22.05.2020 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.05.2020 yildagi 311-son
Date of entry into force
23.05.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy futbol assotsiatsiyalari) ularning asosiy vazifalari sifatida quyidagi yoʻnalishlarni rivojlantirish tavsiya etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar va oʻsmirlarning futbol bilan shugʻullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommalashtirish, bu borada umumtaʼlim maktablari, sport-taʼlim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol boʻyicha musobaqalarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol sohasining bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol klublarini xususiy sektorga oʻtkazishni tashkil etish hamda ular orasida sogʻlom sport raqobati muhiti yaratilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yoʻlga qoʻyish orqali “oʻzbek futboli” brendi yaratilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga ilgʻor ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolni, shu jumladan hududiy futbol assotsiatsiyalari aʼzolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy futbol assotsiatsiyalarining moliyaviy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli hududda futbolni rivojlantirish uchun homiylar biriktirish, shuningdek, hududiy futbol assotsiatsiyalarini joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi futbol mahorati maktablari, shuningdek, futbolga ixtisoslashtirilgan sport maktablarini rivojlantirishni doimiy nazorat qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritish va ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻz vaqtida moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, jumladan, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi talablariga asosan har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va oʻtkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion boʻlishini taʼminlash vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hududiy futbol assotsiatsiyalari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga muvofiq har yili moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda hududiy futbol assotsiatsiyalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha har bir hududda turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalarga oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish uchun joy ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar oʻquv-mashgʻulot markazlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar oʻquv-mashgʻulot markazlarining loyiha-smeta hujjatlari Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq futbol maydoni, futzal (mini-futbol) boʻyicha musobaqalar oʻtkazishga moʻljallangan yopiq turdagi sport zali, futbolchilar, hakamlar va trenerlar uchun moʻljallangan kiyinish-echinish, yuvinish, fitnes, tibbiyot va majlis oʻtkazish xonalarini oʻz ichiga olgan maʼmuriy binolar boʻlishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yildan boshlab tasdiqlanadigan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularning xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini taʼminlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Futbol boʻyicha agentlar (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) talablariga muvofiq professional futbol klublari maqomini belgilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda, hududiy assotsiatsiyalarning namunaviy tuzilmasi va ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 22-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
311-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 311-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 3-dekabrdagi 304-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 12-son, 74-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori) 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/311/0639-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)