04.08.2020 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.08.2020 yildagi 461-son
Date of entry into force
04.08.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, koronavirus boʻyicha epidemiologik vaziyatning yomonlashish ehtimoli belgilarini oʻz vaqtida aniqlash va kasallanish xavfini kamaytirish hamda bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatishga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi kechiktirib boʻlmaydigan zarur tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan 2 ta ixtisoslashgan tibbiyot majmualari (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashgan tibbiyot majmualari) barpo etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashgan tibbiyot majmualarining qurilishi tugatilgan binolarida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash maqsadida 2 ta shifoxona tashkil etilib, ularni boshqarish vaqtinchalik 1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” shifoxonasini (keyingi oʻrinlarda — maxsus shifoxona) tashkil etish toʻgʻrisida taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” shifoxonasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, maxsus shifoxona:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish maqsadida boshqa tibbiyot muassasalaridan tibbiyot xodimlari, yordamchi va texnik xodimlarni jalb qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus shifoxonalarning ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-son Respublika klinik shifoxonasi va 3-son Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda ularga xizmat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalarning maxsus shifoxonalar bilan qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalarni (keyingi oʻrinlarda — vaqtinchalik shifoxonalar) quyidagi tartibda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan 750 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitaliga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 1 va 2-son pavilyonida tashkil etilgan 814 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik gospitaliga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Nazarbek” sogʻlomlashtirish maskanida tashkil etilgan 350 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Milliy gvardiya va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlik sport majmuasida tashkil etilgan 520 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining markaziy harbiy gospitaliga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzekspomarkaz” MKK AJ 3 va 4-son pavilyonida tashkil etilgan 1000 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona, Sergeli tumanidagi 2-son Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etilgan 250 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona va Olimpiya zaxiralari sport saroyida 500 oʻringa moʻljallangan vaqtinchalik shifoxonani Toshkent shahar hokimligiga biriktirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda (statsionar davolash muassasalarida) davolanayotgan bemorlar sonidan va xodimlarning ishlash xususiyatidan kelib chiqib tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning meʼyorlarini tasdiqlash huquqi berilsin.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va boshqa xodimlar, shu jumladan harbiy xizmatchilarni joylashtirish choralarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatiga jalb qilingan xodimlar (harbiy xizmatchilar) va boshqa shaxslarni joylashtirishda binolarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu qarorning 7-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshida belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) vaqtinchalik shifoxonalarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlar va buxgalteriya xizmatlari tegishlicha vaqtinchalik shifoxonalar biriktirilgan tashkilotlar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarni saqlash, jumladan, issiqlik va suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr energiyasi, tabiiy gaz, obodonlashtirish, texnik koʻmaklashish xarajatlari tegishlicha binolarni balansda saqlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) vaqtinchalik shifoxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining gospitallari va boshqa budjet tashkilotlaridan biriktiriladigan mutaxassis va xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha pul taʼminoti (ish haqi) saqlab qolinadi;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) maxsus shifoxona toʻliq foydalanishga topshirilgunga qadar belgilangan bosh pudratchi tashkilotlar tomonidan muassasalarni saqlash bilan bogʻliq joriy xarajatlar buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vaqtinchalik shifoxonalarni joriy saqlash, shuningdek, bemorlarni hamda jalb qilingan mutaxassis va boshqa xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda qoʻshimcha vaqtinchalik shifoxonalar tashkil etilganda, mazkur qaror bilan belgilangan tartibda chora-tadbirlar amalga oshiriladi va ushbu qaror bilan oʻrnatilgan normativlar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda uch kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik shifoxonalarni koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga samarali tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan (zarur hollarda, vaqtinchalik mehnat shartnomasi asosida), tibbiy asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot buyumlari, sarflash vositalari, shaxsiy himoya, dezinfeksiya vositalari, PZR testlar, reagentlar va boshqalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmatining tibbiyot muassasalaridagi hamda markazlashgan xaridlar boʻyicha olingan tovarlarni qayta taqsimlash orqali vaqtinchalik shifoxonalarning tezkor tayyorgarligini taʼminlasin, ularning butligini va maqsadli foydalanilishini hamda vaqtinchalik shifoxonalar faoliyati toʻxtatilgandan keyin barcha texnologik jihozlar qaytarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining pandemiya sharoitida maxsus shifoxona hamda vaqtinchalik shifoxona faoliyatini tezkor tashkil etish maqsadida:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan dori vositalari, dezinfeksiya buyumlari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar va sarflash materiallar, xoʻjalik va boshqa tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha, istisno tariqasida, tender (tanlov) oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorlar va xodimlarni ovqatlantirish, kir yuvish, tashish, chiqindilarni chiqarish hamda utilizatsiya qilish va zarur hollarda laboratoriya va diagnostika xizmatlarini tashkil etishda autsorsing xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan, istisno tariqasida, tender (tanlov) oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki xafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan barcha turdagi ambulator va statsionar davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash muassasalarida ishlayotgan tibbiyot xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan maxsus qoʻshimcha toʻlovlarni takomillashtirish hamda anesteziolog-reanimatolog vrachlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ambulator poliklinika muassasalari qoshida tashkil etilgan mobil brigadalar xodimlariga mexnat qonunchiligi bilan oʻrnatilgan tungi vaqtda va bayram kunlari ishlaganligi uchun nazarda tutilgan miqdorlarda haq toʻlanishi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxona, shu jumladan ixtisoslashgan tibbiyot majmuasi hamda vaqtinchalik shifoxonadan sogʻayib chiqqan bemorlarni hamda tibbiyot xodimlarini tashish uchun tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmasi asosida kerakli miqdorda avtobuslar ajratilishini taʼminlasin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda vazirlik va idoralarga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar doirasida muruvvat yordami tariqasida yuborilgan va yuk hujjatlari joʻnatuvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan tovar-moddiy boyliklar istisno tariqasida, bojxonadan chiqarilishi va taqsimlanishi boʻyicha zarur amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagi maqsadlar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus shifoxonani saqlash va boshqa xarajatlar uchun asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan vaqtinchalik shifoxonalar xarajatlarini amalga oshirish uchun mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonani perimetri boʻylab kecha-kunduz qoʻriqlashga;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi — koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moslashtirilgan maxsus shifoxonada ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga va jamoat tartibini saqlashga masʼul hisoblanadi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Qurbanov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
461-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-avgustdagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus “1-son Zangiota” shifoxonasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni 16 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Amaldagi normativlar asosida shtatlar ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 446-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2020-y., 09/20/461/1137-son, 25.09.2020-y., 09/20/583/1320-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.07.2024-y., 09/24/446/0547-son)