Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3273
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
13.02.2024
30.11.2021
30.06.2020
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3273]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi SQ-350-III-son “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy koʻrsatmalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2020-yil 30-iyun,

54-son

Adliya vaziri R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 54, 1-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USLUBIY KOʻRSATMALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va ekspertlar darajasida ishlab chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish, shuningdek, ularning matnlarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻlmagan xalqaro hujjatlarni ishlab chiqishda ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ahdlashuvchi tomon ― xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan hamda u kuchga kirganligidan yoki kirmaganligidan qatʼi nazar, ushbu xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan davlat (davlatlar), xalqaro tashkilot (xalqaro tashkilotlar) va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt (boshqa subyektlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatlar ― bitta shaxsning yoki bir nechta shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlish huquqi boʻlib, bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining (mansabdor shaxsining) qarori asosida amalga oshiriladi va muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonga yoki depozitariyga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomaning matnini qabul qilish yoki uning autentikligini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomani imzolash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomaga taalluqli boshqa harakatni amalga oshirish maqsadida beriladigan vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tegishli tarzda rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organi ― Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro shartnomalar tuzish huquqi berilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, shuningdek boshqa organi;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3496, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitariy ― xalqaro shartnoma qoidalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomaning asl nusxasi oʻziga saqlash uchun topshiriladigan va mazkur xalqaro shartnomaga nisbatan ushbu xalqaro shartnomada va xalqaro huquqda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan davlat, xalqaro tashkilot yoki uning bosh ijrochi mansabdor shaxsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon ― xalqaro shartnomaning matnini tuzish va qabul qilishda ishtirok etayotgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalarni tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ratifikatsiya yorligʻi ― xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi va xalqaro shartnomaning Oʻzbekiston Respublikasi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan rozilikni ifodalovchi maxsus hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilot ― oʻzining taʼsis hujjatiga muvofiq xalqaro xususiyatga ega muayyan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan va xalqaro huquqning subyekti boʻlish huquqiga ega boʻlgan davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma ishtirokchisi ― xalqaro shartnomaning mustaqil tomoni sifatida ishtirok etayotgan, xalqaro shartnomaning oʻzi uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirgan va oʻzi uchun xalqaro shartnoma kuchga kirgan davlat, xalqaro tashkilot va (yoki) xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ― bitta hujjatdan, ikkita yoki bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan bir nechta hujjatdan iborat boʻlishidan, shuningdek oʻzining muayyan nomidan va tuzilish usulidan (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar yoki notalar almashinuvi hamda xalqaro shartnomaning boshqacha nomlari va tuzilish usullaridan) qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan chet davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt bilan yozma shaklda tuzilgan, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro kelishuv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash ― xalqaro shartnomani tuzish bosqichi yoxud Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga boʻlgan roziligini, agar xalqaro shartnomada imzolash shunday kuchga ega ekanligi nazarda tutilgan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasining va muzokaralarda ishtirok etayotgan boshqa tomonlarning imzolash shunday kuchga ega boʻlishi kerakligi haqidagi kelishuvi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa yoki imzolashga shunday kuch berish maqsadi muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon vakilining vakolatlaridan kelib chiqsa yoxud muzokaralar vaqtida bildirilgan boʻlsa, bildirish shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish ― xalqaro shartnomaning mazmunini shakllantirish, uning matnini qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma oʻzi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirishga doir tartib-taomillar ketma-ketligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha shart ― Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qoʻshilish chogʻida qilingan har qanday taʼrifdagi va har qanday nomdagi bir tomonlama rasmiy yozma bayonoti boʻlib, u orqali xalqaro shartnoma muayyan qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilishi borasida bu qoidalarni istisno qilish yoki ularning yuridik kuchini oʻzgartirish istagi ifodalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xalqaro shartnoma quyidagi asosiy belgilarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma yozma shaklda tuzilgan boʻlishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston tomonidan davlat, hukumat yoxud davlat organi, chet el tomonidan ― davlat, hukumat yoki davlat organi, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan boshqa subyekt xalqaro shartnoma tomonlari boʻlishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomada yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilishi lozim, yaʼni uning tomonlari uchun xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar yaratishi lozim. Hujjat, agar davlatlardan birining ichki huquqi bilan tartibga solinsa, u xalqaro shartnoma hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha davlat organi vakolatlari uning nizomida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma tuzish orqali tartibga solishni talab qiladigan muammo yoki masalalarning haqiqatda mavjudligini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomani tuzish maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyatini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohada huquqiy tartibga solishning amaldagi holatini tahlil qilishi (Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomalarini va milliy qonunchiligini oʻrganishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma tuzish natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarning yoki boshqa oqibatlarning baholanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasi qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan ilgari tuzilgan xalqaro shartnomalarning qoidalariga oʻzgartirishlar, koʻshimchalar kiritilishi yoki uning ishtirokchilari oʻrtasidagi boshqa xalqaro shartnomalarning amal qilishini tugatilishi lozimligini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinishi, oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi va (yoki) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Xalqaro shartnoma loyihasi quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga zid kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalarini takrorlamasligi (ayni bir masala boʻyicha ikkita yoki undan ortiq shartnoma tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazmuni uning obyekti va maqsadlariga mos kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz kuchini yoʻqotgan xalqaro shartnomalarga havolalar keltirilmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish amaliyotiga mos kelishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi xalqaro shartnoma tuzish darajasidan (davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo) qatʼi nazar, xalqaro huquq nuqtai nazaridan uning ishtirokchilari davlatlar hisoblanishiga eʼtibor qaratishi lozim. Idoralararo xalqaro shartnoma bilan yuklanadigan majburiyatlar nafaqat nomidan shartnoma tuzilgan davlat organlarining, balki tegishli davlatlarning ham majburiyatlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xalqaro shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarning buzilishi xalqaro huquq doirasida ularni buzgan tomon uchun huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar aniqlangan hollarda davlat organi xalqaro shartnoma tuzishdan tiyilishi yoki uni xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjat sifatida ishlab chiqishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomaning mavjud emasligi chet el tomoni bilan yuzaga kelgan masalalarni hal etishga yoki hamkorlikning aniq yoʻnalishlari va shakllarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan huquq va majburiyatlar vujudga kelishini nazarda tutmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xalqaro shartnoma loyihasi ekspertlar darajasida ishlab chiqish boshlangunga qadar davlat organining yuridik xizmati tomonidan Qonunga, mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xalqaro shartnoma loyihasiga qoʻyiladigan umumiy talablar quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasining oʻzida ziddiyatli qoidalarning yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasini bayon qilish tilining aniqligi, oddiyligi va tushunarliligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasi matnidagi mantiqiy izchillik va qoidalarning oʻzaro bogʻliqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasidagi qoidalarning qisqaligi, normativ koʻrsatmalar takrorlanishini istisno qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasida berilgan taʼriflarning aniqligi va ravonligi, matnda foydalaniladigan tushunchalar va atamalarning bir xilligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasiga ayni bir xil masala boʻyicha xalqaro shartnomaning (uning bir qismining) avvalgi va (yoki) keyingi xalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbatini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni yangi xalqaro shartnoma ishtirokchilari oʻrtasida qoʻllashni davom ettirish yoki amal qilishini tugatishni belgilaydigan qoidalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xalqaro shartnoma loyihasining matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 yoki 15 oʻlchamli shriftini qoʻllagan holda Microsoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoida tariqasida, A4 formatdagi standart qogʻoz varagʻida, har bir betning hoshiyalari barcha tomondan 3 sm, qator oraligʻi 1 intervalda, birinchi qator xatboshisi 1,27 sm, belgilararo interval oddiy, koʻlami (masshtab) 100 foiz, siljishlarsiz boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sahifaning tartib raqami varaqning pastki markazidan 2 raqamidan boshlab yoziladi, chekkasidan kolontitulgacha masofa 1 sm boʻladi hamda birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xalqaro shartnomaning nomi va uning tarkibiy birliklari sarlavhalari yarim qora shriftda, matn markazga toʻgʻirlangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Imzolanishi rejalashtirilayotgan xalqaro shartnomalar matnlari (bundan idoralararo shartnomalar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi buyurtmasiga koʻra ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan tayyorlanadigan, “suv belgisi”ga ega maxsus shartnoma qogʻozida chop etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanishi rejalashtiriladigan, xalqaro shartnoma boʻlmagan ikki tomonlama xalqaro hujjatlar matnlari ham formatlashga doir talablarni inobatga olgan holda maxsus shartnoma qogʻozida chop etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralararo xalqaro shartnomalar va xalqaro shartnoma boʻlmagan boshqa xalqaro hujjatlar matnlarini tayyorlashda A4 formatidagi standart qogʻozdan yoki muzokaralarda ishtirok etayotgan tomonlar bilan kelishilgan holda qogʻozning istalgan boshqa turidan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Xalqaro shartnomaning tili va atamalariga oid talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xalqaro shartnoma loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida va boshqa ahdlashuvchi tomonning tilida bayon etiladi. Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishuvga koʻra oʻzga til xalqaro shartnomaning tili deb tanlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matni Oʻzbekiston Respublikasining davlat tiliga norasmiy tarjima qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnini davlat tiliga tarjima qilish ularni ekspertlar darajasida qayta ishlash bosqichida vakolatiga xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi tomonidan mustaqil ravishda yoki tarjima qilish xizmatlari bilan shugʻullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar jalb qilingan holda taʼminlanadi (qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoxud muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan kelishuvga koʻra uchinchi shaxslar foydalanishi uchun cheklov belgilangan hollar bundan mustasno).
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan atamalar va tushunchalar maʼnosi va mazmuniga koʻra aynan mos boʻlishi hamda bir xilda qoʻllanilishi lozim, shuningdek ularga berilgan taʼriflar qoida tariqasida, matnning asosiy qismi boshiga joylashtirilgan holda uning alohida tarkibiy qismida keltiriladi. Xalqaro shartnomaning bir qismi uchun ahamiyatga ega atamalarning taʼriflari uning ushbu qismida keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xalqaro shartnomadagi atamalar umum qabul qilingan soʻzlar va soʻz birikmalaridan foydalangan holda shakllantiriladi. Ayni bir tushunchalarni belgilash uchun xalqaro shartnoma loyihasida aynan bir xil atamalardan foydalaniladi, turli tushunchalar esa mazmunidan kelib chiqqan holda har xil atamalar bilan belgilanadi. Qoʻllaniladigan atamalar bir nechta maʼnoga yoki odatdagidan boshqacha maʼnoga ega boʻlsa, xalqaro shartnoma loyihasida foydalanilayotgan atamaning qanday maʼnoni anglatishi koʻrsatib oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tushunchalardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridan, xalqaro hujjatlarda va izohli (ensiklopedik) lugʻatlarda keltirilgan umum qabul qilingan taʼriflardan kelib chiqish lozim. Xalqaro shartnoma loyihasida unchalik tanish boʻlmagan va maxsus atamalarning, shuningdek, turlicha talqin qilinadigan soʻzlarning taʼriflarini berish maqsadga muvofiq.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xalqaro shartnoma loyihasida noaniq taʼriflardan, umumlashtirilgan fikrlardan, qisqartmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan umum qabul qilingan qisqartmalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xalqaro tashkilotlar va ularning organlari, davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek, xalqaro shartnoma loyihasida foydalaniladigan hujjatlar nomlari ularning rasmiy nomlarga mos holda aniq va toʻliq koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasida nomni bir necha marta koʻrsatish talab qilinsa, shuningdek soʻz birikmasi bilan ifodalanadigan u yoki bu tushuncha bir necha bor qoʻllanilsa, nom yoki tushuncha u ilk bor foydalanilgan tarkibiy qismda toʻliq keltiriladi. Bunda qisqartma (shartli) ifoda bosh kelishikda qavs ichida koʻrsatiladi va keyingi qoidalarda aynan undan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:

“Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (keyingi oʻrinlarda ― ShHT MAT)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qoida tariqasida, xalqaro shartnoma qoidalari birlik sondan foydalangan holda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“...Tomonlardan har birining vakolatli organi oʻz davlati hududida uning qonunchilik hujjatlariga muvofiq ... amalga oshiradi”;
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol:

“Vakolatli organlar roʻyxati har bir Tomon tarafidan aniqlanadi va Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma topshirilayotganda depozitariyga taqdim qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hukumatlararo va idoralararo shartnomalar loyihalarida “qonunchilik” va “hudud” atamalaridan foydalanganda ularni tegishincha “Tomonlar davlatlarining qonunchiligi”, “Tomon davlatining qonunchiligi” va “Tomonlar davlatlarining hududi”, “Tomon davlatining hududi” soʻz birikmalari orqali qoʻllash lozim. Davlatlararo shartnomalarda “Tomonlar qonunchiligi”, “Tomon qonunchiligi” va “Tomonlar hududi”, “Tomon hududi” shakllari qoʻllaniladi. Bunda “qonunchilik” atamasi faqat birlikda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xalqaro shartnoma loyihasining asosiy matnida tomonlarning xohish-istaklari yoki maqsadlari bayon etilmasligi lozim (xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlar matnlari bundan mustasno). Xalqaro shartnoma qoidalari majburiyatlar sifatida shakllantirilishi lozim hamda tomonlarning huquq va majburiyatlarini bayon etishda hozirgi zamonning aniqlik maylidagi feʼllardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tomonlar quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qiladilar…”, “Tomonlar ... qoidalar amalga oshirilishini taʼminlaydilar” va hokazo.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qoida tariqasida, xalqaro shartnomalarda va xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlarda turli atamalardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomalarda hamda xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlarda eng koʻp foydalaniladigan ayrim soʻzlar va atamalar mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 1-ilovasida keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Xalqaro shartnomalarda havolalarni qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Xalqaro shartnomaning moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki xatboshilaridagi uning boshqa moddalari, bandlari, kichik bandlari yoki xatboshilariga havolalar ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoxud takrorlanishlarning oldini olish zarur boʻlganda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nizoli vaziyatlarda realizatsiya qilish taqiqlangan mahsulot mazkur Bitimning 3-moddasiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda mustaqil ekspertizadan oʻtkaziladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Boshqa xalqaro shartnomaning yoki boshqa hujjatning muayyan qoidalariga havolada uning rasmiy nomi, qabul qilingan sanasi keltirilishi, shuningdek, havola qilinayotgan qoida aniq koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1974-yil 12-dekabrdagi Davlatlarning iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari xartiyasining 27-moddasi 1-bandiga muvofiq har bir davlat jahon savdosi keltiradigan foydadan toʻliq foydalanish huquqiga ega”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xalqaro shartnomada “mazkur” soʻzidan foydalangan holda faqat xalqaro shartnomaning oʻziga yoki uning qoidasiga havola qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tomonlar mazkur Bitimning 3-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan tovarlar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibini belgilaydilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xalqaro shartnoma loyihalarida oʻz navbatida boshqa normaga havolani aks ettirgan normaga havola qilishdan tiyilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Xalqaro shartnomaning nomi va tuzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Xalqaro shartnomaning nomi va tarkibiy qismlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Shartnomaviy-huquqiy amaliyotda xalqaro shartnomalar koʻpincha shartnoma, bitim, konvensiya va bayonnoma kabi keng tarqalgan nomlarda tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlar, qoida tariqasida, deklaratsiyalar, bayonotlar, kommyunike, anglashuv memorandumlari, ahdlashuv bayonnomalari, hamkorlik rejalari va dasturlari shaklida qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday xalqaro hujjatlarda yuridik majburiyat yuklovchi qoidalar keltirilmasligi va ular Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim. Ular, qoida tariqasida, xalqaro hamkorlikning turli tarmoqlarida birgalikda faoliyat olib borish boʻyicha tomonlarning maqsadlarini va (yoki) siyosiy irodasini ifodalovchi hujjatlar sifatida qaraladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjat loyihasiga, qoida tariqasida, hujjatning yuridik kuchi haqidagi qoida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-misol:

“Mazkur Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar zimmasiga xalqaro huquqqa muvofiq yuridik majburiyatlar yuklamaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va Tomonlar uchun xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan biror-bir huquq va majburiyatlar keltirib chiqarmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xalqaro shartnomaning nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solish predmetini oʻzida aks ettirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning nomida uning tomonlari koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo shartnomaning nomida shartnoma “Oʻzbekiston Respublikasi bilan ... (boshqa tomon davlatining yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida” tuzilishi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo shartnomaning nomida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan ... (boshqa tomon davlatining rasmiy nomi) Hukumati yoki (xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida” tuzilishi koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo shartnomaning nomida “(Oʻzbekiston Respublikasi davlat organining toʻliq nomi) bilan ... (boshqa tomon davlati idorasining toʻliq nomi yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi) oʻrtasida” tuzilishi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xalqaro shartnomaning nomiga tomonlar tilga olingan boshqa xalqaro shartnomaning nomi kiritilsa, xalqaro shartnomaning nomidan keyin tomonlar nomini tushirib qoldirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yil 20-martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma” (yaʼni quyidagicha boʻlmaydi: “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2006-yil 20-martdagi Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Bayonnoma”).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Diagonal xalqaro shartnomalarni tuzish (masalan, bir tarafdan davlat nomidan va boshqa tarafdan hukumat nomidan) shartnoma amaliyotiga xos emas. Agar xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar Oʻzbekiston Respublikasida hukumat vakolatlariga kirsa, hamkor davlatda esa uning hukumati vakolatlariga kirmasa yoki aksincha boʻlsa, xalqaro shartnoma davlatlararo darajada tuzilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Xalqaro shartnoma, qoida tariqasida, muqaddima, asosiy qism, yakunlovchi qoidalar va zarur hollarda, ilovalardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xalqaro shartnomaning muqaddimasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Xalqaro shartnomani tuzishdan koʻzlangan sabablar, maqsad va vazifalarni tushuntirish loyihaning mustaqil qismi hisoblanuvchi kirish qism ― muqaddimada aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqaddima xalqaro shartnoma loyihasining nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima xatboshilarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqaddima huquqiy normativ koʻrsatmalarni oʻz ichiga olmasligi, moddalarga yoki bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasining tarkibiy birliklarida muqaddima boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ikki tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima hajmi, qoida tariqasida, uch-toʻrt xatboshidan oshmaydi. Koʻp tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima bu hajmdan koʻp boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqaddimaga xalqaro shartnomada foydalaniladigan atamalar taʼriflarini kiritish kerak emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Muqaddimaning boshlanishi quyidagi tarzda shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki tomonlama xalqaro shartnoma boʻlsa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo shartnoma uchun ― “Oʻzbekiston Respublikasi va ... (boshqa tomon davlatining yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumatlararo shartnoma uchun – “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va ... (boshqa tomon davlatining nomi) Hukumati yoki (xalqaro tashkilotnig rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo shartnoma uchun – “... (Oʻzbekiston Respublikasi davlat organining toʻliq nomi) va ... (boshqa tomon davlati idorasining toʻliq nomi yoki xalqaro tashkilotning rasmiy nomi), keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp tomonlama xalqaro shartnomada muqaddima “Ahdlashuvchi Tomonlar” yoki “Tomonlar” soʻzlari bilan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning muqaddimasida, shuningdek ikki tomonlama xalqaro shartnomaning muqaddimasida, qoida tariqasida, shartnoma imzolashga vakolatli shaxslar familiyalari va lavozimlari koʻrsatilmaydi. Shuningdek, “mazkur Shartnomaning ishtirokchi-davlatlari nomidan hukumatlar …” yoxud “Mazkur Shartnoma ishtirokchi-davlatlarining Hukumatlari... ” kabi shakllardan foydalanishdan tiyilish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Xalqaro shartnomaning muqaddimasiga, shuningdek asosiy matniga hujjatlarga havolalar kiritilganda bunday hujjatlarning nomlari toʻliq, qisqartmalarsiz, ular imzolangan (qabul qilingan) sana koʻrsatilgan holda keltiriladi. Ular tegishli hujjatlar nomlari bilan solishtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tomonlar uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, shuningdek ular tomonidan majburiy deb tan olinmaydigan hujjatlarga havola qilinganda “(hujjatning rasmiy nomi)ga amal qilib”, “(hujjatning rasmiy nomi)ga asoslanib” kabi iboralardan foydalanmaslik zarur. Bunday hollarda “(hujjatning rasmiy nomi) qoidalarini eʼtiborga olib”, “(hujjatning rasmiy nomi)ni inobatga olgan holda” kabi iboralardan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Muqaddimaning oxirgi xatboshisi quyidagicha shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma loyihasida ― “... quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim, bayonnoma va hokazolar loyihasida ― “... quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anglashuv memorandumi va ahdlashuv bayonnomasi loyihasida ― “… quyidagilar toʻgʻrisida oʻzaro anglashuvga erishdilar:”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xalqaro shartnomaning asosiy matni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Xalqaro shartnomada matnni moddalarga boʻlish tavsiya etiladi. Xalqaro shartnomaning matni kichik hajmda (bir nechta xatboshidan iborat) boʻlganda yoxud xalqaro shartnoma xatlar yoki notalar almashinuvi orqali tuzilganda xalqaro shartnoma matnini bandlarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Modda xalqaro shartnomaning asosiy tarkibiy elementi hisoblanadi va unda yakunlangan huquqiy qoida keltiriladi. Zarur hollarda, modda bandlar, kichik bandlar, xatboshilarga boʻlinadi. Oʻz navbatida bandlar ham kichik bandlar yoki xatboshilarga, kichik bandlar esa xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Moddalar oʻz mazmunini aks ettiradigan nomga ega boʻlishi mumkin. Bandlar nomlarga ega boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Agar xalqaro shartnoma matni moddalarga boʻlinib, ular ham oʻz navbatida bandlarga boʻlinsa, bunday bandlar izchil ketma-ketlikda emas, balki modda doirasida raqamlanadi. Kichik bandlar bandlar tarkibida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turli tillardagi xalqaro shartnoma matnlarida bandlarni (kichik bandlarni) ifodalashda harfli belgilardan foydalanilganda, aynan bir xil alifbodan (masalan, lotin alifbosidan) foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Xalqaro shartnoma loyihasining oʻz tuzilishiga koʻra katta hajmli va murakkab boʻlgan matni odatda boʻlimlar va boblarga boʻlinadi, ular nomga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Xalqaro shartnoma loyihasining matnidagi har bir gap, qoida tariqasida, 3-4 qatordan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi qoidalari va ilovalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Xalqaro shartnomaning yakunlovchi qoidalariga uning boshqa xalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbati, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, nizolarni tartibga solish, xalqaro shartnomaning kuchga kirish shartlari, amal qilish muddati, uni tugatish mumkinligi va tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni kiritish zarur. Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqa xalqaro shartnomalar bilan oʻzaro nisbati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchilar boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga dahl qilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻzgartirish va qoʻshimchalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tomonlarning kelishuviga koʻra mazkur Bitimga uning ajralmas qismlari hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda “xalqaro shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomalar xalqaro shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi” degan qoidalar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xalqaro shartnomada unga oʻzgartirishlar kiritish tartibi mavjud boʻlmasa, Xalqaro shartnomalar huquqi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi asosida xalqaro shartnomaga ishtirochilar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) nizolarni tartibga solish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitimni qoʻllash va talqin qilish bilan bogʻliq har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) kuchga kirishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim u imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi haqida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir xalqaro shartnomada uning kuchga kirishining bittadan ortiq usulidan bir vaqtda foydalanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim imzolangan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi yoxud agar bir Tomon davlatining qonunchilik hujjatlarida Bitim kuchga kirishi uchun davlat ichki protseduralari bajarilishi nazarda tutilsa, bunday protseduralar bajarilganidan keyin Tomon davlatining qonunchilik hujjatlariga muvofiq kuchga kiradi”;
(48-band “g” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) vaqtinchalik qoʻllanilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning kelishuviga koʻra xalqaro shartnoma loyihasiga imzolangan sanadan yoki tomonlar bilan kelishilgan istalgan boshqa vaqtdan eʼtiboran xalqaro shartnomani yoki uning ayrim qoidalarini vaqtinchalik qoʻllash toʻgʻrisidagi qoida kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-misol (koʻp tomonlama xalqaro shartnomada):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim imzolangan sanadan boshlab vaqtinchalik qoʻllaniladi va depozitariy tomonidan uni imzolagan Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ichki protseduralarini kechroq bajargan Tomonlar uchun mazkur Bitim depozitariy tomonidan tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol (ikki tomonlama xalqaro shartnomada):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim imzolangan kundan eʼtiboran vaqtinchalik qoʻllaniladi va Tomonlar tarafidan Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomaning yoki uning bir qismining vaqtinchalik qoʻllanilishi xalqaro shartnomada faqatgina istisno hollarda, xalqaro shartnoma kuchga kirgunga qadar uning qoidalarini qoʻllash uchun haqiqatda va asoslangan zarurat mavjud boʻlganda nazarda tutiladi. Xalqaro shartnomaning vaqtincha qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi qoida xalqaro shartnoma butunligicha yoxud uning aniq qoidalari muayyan vaqtdan boshlab vaqtincha qoʻllanilishi koʻrsatilgan holda shakllantirilishi kerak. Vaqtincha qoʻllanilishi lozim boʻlgan qoidalar hajmini aniq belgilash imkonini bermaydigan shakllardan foydalanmaslik lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, quyidagi notoʻgʻri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitimning Tomonlar davlatlari qonunchiligiga zid boʻlmagan qismi u imzolangan sanadan boshlab vaqtincha qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qoʻshilish.

“Mazkur Bitim u kuchga kirgandan soʻng depozitariyga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni berish orqali istalgan davlatning qoʻshilishi uchun ochiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshilayotgan davlat uchun Bitim depozitariy tomonidan qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat olingan sanadan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomada uning obyekti va maqsadlariga qarab, shuningdek, tomonlar kelishuviga koʻra, koʻp tomonlama xalqaro shartnomaga uning ishtirokchilari roziligi bilangina qoʻshilish mumkinligi haqidagi qoida keltirilishi mumkin. Bunda xalqaro shartnomaning tegishli qoidalarida qoʻshilishga rozilikni ifodalash mexanizmi belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim barcha Tomonlarning roziligi bilan uning maqsadlari va prinsiplarini qoʻllab-quvvatlaydigan boshqa davlatlarning depozitariyga qoʻshilish haqida hujjatlar berish orqali qoʻshilishi uchun ochiq. Depozitariy Tomonlarning bunday qoʻshilishga roziligi haqidagi soʻngi xabarnomasini olgan kundan boshlab qoʻshilish kuchga kirgan hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) amal qilish muddati, amal qilishini tugatish, chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomalar maʼlum muddatga, nomaʼlum vaqtga tuzilishi mumkin yoki umuman muddatsiz boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi. Tomonlarning har biri depozitariyga mazkur Bitimdan chiqish istagi toʻgʻrisida chiqishdan kamida 12 oy oldin yozma xabarnoma yuborib hamda Bitim amal qilgan vaqtda yuzaga kelgan moliyaviy va boshqa majburiyatlarni tartibga solgan holda, undan chiqishga haqli”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, xalqaro shartnoma loyihasiga undan chiqish yoki uning amal qilishini tugatishning alohida shartlari kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) qoʻshimcha shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitimga doir qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitimning 5 va 6-moddalariga doir qoʻshimcha shartlarga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday qoidalar mavjud boʻlmaganda, xalqaro huquqda taqiqlanmagan har qanday qoʻshimcha shartlarni qoʻyish mumkin deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Agar xalqaro shartnoma loyihasida jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, roʻyxatlar keltirilsa, ular ilovalar shaklida rasmiylashtirilishi lozim, tegishli moddalar (bandlar) esa ushbu ilovalarga havolalarga ega boʻlishi kerak. Ilovalar, qoida tariqasida, imzolanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ilova mazkur Shartnomaning ajralmas qismini tashkil etadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomaga ilovalar arab raqamlari bilan “№” belgisi qoʻyilmasdan raqamlanadi. Bir nechta ilovaga havolalar keltirilsa, quyidagicha koʻrsatiladi: “1 ― 4-ilovalarga muvofiq”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilovada uni xalqaro shartnomaning asosiy matni bilan bogʻlaydigan sarlavha va belgi boʻlishi kerak. Mazkur rekvizitlar u qaysi shartnomaga taalluqliligini koʻrsatuvchi belgi bilan ilovaning yuqori oʻng burchagiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisida Bitimga 1-ilova”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilovalari mavjud xalqaro shartnomaning betlari, qoida tariqasida, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qoida, agar unda ratifikatsiya qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, xalqaro shartnoma loyihasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomalar loyihalariga ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qoidalar tomonlardan biri shartnoma ratifikatsiya qilinishi maqsadga muvofiq deb hisoblagan hollarda ham kiritilishi mumkin, bundan idoralararo shartnomalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Xuddi shuningdek, muzokaralarda qatnashuvchi tomonlarning kelishuvi boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalariga ularni tasdiqlash (qabul qilish) toʻgʻrisidagi shartlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Agar tomonlar xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun turli yuridik tartib-taomillar oʻtkazishi zarur deb hisoblash uchun asoslar mavjud boʻlsa (masalan, shartnoma bir tomon tarafidan ratifikatsiya qilinadigan, boshqa tomon tarafidan esa tasdiqlanadigan boʻlsa), qoida tariqasida quyidagi ifodadan foydalaniladi: “Shartnoma Tomonlar tarafidan uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisida soʻngi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning amal qilish muddatini aniqlashda uning amal qilish davrlari toʻgʻrisidagi shartdan foydalanish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim imzolangan vaqtdan eʼtiboran kuchga kiradi va besh yil davomida amalda boʻladi. Uning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri navbatdagi besh yillik davr tugashidan kamida olti oy avval boshqa Tomonni mazkur Bitimning amal qilishini tugatish istagi haqida xabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday ifoda xalqaro shartnoma boshlangʻich yoki har qanday navbatdagi davr tugaganidan keyingina bir tomonlama tartibda tugatilishi mumkinligini anglatadi. Har bir belgilangan davrlar davomida uni tomonlarning oʻzaro roziligi bilangina tugatish mumkin. Shu sababli bunday qoidalarni xalqaro shartnomaning amal qilishini istalgan vaqt bir tomonlama tartibda tugatish mumkinligi toʻgʻrisidagi shartlar bilan bogʻlab boʻlmaydi. Shuningdek, tomonlarning maqsadiga qarab xalqaro shartnomaning amal qilishi ham bir marta, ham bir necha marta oʻz-oʻzidan uzaytirilishi mumkinligini ham inobatga olish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matnda tegishli maqsad aniq shakllantirilishi zarur: “…mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri boshqa Tomonni uning amal qilishini tugatish istagi toʻgʻrisida dastlabki davr tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda xabardor qilmasa, oʻz-oʻzidan besh yilga uzayadi” (bir marta uzaytirilganda) yoxud “mazkur Bitimning amal qilishi, agar Tomonlarning hech biri boshqa Tomonni Bitimning amal qilishini tugatish istagi toʻgʻrisida uning amal qilishining boshlangʻich yoki har qanday keyingi davri tugashidan kamida olti oy avval yozma ravishda xabardor qilmasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi” (koʻp marta uzaytirilganda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Xalqaro shartnomada uning amal qilish muddati koʻrsatilmasligi, agar uning boshqa qoidalaridan oʻzgacha anglashilmasa, shartnoma nomaʼlum muddatga tuzilishini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Xalqaro shartnomadagi yakuniy jumla joy va sana, asl nusxalar soni va uning matnlari tuzilgan tillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-misol (ikki tilda xalqaro shartnoma tuzishda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“_______ da 20__ yil “ “ _________ ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida imzolandi, bunda ikkala matn ham bir xil kuchga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-misol (uch tilda xalqaro shartnoma tuzishda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“_______ da 20__ yil “ “ _________ ikki nusxada, har biri oʻzbek, rus va ingliz tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-misol (ustuvor tilni aniqlash zarur boʻlsa):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi” yoki “Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ikki tomonlama xalqaro shartnoma va memorandumning yakunlovchi qismi namunaviy qoidalari mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Xalqaro shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Xalqaro shartnomani oʻzgartirish (unga tuzatishlar kiritish) xalqaro shartnoma shartlariga hamda xalqaro huquqqa muvofiq uning ishtirokchilari oʻrtasidagi kelishuvga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Tarkibiy birlikni jiddiy oʻzgartirish talab etilgan taqdirda, uni yangi tahrirda bayon etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tomon davlatining markaziy organi vakolati ... Nizom bilan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Agar tarkibiy birliklarni yangi tahrirda toʻliq bayon qilish zarurati boʻlmasa, ularning matniga ayrim soʻzlar, iboralar, boshqa raqamlar va belgilarni qoʻshish, ularni chiqarib tashlash yoki almashtirish orqali aniqliklar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5-moddaning ikkinchi xatboshisidan “...” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12-moddaning ikkinchi xatboshisi “hisoblansin” degan soʻzdan keyin “tegishli ravishda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4-modda uchinchi xatboshisining ikkinchi gapi “chegaralar” degan soʻzdan keyin “Ahdlashuvchi tomonlarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3-bandning ikkinchi xatboshisi “tartibi” degan soʻzdan keyin “davlat” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2-modda “tartibini” degan soʻzdan keyin “tayinlash” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Agar xalqaro shartnoma yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar bilan toʻldirilsa, yangi moddalar (bandlar), raqamli belgiga ega boshqa tarkibiy birliklar uchun belgi qoʻshgan holda, moddalarning (bandlarning), boshqa tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishini saqlab qolish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“... quyidagi mazmundagi 10.1-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“...”

“...1-band quyidagi mazmundagi 1.2.1 kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“...”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Xalqaro shartnoma matnidan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklar chiqarib tashlanganda xalqaro shartnoma matnida qolgan raqamli belgiga ega tarkibiy birliklarning avvalgi raqamlanishi oʻz holida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Xalqaro shartnoma moddasi (bandi) xatboshilar bilan toʻldirilsa yoki xalqaro shartnomadan xatboshilar chiqarib tashlansa, tarkibiy birliklar yangi tahrirda, qoida tariqasida, qoʻshilgan (chiqarib tashlangan) birliklarni hisobga olgan holda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6-moddada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“...”;

uchinchi ― beshinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi ― oltinchi xatboshilar deb hisoblansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi ― beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi ― toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qoʻshilgan yoki chiqarib tashlangan xatboshilar modda (band) matnida oxirgi tarkibiy birliklar boʻlsa, ulardan avvalgi xatboshilar sanalishini oʻzgartirish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “...”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7-moddaning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning, yangi tahrirdagi moddalarning (bandlar, kichik bandlar, xatboshilarning) matni qoʻshtirnoq ichida va qoida tariqasida kursiv bilan ajratib koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani kelishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Davlat organi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan materiallar bilan birga tashabbus taklifi kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif diplomatik kanallar orqali chet el tomonidan tashabbus qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi uni davlat organiga yuborish bilan bir vaqtda xalqaro shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida oʻz fikrini taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holda davlat organi Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan materiallarni tayyorlaydi va xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi davlat organiga ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida qaror qabul qilish uchun tashabbus taklifini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritishni taklif qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori turuvchi organlarning prinsipial roziligini talab qiladigan ayrim hollar mavjud shartnomaviy-huquqiy amaliyotdan, shuningdek tartibga solish predmetidan va xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi (masalan, mudofaa qobiliyati masalalariga daxl qiladigan, strategik obyektlar qurilishini nazarda tutuvchi yoki amalga oshirish katta moliyaviy xarajatlar talab qiladigan xalqaro shartnomalar va hokazolar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish ikki bosqichli tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Birinchi bosqichda davlat organi tomonidan Qonunning 10-moddasiga muvofiq manfaatdor davlat organlari bilan birga xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Qonunning 8-moddasiga muvofiq ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash haqida tashabbus taklifini kelishishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro shartnoma loyihasi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini bir vaqtda taqdim etgan boʻlsa, ekspertlar darajasida ishlab chiqish bosqichida xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga takroran kiritish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organi manfaatdor davlat organlariga xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini kiritayotganda Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur materiallarni ham ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalaga tushuntirish xati davlat organi tomonidan tayyorlanadi va ushbu organ rahbari (uning yoʻqligida ― birinchi oʻrinbosari tomonidan) tomonidan imzolanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shunga eʼtibor qaratish lozimki, xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etish masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishning butun jarayoni uchun, shu jumladan tayyorlanadigan ilova materiallarning hamda davlat tilidagi va boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi autentik tarjimalarining sifati uchun javobgarlik vakolatiga xalqaro shartnomada tartibga solinadigan masalalar kiradigan davlat organi rahbariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish chogʻida manfaatdor davlat organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjat matni boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻz takliflari va fikr-mulohazalarini taqdim etgan holda xalqaro shartnoma loyihasini ishlab chiqishni davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yohud koʻp tomonlama xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki unga qoʻshilish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikrlar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini ekspertlar darajasida ishlab chiqish ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ikkinchi bosqichda (ekspertlar darajasida qayta ishlash yakunlanganidan keyin) hujjat Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagilar ilova qilingan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilidagi yoki zarur hollarda, boshqa tildagi xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning 9-moddasi talablariga mos boʻlgan tushuntirish xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor davlat organlari bilan ekspertlar darajasida ishlab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi natijalari qiyosiy jadval tarzida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻrib chiqilayotgan masala predmetiga oid quyidagi zaruriy materiallarni ham talab qilib olishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuqori turuvchi organ topshirigʻining yoki xalqaro shartnoma loyihasini yoxud koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish nazarda tutilgan boshqa hujjatlarning koʻchirma nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning ekspertlar darajasida qayta ishlash chogʻida taqdim etilgan xatlaridan koʻchirma nusxalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy hamkorning salohiyati, hamkorlikning joriy holati, oʻzaro hamkorlikdagi istiqbolli rejalar va loyihalar haqida axborot, xalqaro shartnoma tuzishning amaliy ahamiyatini puxta oʻrganish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar xalqaro shartnoma loyihasida yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnida boshqa xalqaro shartnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilsa, qiyosiy jadval;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda koʻp tomonlama xalqaro shartnoma qoidalarining milliy qonunchilik normalariga va Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos kelishini moddama-modda tahlil qilish boʻyicha qiyosiy jadval.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Xalqaro shartnomani tartibga solish predmetining oʻziga xosligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish bosqichida davlat organidan xalqaro shartnoma tuzishning yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi boʻyicha batafsil taqdimot tayyorlagan holda ekspert uchrashuvi oʻtkazishni soʻrashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha bergan ijobiy xulosasi davlat organi tomonidan xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritish imkonini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tegishli xulosasi olinganidan soʻng davlat organi Qonunning 13-moddasida koʻrsatilgan barcha hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklifni mustaqil ravishda kiritish haqida qaror qabul qilinganda, davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi soʻrovnomasi boʻyicha huquqiy ekspertiza yakunlari yuzasidan takliflarni hisobga olgan holda tayyorlangan zarur materiallarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Vazirlar Mahkamasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki maqsadga muvofiqligi haqida maʼqullashi olingandan keyin davlat organi xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda uning kelishilishini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish – bu Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli xulosa tayyorlangan holda xalqaro shartnoma loyihasining qoidalarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning matnini oʻrganish va baholash boʻyicha faoliyat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Huquqiy ekspertiza natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va Tashqi ishlar vazirligining maxsus blankalarida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi borasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ishlab chiquvchiga tegishli xulosa taqdim etiladi.
(77-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Qonunning 8-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasining yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnomaning davlat tilidagi matni bilan uning boshqa tillardagi matnlari oʻrtasida nomuvofiqliklar boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.

78. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnoma loyihasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlishni maqsad qilgan koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasi yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matni quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilova qilingan materiallar asosida tegishli xalqaro shartnomani imzolash, ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki unga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini va amaliy ahamiyatini aniqlash imkoni boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish yakunlanmagan boʻlsa yoxud ular boʻyicha barcha manfaatdor organlarning fikri olinmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaga Qonunning 9 va 11-moddalari, shuningdek mazkur Uslubiy koʻrsatmalar talablariga mos keladigan zarur materiallar ilova qilinmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasini jiddiy qayta ishlash talab etilsa va bu uning matni tubdan oʻzgarishiga olib kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilidagi va chet tilidagi xalqaro shartnoma matnlari oʻrtasida muvofiqlikni taʼminlash uchun lingvistik ekspertiza, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazish zarurati aniqlangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi haqida ishlab chiquvchiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish ustuvorligidan va ularning amaliy ahamiyatidan, xalqaro shartnoma turini tanlash asosliligidan, shartnomani imzolash tomonlarning vakolatiga daxldorligi va ular bunday huquqqa egaligidan kelib chiqish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Agar huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda xalqaro shartnoma loyihasining yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matnining va ilova qilingan materiallarning bildirilgan talablarga mos kelmasligi aniqlansa, ushbu nomuvofiqlik tegishli asoslar bilan birga xulosada aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomasiga yoki normativ-huquqiy hujjatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnoma loyihasiga yoki koʻp tomonlama xalqaro shartnoma matniga ilova qilingan materiallarni maromiga yetkazish yuzasidan rasmiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlari loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomalar imzolash vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Qonunning 15 va 16-moddalari talablarini hisobga olgan holda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xalqaro shartnomani imzolash toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin eng qisqa muddatda, biroq Oʻzbekiston Respublikasida muzokaralar boshlanadigan, xalqaro shartnoma imzolanadigan sanadan yoxud delegatsiya shu maqsadda xorijga chiqib ketishidan kamida 10 kun avval ularni rasmiylashtirish iltimosi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga soʻrovnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Soʻrovnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomiga soʻrayotgan davlat organining blankasidagi rasmiy xatni oʻzida ifodalaydi. Soʻrovnomada vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma kimning nomiga soʻralayotgan boʻlsa, bu shaxsning yoki shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimlari va ular rasmiy delegatsiya tarkibiga kim sifatida kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻliq koʻrsatiladi. Shuningdek, boʻlajak tadbirning toʻliq nomi, u oʻtkaziladigan joy va muddatlar, imzolash uchun tayyorlanayotgan xalqaro shartnomaning toʻliq rasmiy nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro tashkilotlar va boshqa tuzilmalarning xalqaro konferensiyalari, kengashlari, sessiyalariga delegatsiyalarni yuborayotganda, delegatsiyaning vakolatlari haqidagi guvohnomaga taalluqli tartib-taomil qoidalaridan koʻchirma soʻrovnomaga ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma, qoida tariqasida, muzokaralar yoki tadbirlar boshlanguniga qadar, xalqaro shartnoma imzolanishidan oldin yoki imzolanayotgan vaqtda beriladi. Ikki tomonlama xalqaro shartnomalar imzolanayotganda, muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon bilan vakolatlar toʻgʻrisida guvohnomalar almashiladi. Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar imzolanayotganda vakolatlar toʻgʻrisidagi guvohnoma depozitariyga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy koʻrsatmalarga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnomalarda va xalqaro shartnoma boʻlmagan xalqaro hujjatlarda eng koʻp ishlatiladigan soʻzlar va atamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy koʻrsatmalarga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki tomonlama xalqaro shartnomaning yakuniy qismi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy qoidalari

Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy koʻrsatmalarga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Memorandumning yakuniy qismi

Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqida uslubiy koʻrsatmalarga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Koʻp tomonlama xalqaro shartnoma nomi)qoidalarining milliy qonunchilik normalariga va Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotga mos kelishini moddama-modda tahlil qilish boʻyicha QIYOSIY JADVAL
T/r
Xalqaro shartnoma qoidalari (moddama-modda bayon etiladi)
Milliy qonunchilikda mazkur munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqni qoʻllashda amaliyotning mavjudligi (tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qoidalari yoki amaliyot batafsil yoritiladi)
Milliy qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yohud yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilishning zarurligi (tegishli oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatning nomi aniq koʻrsatiladi)
1.
2.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3273/1152-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son)