11.03.2020 yildagi O‘RQ-609-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 11.03.2020 yildagi O‘RQ-609-son
Date of entry into force
12.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy Darajali Doʻstlik” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordenining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi 176-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan OʻRQ-473-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 221-modda; 2019-yil, № 9, 589-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 8-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari tarkibiga “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni ham kiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 15-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni koʻkrakning oʻng tomoniga yoki orden zanjirida taqiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Plankalardagi lentalarni taqib yurish qoidalari oliy mukofot belgisi — “Oltin Yulduz” medaliga, “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Oliy Darajali Doʻstlik” ordenlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga doir koʻkrak nishonlariga nisbatan qoʻllanilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-609-son

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 11-martdagi OʻRQ-609-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN

“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi xalqining cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzaro doʻstlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va koʻp qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bagʻishlagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi alohida eʼtirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, taʼlim va tarbiya, sogʻliqni saqlash, maʼnaviyat, madaniyat va sport sohalarining koʻzga koʻringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bilan chet davlatlari oʻrtasida har tomonlama manfaatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, oʻzaro hurmat va ishonchni kuchaytirishdagi shaxsiy hissasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarning xalqlari bilan doʻstlik, hamjihatlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash borasida koʻrsatgan alohida xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umuminsoniy va milliy maʼnaviy qadriyatlarni, tarixiy merosimizni asrab-avaylash, oʻrganish va keng targʻib etish, turli xalqlar madaniyati va sanʼatini yanada boyitishdagi faol ishtiroki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, yirik ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek innovatsion gʻoya va texnologiyalarni yaratish hamda turli sohalarga tatbiq etishda erishgan salmoqli natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilm-fan va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va adabiyot, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport sohalarini, shuningdek inson kapitalini rivojlantirish borasidagi katta yutuqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlashdagi koʻp yillik va fidokorona mehnati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimizni demokratik yangilashdagi roli va ahamiyatini oshirish, jamiyat va davlat oʻrtasidagi tizimli va samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik muammolarni hal etish, sayyoramiz va mamlakatimizda qulay atrof-muhitni taʼminlash, inson genofondini saqlash, bioxilma-xillik va tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, hozirgi va kelgusi avlodning ekologik xavfsizligi haqida gʻamxoʻrlik qilishga qaratilgan koʻp yillik samarali faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro miqyosdagi ulkan jamoatchilik, gumanitar va xayriya faoliyati uchun mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin. Bunda “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Orden bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordenini va mukofotlash toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni topshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa mutasaddi rahbarlar tomonidan tantanali vaziyatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalarini oladilar, shuningdek qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni tegishli ketma-ketlikka rioya etgan holda koʻkrakning oʻng tomoniga yoki orden zanjirida taqib yuriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 11-martdagi OʻRQ-609-sonli Qonuni bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy Darajali Doʻstlik” ordenining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 110 gramm ogʻirlikdagi 916 probali kumushdan tayyorlanadi va toʻrtta qoplamali medalondan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi va ikkinchi medalonlar oʻzaro uygʻunlikda quyosh timsolidagi oʻn olti qirrali yulduzni ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diametri 63,4 millimetrli oksidlangan kumushdan tayyorlangan birinchi sakkiz qirrali yulduz qirralarining har biri uchta nurdan tashkil topgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diametri 70 millimetrli ikkinchi sakkiz qirrali yulduz och xira kumushdan tayyorlangan va zarhal hoshiyali qavariq nurlardan iborat. Nurlarning ustki qismiga uzunligi 7,8 millimetrli zarhallangan shakldor barglar yotqizilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi medalon diametri 42,1 millimetrli, zarhallangan, ikki qirrali nurlarga ega boʻlgan sakkiz qirrali yulduzni ifodalaydi hamda uning ustki qismiga sirlangan kumushdan va naqshli toshlardan tayyorlangan diametri 39,5 millimetrli toʻrt qirrali nurlarga ega boʻlgan sakkiz qirrali yulduz joylashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning markazida joylashgan toʻrtinchi medalon diametri 24,6 millimetrli, koʻk rangli emal bilan qoplangan, zarhallangan aylana bilan oʻralgan va pastki chetlari 2,4 millimetr oʻlchamdagi 0,96 karatli 6 ta brilliant bilan naqshlangan doirani ifodalaydi. Medalonning yuqori qismida zarhallangan “OLIY DARAJALI DOʻSTLIK” yozuvi tushirilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Medalon markazida diametri 17,2 millimetrli zarhal doira ichida tinchlik va doʻstlik ramzi boʻlgan ochiq kaftlar hamda tumshugʻida zaytun novdasini tutib turgan kabutarning zarhallangan qavariq tasviri ifodalangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orden ikkita mahkamlagichga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) gaykaga burab qotiriladigan burama mahkamlagich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) orden zanjiriga mustahkamlanadigan yechiladigan qisqich.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ordenning orqa tomoniga 2 millimetrli oʻlchamdagi botiq shrift bilan mukofot raqami tushiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzunligi 700 millimetrli orden zanjiri 916 probali, ogʻirligi 170 gramm boʻlgan, 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan kumushdan tayyorlanadi. Zanjir yirik va mayda halqalarga boʻlinadi. Diametri 45 millimetr boʻlgan yirik halqalar ordenning markaziy medaloni tasvirini ifodalaydi, kichik halqalar 18 millimetrli sakkiz qirrali yulduzlardan iborat. Zanjir 22 ta halqalar, shu jumladan ilgakdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Orden zanjirining markaziy halqasi koʻk rangdagi emal bilan qoplangan doiraga tushirilgan ikkita oʻzaro bogʻliq sakkizburchakni tashkil qiladi. Koʻtarilayotgan quyosh fonida Humo qushi tasvirlangan.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2020-y., 03/20/609/0287-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)