Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2024 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3268
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 30.06.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3268
Date of entry into force
30.06.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3268]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 24-apreldagi 13/1-sonli “Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3513, 21.05.2024-y.) asosan 2024-yil 23-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 11-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13/10-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-iyundagi 13/10-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlari yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi, “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlari yetkazib beruvchilarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtorizatsiya — maʼlum shaxsga yoki shaxslar guruhiga muayyan harakatlarni amalga oshirish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autentifikatsiya — foydalanuvchi, dastur, qurilma yoki maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash tartib-taomili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiya — toʻlov tizimlari subyektlariga identifikator tayinlash va/yoki belgilangan identifikatorlar roʻyxati bilan identifikatorlarni taqqoslash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriptografik kalit — shifrlash, deshifrlash hamda elektron imzolarni kriptografik algoritmlar orqali tekshirishni amalga oshiruvchi maxfiy simvollar ketma-ketligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy xizmat koʻrsatish tizimi — elektron xizmatlardan foydalanish uchun toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminot va uskunalar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim toʻlov tizimlari operatorlari — toʻlov tizimining ishidagi toʻxtalishlar (uzilishlar) Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov xizmatlari bozorida tavakkalchiliklarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan muhim toʻlov tizimi jumlasiga kiritilgan toʻlov tizimining operatori hisoblangan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov — pul majburiyatini naqd pul mablagʻlari bilan bajarish yoxud pul mablagʻlarini toʻlov vositalaridan foydalangan holda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov agenti — bank yoki toʻlov tashkiloti bilan toʻlov xizmatlari koʻrsatish uchun agentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov subagenti — toʻlov agenti bilan toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha subagentlik shartnomasini tuzgan, bank hisoblanmaydigan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tashkiloti — bank hisoblanmaydigan, toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimlari operatorlari — Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov tizimining ishlashini taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, banklar, toʻlov tashkilotlari, toʻlov agentlari, toʻlov subagentlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik rejimi — normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan, maʼmuriy-huquqiy, tashkiliy, injener-texnik va boshqa chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladigan, tashkilotning konfidensial maʼlumotlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishni taʼminlovchi tartib.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Toʻlovlar toʻgʻrisidagi axborotni himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar oʻzlarining axborot tizimlari xususiyatlaridan kelib chiqib, axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlovlar toʻgʻrisidagi axborotni shakllantirish, uzatish, saqlash va unga ishlov berishning barcha bosqichlarida toʻlovlar toʻgʻrisidagi axborotni uzluksiz himoya qilish uchun quyidagi choralarni koʻrishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qilish tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimga ruxsatsiz kirishning oldini olish usullarini (login, parol va boshqa) qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov hujjati va identifikatsiya maʼlumotlarini qalbakilashtirish, ularni ruxsatsiz oʻzgartirish hamda uchinchi shaxslarga taqdim etishdan himoyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov axborotlari shakllantirilishini, toʻlov hujjatining haqqoniyligi tekshirilishini va ularga ishlov berilishini hamda asosli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlash va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov hujjatlarini uzatishda ushbu hujjatning asl egasiga yetkazilishini hamda boshqa shaxslarga joʻnatilishining oldi olinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan toʻlovga oid maʼlumotlarni saqlashda ularni ruxsatsiz koʻchirish, oʻzgartirish, oʻchirish hamda uchinchi shaxslarga joʻnatilishining oldini olish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi saqlovchiga koʻchirilgan toʻlovga oid maʼlumotlarning seyfda (temir shkafda) saqlanishini taʼminlash hamda maʼlumotlarni saqlash uchun masʼul xodim (xodimlar) tayinlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlaridagi dasturiy taʼminotlarning nazoratini va hisobini yuritish hamda axborot tizimlaridagi dasturiy taʼminot talqinlarining, apparat-dasturiy qurilmalarining va dasturiy vositalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarining aktual holatda (oxirgi versiya) boʻlishini taʼminlash, bunda dasturiy taʼminotning yangi talqinini tekshiruvdan oʻtkazgandan soʻng axborot tizimiga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov axborotlariga ishlov berish, ularni uzatish hamda saqlash jarayonlarini elektron bayonnomalarda avtomatik tarzda shakllantirib borish xamda ularning saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi xizmatini tashkil etish (axborot xavfsizligiga masʼul xodim tayinlash) va axborot xavfsizligi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq muhofazasi va kriptografik muhofazasini taʼminlash, kompyuter viruslaridan himoyalash, axborot tizimlariga kirishni boshqarish, texnik vositalarini sozlash va boshqa choralarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot muhofazasi uskuna va qurilmalari bilan taʼminlash, ulardan foydalanishning tartiblarini belgilash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va boshqa holatlarda texnik qurilmalardan koʻzda tutilmagan tarzda foydalanishning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilayotgan texnik vositalarga barcha telekommunikatsiya tarmoqlaridan ruxsatsiz kirish, ulardagi maʼlumotlarni oʻzgartirish, oʻchirish, koʻchirib olishdan ximoyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarning ruxsatsiz chetga chiqishining oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar dasturlarga va operatsion tizimga zarar keltiruvchi zararli kodlar (kompyuter viruslari) va ularning salbiy taʼsirining oldini olish uchun quyidagi choralarni koʻrishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisoblash texnikasi qurilmalari (serverlar, kompyuterlar va boshqalar), bankomat, embosser va toʻlov terminallarining (texnik imkoniyatidan kelib chiqib) ish faoliyatiga zarar yetkazuvchi kodlarni (kompyuter viruslarini) aniqlash va ularning salbiy taʼsirining oldini olish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarida faqat litsenziyalangan antivirus dasturidan foydalanish, ularning rusumlari aktualligi va bazalari har kuni yangilanib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
antivirus dasturlarining avtomatik tarzda ishlashini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha elektron maʼlumotlarni internet tarmogʻi va elektron pochta orqali kelgan antivirus dasturi orqali tekshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlov tizimlarida axborotni muhofaza qilishning kriptografik usullari qoʻllanilishi va toʻlov tizimi qoidalarida quyidagilar belgilab berilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriptografik muhofaza vositalarini avtomatlashtirilgan tizimlarga bogʻlash, ishga tushirish, ishlatish va foydalanishdan chiqarish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriptografik muxofaza vositalarining toʻxtab qolishi, ishdan chiqishi va boshqa favqulodda holatlarida ularni qayta tiklash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriptografik muhofaza dasturlariga va texnik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriptografik kalitlarni boshqarish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriptografik kalitlarni tashuvchi qurilmalarni qoʻllash, saqlash, oʻzgartirish va boshqalar boʻyicha tashkiliy, texnikaviy usullarni qoʻllash tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan axborot almashinuvida axborot muhofazasini taʼminlash, axborot almashinuvini ikki tomonlama kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning axborotlashtirish obyektlariga ruxsatsiz kirish hamda foydalanishni chegaralash maqsadida quyidagi choralar koʻrilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot obyektlariga, shu jumladan, bankomat, toʻlov terminallari va toʻlov oʻtkazish elektron qurilmalariga jismonan taʼsir etishni hamda texnik jihozlar mavjud boʻlgan bino va xonalarga kirishni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlarni amalga oshirishda qoʻllaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar, dasturlar, hisoblash texnikalari, telekommunikatsiya qurilmalari parametrlari va tuzilmalari hamda toʻlov tizimida ishlash huquqini beruvchi maʼlumotlarni (parol, biometrik va boshqa maʼlumotlar) oʻz ichiga olgan texnik vositalarning jismoniy muhofazasini (xavfsizlik rejimini) taʼminlash va ruxsatsiz taʼsir etishning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning xodimlari axborotlashtirish obyektlariga kirishini nazorat qilish va maʼlumotlarni ruxsatsiz tarqalishidan himoyalash tizimlarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
serverlar va telekommunikatsiya qurilmalari joylashgan xonalarda ishlash jarayonlarini videokuzatuv tizimlari yordamida nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot tizimlarining axborot muhofazasini taʼminlashlari kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank (karta) hisobvaragʻida pul mablagʻlari qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron pullar qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pulsiz hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklararo toʻlov va kliring tizimlari toʻlov maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kriptografik muhofazani taʼminlash uchun qoʻllaniladigan kriptografik kalitlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlarni amalga oshirishda qayta ishlanadigan bank siri, shaxsga doir maʼlumotlar va boshqa qonun bilan muhofaza qilinadigan maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Toʻlov tizimlari operatorlari yoki toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar mijozlarga qoʻllaydigan toʻlovlarni amalga oshiruvchi dasturlarni taqdim etishda hamda ularga oʻzgartirish kiritishda quyidagilarni taʼminlashlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturlarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va ularning aktualligini taʼminlagan holda mijozlarga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish uchun oʻzgarishlar kiritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlar qoʻllayotgan dasturlarning aktualligini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar oʻzaro toʻlov axborotlari va toʻlov axborotlariga tegishli boʻlgan maʼlumotlar almashinuvini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirish uchun tomonlarning axborot obyektlari hususiyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, ularning vazifalari, javobgarliklari va mazkur Nizom talablarini oʻz ichiga olgan axborot xavfsizligini taʼminlash qoidalarini ishlab chiqishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toʻlov agenti tomonidan bank yoki toʻlov tashkiloti bilan toʻlov xizmatlarini koʻrsatish uchun tuzilgan agentlik shartnomasida axborot xavfsizligi boʻyicha tomonlarning masʼuliyatlari belgilangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Toʻlov subagenti tomonidan toʻlov agenti bilan toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tuzilgan subagentlik shartnomasida axborot xavfsizligi boʻyicha tomonlarning masʼuliyatlari belgilangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq shubhali (frod) operatsiyalar roʻyxatini yuritib borishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlov xizmati foydalanuvchisining pul mablagʻlarini oʻtkazish vaqtida, ushbu toʻlov shubhali (frod) operatsiyalar roʻyxatida boʻlsa, bunday holat haqida foydalanuvchiga xabar (SMS, messenjer yoki boshqa axborot tizimlar orqali) berishi, takroriy tasdiq (pin kodi yoki boshqa tarzda maʼlumot) olishi, agar maʼlum vaqt oraligʻida ushbu tasdiq olinmasa, ushbu toʻlov operatsiyasi bekor qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar foydalanuvchi tomonidan oʻzining hisobvaraqlariga tegishli toʻlov operatsiyalarini toʻxtatish (blokirovka qilish) imkoniyatini yaratishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Toʻlov axborotlarining maxfiyligi hamda ulardagi shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborotning maxfiyligi va yaxlitligini, shu jumladan, toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlarni muhofaza qilishda hamda yetarli xavfsizlikni taʼminlash maqsadida quyidagi choralarni koʻrishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimida ishlov beriladigan konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlarning yaxlitligi va daxlsizligini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki hujjatlar bilan tartibga solinadigan himoyalanadigan maʼlumotlar bilan ishlashda xavfsizlik va maxfiyligini taʼminlash qoidalari va talablarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlovchi xodimlar sonini imkon darajasida kamaytirish, xodimlar bilan konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilishining oldini olish boʻyicha majburiyatnomalar (shartnoma) tuzish va ushbu maʼlumotlardan foydalanish huquqlarini xodimlarning lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar yaxlitligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanish hamda shifrlangan maʼlumotlarni saqlash tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan resurslarga kirishda identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash huquqlarining ruxsatsiz berilishini oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari foydalanuvchilarining muhofazalangan maʼlumotlariga kirish, ishlov berish, ularni saqlash hamda taqdim etish jarayonidagi amalga oshirilgan harakatlarni elektron bayonnomalarda qayd etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi saqlovchi qurilmalar va texnik vositalarning binodan tashqariga olib chiqilishi hamda ularning oʻgʻirlanishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni uzatish, saqlash, oʻchirib tashlash, ularga ishlov berish hamda ularning ruxsatsiz chetga chiqib ketishining oldini olish choralari taʼminlanganligini nazoratga olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Axborot xavfsizligi xizmati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot tizimlarida axborot muhofazasini taʼminlash uchun axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga masʼul xodim) vazifalariga quyidagilarni kiritishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarining axborot xavfsizligi mazkur Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligiga oid choralar taʼminlanganligini baholash, axborot xavfsizligi darajasini oshirish, shuningdek, avariyalar va xodimlarning yoʻl qoʻygan xatolari natijasida kelib chiqadigan yoʻqotishlarni kamaytirish va ularning sodir etilishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot infratuzilmasining yaxlitligi va xavfsizligini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
serverlardagi dasturiy taʼminotlarni muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha texnologik jarayonlarda xodimlar harakatlari, shuningdek, axborot tizimlaridagi amalga oshirilgan toʻlov xizmatlari foydalanuvchilarining harakatlari boʻyicha elektron bayonnomalar roʻyxatini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizimlarda kiberxavfsizlikni va noqonuniy harakatlar bilan mablagʻlarni oʻzlashtirishning oldini olish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilishining oldini olish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom, shuningdek, axborot muhofazasi talablariga hamda toʻlov tizimining axborot xavfsizligi boʻyicha ichki qoida va tartiblariga muvofiqligini har chorakda oʻrganish va oʻrganish natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Axborot tizimlarida xodimlarning vakolatlarini cheklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot tizimlarida ishlash jarayonida, shu jumladan, ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish jarayonida xodimlarning vakolatlarini chegaralash uchun quyidagi choralarni koʻrishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarida ishlash huquqlarini belgilovchi tartib va qoidalarni ishlab chiqish va ularni lavozim yoʻriqnomalarida aks ettirish hamda tegishli hujjatga (ariza, talabnoma yoki boshqa shaklga) asosan tizimdan foydalanish tartibini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarida ishlash huquqi berilgan masʼul xodimlar roʻyxatini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarida ishlash huquqlarini belgilash va taqsimlash bilan bogʻliq harakatlarni roʻyxatga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarida ishlash huquqlari mantiqan, ish vazifasidan kelib chiqib toʻgʻri belgilanganligini davriy (yiliga kamida ikki marotaba) tekshirib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarining ishlashi va sinovdan oʻtkazilishi davrida axborot xavfsizligini taʼminlash hamda berilgan axborot tizimlarida ishlash huquqlari toʻgʻriligini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimi foydalanuvchilari ularga axborot tizimi tomonidan berilgan huquqlarni oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻlmasligi hamda begona shaxslar tomonidan ishlash huquqlari berilmasligining oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar oʻzlarining axborot tizimlariga oʻzgartirishlar kiritish uchun boshqa tashkilotlarni jalb qilganda quyidagilarni amalga oshirishlari zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konfidensial va shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etmaslik boʻyicha shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlaridagi toʻlovlarga oid va boshqa muhofaza qilinadigan maʼlumotlar bilan ishlashni belgilangan tartibda ruxsat berish asosida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli litsenziya va (yoki) boshqa ruxsatnomaga ega boʻlgan (agar ushbu faoliyat litsenziya yoki tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshirilsa) tashkilotlarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarini loyihalashtirish bosqichida maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash choralarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻriladigan axborot muhofazasi boʻyicha choralar (amalga oshiriladigan ishlar, oʻrnatiladigan dasturlar, qurilmalar va boshqalar), aniq koʻrsatilgan texnik topshiriq, qabul qilish (test sinovlarini amalga oshirish rejasi) va boshqa tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy taʼminot hamda uni ishlab chiqqan va unga oʻzgartirish kiritgan (kiritadigan) tashkilotlar roʻyxatini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishning taxminiy muddatlarini va shartlarini belgilab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb qilingan tashkilot xodimlari tomonidan axborot tizimlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarning asosliligini, mavjud texnik topshiriqlarga mosligini, axborot tizimiga yod boʻlgan dasturlar (tizim funksiyalari) boʻlmasligini, test sinovlari natijalarining ijobiyligini axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga masʼul xodim) hamda axborotlashtirish boʻyicha masʼul xodim tomonidan nazoratga olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomatlashtirilgan tizimlarga oʻzgartirish kiritgan tashkilot oʻz vazifasini amalga oshirganidan soʻng, unga maʼlum boʻlgan barcha konfidensial maʼlumotlar (identifikator, parollar va boshqalar) axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga masʼul xodim) tomonidan oʻzgartirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Axborot tarmoqlarini hujumlardan himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot va Internet jahon axborot tarmogʻini, shuningdek, serverlar va aloqa kanallarini ehtimoli mavjud boʻlgan hujumlardan himoya qilish uchun yetarli choralarni koʻrishi lozim. Ushbu choralar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompyuter tarmoqlarini segmentlash va tarmoqlararo ekrandan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tarmoqlari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali qabul qilinayotgan va uzatilayotgan maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish boʻyicha texnik (kriptografik va boshqa) va/yoki tashkiliy choralar koʻrish hamda tarmoq maʼlumotlarini filtrlashni taʼminlash (tarmoqlararo ekranlarni qoʻllash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tarmoqlari va veb-saytlar orqali toʻlovlarni amalga oshirishda identifikatsiya, koʻp omilli autentifikatsiya va avtorizatsiya qilish (koʻp omilli autentifikatsiya qilish mobil va aloqasiz toʻlovlarni amalga oshirish chogʻida qoʻllanilmaydi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmogʻi, shuningdek, serverlar va aloqa kanallaridan foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet jahon axborot tarmogʻi resurslaridan xodimlarning foydalanishini proksi-server orqali amalga oshirish, ish faoliyati uchun zarur boʻlmagan veb-saytlarga kirishni chegaralash va kirilgan veb-saytlarni qayd etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarini asosiy va zaxira aloqa kanallari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
serverlar tarmogʻini muhofazalash (demilitarizatsiya qilingan zonalarini (DMZ) tashkil etish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
serverlarda ish faoliyati uchun zarur boʻlmagan portlarni berkitish va xizmatlarni toʻxtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimiga kirish obyektlari va resurslarining hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil toʻlovlarni amalga oshirish chogʻida foydalanuvchilarni koʻp faktorli autentifikatsiya qilish (SMS, QR-kod, NFC, barmoq izlari, koʻzning rangdor pardasi asosida aniqlash yoki shu kabi tasdiqlovchi usullarni qoʻllash mumkin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil qurilmalar yordamida masofadan kirishda toʻlov maʼlumotlari hamda axborot tizimlarining (maʼlumotlar bazasining) axborot xavfsizligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masofaviy xizmat koʻrsatish va boshqa axborot tizimlarida mijozni autentifikatsiya qilish maqsadida qoʻllaniladigan (bir martalik yoki koʻp martalik) parollarni ishlatish tartibini belgilash, tasdiqlash kodlarini qoʻllash, kodning faol boʻlish vaqti va boshqalarni yoritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
firibgarlik harakatlarining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizimga kirishda qoʻllanilgan qurilma toʻgʻrisida identifikatsiya maʼlumotlarini (IP-adres, MAC-adres va boshqa identifikatorlar) qayd etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajovuzlarni aniqlash va ularning oldini olish tizimlarini qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar chet el tashkilotlarining axborot muhofazasi uskunalarini qoʻllashlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Toʻlov tizimlari operatorlari toʻlovlar bilan bogʻliq axborot almashinuvi uchun qoʻllaniladigan texnik va tashkiliy choralarni, ish tartiblarini belgilashi hamda ushbu tartiblar ijrosi toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Axborot muhofazasini kuchaytirish maqsadida tarmoq protokolida (TCP/IP) tarmoq tranzit paketlarining IP manzillarini oʻzgartirish imkonini beruvchi tarmoq adreslarini oʻzgartirish protokoli (NAT) qoʻllanilishi mumkin. Bunda tarmoq orqali barcha ulanishlarning elektron jurnallari asl IP manzillar koʻrsatilgan holda yuritilishi va belgilangan tartibda elektron arxivga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar ichki hujjatlarida quyidagilarni belgilashlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tarmoqlarini xavfsiz va ishonchli aloqa kanallari bilan taʼminlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimiga kirish va undan chiqish jarayoni tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchini toʻlov tizimiga ulashda axborot xavfsizligini taʼminlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protsessing va kliring jarayonlarida axborot xavfsizligi tartibi va talablari (agar ushbu xizmat amalga oshirilsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatarlarni boshqarish choralari va usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan tizimda, axborot dasturlarida foydalanuvchilarning yagona identifikatorini hosil qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayd etiladigan harakatlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni roʻyxatga olish va saqlash tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Axborot resurslari monitoringi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlovlar boʻyicha maxfiy maʼlumotlardan va oʻta muhim mantiqiy hamda jismoniy resurslardan (axborot tarmoqlari, axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalaridan, axborotni himoya qilish modullaridan) foydalanish monitoringini amalga oshiradi. Bunda monitoring qilishda quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot infratuzilmasining axborotga ishlov berish, ularni saqlash va tarmoqda uzatish uchun qoʻllaniladigan dastur va qurilmalar hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi noxush hodisalarini tahlil qilish, axborot xavfsizligi holatini monitoring qilish hamda ogohlantirish imkonini beruvchi (Security information and event management (SIEM) yoki boshqalar) tizimlarni joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi holatini monitoring qilishni amalga oshiruvchi tizim maʼlumotlarini tahlil qilib borish va aniqlangan holatlarni (axborot tarmogʻiga ruxsatsiz kirish va kirishga urinish, tizimdagi toʻxtalishlar, axborot resurslarining yetishmovchiligi, tarmoqdagi uzilishlar, axborot xavfsizligini taʼminlashdagi cheklanishlar va boshqa noxush hodisalar) bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxfiy maʼlumotlardan va oʻta muhim mantiqiy hamda jismoniy resurslardan (axborot tarmoqlari, axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalaridan, axborotni himoya qilish modullaridan) ruxsatsiz foydalanishning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanuvchi operatsiyani amalga oshirgan sana (kun, oy, yil) va vaqt (soat, daqiqa, soniya), uning amalga oshirgan operatsiyasi foydalanuvchiga avtomatlashtirilgan tizimlarda hamda axborot dasturlarida berilgan identifikatsiya raqami, tizimlarga kirishda mavjud boʻlgan identifikatsiya maʼlumotlari (texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, IP-adres, MAC-adres, SIM-karta raqami, IMEI-kod, telefon raqami va/yoki qurilmaning boshqa identifikatori), avtomatlashtirilgan tizimlar tomonidan foydalanuvchiga huquq berilishi bilan bogʻliq harakatlarni qayd etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot dasturlari, avtomatlashtirilgan tizimlar ishlatilishi bilan bogʻliq foydalanuvchilarning harakatini (operatsiya) qayd etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalarni aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlovlarni va pul mablagʻlarini oʻtkazishni amalga oshirish chogʻida axborotning himoya qilinishini taʼminlashga doir talablarning buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan noxush hodisalarni aniqlash maqsadida axborotni himoya qilishning tashkiliy choralarini koʻrishda hamda texnik vositalarini qoʻllashda quyidagi ishlarni tashkil etishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllanilishi zarur boʻlgan axborot muhofazasi boʻyicha tashkiliy choralarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud texnik qurilmalarni ishlatish, sozlash hamda ulardagi maʼlumotlarni qayd etish boʻyicha masʼul xodimlarni tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalarni aniqlash choralarini koʻrish hamda ushbu holatlar xodimlar tomonidan aniqlanganda ularning axborot xavfsizligi xizmatini (axborot xavfsizligiga masʼul xodim) xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalar yuzaga kelganda ularni bartaraf etish, yuzaga kelish sabablarini aniqlash, tahlil qilish hamda aniqlangan noxush hodisalar yuzaga kelmasligi boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan noxush hodisalarni roʻyxatga olib borish (reyestrini yuritishi) hamda ushbu holatlar boʻyicha maʼlumotlarni rasmiy veb-saytga joylashtirish (yoki boshqa yoʻllar bilan eʼlon qilish) orqali mijozlarni ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan noxush hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot muhofazasini taʼminlashning boshqa choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalar toʻgʻrisida Markaziy bankka zudlik bilan yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Toʻlov tizimlari operatorlari axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi talablarni belgilashi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimining boshqa ishtirokchilariga toʻlovlarni amalga oshirish uchun zarur texnik va dasturiy vositalarga axborot xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan talablarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimi va toʻlovlar bilan bogʻliq noxush hodisalar toʻgʻrisida maʼlumot berish shakli va tartibiga boʻlgan talablarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimida axborot xavfsizligiga oid tavakkalchiliklarni boshqarish tartibi va ularni baholash mezonlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovga oid maʼlumotlarga ishlov berish vositalarining xavfsiz ishlashini taʼminlash tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimida noxush hodisalar yuzaga kelganda oʻzaro harakatlanish tartibini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi talablarni belgilashi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovni amalga oshirish qurilmalarini mijozga yetkazib berish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov uskunalarining yoʻqolishi, oʻgʻirlanishi, begona shaxslar tomonidan egalik qilinishi kabi holatlar aniqlanganda toʻlov tizimlari operatorlariga xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Toʻlov tizimi operatorlari tomonidan toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarga toʻlov tizimida axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq aniqlangan noxush hodisalar toʻgʻrisida maʼlumot berilishi hamda ushbu holatni tahlil qilish va bartaraf etish boʻyicha uslubiy qoʻllanma taqdim qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalarga nisbatan taʼsir choralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborotning himoyasini taʼminlash talablarining buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan aniqlangan noxush hodisalarga nisbatan quyidagi taʼsir choralarini koʻrishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush hodisalarga nisbatan taʼsir choralarini koʻrsatish yuzasidan zarur harakatlarni oldindan koʻra bilish hamda amalga oshiriladigan harakatlar roʻyxatini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir boʻlgan noxush hodisalarga nisbatan qisqa muddatlarda taʼsir choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noxush hodisalar yuz berganida ishning uzluksizligini taʼminlash, shuningdek, noqonuniy toʻlovlarni va hisobvaraqlardagi qoldiq mablagʻlarining ruxsatsiz oʻzgartirilishining oldini olish, axborotni qayta tiklash hamda boshqa salbiy holatlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar tomonidan mavjud axborot tizimlarida ishlashda belgilangan axborot xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelgan noxush hodisalarning kelib chiqish omillarini aniqlash maqsadida tarmoq qurilmalari hamda axborot tizimlari elektron bayonnomalarini rasmiylashtirish, yigʻish, tahlil qilish va ularga asosan tegishli koʻrsatmalarni ishlab chiqish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalar sabablarini tahlil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar axborotning himoya qilinishini taʼminlashga doir talablarning buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan aniqlangan noxush hodisalar sabablarini tahlil qilish hamda ularga taʼsir koʻrsatish natijalarini baholashi lozim. Bunda aniqlangan noxush hodisalar sabablarini tahlil qilish hamda ularga taʼsir koʻrsatish natijalarini baholash tizimi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan noxush hodisalarga nisbatan taʼsir choralari koʻrilgandan keyin ushbu noxush hodisalarning kelib chiqish sabablarini axborot xavfsizligi xizmati (axborot xavfsizligiga masʼul xodim) tomonidan tegishli boʻlinmalar bilan birgalikda tahlil qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlarining tegishli elektron bayonnomalarini oʻrganish hamda aniqlangan noxush hodisaning yuzaga kelishiga sababchi boʻlgan xodimlardan tushuntirishlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noxush hodisalarning kelib chiqish sabablariga oydinlik kiritib, bunday holatlar yuzaga kelmasligi yoki yuzaga kelganda uning zarar keltirish imkoniyatlarini kamaytirish choralarini ishlab chiqish (shu jumladan, tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noxush hodisalarning salbiy taʼsir koʻrsatish darajasiga qarab tasniflash va baholash mezoniga asosan ularni baholash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan axborot xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq noxush hodisalar, ularga nisbatan koʻrilgan taʼsir choralari, ularni baholash natijalari va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar chop etilishi hamda alohida yigʻmajildda saqlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Bankomat, infokiosk va toʻlov terminallarini qoʻllashda axborot muhofazasini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar bankomat, infokiosk va toʻlov terminallarining axborot muhofazasini taʼminlashi lozim. Bunda axborot muhofazasini taʼminlashda quyidagi choralar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomat, infokiosk va toʻlov terminallarining hisobini yuritish hamda ularning axborot dasturiga ruxsatsiz kirishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomat, infokiosk va toʻlov terminallariga texnik xizmat koʻrsatuvchi shaxslar faoliyatini nazorat qilish hamda ular tomonidan amalga oshirilgan oʻzgartirishlar boʻyicha elektron bayonnoma yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videokuzatuv tizimlari yordamida bankomatlar bilan ishlash jarayonlarini nazoratga olish (bankomatga kiritiladigan toʻlov kartalari pin kod raqamlari videokuzatuv tizimlari orqali qayd etilishi imkoniyati boʻlmagan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh bank hamda uning infratuzilmalari (filial, mini-bank va boshqalar) va boshqa qoʻriqlanadigan obyektlaridan tashqarida joylashtirilgan bankomatlarning videokuzatuv maʼlumotlari bosh bank yoki uning filialidagi texnik qurilmalarga toʻgʻridan-toʻgʻri (onlayn) yozib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomat tarmoq kabellarini muhofazalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomatning boshqa bankomatlar bilan bir xil boʻlgan qulflarini almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomatlarni aloqa kanallaridan yoki jismonan bogʻlangan holda ehtimoliy hujumlardan (shu jumladan, skimmingdan) himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
autentifikatsiya qilish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlarni amalga oshiruvchi qurilmalarning hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomatlardagi naqd pul mablagʻlarining jismoniy muhofazasini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq orqali axborot almashinuvida axborot muhofazasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro toʻlov tizimlari bilan ishlaydigan axborot tizimlarida xalqaro standartlar (PCI DSS, PTS, PA DSS) talablariga muvofiq axborot muhofazasi vositalari va tizimlarini joriy qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Toʻlov tizimlari operatorlari oʻzlarining tizimlaridagi bankomatlar va infokiosklardagi axborot xavfsizligini banklar bilan birgalikda taʼminlaydi hamda ularning uzluksiz va toʻgʻri ishlashini nazorat qiladi. Agar axborot xavfsizligi boʻyicha maʼlum bir (yoki barcha) masʼuliyat toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchiga yuklatilgan boʻlsa, mazkur holat tegishli shartnomalarda qayd etilishi va masʼuliyat yuklatilgan tashkilotga zaruriy sharoitlar yaratib (bankomatlarning axborot tizimidagi ishlash huquqlari) berilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Muhim toʻlov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Muhim toʻlov tizimlari operatorlari mazkur Nizomda belgilangan xavfsizlik choralariga qoʻshimcha ravishda quyidagi axborot xavfsizligi choralarini taʼminlashi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimining uzluksiz ishlashi ishonchliligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligi xizmatini tashkil etish va uning majburiyatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz DSt 2875:2014 “Datamarkazlarga qoʻyiladigan talablar. Infratuzilma va axborot xavfsizligini taʼminlash” standartining datamarkaz telekommunikatsiya vositalari infratuzilmasi tayyorligi va xavfsizligining uchinchi darajadan past boʻlmasligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro bank kartalaridan foydalanilganda PCI DSS xavfsizligi standarti, Payment Services Directive (PSD2) toʻlov xizmatlarini koʻrsatish direktivasi talablariga muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot tizimlari toʻgʻri tashkil etilganligi yuzasidan nufuzli xalqaro auditor tashkilotlarni jalb qilish orqali AKT-infratuzilmasini (axborot xavfsizligi holatini) auditdan oʻtkazishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonunida va boshqa qonunchilik hujjatlarida muhim toʻlov tizimlari operatorlariga belgilangan talablarni bajarish.
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Muhim toʻlov tizimlari operatorlari maʼlumotlarga ishlov beruvchi asosiy axborot tizimlarini tashkil etishi va ular joylashgan joydan 50 kilometrdan yaqin boʻlmagan joyda zaxira axborot tizimlarini tashkil etishi lozim. Bunda asosiy va zaxira axborot tizimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhim toʻlov tizimlari operatorlarining axborot tizimlaridagi maʼlumotlar (elektron bayonnomalar va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq maʼlumotlar) elektron arxivlarda kamida ikki nusxada (xususan, asosiy va zaxira axborot tizimlarining har birida bitta nusxadan saqlanishi mumkin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-bob. Toʻlov tizimining uzluksiz ishlashini yoʻlga qoʻyish va elektron arxiv yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Toʻlov tizimlarining uzluksiz ishlashi va barqarorligini taʼminlash maqsadida quyidagi choralar koʻrilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimi bilan bogʻliq tarmoq va boshqa qurilmalar nosoz holatga kelganda uni ish jarayoniga keltirish va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsion tizim, dasturiy taʼminotlar, axborot tizimlarining dasturlari, maʼlumotlari (maʼlumotlar bazasi, sozlamalari, elektron bayonnomalar) nusxalari zaxiraga (backup) olinishini va elektron arxivda saqlash hamda ularni qayta tiklash tartibini (mexanizmini) ishlab chiqish, ularning hisobini yuritish va nazoratini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira texnik qurilma va uskunalarga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarning zaxiraga olingan (backup) nusxalarini texnik nosozliklarda va favqulodda vaziyatlarda qayta tiklash rejasini ishlab chiqish va davriy (bir yilda bir marotaba) axborot tizimini qayta tiklab tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturlarga oʻzgarish kiritishni sinov (test) uchun moʻljallangan serverlarda tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimdagi qurilma va uskunalarning ishlashini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov tizimining uzluksizligiga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish va axborot muhofazasini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dizel elektr stansiyasi va/yoki boshqa elektr taʼminoti uzluksizligini taʼminlash vositalaridan (UPS va boshqalar) foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlov berilgan maʼlumotlarni saqlash va ularning elektron arxivda yuritilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning harakatiga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni kamida besh yil saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot uzatish zaxira tarmoqlariga ega boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Muhim toʻlov tizimlari operatorlari boʻlmagan toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar maʼlumotlarga ishlov beruvchi asosiy axborot tizimlarini tashkil etishi va ular joylashgan joydan 5 kilometrdan yaqin boʻlmagan joyda zaxira axborot tizimlarini tashkil etishi lozim. Bunda asosiy va zaxira axborot tizimlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimlaridagi maʼlumotlar (elektron bayonnomalar va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq maʼlumotlar) elektron arxivlarda kamida ikki nusxada (xususan, asosiy va zaxira axborot tizimlarining har birida bitta nusxadan saqlanishi mumkin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar faoliyati tugatilganda, ulardagi mavjud elektron arxivning axborot resurslari davlat arxivlariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar faoliyati tugatilib, boshqa tashkilotga qoʻshib yuborilganida, elektron arxiv maʼlumotlari qoʻshib yuborilayotgan tashkilotning elektron arxiviga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bob. Xavfsizlik rejimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlovlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berish xonalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Ushbu xonalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatsiz jismoniy kirishdan muhofazalangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xona birinchi qavatda joylashgan hollarda uning derazalari temir panjara bilan jihozlangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlash va yongʻindan ogoh etuvchi ikkita himoya toʻsigʻi xabargohlari bilan jihozlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tungi vaqtda qoʻriqlash va ogohlantirish qurilmalari bilan jihozlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videokuzatuv orqali nazoratga olinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlovlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni saqlash va ularga ishlov berish xonalarini mazkur bandda belgilangan talablardan tashqari boshqa xavfsizlik choralarini koʻrishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mazkur Nizomda belgilangan barcha videokuzatuv maʼlumotlarining saqlanish muddati bir oydan kam boʻlmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning binolari himoya qilinishida ular zaruriy uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va tegishli dasturiy taʼminotlardan foydalanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bob. Toʻlovlarni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Toʻlov tizimlari operatorlari oʻzlarining toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi choralarini koʻrishda nazorat va monitoring ishlarini amalga oshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar avtomatlashtirilgan tizimlarni, ilovalarni hamda axborot infratuzilmasi obyektlarini axborot xavfsizligi zaifliklariga tahlil qilishi, har yili kamida bir marta ruxsatsiz kirishga tekshirishi va hujjatlarda qayd etilmagan imkoniyatlar mavjud emasligini nazorat qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar har yili, kelgusi yilning birinchi aprelidan kechiktirmay, Markaziy bankka xavfsizlikning taʼminlanish holati toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3268/1112-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)