30.10.2020 yildagi 677-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.10.2020 yildagi 677-son
Date of entry into force
31.10.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, kasb-hunar maʼlumotiga ega malakali mutaxassislar, raqobatbardosh yuridik kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari (keyingi oʻrinlarda — yuridik texnikum) faoliyati yanada takomillashtirilganligi, shu jumladan, mazkur Farmonning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandiga muvofiq yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirish tartibi joriy etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 15-bandiga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yuridik texnikumlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 17-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuridik texnikumlar tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash, yuridik texnikumlarga toʻlov-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha qabul parametrlari va oʻqish qiymatini tasdiqlash, yuridik texnikumlarda oʻqish muddatlari va shaklini belgilash hamda ularning xodimlari ish haqi tizimi va tartibini belgilash vakolatlari berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyni tamomlagan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar hamda respublika oliy taʼlim muassasalarida “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlaridagi oʻtish balini toʻplagan, oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlarda oʻquv yuklamasi hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlarda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar roʻyxati va ularning minimal soatlari TDYU tomonidan tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlar pedagog va rahbar xodimlarining xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashlari ular tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq malakasini oshirishga tenglashtiriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlarda asosiy ish joyi boʻyicha faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar belgilangan tartibda yuridik texnikumlarning shtat lavozimini egallaydi va shtatlarida aks ettiriladi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisidagi nizomning amal qilishi, kreditlarni bakalavriat talabalari uchun belgilangan shartlarda ajratish orqali, yuridik texnikum oʻquvchilariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYUga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yoʻllanmalari hamda TDYU huzuridagi akademik litsey tavsiyanomalari asosida kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat natijalariga koʻra oʻqishga kirgan yuridik texnikumlar va akademik litseyning bitiruvchilariga (abituriyentlarga) ularning toʻlov-kontrakt asosida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Adliya vazirligining budjetdan tashqari va TDYUning budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) mablagʻlari hisobidan grantlar ajratilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/359/0546-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qoʻshma taʼlim dasturlari va qoʻshma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlariga abituriyentlarni qabul qilish hamda bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va qoidalari TDYU tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qoʻshma taʼlim dasturlari va qoʻshma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlaridagi oʻquv jarayoni toʻlov-kontrakt asosida xorijiy hamkorlarning talablarini hisobga olgan holda, TDYU tomonidan tasdiqlangan taʼlim shakli, oʻquv reja va oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qoʻshma taʼlim dasturlari va qoʻshma fakultetlar hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt miqdori TDYU tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yuridik texnikum direktorlariga budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan) mablagʻlar hisobidan mustaqil ravishda:
(4-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida konsultant, maʼruzachi va oʻqituvchi sifatida, xususan onlayn rejimda dars oʻtish uchun jalb etib, ularga ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;
(4-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikum xodimlarini xorijiy taʼlim muassasalari, ilmiy va boshqa tashkilotlarda stajirovka oʻtash hamda malaka oshirishga yuborish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) TDYU va yuridik texnikumlarda avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti, normativlari va ularga xizmat koʻrsatish talablari tegishlicha TDYU va yuridik texnikumlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlar ustavlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlarning shtat jadvallari va xarajatlar smetalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim berishning kredit-modul tizimi sharoitida pedagog xodimlarning tarkibi mehnatini meʼyorlashtirish, ish vaqtini faqat oʻquv tadbirlariga asoslangan holda amalga oshirish, shuningdek pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-metodik, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar roʻyxati va ularning minimal soatlarini (sarflanadigan vaqt meʼyorlarini) TYUDU tomonidan tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik texnikumlarda bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbati normativlari va yuridik texnikumlarda oʻquv yuklama hajmi, shuningdek TYUDU tomonidan yuridik texnikumlarda pedagog xodimlarning shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar roʻyxati va ularning minimal soatlarini tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda yuridik texnikumlarda oʻquv jarayonini kredit-modul tizimini qoʻllagan holda tashkil etish boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar yuridik texnikumlarga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni YIDXP orqali qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari joriy etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuridik texnikumlarda oʻquv-metodik jarayonni sifatli muvofiqlashtirishni taʼminlash, ularga amaliy va axborot-resurs jihatdan koʻmaklashish maqsadida TDYUga 1 ta mikroavtobus va 2 ta navbatchi xizmat yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. Bunda, avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar TDYUning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
677-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi oʻrinlarda — yuridik texnikumlar) kunduzgi, sirtqi, masofaviy va kechki taʼlim shakllari boʻyicha oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) qarori bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi (davlat granti) parametrlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) tomonidan tasdiqlanadigan toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq kirish sinovlari natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kirish sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Keyingi oʻrinlardagi abituriyentlar toʻplagan reyting ballari asosida belgilangan toʻlov-kontrakt parametrlari doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolarining kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan farzandlari, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari, I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar toifasidagi abituriyentlar qoʻshimcha qabul parametrlari asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu toifadagi abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul parametrlari yuridik texnikumlar uchun ajratilgan umumiy qabul parametrlari (davlat gratni va toʻlov-kontrakt asosida)ning 2 foizi doirasida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyni tamomlagan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar va joriy yilda yuridik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, oʻqishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi tegishli oʻquv yilida test sinovlarida oʻtish balini toʻplagan yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul parametrlaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari, qoida tariqasida, 25 — 30-avgust kunlari quyidagi shaklda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — test sinovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy fuqarolar uchun — ogʻzaki suhbat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻzi ojizlar uchun — tanlov asosida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlarini oʻtkazishning aniq sanalari Adliya vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan Davlat test markazi bilan kelishilgan holda mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan test sinovlarini oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun kirish sinovlari oʻquvchi taʼlim oladigan tilda topshiriladi. Bunda oʻzbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyentlar yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish haqidagi arizada aks ettirilgan oʻz ixtiyoriga koʻra tanlovdan oʻzbek tilida lotin yoki kirill alifbosida oʻtish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik texnikumlarda oʻqitish tili abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinishiga qadar Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish sinovlari taʼlim shakli, mutaxassislik va kasblar hamda oʻqitish tillariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish, shu jumladan abituriyentlarga maslahat xizmatlari koʻrsatish tegishli oʻquv yili uchun Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, har yili 15-martdan kechikmay tashkil etiladi. Qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan, qabul komissiyasining qolgan aʼzolari esa — yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik texnikum direktori lavozimi boʻyicha qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. Qabul komissiyasining joriy ishlari masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Abituriyentlarni yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomning l-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qabul komissiyasi, qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin yuridik texnikumlarga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik va kasblar nomlari hamda qabul parametrlari haqidagi axborotni yuridik texnikum, shuningdek tegishli hududiy adliya organlari rasmiy veb-saytlarida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yuridik texnikumlarga oʻqishga kirish uchun 1-avgustdan 20-avgustgacha (shu kuni ham) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda tegishli hujjatlarni topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Adliya vazirligi test sinovlarini oʻtkazish muddatining oʻzgarishi munosabati bilan abituriyentlar elektron shaklda tegishli hujjatlarni topshirish muddatlariga oʻzgartirish kiritishga xaqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlarga oʻqishga kirish uchun 15-martdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Internet jahon axborot tarmogʻi orqali qabul komissiyasiga yuridik texnikum direktori nomiga ariza hamda quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etgan holda roʻyxatdan oʻtadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta yoki oʻrta-maxsus, professional maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida hujjatlarni qabul qilish muddatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Roʻyxatdan oʻtishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Roʻyxatga olingan abituriyentlar soni haqidagi kunlik maʼlumotlar mutaxassislik va kasblar, taʼlim shakli va tili kesimida qabul komissiyasi tomonidan yuridik texnikumning hamda Davlat test markazi rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (yuridik texnikumdan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli choralar koʻrish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Abituriyent oʻz ruxsatnomasini hujjatlar qabul qilish tugaganidan keyin bir hafta mobaynida Davlat test markazi rasmiy veb-saytidan elektron shaklda oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kirish imtihonlari oʻtkazilishiga qadar qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar tashkil etilishi mumkin. Maslahatlar jadvali qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari uchun savollar umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim dasturlari umumtaʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yuridik texnikumlarga xorijiy fuqarolarni va koʻzi ojiz fuqarolarni qabul qilish tegishlicha mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalarda keltirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili fani boʻyicha test sinovlari oʻtkazilgan hollarda, ushbu fan boʻyicha test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga shu fan doirasida abituriyent olishi mumkin boʻlgan quyidagi tartibda maksimal ball qoʻshiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,0), Test af English as a Foreign Language (TOEFL IBT 86), Cambridge Assesstment English, PET Preliminary xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro imtihon tizimi boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdipom (DSD) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplome dʼEtudes en Language Francaise (DELF B1) xalqaro imtihon tizimi boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kirish imtihonlari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan belgilangan minimal oʻtish balidan kam ballni toʻplagan, shuningdek, belgilangan vaqtda imtihonlarga yetib kelmagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga qabul qilinmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Abituriyentlarning toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Test sinovlarining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov va suhbat natijalari yuridik texnikumlarning qaydnomasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaydnomada abituriyentlar roʻyxati taʼlim shakli, har bir mutaxassislik va kasb boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari, I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar toifasidagi abituriyentlarning test sinovlari natijalari qaydnomalari alohida shakllantiriladi.
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Abituriyentning kirish imtihoni natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tartiblarning buzilishi aniqlanganda, imtihon natijalari bekor qilinadi, abituriyent oʻqishga qabul qilingan boʻlsa, u yuridik texnikum oʻquvchilari safidan chetlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun kirish sinovlarini qayta oʻtkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Test sinovlari natijasi boʻyicha qaydnomalar Davlat test markazining direktori tomonidan tasdiqlanib, tanlov asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgani yoki etilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot toʻliq aks ettirilgan holda, Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Yuridik texnikumlarning qaydnomalari yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov yuridik texnikumlar tomonidan oʻtkaziladi va tanlov qaydnomalari mazkur Nizomning 26-bandi asosida kirish imtihonlari toʻliq yakunlangandan keyin 3 kun muddatda abituriyentlarni yuridik texnikumga qabul qilish uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyentlarning tanlov asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgani yoki etilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot test sinovlari toʻliq yakunlanib, Adliya vazirligi qarori qabul qilingandan soʻng eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kirish imtihonlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kirish imtihonlari natijalari yuzasidan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari natijalari yuzasidan — Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat test markazi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha — yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli fanlar boʻyicha ekspertlar hamda Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati vakili (shikoyat koʻzi ojiz abituriyent tomonidan berilganda) kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga tegishli masalalar boʻyicha Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi, umumiy rahbarlikni rais amalga oshiradi, apellyatsiya komissiyasi bayonnomalari kotib tomonidan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Kirish imtihonlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent apellyatsiya komissiyasiga kirish imtihonlari natijasi eʼlon qilingandan boshlab bir hafta muddatda yozma tartibda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellyatsiya shikoyatiga abituriyent pasporti (yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) va ruxsatnomasi nusxalari (test sinovlari topshirilganda) ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellyatsiya shikoyatini ular kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi. Apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Test sinovlari natijasi boʻyicha apellyatsiya shikoyati berilganda abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan boʻlsa, shuningdek test sinovlaridan chetlashtirilgan boʻlsa apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Apellyatsiya bergan abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda apellyatsiya komissiyasiga oʻzining pasporti (yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) bilan kelishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi (koʻz ojizlar uchun tanlov materiallari), xato va toʻgʻri bajarilgan test topshiriqlari toʻgʻrisida maʼlumot hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent oʻzining eʼtirozlarini yozib, unga berilgan test materiallari bilan birga Apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Apellyatsiya komissiyasi abituriyentning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijasida qyyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va kirish sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼtiroz asosli boʻlsa, kirish sinovi natijalariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Adliya vazirligiga taklif kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Abituriyent Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oʻqishga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Adliya vazirligining abituriyentlarni yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori, qoida tariqasida, 2-sentabrdan kechikmasdan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Adliya vazirligining qaroriga muvofiq abituriyentlarni davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha yuridik texnikum direktori 5 ish kuni ichida buyruqni rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Qabul Adliya vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qabul parametrlari doirasida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qabul parametrlaridan tashqari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat granti asosida — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari, I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar toifasidagi abituriyentlar;
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov-kontrakt asosida — TDYU huzuridagi akademik litseyni tamomlagan oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar va joriy yilda yuridik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, oʻqishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlarida oʻtish balini toʻplagan yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar hamda xorijiy fuqarolar qabul qilinadi;
(43-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligining qarori Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari, Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari, I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar toifasidagi abituriyentlarni 5-sentabrgacha oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida yuridik texnikum direktorining buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
(43-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Adliya vazirligi tomonidan abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin yuridik texnikumlar bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun toʻlov miqdori va muddati Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari Adliya vazirligi qarori qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda yuridik texnikum direktori va bosh buxgalteri imzosi bilan rasmiylashtiriladi (yuridik shaxslar uchun — 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun — 2 nusxada).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumda oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan kontrakt toʻlovi toʻlangandan soʻng yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan 15-sentabrdan kechiktirmay rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu abituriyentlarga 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishiga ruxsat etish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi. Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, kontrakt asosida oʻqishga haq toʻlash muddatlari oʻzgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, test sinovlari natijalariga koʻra qabul qilinmagan abituriyentlar Adliya vazirligining qarori bilan qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik texnikumlar qoʻshimcha qabul boʻyicha takliflarni Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun 25-sentabrgacha taqdim etadi. Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, 30-sentabrgacha qoʻshimcha qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyentlar 20-sentabrgacha qoʻshimcha oʻqishga kirish uchun maxsus platforma orqali elektron shaklda ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qiladi;
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul test sinovlari natijalariga koʻra, toʻplagan ballar ketma-ketligiga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori ball toʻplagan abituriyent qoʻshimcha qabul qilish uchun ariza bilan belgilangan muddat ichida murojaat etmasa yoki qoʻshimcha qabul qilishni rad etsa, reytingi boʻyicha navbatda turgan oʻquvchi qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabaqalashtirilgan kontrakt miqdori oʻqishning birinchi oʻquv yilida qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlarni yuridik texnikumga qabul qilish boʻyicha murojaat qilish va oʻqishga qabul qilish muddatlariga Adliya vazirligi tomonidan zarur hollarda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Respublika oliy taʼlim muassasalarida “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, oʻqishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi tegishli oʻquv yilida test sinovlarida oʻtish balini toʻplagan yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar toʻlov-kontrakt asosida doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumga qabul qilinishlari mumkin.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu abituriyentlar doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumlarga 20-sentabrgacha maxsus platforma orqali elektron shaklda murojaat qiladi. Murojaatlar asosida yuridik texnikumlar 25-sentabrgacha Adliya vazirligiga tasdiqlash uchun abituriyentlarni qabul qilish boʻyicha taklif taqdim etadilar.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, 30-sentabrgacha ularni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda ushbu abituriyentlar tanlovsiz, oliy taʼlim muassasalaridagi test natijalariga koʻra ballar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur toifadagi abituriyentlarni yuridik texnikumga qabul qilish boʻyicha murojaat qilish va oʻqishga qabul qilish boʻyicha muddatlariga Adliya vazirligi tomonidan zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarga qoʻshimcha oʻqishga kirish uchun tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili shartnoma shartlarida belgilangan muddatda, biroq Adliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi. Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish oʻqish uchun kontraktda belgilangan pul mablagʻlarini jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan 10-oktabrdan kechiktirmay toʻlaganlaridan soʻng yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu abituriyentlar bilan kontrakt tuzilgan kundan boshlab oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi. Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul boʻyicha oʻqitish xarajatlarining miqdori Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Yuridik texnikumlarning asoslangan taklifiga binoan, Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarni oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt miqdori va kontrakt asosida oʻqishga haq toʻlash muddatlari oʻzgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Test sinovlari va koʻzi ojiz abituriyentlarning tanlov natijalari, xorijiy fuqarolar bilan oʻtkazilgan suhbat natijalaridan koʻchirmalar, shuningdek yuridik texnikumga test sinovlarisiz qabul qilingan abituriyentlarning hujjatlari ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlariga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik texnikumlarga qabul qilinmagan abituriyentlarning test sinovlari (koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov) natijalari 6 oy davomida saqlanadi va undan soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlar ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov va xorijiy fuqarolar uchun suhbatni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar yuridik texnikumlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Abituriyentlar hujjatlarini qabul qilishni tashkillashtirish

1. Qabulning tashkiliy masalalarini hal qilish uchun qabul komissiyasini tuzish.

1-iyundan kechikmay

2. Yuridik texnikum va tegishli hududiy adliya organi veb-saytiga qabul muddatlari, mutaxassislik va kasblar nomlari, qabul kvotalari haqida maʼlumot joylashtirish.

Qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilishdan bir oy oldin

3. Abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish uchun davlat xizmatlari markazlari, YIDXP yoki DTM veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtkazish.

1 — 20-avgust

4. Qabul komissiyasi tomonidan yuridik texnikum va tegishli hududiy adliya organi veb-saytida oʻqish uchun topshirilgan arizalar soni haqida kunlik axborot va abituriyentlar hamda ularning ota-onalari savollariga javob berish uchun telefon aloqasining ishlab turishini taʼminlash.

Hujjatlarni qabul qilish davrida

2-bosqich

Test sinovlarini oʻtkazish tayyorgarlik koʻrish

1. Davlat test markazi tomonidan test oʻtkazish uchun mos binolarni tayyorlash.

2. Test sinovlarini oʻtkazish jadvalini Davlat test markazi tomonidan tasdiqlash.

Test sinovlarini oʻtkazishdan oldin

3-bosqich

Test sinovlarini oʻtkazish

1. Adliya vazirligi tomonidan belgilangan fanlar bloklari boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish.

25 — 30-avgust

2. Test sinovlari natijalarini Davlat test markazi veb-saytida eʼlon qilish

Test sinovlari oʻtkazilgan kundan keyingi ish kunida

Koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish uchun tanlov oʻtkazish

1. Koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish uchun test sinovlari uchun belgilangan fanlar boʻyicha koʻp balli yoki tegishli anʼanaviy besh balli tizim asosida tanlov oʻtkazish.

25 — 30-avgust

2. Tanlov natijalarini koʻzi ojiz abituriyentlarga eʼlon qilish.

Tanlov oʻtkazilgan kuni

4-bosqich

Test sinovlari natijalarini

Davlat qabul komissiyasi va Adliya vazirligiga yuborish

1. Test sinovlari natijalarini Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadigan tanlov qaydnomalariga kiritish.

2. Koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlov natijalarini koʻp balli yoxud tegishli anʼanaviy besh balli tizim asosida aniqlangan va yuridik texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan qaydnomalariga kiritish.

3. Test sinovlari qaydnomalari va koʻzi ojizlar uchun tanlov natijalari qaydnomalarini abituriyentlarni yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun Adliya vazirligi va Davlat qabul komissiyasiga yuborish.

natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab uch kun davomida

5-bosqich

Davlat qabul komissiyasi va Adliya vazirligi tomonidan abituriyentlarni yuridik texnikumga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish

qoida tariqasida,
5-sentabrdan kechikmay

6-bosqich

Oʻqishga qabul qilishni rasmiylashtirish, toʻlov-kontrakt summasini toʻlash

1. Yuridik texnikum direktori tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilarini, shuningdek koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.

Adliya vazirligi karori qabul qilinganidan keyin

2. Abituriyentlar bilan oʻqish uchun shartnoma (kontrakt)lar tuzish.

2-sentabr — 15-sentabr

3. Abituriyentlar tomonidan oʻqish uchun toʻlovlarni yuridik texnikumlar hisobvaragʻiga oʻtkazish.

Adliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatda

4. Yuridik texnikum direktorining toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻini rasmiylashtirish.

2-sentabr

5. Yuridik texnikum direktorining oʻqishga qabul qilish haqidagi buyrugʻini rasmiylashtirish.

kontrakt summasi toʻlangandan soʻng 15-sentabrdan kechikmay

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi oʻrinlarda — yuridik texnikum) oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyent — yuridik texnikumga oʻqishga kirish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va test sinovlarida ishtirok etuvchi jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyent ruxsatnomasi — pasport (u boʻlmagan xolda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beradigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi vakili — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, test sinovlari oʻtkaziladigan tegishli binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino rahbari — Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruh nazoratchisi — Davlat test markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat boʻyicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib boʻyicha oʻtishini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʻlgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari oʻtkazilishi bilan bogʻliq seminarda ishtirok etgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha test topshiriqlarini oʻz ichiga olgan savollar toʻplami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga moʻljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul komissiyasi — yuridik texnikumga oʻqishga qabul qilishni tashkil etuvchi, shu jumladan abituriyentlarga maslahat xizmatlari koʻrsatadigan har yili tuziladigan komissiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazishning muddati yakunlanganidan soʻng uch kun muddatda abituriyent ruxsatnomasini Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Abituriyent roʻyxatdan oʻtgan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Test sinovlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Test sinovlari katta sigʻimdagi, imtihonlarning yuqori darajada ochiqlik va shaffofligini hamda imtihon jarayoni videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini taʼminlaydigan binolarda (keyingi oʻrinlarda — bino) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar Adliya vazirligi va Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, hududiy adliya organlari hamda qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yigʻib olish uchun moʻljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda, binoning holati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari oʻtkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi test sinovlari oʻtkaziladigan joylarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videokuzatuv va mobil aloqa toʻlqinini toʻsuvchi qurilmalar hamda test sinovlarini oʻtkazish jarayonini video yozuvga olish vositalari bilan taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlarini oʻtkazish jarayoni videotasvirga tushiriladi. Videotasvirdan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga videotasvirni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Test sinovlarini ushbu Tartib talablariga qatʼiy muvofiq ravishda tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼuliyat bino rahbari va guruh nazoratchilari, shuningdek, qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Test sinovlarini oʻtkazish jadvali Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Binoda test sinovlari jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida bino, qoida tariqasida, elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi oʻrnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Binoda Davlat test markazining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yigʻib olish uchun moʻljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Binolarda test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi kerak. Binolar sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Binoda test sinovlar jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyentdan iborat guruhlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan taʼminlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanishi lozim. Har bir guruhga ikki nafar nazoratchi biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Binoda test sinovlarini oʻtkazish talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bino rahbari va guruh nazoratchilari Davlat test markazi direktori buyrugʻi asosida Davlat test markazi, tegishli hududdagi taʼlim muassasalarining hamda boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat boʻlgan tarkibda, ularning rahbarlari bilan kelishgan holda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat test markazi vakili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga amaliy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlarining boshlanishi va tugashini qatʼiy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Davlat test markaziga yuborish, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Tartibda belgilangan talablar asosida oʻtishini taʼminlydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat test markazi vakili oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va qabul komissiyalariga koʻrsatma berish, mazkur Tartib talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Davlat test markazi rahbariyati bilan kelishilgan holda chetlashtirilganlar oʻrniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat test markazi vakili Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan almashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Test sinovlari, qoida tariqasida, har yili 25 — 30-avgust kunlari oraligʻidagi muddatda Davlat test markazi tomonidan, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena soat 09:00 da, ikkinchi smena soat l5:00 da boshlanadi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat vaqt belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Davlat test markazining ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarga test sinovlari oʻtkazilayotgan hududga kirishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma asosida, unda belgilangan kun, test sinovlari oʻtkaziladigan bino shtabida test sinovlari jarayoni kuzatuvchisi sifatida ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Abituriyentlar binoga pasport va abiturent ruxsati bilan tegishli navbat boʻyicha kiritiladi. Kirishda videokuzatuv olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Abituriyentlar binoga soat 8.30 gacha kiritiladi. Soat 8.30 dan keyin abituriyentlar binoga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat test markazi vakili birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatadi va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi vakili, bino rahbari va guruh nazoratchilari soat 6.00 ga yetib keladi va test sinovlarini oʻtkazish tartibiga qatʼiy rioya qilishni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi vakili bino rahbarlari va guruh nazoratchilari hamda abituriyentlar roʻyxatini, ularning ruxsatnomalarini nazorat xizmat postlariga yetkazishni taʼminlaydi, qurʼa tashlash yoʻli bilan nazoratchilarni guruhlarga taqsimlashni amalga oshiradi, shuningdek test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakilini xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bino rahbari ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatadi va taqsimotini rasmiylashtiradi hamda birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatadi va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Guruh nazoratchilari soat 8.30 gacha abituriyentlarni ularning pasportlarini guruh roʻyxati bilan tekshirgan holda binoga kiritadi. Abituriyentlar roʻyxatda koʻrsatilgan oʻringa oʻtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida imtihonga kelmagan abituriyentlar oʻrni boʻsh qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Guruh nazoratchilari ikki nafar abituriyent guvohligida test materiallari joylashtirilgan qutilar va abiturentlar roʻyxati hamda javob varaqalari solingan paketlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, ularni ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazoratchilar test sinovlari kitoblari hamda javob varaqalarini tartib bilan tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Guruh nazoratchilari test sinovlari boshlangunga qadar nomzodlarni 30 daqiqa mobaynida javoblar varaqalarini toʻldirish qoidalari bilan tanishtiradi va ular tomonidan tegishli boʻlimga oʻzi toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bino rahbari abituriyentlarni test topshiriqlari kitobining muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish zarurligi hamda javoblar varaqasini havorang pastali sharikli ruchkadan boshqa rangda foydalanib toʻldirish, javoblar varaqasini bukish, marker chizigʻiga yozish, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyashlik test sinovlarini oʻtkazish talablarini buzilishi deb tan olinishi haqida ogoxlantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi vakili, bino rahbari guruh nazoratchilariga test sinovlari oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlarni chetlashtirish boʻyicha koʻrsatma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 09:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari kitobi va javob varaqalarini olganligini tasdiqlovchi imzo qoʻydiradi, shuningdek abiturentlar roʻyxati toʻldirilgan roʻyxatning bir nusxasini bino rahbariga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi boʻlmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos boʻlgan test topshiriqlari kitobini berishni soʻraydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent test sinoviga kelmagan taqdirda guruh roʻyxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “yaroqsiz” deb yoziladi, almashtirilgan vaqti koʻrsatiladi hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozilib imzolanadi va ushbu holat haqida dalolatnoma tuziladi. Abituriyentga yaroqsiz test sinovlari kitobi oʻrniga yangisi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Abituriyent test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 08:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bino rahbari birinchi smenada 09:00 da, ikkinchi smenada 15:00 da test sinovlari boshlanganligini eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Javoblar varaqasi abituriyent bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlariga javoblar havo rang pastali sharikli ruchkada toʻldirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi. Javoblar varaqasining tegishli boʻlimlarini toʻgʻri toʻldirmagan abituriyentlarning eʼtirozlari koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Abituriyent oʻzining fikriga koʻra toʻgʻri boʻlgan va test sinovlari kitobidagi javobga mos keladigan javoblar varagʻidagi tegishli doirani toʻldiradi. Bunda, har bir test topshirigʻi boʻyicha toʻgʻri javobga — faqat bitta doira toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirigʻiga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu test topshirigʻiga ball berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Abituriyentlarga test sinovlari materiallarini bir biriga uzatish va boshqalarga yordam berish, shuningdek oʻzaro gaplashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan uyali telefon yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Test sinoviga uyali telefon, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini, mikrokalkulyator, lugʻat, kitoblar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, test sinovi jarayonida test sinovi materiallarini boshqaga uzatgan yoki yordam bergan, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test sinovi materiallarini topshirmagan, test sinovi materiallarini bino tashqarisiga olib chiqqan abituriyent test sinovi oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Test sinovlari davomida abituriyentlarga binodan chiqish taqiqlanadi. Oʻzboshimchalik bilan binoni tark etgan abituriyentlar test sinovlari oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda test sinovlari materiallarini binoda qoldirib, kuzatuv ostida binodan chiqishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Test sinovlari oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar sinovdan chetlashtiriladi va bu haqda test sinovlaridan chetlashtirish boʻyicha bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Test sinovlaridan chetlashtirilgan abituriyentlarning test sinovlari tekshirilmaydi va ular imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Bino rahbari test sinovlari vaqti tugaganligini eʼlon qiladi va guruh nazoratchilariga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqlarini yigʻishga koʻrsatma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng abituriyentlar test materiallarini topshiradi, belgilangan muddatdan oldin javob berishni tugatgan abituriyentlar, test materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Guruh nazoratchilari abituriyentlardan test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha javoblar varaqalari, shu jumladan, test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalari, “yaroqsiz” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketga solinib, paket muhrlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlatilgan va ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari test materiallari qutisiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Guruh nazoratchisi test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini bino rahbariga topshiradi, bino rahbari esa topshirish vaqtini qayd etib, tegishli reyestrga imzo qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Bino rahbari abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino boʻyicha toʻplangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) yuridik texnikumlariga (keyingi oʻrinlarda — yuridik texnikum) xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xorijiy fuqarolarni (xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxsni, shuningdek xorijiy davlat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni) yuridik texnikumga oʻqishga qabul qilish yuridik texnikumlar tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan suhbat natijasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat 25 — 30-avgust kunlari oʻtkaziladi. Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan suhbat oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Suhbat yuqori darajada ochiqlik va shaffoflikni hamda imtihon jarayoni videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini taʼminlaydigan xonalarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonalarni tayyorlash, tanlov jarayonini videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining onlayn tarzda kuzatib borishlari uchun sharoit yaratish uchun javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy fuqarolarni yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilish qabul parametrlaridan tashqari, toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Adliya vazirligining xorijiy fuqarolarni yuridik texnikumlarga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori, qoida tariqasida, 2-sentabrdan kechikmasdan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Adliya vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin yuridik texnikum bilan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma (kontrakt) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Adliya vazirligining qarori eʼlon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik texnikum direktori va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda (yuridik shaxslar uchun 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada) rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xorijiy fuqarolar oʻqish uchun toʻlovni har yili shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish miqdori Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan oʻqish uchun shartnomada belgilangan pul mablagʻlarini 15-sentabrdan kechiktirmay toʻlangandan soʻng yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Xorijiy fuqarolarga oʻquv yili boshidan oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirlig tomonidan yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, xorijiy fuqarolarni kontrakt asosida oʻqishga haq toʻlash muddatlari oʻzgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy fuqarolarga oʻquv yili boshidan oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik texnikumlarning asoslantirilgan takliflari asosida xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish va toʻlov-kontrakt summasini toʻlash muddatlari Adliya vazirligi tomonidan oʻzgartirilishi, shu jumladan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga koʻzi ojiz abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻzi ojizlar toifasiga quyidagi abituriyentlar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) attestatiga ega shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplomga ega shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9 yillik koʻzi ojizlar maxsus maktab-internatida oʻqigan va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari diplomiga ega boʻlgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) hujjati yoki oʻrta maxsus kasb hunar taʼlimi muassasasi diplomiga ega boʻlgan, belgilangan tartibda I guruh nogironligi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnomaga ega boʻlgan shaxslar, shuningdek, nogironligi boʻlgan bola toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega boʻlgan bolalar.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish uchun tanlov test sinovlari uchun belgilangan fanlar boʻyicha koʻp balli yoxud anʼanaviy besh balli tizim asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fanlar boʻyicha kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli (yozma yoki ogʻzaki) Adliya vazirligi bilan kelishgan holda qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻzi ojizlar uchun test sinovlari savollari qabul komissiyasi tomonidan test savollarining tegishli fanlari boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan va ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda shakllantiriladigan ekspert guruhi tomonidan tuziladi. Ekspert guruhi faoliyatini qabul komissiyasi raisi boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻzi ojiz abituriyentlarga doimiy yordam berish uchun qabul komissiyasi tomonidan masʼul xodim ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tanlovni oʻtkazish jadvali masʼul kotibning taqdimnomasi asosida yuridik texnikum direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa tanlovda ishtirok etish huquqiga ega abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qabul komissiyasi tomonidan tanlovni oʻtkazish uchun fanlar boʻyicha komissiyalar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Fanlar boʻyicha tanlov dasturlari umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida), oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim dasturlari umumtaʼlim fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq holda tuziladi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tanlovni oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatining vakili kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tanlov yuqori darajada ochiqlik va shaffoflikni hamda imtihon jarayoni videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini taʼminlaydigan xonalarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonalarni tayyorlash, tanlov jarayonini videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining onlayn tarzda kuzatib borishlari uchun sharoit yaratish uchun javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlarning taklifiga koʻra, mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tanlov oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Test sinovlari blokiga kiritilgan barcha fanlar yigʻindisidan belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball (besh balli baholash tizimida baholanganda – “3” bahodan pastni) toʻplagan, shuningdek belgilangan vaqtda tanlovga kelmagan koʻzi ojiz abituriyentlar yuridik texnikumlarga qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yuridik texnikumlarga qabul qilish uchun koʻzi ojizlar uchun tanlovni qayta oʻtkazish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlovga belgilangan vaqtda yetib kelmagan koʻzi ojiz abituriyentlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tanlov natijalari har bir fan boʻyicha komissiya tomonidan qaydnomaga kiritiladi va shu asosida tanlovning umumiy ballari chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qaydnomada koʻzi ojiz abituriyentlar roʻyxati har bir mutaxassislik va kasb boʻyicha koʻp balli yoxud tegishli anʼanaviy besh balli tizim asosida toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tanlov natijalari koʻzi ojiz abituriyentlarga tanlov oʻtkazilgan kuni eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI

1. Ushbu Reglament davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) rasmiy veb-sayti orqali abituriyentlarga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga (keyingi oʻrinlarda — yuridik texnikumlar) oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markazlar, Davlat test markazi va yuridik texnikumlar oʻrtasida maʼlumot almashish faqat elektron raqamli imzolar (keyingi oʻrinlarda — ERI)ni qoʻllanishi shart boʻlgan holda idoralararo elektron aloqa orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Abituriyentlar doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar, istalgan Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyentlar doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi test sinovlarida qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat xizmatlari abituriyentlarga har yili, qoida tariqasida, 1-avgustdan 20-avgust (shu kuni ham)gacha koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat xizmatlarini olish uchun murojaat etuvchi ushbu Reglamentning 4-bandida koʻrsatilgan muddatda davlat xizmatlarini elektron koʻrinishda olish uchun Markazga murojaat qiladi yoki YIDXP yoxud Davlat test markazi rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va pasport yoshiga yetmaganlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazlarga murojaat etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar ariza beruvchi shaxsan murojaat qilsa, Markaz xodimi arizachining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan takdirda, abituriyent mustaqil ravishda elektron shaklda maʼlumotni ushbu Reglamentning 2-ilovasida koʻrsatilgan soʻrovnoma shaklida Davlat test markazining maxsus tizimiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimi tomonidan soʻrovnomada tegishli maʼlumotlarni kiritish uchun ariza beruvchi Markaz xodimiga quyidagi hujjatlarning aslini taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik pasporti (ichki ishlar organi tomonidan 09 shakli boʻyicha, shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, pasport seriya va raqamini koʻrsatuvchi maʼlumotnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport yoshiga yetmagan shaxslar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni topshirish muddati tugaganidan keyin soʻrovnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyentdan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat test markazi Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda, imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning elektron reyestrini shakllantirish uchun vakolatli organlar tomonidan real vaqt rejimida kiritib borilishini taʼminlovchi yagona platforma faoliyat yuritilishini taʼminlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning reyestrini shakllantirish boʻyicha masʼul boʻlgan mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan vakolatli organlar imtiyozga ega abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron reyestrini shakllantirib, yagona platformaga doimiy ravishda maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu vakolatli organlar imtiyozlar haqidagi maʼlumotlarning axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq kiritib borilishi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi hamda axborot tizimiga kiritilmagan maʼlumotlar boʻyicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan imtiyozli huquq asosida abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng Markaz xodimi hujjatlarning asl nusxasini arizachiga qaytaradi, QR-kod (matritsali shtrix kod) bilan ikki nusxada arizani bosib chiqaradi va ularni arizachiga topshiradi. Abituriyent maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi, anketani oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi, bitta nusxasini oʻziga qoldiradi va ikkinchi nusxasini Markaz xodimiga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnoma abituriyentning imzosi bilan tasdiqlanganidan soʻng avtomatik ravishda Markaz tizimiga Markaz xodimining ERI bilan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni avtomatik ravishda qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat xizmatlari amalga oshirilganligi uchun haq olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, abituriyentning Markazga shaxsan murojaat etishdan bosh tortishi davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Boshqa sabablarga koʻra davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Abituriyent har qanday bosqichda davlat xizmatlarini olishdan voz kechish huquqiga ega. Agar abituriyent davlat xizmatlarini olishdan voz kechsa, uning hujjatlari koʻrmasdan qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Roʻyxatdan oʻtish YIDXP yoki Davlat test markazining veb-sayti orqali amalga oshirilganda mazkur Reglamentning 7-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida keltirilgan maʼlumotlar abituriyent tomonidan mustaqil ravishda elektron shaklda yuklanadi, maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun abituriyent shaxsan javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Roʻyxatdan oʻtishda tegishli maʼlumotlar rasmiylashtirib tizimga kiritilganidan soʻng YIDXP yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali elektron ravishda QR-kod (matritsali shtrix kod) qoʻyilgan soʻrovnomani abituriyent elektron shaklda oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov Davlat test markazi tizimiga kiritilgan soʻrovnoma maʼlumotlari asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yuridik texnikumga test sinovlari, koʻzi ojiz abituriyentlar uchun tanlov natijalari asosida qabul qilinganda, shuningdek TDYU huzuridagi akademik litsey bitiruvchilari uchun tanlov natijalari boʻyicha qabul qilingan taqdirda, ushbu abituriyentlar oʻquv yili boshlanishidan oldin tegishli yuridik texnikumga ushbu Reglamentning 7-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini, shuningdek 3,5 x 4,5 sm oʻlchamli 6 dona rangli fotosurat topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markazlar, Davlat test markazi va yuridik texnikumlar oʻz faoliyati natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va markazlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati Reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring olib boradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Abituriyentlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Reglamentni qoʻllash bilan bogʻliq nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Abituriyent

Yuridik texnikumga kirish hujjatlarini qabul qilish uchun abituriyent Davlat xizmatlari markaziga shaxsan keladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Davlat test markazi veb-saytida roʻyxatdan oʻtadi.

1 — 20-avgust kunlari

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazining xodimi ariza beruvchi nomidan,

10 daqiqa davomida

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

YIDXP yoki Davlat test markazi veb-sayti orqali murojaat qilingan taqdirda, abituriyent elektron shaklda soʻrovnoma boʻyicha maʼlumotni Davlat test markazida shakllantirilgan abituriyentning maxsus test maʼlumotlar bazasiga mustaqil ravishda kiritadi.

avtomatik ravishda

3-bosqich

Davlat test markazi

1. Abituriyentlarning maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni qabul qiladi.

avtomatik ravishda hujjatlari qabul qilish muddati tugaganidan keyin

2. Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng test sinovlari jadvaliga muvofiq rasmiy veb-saytida test sinovlarining vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtiriladi.

3. Abituriyentlar maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlar asosida test sinovlarini oʻtkazadi.

30-avgustga qadar

4-bosqich

Abituriyent

Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda kerakli hujjatlarini asl nusxalarini tegishli yuridik texnikumlarga taqdim etadi

oʻquv yilining 2-sentabriga qadar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(Sana)

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik

texnikumlariga kirish uchun hujjatlarni

topshirish boʻyicha

SOʻROVNOMA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:

1.1. F.I.O:

1.2. Pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi) (mavjud boʻlmagan taqdirda, ichki ishlar organlari tomonidan 09 shakl boʻyicha berilgan maʼlumot):

1.3. Pasport olish yoshiga yetmagan shaxslarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi:

1.4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) (agar mavjud boʻlsa):

1.5. Manzili:

1.6. Fuqaroligi:

1.7. Millati:

1.8. Telefon raqami:

1.9. Elektron pochta manzili:

II. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

2.1. Umumiy oʻrta (11-sinf baza boʻyicha), oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki boshlangʻich professional taʼlim muassasasi nomi, ushbu muassasa tomonidan berilgan oʻqishni tamomlaganlik haqida hujjatning seriyasi, raqami va sanasi:

2.2. Test oʻtkaziladigan til:

2.3. Yuridik texnikum nomi:

2.4. Yuridik texnikumdagi mutaxassislik va kasb nomi:

2.5. Taʼlim shakli:

III. Imtiyoz borligi haqidagi maʼlumotlar (mavjud boʻlsa)

Tegishli hujjatning rekvizitlari

(raqami, berilgan sanasi)

3.1.

I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar

3.2.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari

3.3.

“Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari

3.4.

Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar

IV. Abituriyentni xabardor qilish tartibi

4.1.

Imtihondan oʻtish uchun roʻyxatdan oʻtkazish haqida abituriyentga SMS xabar yuborish (telefon raqami)

4.2.

Imtihon oʻtkazish kuni, vaqti va joyi haqida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali maʼlum qilish.

Ushbu anketada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliq, aniq va toʻgʻriligini tasdiqlayman.

Ariza beruvchining

imzosi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Barcha maʼlumotlar abituriyent hujjatlarining asl nusxasidan toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (yuridik texnikumdan) chetlashtiriladi, taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli chora koʻrish uchun yuboriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini shakllantirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Imtiyozlar turlari

(toifalari)

Imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar

1.

I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar toifasidagi abituriyentlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Mehribonlik uyi, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari

4.

Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga va xalqaro sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-dekabrdagi 900-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 09/25/900/0006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarida oʻquv yuklamasining hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 23-dekabrdagi 337-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 52-son, 691-modda) kiritilayotgan oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 10-son, 90-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish, qonun loyihalari matnlarini va ularga tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yoʻli bilan, shuningdek, boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“44. Qonun loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun belgilangan tartibda joylashtirilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan qonun loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-banddan “jamoatchilik va (yoki)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qonun loyihasi mutaxassislar muhokamasining oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasi boʻyicha fuqarolar takliflarini (izohlari) koʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadval”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-noyabrdagi 901-son qarori 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida oʻqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomidagi “kollejlarida” soʻzi “texnikumlarida” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “kollej” va “kollejlar” soʻzlari tegishli ravishda “texnikum” va “texnikumlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “kollejlarning” soʻzi “texnikumlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “kollejlarning” soʻzi “texnikumlarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “kollejlarda” soʻzi “texnikumlarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “kollejlarni” soʻzi “texnikumlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshidagi “kollejlar” soʻzi “texnikumlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi — uchinchi xatboshilardagi “kollejlar” soʻzi “texnikumlar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “kollejlarda” soʻzi “texnikumlarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 5-banddagi “kollejlarda” soʻzi “texnikumlarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 7 — 9-bandlardagi “kollejlarga” soʻzi “texnikumlarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYUning yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etadigan tarkibiy boʻlinmasi xodimlarining shtatdagi cheklangan soni Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan TDYU namunaviy shtatlari bilan aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TDYU mazkur tarkibiy boʻlinmasi boshligʻining lavozim maoshi oliy taʼlim muassasasi dekanining bazaviy lavozim maoshiga, uning oʻrinbosari lavozim maoshi — oliy taʼlim muassasasi dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarini sotib olish va saqlash bilan bogʻliq xarajatlar yuridik texnikumlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litsey oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etadigan TDYU tarkibiy boʻlinmasi shtat birliklarining soni koʻpaytirilishi bilan hamda mazkur tarkibiy boʻlinma boshligʻining lavozim maoshi oliy taʼlim muassasasi dekanining bazaviy lavozim maoshiga, uning oʻrinbosari lavozim maoshi — oliy taʼlim muassasasi dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirish bilan bogʻliq xarajatlar TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida yuridik texnikumlarda kam taʼminlangan oilalar aʼzolari boʻlgan oʻquvchilar, “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi boʻlgan, shu jumladan koʻzi ojiz shaxslar taʼlim olishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taʼlim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida yuridik texnikumlaring boshqaruv, pedagog, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga ustama haqlari va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini yuridik texnikumlarning toʻlov-kontraktdan kelib tushgan mablagʻlari (shu jumladan, tabaqalashtirilgan kontrakt) hisobidan hamda Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlari hisobidan mustaqil belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik texnikumlar xodimlariga har oylik ustamalarni belgilash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻrnatiladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 13-banddagi “kollejlarda” soʻzi “kollejlarda va texnikumlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 171-son “Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-yanvarga qadar xalqaro maktabning rahbar va boshqa kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda tanlov asosida xalqaro maktabni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka va yuqori professional tayyorgarlikka ega boshqaruv va boshqa kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda xalqaro maktabni rahbar va boshqa kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda xodimlarni tanlov asosida xalqaro maktabga ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/359/0546-son, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son; 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son; 03.01.2025-y., 09/25/900/0006-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)