Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 17.06.1993 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.06.1993 yildagi 290-son
Date of entry into force
17.06.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI (“OʻZFARMSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI TASHKIL QILISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 2-iyundagi Farmonni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzfarmsanoat” konserni oʻz tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan avval tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi, apparat tuzilmasi va sonini, mehnatga haq toʻlash fondini, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi va shart-sharoitlarini belgilaydi. Konsern apparatini mablagʻ bilan taʼminlash konsern Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bitim asosida uning tarkibiga kiruvchi birlashmalar va korxonalarning ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassislarning Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan sonini 35 nafardan iborat qilib (xizmat koʻrsatuvchi xodimlarsiz) belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern boshqaruvi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsern boshqaruvi raisiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat qoʻmitalari raislari uchun belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda konsern Ustavni ishlab chiqsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 300-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kimyo sanoati davlat konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning asosiy fondlari va budjet mablagʻlarini oʻtkazish masalalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va hal etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda 1993-yil davomida “Oʻzkimyofarm” ishlab chiqarish birlashmasi va “Vaksina” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi timsolida davlat, “Oʻzfarmsanoat” konserni va unga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning jamoalari boʻlishi mumkin boʻlgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining oʻsimlik moddalari kimyosi instituti bilan “Base oyl kompozit LTD” qoʻshma korxonasi oʻrtasidagi xoʻjalik va ilmiy-ishlab chiqarish munosabatlari shartnoma asosida quriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzfarmsanoat” konserni “Oʻzdavkimyokonsern” mavzulari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga buyurtmalarni xalq xoʻjaligi vazifalari muvaffaqiyatli hal etilishini taʼminlaydigan hajmlarda qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar ulushiga muvofiq konsern tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga rahbarlik qilish huquqini “Oʻzfarmsanoat” konserniga bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserniga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy sheriklar bilan qoʻshma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tuzish, dorivor vositalar, xom ashyo, materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, priborlar, texnologiyalar va xalq isteʼmol mollarini eksport va import qilish boʻyicha operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda dorivor vositalarning yangi turlarini oʻzlashtirish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni mablagʻ bilan taʼminlash uchun tovar mahsuloti tannarxining 10 foizigacha boʻlgan miqdorda budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi dorivor vositalar, biologik moddalar va tibbiy buyumlarning bosh buyurtmachisi etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi 181-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi FTDQ, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlarning hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi dorivor vositalar olish va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish boʻyicha ustivor ilmiy-tadqiqot ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dorivor oʻsimliklar yetishtirish negizini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika farmatsevtika sanoatini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo-farmatsevtika sanoati uchun kadrlar va dorivor oʻsimliklarni yetishtirish uchun mutaxassislar tayyorlash masalalarini oʻrganib chiqsin va ularni oʻz ichiga oluvchi dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi yangi dorivor vositalar, biologik moddalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish uchun “Oʻzfarmsanoat” konserniga budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika aholisini dorivor vositalar bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash maqsadida tayyor dorivor vositalar, farmatsevtik substansiyalar, xom ashyo, materiallar, maxsus texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olish uchun “Oʻzfarmsanoat” konserniga valyuta mablagʻlari belgilangan tartibda ustivor ajratilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston iqtisodiyotining istiqbolini belgilashda farmatsevtika korxonalari qurilishiga tegishli moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlangan markazlashtirilgan mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Oʻzfarmsanoat” konsernini joylashtirish uchun bino ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi “Oʻzfarmsanoat” konserni boshqaruvi markaziy apparatiga transport xizmati koʻrsatish uchun limitlar va bitta avtomobil ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzfarmsanoat” konserni raisi hukumat telefonlari oʻrnatishni nazarda tutsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin, qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yilning iyul oyida koʻrib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 17-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
290-son