Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 15.06.2020 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.06.2020 yildagi 378-son
Date of entry into force
15.06.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotga, shu jumladan agrar sohaga davlatning aralashuvini kamaytirish va bozor munosabatlarini keng joriy etish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning izchilligini, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini, oziq-ovqat xavfsizligini hamda 2020-yil boshoqli don ekinlari hosilini qisqa muddatlarda nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish va koronavirus pandemiyasi davrida ichki bozorda don, un mahsulotlari barqarorligini taʼminlash uchun yetarli miqdorda don tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2020-yilda oʻrim-yigʻim ishlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish, gʻalla oʻrish kombaynlaridan samarali foydalanish, shuningdek, ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan boshoqli don xarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi don korxonalari, gʻallachilik klasterlari, “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) jahon bozori konyunkturasi va mintaqaviy birjalarda kutilayotgan don narxlari hamda xoʻjaliklarning don yetishtirish xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, koronavirus pandemiyasi davrida don va un mahsulotlarining narxini keskin oshib ketishini oldini olish, ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil hosilidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 831-son qaroriga asosan davlat resurslariga 3 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urugʻlik don xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxini 1-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha don tayyorlov korxonalari va gʻallachilik klasterlari qoʻshimcha xarid qilinadigan donni xoʻjaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) belgilangan tartibda ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida davlat resurslariga xarid qilinadigan boshoqli don uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Transport vazirligi, Jamgʻarma, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda don korxonalari rahbarlari gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumida gʻalla oʻrish kombaynlaridan, don tashish uchun jalb etiladigan barcha turdagi transport vositalaridan samarali foydalanishni, shuningdek, don qabul qilinadigan shaxobchalarini, xirmon maydonlarini, don tozalash mashinalarini uzluksiz ishlashini va boshqa moddiy-texnika resurslaridan unumli foydalanishni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning joylardagi don korxonalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2021-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urugʻligining oʻz vaqtida va sifatli jamgʻarilishini taʼminlasin. Bunda urugʻlik sifatining kafolatli boʻlishini taʼminlash maqsadida urugʻlik gʻallani oʻrish uchun alohida yigʻim-terim otryadlarini tashkil etsin hamda urugʻlik donning alohida saqlanishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi elevator va don qabul qiluvchi korxonalardagi mavjud don “nol”ga tozalanishi va xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 2020-yil hosili uchun ekilgan gʻallani oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ishchi guruhi (Barnoyev) quyidagi vazifalarning bajarilishiga koʻmaklashsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilgi hosil gʻallasini qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yanchilgan donni tashish va qabul qilish uchun yetarli miqdorda yoqilgʻi moylash materiallari zaxirasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun boshoqli don xarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi va qabul qilingan don uchun oʻz vaqtida hisob-kitoblar amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan qoʻshimcha gʻallani tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, donni qayta ishlovchi barcha korxonalar va gʻallachilik klasterlariga ichki bozorda shakllangan narxlarda sotishni tashkil etish va sotilgan gʻalla uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi yuzasidan monitoring yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshoqli don ekinlari pishib yetilishidan kelib chiqib, zarurat boʻlgan hollarda, gʻalla oʻrim-yigʻimida qatnashadigan yuqori unumli gʻalla oʻrish kombaynlarini respublikaning bir xududidan ikkinchi xududiga oʻtkazilishini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda gʻalla yetishtirish va ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun boshoqli don xarid qilish hajmlari toʻgʻrisida taqdim etilayotgan statistik hisobotlarning ishonchliligi boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha don tayyorlash korxonalari va gʻallachilik klasterlari bilan birgalikda haqiqatda qabul qilingan don boʻyicha kunlik statistik maʼlumotlarning Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini va hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatish holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari koʻrilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzagrotexsanoatxolding” XK “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlari oʻrim-yigʻimida qatnashadigan yuqori unumli gʻalla oʻrish kombaynlarining ikki smenada toʻxtovsiz ishlashini taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlarni belgilasin hamda kerakli ehtiyot qismlar zaxirasini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Transport vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 3 kun muddatda don tayyorlash xarajatlarining asossiz oshib ketishini oldini olish hamda transport korxonalarining rentabelli faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydigan miqdordagi don tashishning tavsiyaviy tariflarini ishlab chiqib joylarga yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda yoʻllarda gʻalla oʻrim-yigʻimida qatnashadigan texnikalarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yetishtirilgan hosilning talon-taroj qilinishiga va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik hamda yongʻinlar kelib chiqishining oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda hosilni yigʻishtirib olish, tashish va tayyorlash bilan band boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, transport korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 15-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
378-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-iyundagi 378-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020-yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donning xarid narxlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(1 tonna uchun soʻm)

Boshoqli don ekinlari

Kleykovina miqdori
(foizdan kam boʻlmaganda)

Xarid narxi

(qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan)

Qattiq bugʻdoy

1 sinf

28

2 543 180

2 sinf

25

2 242 990

3 sinf

22

2 040 570

4 sinf

18

1 550 000

Yumshoq bugʻdoy

1 sinf

32

2 117 350

2 sinf

28

1 800 550

3 sinf

23

1 550 000

4 sinf

18

1 386 690

5 sinf qattiq va yumshoq bugʻdoy

chegaralanmagan

1 282 120

Javdar, tritikale (bugʻdoy — javdar duragaylari)

1-3 sinf

1 472 500

4 sinf

1 240 000

Suli

1 sinf

2 168 500

2 sinf

1 931 480

3 sinf

1 518 410

4 sinf

1 215 930

Arpa

pivabop

1 931 480

1 sinf

1 518 410

2 sinf

1 215 930

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-iyundagi 378-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil hosili uchun ekilgan gʻallani oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

U.I. Barnoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

S.S. Nishanbayev

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

Sh.J. Teshayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

I.I. Norqulov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

A.E. Ergashev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

A.X. Qoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

J.T Mirzamaxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

I.R. Maxkamov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi oʻrinbosari

B.E. Zaxidov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari

B.M. Mirusmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

D.N. Sattorov

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori

F.J. Pulatov

“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi

R.M. Xayitov

“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

A.S. Kamolov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati raisining oʻrinbosari

A.A. Isroilov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori

R.U. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

O.Ch. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi

F.A. Abduraxmonov

“OʻzKeysservis” QK MChJ bosh direktori

A.M. Raximov

“OʻzKlaasservis” MChJ direktori

M.M. Irgashxodjayev

“Integral agro markaz” MChJ direktori

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 09/20/378/0759-son)