03.03.2020 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.03.2020 yildagi 117-son
Date of entry into force
04.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmonida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini taʼminlash, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida oʻzbek tilining oʻrnini kuchaytirish va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasini takomillashtirish, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilarining malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish hamda atamashunoslik boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari xodimlari hamda respublikada doimiy istiqomat qilayotgan boshqa tillarda soʻzlashuvchi aholi, shu jumladan xorijiy fuqarolar uchun Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlari huzurida hududiy boʻlinmalariga ega boʻlgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatadigan oʻquv va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatchilarining oʻzbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlari, koʻnikma va mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining yozma va ogʻzaki savodxonligini oshirish, oʻzbek adabiy tili meʼyorlari, oʻzbek tilining tuzilishi boʻyicha amaliy bilimlari, koʻnikma va mahoratini tizimli asosda oshirib borish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatchilari va aholining nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohalar kesimida davlat tilida ish yuritish boʻyicha ommabop qoʻllanmalar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid oʻquv va malaka oshirish kurslarining, shu jumladan masofaviy oʻqitishning oʻquv rejalari va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/592/1336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/662/1001-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining xodimlari umumiy cheklangan soni 53 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining hududiy boʻlinmalarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hududiy boʻlinmalari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari uchun tatbiq etiladigan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida oʻquv rejadagi fanlarni oʻqitish uchun professor-oʻqituvchilar hamda mutaxassislar shtat va soatbay asosida jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslariga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun soatbay ish haqi toʻlash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqining miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga koʻpaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari xodimlari (keyingi oʻrinlarda — tinglovchilar) pulli shartnoma asosida oʻqitiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tinglovchilari tegishli oliy taʼlim muassasalarining Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul asosda foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida aholi uchun oʻzbek tilida yozma va nutq madaniyatini shakllantirish boʻyicha tashkil etiladigan bepul oʻquv kurslari xarajatlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida ish joyidan ajralgan holda taʼlim olayotgan tinglovchilar uchun oʻqish davrida asosiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazning hududiy boʻlinmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplagan holda joylashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni pulli shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi davlat tilini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan boshlab dolzarb filologik ilmiy-texnik muammolar yechimiga bagʻishlangan fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari bajarilishini maqsadli moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2021-yildan boshlab tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini oshirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, Universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikki oy muddatda Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab respublika hududlarida oʻzbek tilini yanada rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda respublika taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyoti oʻqituvchilariga boʻlgan ehtiyojni toʻliq qoplash va uzoq hududlardan oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarida oʻzbek tili va adabiyoti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi va kechki taʼlim shaklida oʻqitishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2020-yildan boshlab ilgʻor pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda, oʻzbek tili boʻyicha zamon talablariga javob beradigan, takomillashtirilgan yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratishni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oʻzbek tilining lugʻat boyligini yangi soʻzlar bilan doimiy boyitib borish va ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishga moʻljallangan Oʻzbek shevashunosligi markazini bir oy muddatda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Universitetda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “Sinxron tarjima” va “Kompyuter lingvistikasi” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik (etnologiya)”, “Kompyuter lingvistikasi”, “Psixologiya”, “Sotsiologiya”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha)”, “Folklorshunoslik va shevashunoslik”, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda “Badiiy tarjima”, “Ilmiy-texnik tarjima” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha)” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini taʼminlash, oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini, yangi oʻqitish metodikasiga asoslangan oʻzbek tilini bilish darajasini baholashning xalqaro standartini yaratish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy universitetlarda mavjud boʻlgan oʻzbek tili markazlarini zarur ilmiy, oʻquv-uslubiy va malakali kadrlar bilan taʼminlash, oʻqituvchilar malakasini oshirish, oʻzbek tili boʻyicha ilmiy tadqiqot va taʼlim dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon hamjamiyatining, xususan, xorijlik yoshlarning oʻzbek tiliga boʻlgan qiziqishini fan va taʼlimdagi hamkorlik loyihalari orqali oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi madaniy-gumanitar va ilmiy-taʼlim hamkorligini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida oʻzbek tili targʻibotini keng yoʻlga qoʻyish va bu borada xorijdagi mavjud infratuzilma, vosita va imkoniyatlardan samarali foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarda oʻzbek tilini targʻib qilish, uni oʻrgatish va oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash orqali oʻzbek madaniyati, fani va taʼlimini jahonda ommalashtirish maqsadida oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan kompleks aksiya va tadbirlar oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan boshlab Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi tanlovlarini oʻtkazishda oʻzbek tili metodikasi sohasini inobatga olsin hamda ushbu soha mutaxassislarining Jamgʻarma tanlovlarida ishtirok etishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Universitetda hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlashni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Universitet professor-oʻqituvchilarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlariga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Universitetning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar 2019/2020 oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyoti kafedralari tashkil etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash (shu jumladan, professor-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash) va saqlash xarajatlari, shuningdek, Markaz va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish, jumladan, mebel, oʻquv va masofaviy taʼlim uchun zarur jihozlar, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash xarajatlari tinglovchilarni pulli shartnoma asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz tizimidagi tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari xarajatlar smetalarini shakllantirishda xodimlarining davlat tilida ish yuritish asoslari boʻyicha malakasini oshirish uchun toʻlanadigan mablagʻlar rejalashtirilishini nazarda tutsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni Toshkent shahrida boʻsh turgan va foydalanilmayotgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 3-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga
1-ILOVA

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni — 53 nafar, shu jumladan hududiy boʻlinmalar xodimlari soni — 39 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga
2-ILOVA

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hududiy boʻlinmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining hududiy boʻlinmalari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Qoraqalpoq davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Andijon davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buxoro davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Guliston davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jizzax davlat pedagogika instituti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Navoiy davlat pedagogika instituti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Namangan davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Samarqand davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Termiz davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Urganch davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fargʻona davlat universiteti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qarshi davlat universiteti
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2020-y., 09/20/117/0247-son; 29.09.2020-y., 09/20/592/1336-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 29.10.2021-y., 09/21/662/1001-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)