Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
29.10.2025
25.10.2024
23.02.2019
05.12.2018
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari va Administratsiya faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya-xoʻjalik departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasining kuyidagi manzillarda joylashgan bino va inshootlari tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 9-uy manzilidagi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy manzilidagi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining moddiy-texnik, shu jumladan binolarning joriy taʼminoti Moliya-xoʻjalik departamentining tegishli xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mazkur tadbirlar uchun ajratiladigan mablagʻlar qayta taqsimlangan holda ularning oʻzlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Davlat rezidensiyalari direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) sifatida davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Boshqarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Davlat rezidensiyalari direksiyasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.09.00.00 Mehmonxona xoʻjaligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Boshkarma faoliyatini tashkil etish, shuningdek, “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” DUK va “Gostinitsa gorodskaya” DUK mehmonxonalar kompleksidan, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida samarali foydalanish boʻyicha qaror qabul qilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi Xoʻjalik hisobidagi 1-sonli oshxonasi va Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro service” DUK faoliyati tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Administratsiya va uning Ishlar boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtiriladigan muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeta gʻaznachilik ijrosi tartibi tatbiq etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Zarur xollarda, Administratsiyaga oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlar importini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Oʻzsanoateksport” AJ va boshqa tashkilotlar orqali amalga oshirish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Administratsiya Transport qismining avtotransport vositalarini davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazishda yigʻimlar va bojlar toʻlashdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Moliya-xoʻjalik departamenti bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Administratsiya rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari Z.H. Haydarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-dekabr,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Tashkilot nomi
1.
Maxsus obyektlardan foydalanish departamenti
2.
Davlat rezidensiyalariga xizmat koʻrsatish va tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi
3.
Maʼmuriy binolardan foydalanish boshqarmasi
4.
Transport qismi
5.
Qurilayotgan bino va inshootlar direksiyasi
6.
Qurilish birlashmasi
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya-xoʻjalik departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining idoraviy tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Tadbir nomi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning tuzilmasi va faoliyatini takrorlanuvchi vakolatlar, boʻlinmalar va shtat birliklarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda tahlil qilish.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
2.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasini (2003-yil 9-dekabr 1288-son bilan roʻyxatdan oʻtgan) davlat organlarida, shu jumladan ularning idoraviy tashkilotlaridagi xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar sonini aniqlashning yangi normativlarini kiritish yoʻli bilan takomillashtirish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Hisob palatasi
Moliya vazirligi
3.
Moliya-xoʻjalik departamenti va u tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
4.
Tadbirkorlik subyektlariga Administratsiya bino va inshootlaridan bepul asosda foydalanish huquqini berishni nazarda tutgan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish va Administratsiya xodimlari uchun umumiy ovqatlanishni tashkil etish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
5.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
6.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlar bino va inshootlarining kadastr hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish.
2019-y. yanvar
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Toshkent shahar hokimligi
Moliya-xoʻjalik departamenti
7.
Asosiy kontingent tomonidan foydalanilmayotgan 2-sonli sogʻlomlashtirish pansionatining turar-joy binolarini Administratsiyaning uy-joyga muhtoj boʻlgan boshqaruv xodimlariga taqdim etish tartibini tasdiqlash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
8.
“Koʻksaroy” rezidensiyasi, “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” DUK va “Gostinitsa gorodskaya” DUKning foydalanilmayotgan turar-joy binolarini oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalar, shuningdek, chet el firma va kompaniyalarining vakillariga pulli asosda taqdim qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganib chiqish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
9.
Transport qismining avtotransport vositalarini xatlovdan oʻtkazib, foydalanish muddati toʻliq tugagan avtotransport vositalarini realizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish va tushumlarni yangi avtotransport vositalari, shuningdek, ularning ehtiyot qismlarini sotib olishga yoʻnaltirish.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Hisob palatasi
Moliya vazirligi
10.
Transport qismi parkini yangilash, shu jumladan yuqori klassdagi avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritish.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Moliya vazirligi
11.
Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning shtat birliklari sonini qisqartirgan holda ularning alohida vazifalarini (ketring xizmatlari, kompyuter texnikasiga xizmat koʻrsatish, sovutish va isitish jihozlarini oʻrnatish, hududni koʻkalamzorlashtirish va boshqalar) autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
12.
Quyidagilarni nazarda tutgan holda Administratsiya va Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladigan tashkilotlarning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish:
Transport qismi faoliyatini tashkil etishda avtotransport vositalarini sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish tizimidan foydalanish;
Administratsiya xodimlarini tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining takliflari asosida Administratsiya rahbari bilan kelishilgan holda Internet tarmogʻiga ulashni taʼminlash;
Administratsiya binosining nazorat-oʻtkazish rejimini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish;
moliyaviy hisob va hisobotlar uchun “UzASBO” dasturiy kompleksidan foydalanish.
2019-y. yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Moliya vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
13.
Administratsiya xodimlarining eskirgan (5 yildan ortiq foydalanilayotgan) kompyuter va chop etish texnikalarini bosqichma-bosqich yangilash.
2019-y.
birinchi chorak
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
14.
Administratsiya boshqaruv xodimlarining har birini Qonun hujjatlari milliy maʼlumotlar bazasiga (lex.uz) himoyalangan aloqa kanali (VPN) orqali ulash.
2018-y. dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
Adliya vazirligi
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi arxivi binosini bosqichma-bosqich kapital taʼmirlash.
2019-y.
Moliya-xoʻjalik departamenti
Toshkent shahar hokimligi
Moliya vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona gʻazna hisobvaragʻining boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozit hisoblariga joylashtirishdan olinadigan daromadlarning 70 foizi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (keyingi oʻrinlarda — Administratsiya) mulklarini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning qonunchilikda belgilangan miqdordagi qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari va begʻaraz yordamlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklariga vaqtincha joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida maxsus ochilgan gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamida jamlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va boshqa markazlashtirilgan manbalar mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismida Administratsiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, Administratsiya va uning tarkibiy boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan bino va inshootlarni qurish va taʼmirlash, ularni zarur inventarlar, kompyuter va orgtexnika bilan taʼminlash, shuningdek, transport vositalarini xarid qilish;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mamlakatda olib borilayotgan islohotlar doirasida davlat organlari, shu jumladan Administratsiya xodimi va konsultantlari sifatida jalb qilingan xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha haq toʻlash, shuningdek, Administratsiya zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Administratsiya xodimlarining, shu jumladan xorijiy mamlakatlardagi magistratura, doktorantura dasturlari boʻyicha oʻqishini, shuningdek, malakasini oshirish va amaliyot oʻtashlarini hamda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishlarini tashkil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismida Administratsiyaning chet mamlakatlarga yuboriladigan xodimlariga xizmat safari xarajatlarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) quyidagilarni nazarda tutgan holda, Administratsiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbuskorligi va oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarganligi hamda mehnat faoliyatidagi yuksak natijalari uchun lavozim maoshining 200 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili Administratsiya xodimi faoliyatini yakka tartibda baholash asosida ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yubiley sanalari munosabati bilan mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) uzoq yillik va benuqson xizmati (mehnati) uchun, shuningdek, pensiyaga chiqishi munosabati bilan ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorigacha boʻlgan hajmda bir martalik mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Administratsiya xodimlarini alohida ehtiyoj yuzaga kelgan hollarda (baxtsiz hodisa, toʻy va boshqa tadbirlar, avariya, uzoq davom etgan kasallik bilan bogʻliq maxsus davolanish va salomatlikni tiklash, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol, boshqa holatlar) moddiy yordam berishni nazarda tutgan holda ijtimoiy himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Administratsiya xodimlari uchun turar joylar qurish, shuningdek, uy-joy sotib olishga kreditlar boʻyicha dastlabki toʻlovni amalga oshirish uchun foizsiz qarz berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmagan qismida bayram kunlari munosabati bilan mukofot pullari berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlardan Oʻzbekiston Respublikasiga Administratsiya faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha keladigan mehmonlar va delegatsiyalarning tashriflarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Administratsiya rahbarining topshiriqlari boʻyicha boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
(5-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarma mablagʻlari yetarli boʻlmagan hollarda yetishmayotgan mablagʻlarni qoplash Administratsiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamgʻarmaga oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Berilgan foizsiz qarz oʻz vaqtida qaytarilmagan hollarda uni majburiy undirish qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Nizomning 5-bandi “g”, “d”, “e” va “j” kichik bandlarida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mablagʻlar ajratish boʻyicha qaror Administratsiya rahbari tomonidan tegishli tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining takliflari asosida qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlarini sarf qilish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari Administratsiya rahbari, u joyida boʻlmagan vaqtda tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs tomonidan boshqariladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish Administratsiya rahbari bilan kelishilgan holda Administratsiya ishlar boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda mazkur Nizomning 5-bandi “a1” kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar uchun Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish Administratsiya ishlar boshqaruvchisi tomonidan mustaqil tarzda amalga oshiriladi
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan kelgusi yilda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun daromadlari hajmlarini aniqlashda Jamgʻarma mablagʻlarining oʻtgan yil yakunidagi qoldiqlari va kelgusi yilda kutilayotgan tushumlar inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Smetaning xarajatlar qismi xarajatlar guruhi boʻyicha tuziladi va unga xarajatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlar tasnifidagi budjet qismlari boʻyicha batafsil bayoni ilova qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Administratsiya rahbari tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatga olinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Administratsiya rahbari Jamgʻarmaga tushumlarning hajmidan kelib chiqib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan holda Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Hisobga olish, hisobotlar yuritish va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarmaga tushumlar va uning mablagʻlari sarfini hisobga olish Administratsiyaning budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.