23.05.2020 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.05.2020 yildagi 327-son
Date of entry into force
23.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son farmoniga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi. — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishi hamda tasdiqlanishini, Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa va dafn marosimi uchun beriladigan nafaqalarni tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlash maqsadida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining maʼlumotlar bazasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida va pensionerlarning pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibini amalga oshirish yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari buzilganligi uchun davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini belgilangan tartibda qoʻllasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 23-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
327-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament tugʻilgan bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini (keyingi oʻrinlarda — nafaqa) tayinlash yuzasidan murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan toʻlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 110-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2024-y., 09/24/110/0184-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi idoralararo elektron axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza beruvchilar tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchilar davlat xizmatlardan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 5 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnoma olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida nafaqa puli tayinlanadi yoki rad etiladi hamda bu haqidagi maʼlumot tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboriladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda maʼlumotda rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vakolatli organ nafaqa pulini tayinlagan taqdirda toʻlov qaydnomalarini shakllantiradi va nafaqani qachon va qayerdan olishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi. Shakllantirilgan toʻlov qaydnomalari har oy hisobot oyidan keyingi oyning beshinchi kunigacha soʻrovnomada keltirilgan nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat xizmatlari markazi maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzand tugilganda beriladigan nafaqani tayinlash yuzasidan murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Farzand tugʻilganda beriladigan nafaqani tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat qiladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.

Bola tugʻilgandan boshlab olti oy muddatda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng besh daqiqada

2. YIDXP

2. Soʻrovnomani Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. Farzand tugilganda nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida tegishli qaror qabul qiladi.

2. Nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisidagi maʼlumotni tegishli Davlat xizmatlar markaziga yoki YIDXPga elektron shaklda yuboradi.

Soʻrovnoma olinganidan soʻng besh daqiqada

3. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari koʻrsatilgan maʼlumotni tegishli Davlat xizmatlar markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

4. Har oyning boshida oʻtgan oyda ushbu hududda toʻlangan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni AT “Xalq banki” filialining hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi.

Har oyning 5 kunigacha

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.

2. Nafaqa puli tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish mumkinligi toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Bola tugʻilgandan boshlab 6 oy muddatda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 110-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2024-y., 09/24/110/0184-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning Maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

______________________

(sana)

______________________

(raqami)

Farzand tugʻilganda beriladigan nafaqani olish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Pasport seriyasi va raqami:

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

7. Nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot:

8. Bolaning tugʻilgan sanasi:

9. Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning seriyasi va raqami:

10. Dalolatnoma yozuvi qayd raqami:

11. Bolaga aloqadorligi:

12. Telefon raqami:

13. Elektron pochta manzili:

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/327/0651-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 05.03.2024-y., 09/24/110/0184-son)