Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2018 24.10.1996 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.10.1996 yildagi 364-son
Date of entry into force
24.10.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

MILLIY KINOLOGIYA MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining kinologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi tarkibida Milliy kinologiya markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kinologiya markaziga umumiy rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Milliy kinologiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarning kinologiya xizmatlarini uslubiy taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakali kinolog-mutaxassislar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi boʻlinmalari, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xizmat itlarini nasliga qarab tanlash va oʻrgatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Milliy kinologiya markaziga 1-ilovaga muvofiq 19 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining kinologiya xizmatiga 2-ilovaga muvofiq 29 ta shtat ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kinologiya markazi toʻgʻrisida Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy kinologiya markazi hamda Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmatini kadrlar, zarur asbob-uskunalar, texnik vositalar bilan butlasin, shuningdek nasldor itlar xarid qilsin (1, 2, 3-ilovalar*).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3 ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasiga ushbu qarorni amalga oshirish uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining joriy yil II yarim yilligi hamda 1997-yilgi investitsiya dasturi prognozlarida Milliy kinologiya markazi qurilishini tugallash uchun moliyaviy taʼminlash manbalarini aniqlagan holda kapital qoʻyilmalarning zarur limitlarini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasiga hisobdan chiqarilganlaridan oʻquv maqsadlari uchun maketlar sifatida foydalanish uchun tegishli asbob-uskunalari bilan samolyotlar, vagonlar va yuk avtomobillarini tekinga ajratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Milliy kinologiya markazini belgilangan tartibda telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 24-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
364-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-oktabrdagi 364 son qaroriga
1-ILOVA

Milliy kinologiya markazi shtatlari soni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Nomi‎‏

‎‏Jami shtatlar soni

Shu jumladan‎‎

boshliq‎‎ boshliq oʻrinbosari‎ bosh inspektor kinolog‎ katta inspektor kinolog‎ inspektor kinolog‎ kichik inspektor kinolog‎

Milliy kinologiya markazi‎

19

1‎

1‎

1‎

2‎

8‎

6‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-oktabrdagi 364 son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ShTATLAR SONI

Nomi‎

Jami shtatlar soni‎‏
Shu jumladan‎‎
katta inspektor kinolog‎ inspektor kinolog‎
Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmati‎ 29‎ 2‎ 27‎
shu jumladan:‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 1‎‎ —‎‎ 1‎‎
Andijon viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Buxoro viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Jizzax viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Qashqadaryo viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Navoiy viloyati‎ 1‎ —‎ 1‎
Namangan viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Samarqand viloyati‎ 3‎ —‎ 3‎
Surxondaryo viloyati‎ 4‎ 1‎ 3‎
Sirdaryo viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Toshkent viloyati‎ 2‎ 1‎ 1‎
Fargʻona viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Xorazm viloyati‎ 2‎ —‎ 2‎
Toshkent shahri‎ 2‎ —‎ 2‎