koʻrigidan oʻtkazildi.

‎‎Davlat inspektorining taklif va xulosasi: ________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Transport birligini ochish dalolatnomasi mavjud boʻlgan holda, ushbu dalolatnoma haqiqiy hisoblanadi

______________________________ (davlat inspektori imzosi)

”;‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilova (Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Izoh:

Primechaniye:

Note:

1. Karantin ruxsatnomasi karantin ostidagi mahsulotlarning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yoki hududidan tranzit tarzida olib oʻtilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat va buyurtmachiga hamda tegishli hududiy oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga yuboriladi.

2. Karantin ruxsatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirilayotgan yuklarga Karantin koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga asos hisoblanadi.

3. Eksport qiluvchi davlatning fitosanitar sertifikatida quyidagilar koʻrsatilishi shart:

a) zararsizlantirish usullari;

b) oʻsimliklar karantini obyektlarining yoʻqligi.

4. Transport vositasi va karantin ostidagi mahsulotlar belgilangan joyga keltirilishi bilan quyidagi karantin tadbirlari oʻtkazilishi shart:

a) Davlat karantin inspektori tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi;

b) Laboratoriya tekshiruvi uchun namunalar olish;

v) Laboratoriya tahlillari natijasiga koʻra yukni chiqarib yuborish;

g) Oʻsimliklar karantini obyektlari aniqlanganda, yuk zararsizlantiriladi, qaytariladi yoki yoʻq qilinadi

5. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish

Soxtalashtiruvchining oʻzi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlar tayyorlashi yoki rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirishi yoxud bunday hujjatlarni sotishi, shunday maqsadlarda korxona, muassasa yoki tashkilotning qalbaki shtamplari, muhrlari, blankalarini tayyorlash yoxud sotish —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

6. Oʻzbekiston Respublikasining

“Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq elektron hujjat qogʻoz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.

7. Ruxsatnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirish uchun mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qiling

1. Karantinnoye razresheniye yavlyayetsya dokumentom udostoveryayusheye razresheniye na vvoz ili tranzit podkarantinnoy produksii na territoriyu Respubliki Uzbekistan i napravlyayetsya zakazchiku i prichastnoy territorialnoy gosudarstvennoy inspeksii po karantinu rasteniy.

2. Karantinnoye razresheniye pri vvoze gruza na territoriyu Respubliki Uzbekistan yavlyayetsya osnovaniyem dlya tamojennogo oformleniya gruza posle oformleniya akta karantinnogo dosmotra.

3. V fitosanitarnom sertifikate strani eksportyora ukazat:

a) metodi obezzarajivaniya

b) otsutstviye obyektov karantina rasteniy.

4. Po pribitiyu k mestu naznacheniya podkarantinnoy produksii i transportnix sredstv, doljni bit provedeni sleduyushiye karantinnie meropriyatiya:

a) dosmotr Gosudarstvennimi inspektorami po karantinu rasteniy;

b) otbor obrazsov i predstavleniye v karantinnuyu laboratoriyu;

v) vipusk gruza posle polucheniya rezultatov ekspertizi.

g) pri obnarujenii obyektov karantina rasteniy gruz podlejit obezzarajivaniyu, vozvratu ili unichtojeniyu.

5. Statya-228 Ugolovnogo kodeksa Respubliki Uzbekistan.

Izgotovleniye, poddelka ofitsialnogo dokumenta, predostavlyayushego pravo ili osvobojdayushego ot obyazannosti, v selyax yego ispolzovaniya samim poddelivatelem ili drugim litsom libo sbit takogo dokumenta, izgotovleniye poddelnix shtampov, pechatey, blankov predpriyatiy, uchrejdeniy, organizatsiy v tex je selyax libo ix sbit —

nakazivayetsya shtrafom ot pyatidesyati do sta bazovix raschetnix velichin ili obyazatelnimi obshestvennimi rabotami do trexsot shestidesyati chasov libo ispravitelnimi rabotami do trex let.

6. V sootvetstvii s Zakonom Respubliki Uzbekistan “Ob elektronnom dokumentooborote” elektronniy dokument priravnivayetsya k dokumentu na bumajnom nositele i imeyet odinakovuyu s nim yuridicheskuyu silu.

7. Otskaniruyte QR-kod pri pomoshi mobilnogo ustroystva dlya proverki podlinnosti informatsii.

1. The Quarantine permit is a document certifying permission for the import of quarantine products into the territory of the Republic of Uzbekistan and is sent to the customer and territorial state plant quarantine inspection.

2. Quarantine permit during the importation of goods into the territory of the Republic of Uzbekistan considered as the basis for customs clearance of goods after registration of the quarantine inspection act.

3. The phytosanitary certificate of the exporting country should indicate:

a) Disinfection methods

b) Absence of quarantine pests

4. Upon arrival at the destination, quarantine products and transport vehicles should be subject to the following quarantine measures:

a) Inspection by inspectors of the State Plant Quarantine Inspection under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.

b) Sampling and submission to the Central Quarantine Laboratory

c) Release of consignment after receiving the results of laboratory analysis.

d) Upon detection of quarantine pests, the consignment is subject to disinfection, return or destruction.

5. Article 228 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan.

The falsification of an official document granting or exempting from a duty, for the purpose of its use by the forger or another person, or the sale of such a document, the manufacture of fake stamps, seals, letterheads of enterprises, institutions, organizations for the same purposes or their sale — shall be punishable by a fine from fifty to one hundred basic calculation units, or compulsory community service up to three hundred and sixty hours, or correctional labor up to three years.

6. In accordance with the Law of the Republic of Uzbekistan “On electronic document management”, an electronic document is equivalent to a document on paper and has the same legal force.

7. QR code can be scanned using mobile device to verify the authenticity of the information.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KARANTIN RUXSATNOMASIGA ILOVA
PRILOJENIYE K KARANTINNOMU RAZRESHENIYU
ATTACHMENT SHEET FOR QUARANTINE PERMIT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qoʻshimcha maʼlumotlar/Dopolnitelnaya informatsiya/Additional information

QR Code

KARANTIN RUXSATNOMASI

KARANTINNOYE RAZRESHENIYE

QUARANTINE PERMIT

Berildi /Vidano/ Issued

Muddati:/ Srok do/ Valid until

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-ilova (Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom)da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomidagi “fitosanitar sertifikatini” soʻzlari “fitosanitariya sertifikatlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-banddagi “fitosanitar” soʻzidan keyin “reeksport fitosanitariya va ichki fitosanitariya sertifikatlarini” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“reeksport fitosanitar sertifikati — respublikaga import qilingandan soʻng boshqa davlatga eksport qilinadigan, shuningdek, respublika hududida saqlanadigan, qismlarga boʻlinadigan, birlashtiriladigan va qayta qadoqlanadigan karantin ostidagi mahsulotlarning oʻsimliklar karantini obyektlari bilan zararlanmaganligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki fitosanitariya sertifikati — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuklash, saqlash, tashish va realizatsiya qilinadigan karantin ostidagi mahsulotda oʻsimliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Fitosanitariya va reeksport fitosanitariya sertifikatlari (keyingi oʻrinlarda — fitosanitariya sertifikatlari) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar) tomonidan beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bobning nomidagi “Fitosanitar sertifikatini” soʻzlari “Fitosanitariya sertifikatlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bobning nomidagi “fitosanitar sertifikatini” soʻzlari “fitosanitariya sertifikatlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “hujjatlarni” soʻzi “elektron hujjatlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “ariza” soʻzi “elektron ariza” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “bank hujjati” soʻzlari “elektron bank hujjati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“40 kg gacha boʻlgan bir dona joʻnatmaga (qoʻl yuki) fitosanitariya sertifikatini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh foizi miqdorida;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“500 kg gacha yuk ortilgan bir transport birligiga fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1000 kg gacha yuk ortilgan bir transport birligiga fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1000 kg dan ortiq yuk ortilgan bir transport birligiga fitosanitariya sertifikati olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yigʻim undiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1000 kg dan ortiq yuk ortilgan bir transport birligiga reeksport fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yigʻim undiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 171-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“171. 500 kg dan ortiq yuk ortilgan bir transport birligiga ichki fitosanitariya sertifikati uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida yigʻim undiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fitosanitariya sertifikati maxsus raqamlangan, himoyalangan holatda mazkur Nizomga 3-ilovaga, reeksport fitosanitariya sertifikati 3a-ilovaga va ichki fitosanitariya sertifikati 3b-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bobning nomidagi “Fitosanitar sertifikatini” soʻzlari “Fitosanitariya sertifikatlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bobning nomidagi “Fitosanitar sertifikatining” soʻzlari “Fitosanitariya sertifikatlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi tahrirdagi 3b-ilova qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻsimliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun fitosanitar sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3b-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
‎ HUZURIDAGI OʻSIMLIKLAR KARANTINI DAVLAT INSPEKSIYASI

‎0000000 — SONLI ICHKI FITOSANITARIYA SERTIFIKATI

_________________________________________________________Oʻsimliklar karantini davlat nspeksiyasi
‎Yuridik yoki jismoniy shaxs nomi va manzili:_____________________________________________________
‎ ____________________________________________________ STIR:_________________________________
‎ Karantin ostidagi mahsulot nomi va miqdori:_____________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎ Mahsulot yetishtirilgan joy: __________________________________________________________________

Ushbu karantin ostidagi mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 2018-yil 9-iyuldagi OʻRQ-484-son Qonunining 6-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qaroriga asosan karantin nazoratidan oʻtkazildi hamda oʻsimliklar karantini obyektlaridan xoli ekanligi aniqlandi.

‎‎ZARARSIZLANTIRISH:
‎(fumigatsiya qilish)

‎‎Zararsizlantirish dalolatnomasi №: ____________ Berilgan sanasi: __________________
Qoʻshimcha maʼlumotlar:________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎Davlat inspektori: ______________________ Imzosi:______________Berilgan vaqti: ___________________


QR Code ‎

”.‎

Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 311-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/311/0492-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/32/0058-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.06.2022-y., 09/22/311/0492-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)