13.12.2019 yildagi 994-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.12.2019 yildagi 994-son
Date of entry into force
14.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son va “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarorining 9-bandi 5-xatboshisidan “shuningdek, tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalarini” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
994-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-dekabrdagi 994-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Asosiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni olish uchun murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash (keyingi oʻrinlarda sertifikatlash deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasidan eksport va reeksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) — tovarlarning kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisida aniq dalolat beruvchi hujjat, shu jumladan elektron shakldagi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli shaxs — vakolatli organning sertifikatni guvohlantirish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni ekspertiza qilish — ekspert tomonidan ariza beruvchining ishlab chiqarishi mazkur Nizomda belgilangan tartibda koʻzdan kechirilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar — bojxona chegarasidan oʻtuvchi har qanday mol-mulk, shu jumladan issiqlik, elektr, boshqa energiya turlari va transport vositalari (tovar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish xizmatlarini amalga oshiruvchi transport vositalaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert — vakolatli organning zimmasiga ekspertiza oʻtkazish, ekspertiza dalolatnomasini yoki ekspert xulosasi va sertifikatni rasmiylashtirish funksiyasi yuklatilgan vakili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aynan bir xil tovar — bir ishlab chiqaruvchi tomonidan aynan bir xil texnologik jarayonga asosan ishlab chiqarilgan, tarkibi, nomi (shu jumladan, modeli, savdo belgisi, turi boʻyicha) va TIF TN kodlari boʻyicha bir xil tavsiflangan, aynan bir ariza beruvchi tomonidan sertifikatlash uchun taqdim etilgan tovar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi — ushbu Nizom 36-bandining “g” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan mamlakatlar uchun beriladigan umumiy shakldagi kelib chiqish sertifikatini berish uchun asos boʻladigan hujjat, shu jumladan elektron shakldagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz-oʻzini sertifikatlash — tovar olib kirilayotgan mamlakatda oʻrnatilgan tartibga muvofiq, eksport qiluvchining hisob-varaq faktura yoki tovarning boshqa kuzatuv hujjatlarida tovarning kelib chiqishini deklaratsiya orqali tasdiqlashi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, tovar olib kirilayotgan mamlakatning milliy qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida boshqacha belgilanmagan boʻlsa, ushbu bobda koʻrsatilgan tushunchalar va ularning talqini qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sertifikat vakolatli organ tomonidan tovarning kelib chiqish mamlakatini guvohlantirish maqsadida rasmiylashtiriladi va tovar olib kiriladigan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar olish yoki imtiyozlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlar uchun qoʻllanilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni olib chiqib ketish vaqtida sertifikat, basharti uning zarurligi tegishli shartnomalarda, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalarida qayd etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek, eksport qiluvchining talabi boʻyicha beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash tamoyillari mavjud xalqaro amaliyotga asoslanadi. Bunda imtiyozli kelib chiqish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, shuningdek, Bosh preferensiyalar tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi davlatlarning imtiyozli kelib chiqish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa hollarda mazkur Nizomning 2-bobiga muvofiq kelib chiqish qoidalari qoʻllaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovarning kelib chiqishini ekspertiza qilishni oʻtkazish va sertifikat berish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tovarlar batamom ishlab chiqarilgan yoki yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovarning kelib chiqish mamlakati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa yoki basharti, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagi tovarlar mazkur mamlakatda batamom ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uning hududidan yoki hududiy suvlaridan yoxud kontinental shelfidan va dengiz ostidan olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat dengiz ostini qazish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uning hududida oʻstirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlari va hayvonlardan olingan mahsulot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) mamlakat kemalarida yoki u ijaraga olgan (fraxt qilingan) kemalarda jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mamlakatdagi ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning natijasi boʻlmish ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) mamlakatga qarashli yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq kosmosda olingan yuqori texnologiya mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) mamlakatda mazkur bandning “a” — “z” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlardangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan boʻlsa, tovarning kelib chiqishi uning “yetarli darajada qayta ishlanganligi” mezoniga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu mamlakatda tovarning “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezoni quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovari tasniflovchi kodining) TIF TN boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur hududdan kelib chiqqan deb hisoblash uchun yetarli boʻlgan zarur ishlab chiqarish va texnologik operatsiyalarning bajarilishi;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advalor ulush qoidasi — foydalanilgan materiallar qiymatining yoki qoʻshilgan qiymatning foizlardagi ulushi yetkazib berilayotgan tovar bahosining qayd etilgan ulushiga yetganda, tovar qiymatining oʻzgarishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar aniq tovar yoki aniq mamlakatga (mamlakatlarga) nisbatan tovarning kelib chiqish mezoni alohida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezoni quyidagicha aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) eng koʻp qulaylik rejimini yaratgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar uchun (oʻzaro bitimlarda yoki tovar olib kiriladigan mamlakat milliy qonunchiligida boshqacha mezon belgilanmagan hollarda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodining) TIF TN boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi yoki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 50 foizidan oshmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlari mavjud boʻlmagan davlatlar uchun hamda oʻzaro erkin yoki imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalar tuzilgan davlatlarga eksport qilinayotgan, ammo shartnomada belgilangan imtiyozli kelib chiqish qoidalari talablariga javob bermaydigan tovarlar uchun (tovar olib kiriladigan mamlakat milliy qonunchiligida boshqacha mezon belgilanmagan hollarda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarni qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodining) TIF TN boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi yoki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 70 foizidan oshmasligi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yetarli darajada qayta ishlanganlik mezoni advalor ulush orqali ifodalangan holatlarda, qiymatli koʻrsatkichlar quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) import qilinayotgan materiallar uchun — olib kirishda boj olinadigan (SIF negizida) qiymat boʻyicha yoki agar ularning kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan holda, ishlab chiqarish amalga oshiriladigan mamlakat hududida belgilangan birinchi sotuv bahosi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tayyor tovarlar uchun — franko-zavod bahosi yoki eksport bahosi boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga javob bermaydi deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni joʻnatishni tashkil qilish, saralash, qaytadan oʻrash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oddiy yigʻuv operatsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlanadigan xususiyatlarni bermaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yuqorida koʻrsatilgan operatsiyalarning ikkitasi yoki undan ortigʻini bir vaqtda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) chorva mollarini soʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga koʻra, tovarlarni bitta turkum qilib joʻnatishning iloji boʻlmaganligi sababli ular boʻlib-boʻlib yoki yigʻilmagan holda yetkazib berilsa, uning kelib chiqishini aniqlash nuqtai nazaridan importyorning xohishiga koʻra, yagona predmet deb qaralishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu qoidaning qoʻllanish sharti quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlaklarga boʻlingan yoki yigʻilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini, bunday taqsimlash sabablarini, har bir turkumga kiradigan tovarlarning TIF TN boʻyicha kodlari, qiymati va ularni ishlab chiqargan mamlakatni koʻrsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organiga oldindan maʼlum qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta eksport qiluvchilar orqali yetkazib berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning barcha turkumlarini bitta bojxona postida rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turkumdagi tovarlarning shartnomada koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay yetkazib berilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tovarlarning kelib chiqishini aniqlashda, ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan issiqlik va elektr energiyasi, mashinalar, uskuna va asboblarning kelib chiqishi inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tovarlarning kelib chiqish mamlakati “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga muvofiq aniqlanganda, kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan materiallar xorijiy materiallar deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Erkin iqtisodiy zonani yaratish toʻgʻrisida 1994-yil 15-apreldagi bitim yoki Erkin savdo hududi toʻgʻrisida 2011-yil 18-oktabrdagi shartnoma ishtirokchi-davlatlarining tovarlari uchun kelib chiqish mamlakatini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tovarning Erkin iqtisodiy zonani yaratish toʻgʻrisida 1994-yil 15-apreldagi bitim yoki Erkin savdo hududi toʻgʻrisida 2011-yil 18-oktabrdagi shartnoma ishtirokchi-davlatining bojxona hududidan kelib chiqqanligini guvohlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organiga bitim yoki shartnoma ishtirokchisi boʻlgan kelib chiqish mamlakatining vakolatli organi tomonidan berilgan sertifikat (ST-1 shakl) taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi 1994-yil 15-apreldagi Erkin iqtisodiy zonani yaratish toʻgʻrisidagi bitim yoki 2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi toʻgʻrisidagi shartnoma ishtirokchi-davlatlari bilan savdoda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) hukumatlari rahbarlari Kengashining 1993-yil 24-sentabrdagi qarori bilan, keyinchalik kiritilgan oʻzgartirishlar bilan birga tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalarini qoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tovar, agar u mazkur Nizomning II boʻlimida belgilangan kelib chiqish mezonlariga muvofiq boʻlsa, 1994-yil 15-apreldagi Erkin iqtisodiy zonani yaratish toʻgʻrisidagi bitim yoki 2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi toʻgʻrisidagi shartnoma ishtirokchi-davlatlaridan birortasining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan boʻlsa va bitim yoki shartnomaning boshqa ishtirokchi davlati bojxona hududidan ushbu bitim yoki shartnomaning ishtirokchi-davlati rezidenti tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa, Erkin iqtisodiy zonani yaratish toʻgʻrisidagi bitim yoki Erkin savdo hududi toʻgʻrisidagi shartnoma ishtirokchi-davlatining bojxona hududidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Bunda rezident deganda, ushbu davlat hududida tuzilgan tashkilot yoki ushbu davlat hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxs tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tovarlarni MDH davlatlariga eksport qilishda “yetarlicha darajada qayta ishlanganligi” mezonini qoʻllash uchun kumulyatsiya tamoyilidan foydalanish mumkin, yaʼni tovarlarni MDH davlatlarida birin-ketinlikda qayta ishlashda, ushbu davlatlar kelib chiqishni aniqlash maqsadlari uchun yaxlit hudud sifatida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. 1993-yil 24-sentabrdagi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash Qoidalari kuchga kirgunga qadar Shartnoma ishtirokchi davlatlari hududlarida ishlab chiqarilgan va ularning bojxona hududiga olib kirilgan (joylashtirilgan), Shartnoma ishtirokchi davlatlar ichida tovarlarni olib oʻtishda ST-1 shaklidagi sertifikat berilishi mumkin va sertifikatning 5-ustuniga “Tovar (mamlakatning xozirgi nomi, ishlab chiqaruvchining nomi va ishlab chiqarilgan yili koʻrsatiladi) ishlab chiqarilgan” yozuvi kiritiladi. Bunda 12-ustunda tovar ishlab chiqarilgan davlatning xozirgi nomi koʻrsatiladi. Tovar ishlab chiqaruvchisi (uning nomi, manzili va tovar ishlab chiqarilgan yili) toʻgʻrisidagi hujjatlar taqdim qilinganda, har qanday shartnoma ishtirokchi davlatlari tomonidan sertifikat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasidan eksport (reeskport) qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish va sertifikat olish uchun ariza beruvchi tovarni yuklash amalga oshirilayotgan joydagi vakolatli organga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ariza taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va butlovchi qismlarni sotib olish boʻyicha shartnoma va hisobvaraq-fakturalar yoki boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyo va butlovchi qismlarning Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlarning sotib olganligini tasdiqlovchi shartnoma va hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjatlar (eksport qilinayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisi boʻlib hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda);
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarning sifat va texnik koʻrsatkichlarini tasdiqlovchi hamda identifikatsiyalash uchun zarur hujjatlar (ariza beruvchi talabiga koʻra sertifikatda tovar haqida qoʻshimcha va aniqlashtiruvchi maʼlumotlar, shuningdek, uning sifati va texnik tavsifi qayd etilishi zarur hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat qilgan va mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan berilishi rad etilgan hollarda, tovarni Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi ST-UZ kelib chiqish sertifikati. Bunda ushbu sertifikatni berish uchun asos boʻlgan kelib chiqish mezoni imtiyozli kelib chiqish qoidalari va ushbu Nizomning 11-bandi talablari asosida eksportga sertifikat berish uchun yetarli deb hisoblangan hollarda kelib chiqishini tasdiqlash maqsadida qoʻllanishi mumkin;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy operatsiyalarini oʻz ichiga olgan ishlab chiqarish texnologik jarayonining tavsifi, oʻzining yoki ijaraga olingan ishlab chiqarish obyektlari va uskunalarning mavjudligi haqida maʼlumot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarilishida import qilingan qismlar, xomashyo materiallari, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlatilgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha murojaat qilingan holda, yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda quyidagi hujjatlarning nusxalari taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga xomashyo yoki qismlarni olib kirishdagi yuk bojxona deklaratsiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar birligining foydalanilgan import xomashyo va materiallarning qiymati ajratilgan holda narxining hisobi (tovarlarning kelib chiqishini advalor ulush qoidasi boʻyicha aniqlash zarurati boʻlgan hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan import xomashyolarning TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot (Oʻzbekiston Respublikasiga xomashyo yoki qismlarni olib kirishdagi yuk bojxona deklaratsiyalari taqdim qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyo va qismlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikati (tovarning kelib chiqishi kumulyativ metod asosida aniqlangan hollarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni olish uchun murojaat qilinganda quyidagilar taqdim qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning asl nusxasi yoki asl nusxa berish majburiy boʻlmagan mamlakatlar tomonidan berilgan va Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlaridan olingan maʼlumotlar bilan tasdiqlangan elektron havola orqali tekshirish (tasdiqlash) imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda elektron shakldagi sertifikat nusxasi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelib tushganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport shartnomasi yoki tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan reeksport qilinayotganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston Respublikasida yetishtirilib eksport qilinayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlariga sertifikat olish boʻyicha murojaat qilinganda, arizaga ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishini tasdiqlaydigan hujjatlar (eksport qiluvchining yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetishtirilib eksport qilinayotgan tovarning sotib olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat olish uchun murojaat qilingan kuni mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati boʻlmaganda, ariza beruvchi tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotning nomi, hajmi, tayyorlovchisi va yetishtirilgan hududi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi xatni taqdim etishga ruxsat etiladi. Bunda xalqaro meʼyorlarga muvofiq tovar olib kirilayotgan mamlakatning bojxona yoki boshqa vakolatli organlari tomonidan soʻrovnoma kelganda, shuningdek, taqdim etilayotgan xatda ishonchsiz maʼlumotlar koʻrsatilgan hollarda, vakolatli organ eksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi boʻyicha obyektiv xulosa berish uchun uning talabiga koʻra ariza beruvchi ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishi lozim.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur Nizom 36-bandining “g” kichik bandiga asosan eksport qilinayotgan mahsulotga sertifikat olish uchun eksport qiluvchi ushbu Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan ariza-deklaratsiyani taqdim etishi mumkin. Ariza-deklaratsiya yozma yoki elektron shaklda hamda ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan holda taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. 22 — 25-bandlarda koʻrsatilgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza topshirish sanasida respublikada faoliyat yuritayotgan foydalanuvchilarni identifikatsiyalash (aniqlash) yagona axborot tizimidan foydalangan holda taqdim etiladi yoki ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi sertifikat olish uchun arizaga vakolatli organni xabardor qilish zarur deb hisoblaydigan qoʻshimcha maʼlumot va hujjatlarni ilova qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻliq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish va ekspertiza dalolatnomasini tuzish, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ariza topshirilgan sanadan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari aynan bir xil tovar uchun sertifikat olgan ariza beruvchi murojaat qilgan taqdirda, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda ariza beruvchi arizasida sertifikatlanayotgan mahsulot nomi va miqdoridan soʻng aynan ilgari berilgan sertifikatning raqamini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva-sabzavot mahsulotlariga sertifikat olish boʻyicha ariza beruvchi tomonidan murojaat qilinganda, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash ariza topshirilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TIF TN kodlari boʻyicha 84 — 89 guruhlarda tavsiflanadigan yoki yirik assortimentlardagi (3 tadan ortiq ishlab chiqaruvchi va/yoki 30 turdan ortiq) tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlashda ekspertiza qilish, shuningdek ekspertiza dalolatnomasini tuzish 2 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ishlab chiqarishni ekspertiza qilish eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarish (tayyorlash) jarayonini oʻrganishdan va tovarning Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqishini tasdiqlash uchun ekspertiza buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishdan boshlanadi. Ekspert quyidagilar bilan tanishib chiqishi va oʻrganishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning 22, 24, 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqaruvchisi boʻlib hisoblanmaydigan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda, eksport qilinayotgan tovar turkumining mavjudligini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqaruvchisi boʻlgan ariza beruvchi murojaat etgan hollarda, eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarish uchun obyektiv sharoitlarni tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish jarayonida ekspert eksport qilinayotgan tovar kelib chiqish mezonlaridan qaysi biriga: mahsulotning batamom ishlab chiqarilganligi yoki mahsulotning yetarlicha qayta ishlanganligiga mos kelishini aniqlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti ekspertiza natijasida tovarning Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqishi tasdiqlansa va kelib chiqish mezoni aniqlansa, mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ekspertiza dalolatnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ekspertiza dalolatnomasi eksport qilinayotgan tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdoriga yoki (eksport qiluvchining ixtiyoriga koʻra) tovar turkumiga rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdoriga ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirishda, korxonaning ushbu miqdorga mos ishlab chiqarish quvvatlari hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlarning mavjud boʻlishi talab etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Dalolatnoma ekspert tomonidan aniq, qisqartirishlarsiz (umumiy qabul qilinganlardan tashqari) va boʻyalishlarsiz rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak. Tuzatishlarga ekspert tomonidan izoh berilishi va uning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ekspertiza dalolatnomasida taqdim etilgan hujjatlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, tekshirish natijalari koʻrsatilgan boʻlishi va tovarning kelib chiqishini aniqlashning aniq asosi keltirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ekspertiza dalolatnomasi bir nusxada rasmiylashtirilib, vakolatli organda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ariza beruvchi tomonidan tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish va ekspertiza dalolatnomasi olish (sertifikat rasmiylashtirilmasdan) uchun murojaat qilingan hollarda, ariza beruvchi tovar ishlab chiqarilgan hududdagi vakolatli organga mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim qiladi. Ushbu holatda, ariza beruvchi tomonidan sertifikat olish uchun tovar ortilayotgan hudud vakolatli organiga oʻzi tomonidan tasdiqlangan ekspertiza dalolatnomasining nusxasi beriladi. Bunday ekspertiza dalolatnomasi 12 oy amal qilish muddati bilan beriladi. Tovarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida (shu jumladan tovarning tarkibiy qismida), eksport qilinayotgan tovarni ishlab chiqarishda foydalanilgan xom-ashyo va materiallarning kelib chiqishida yoki tovar eksport qilinayotgan mamlakat oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi yangi ekspertiza dalolatnomasi olish uchun ekspertiza dalolatnomasi bergan vakolatli organga mazkur Nizomning 22-bandida qayd etilgan zarur hujjatlardagi tegishli oʻzgarishlari bilan murojaat qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Agar ekspertiza natijasida tovarning Oʻzbekiston Respublikasida “yetarli darajada qayta ishlanganlik” mezoniga rioya qilinmaganligi aniqlansa yoki tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash imkoni boʻlmasa, eksport qiluvchiga taqdim etilgan tovar Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqqan tovar sifatida tasniflana olmasligi toʻgʻrisida, sabablari koʻrsatilgan holda, mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda ekspert xulosasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash jarayonida kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisidagi dastlabki qaror davlat bojxona xizmati tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash jarayonida tovar kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisidagi dastlabki qarorni berish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Sertifikatni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ekspertiza dalolatnomasi (“a” — “d” kichik bandlar) yoki ariza-deklaratsiya (“g” kichik band) asosida sertifikat, eksport qilinayotgan tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdoriga yoki tovar turkumiga (eksport qiluvchining ixtiyoriga koʻra) quyidagi shakllarda rasmiylashtiriladi:
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Bosh preferensiyalar tizimiga muvofiq preferensiyalar taqdim etuvchi xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgan tovarlarga — A shaklida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlariga — ST-1 shaklida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi bilan shartnomalar tuzgan davlatlarga shartnomalarda belgilangan shakllarda yoki mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda rus yoki ingliz tillarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ushbu bandning “a” — “v” kichik bandlarida koʻrsatilmagan mamlakatlarga va tovarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlash shartnoma (bitim) shartlarida yoki bunday davlatlarning milliy qoidalarida zarurligi nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur Nizomga 5-ilovasiga muvofiq shaklda, shuningdek, eksport qiluvchining xohishiga koʻra tan olinadigan davlatlar uchun 5a-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish orqali elektron shaklda rus yoki ingliz tillarida;
(36-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tovarlarning keyinchalik eksportga chiqarish maqsadlarida ichki aylanishi uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq ST-UZ shaklida, bunda ushbu sertifikat tovarning tayyor miqdori va turkumiga, shuningdek, arizada koʻrsatilgan barcha miqdoriga, korxonaning ushbu miqdorga mos ishlab chiqarish quvvatlari hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va butlovchi qismlar mavjud boʻlgan taqdirda rasmiylashtiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport qiluvchining ixtiyoriga koʻra, sertifikat alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza dalolatnomasi yoki ariza-deklaratsiya asosida sertifikatni rasmiylashtirish bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Eksport qilinayotgan tovar ishlab chiqarilgan hududdan boshqa hududda tovarlarning kelib chiqish sertifikatini olish uchun murojaat qilinganda, arizaga mazkur tovar ishlab chiqarilgan hududdagi vakolatli organ tomonidan berilgan ekspertiza dalolatnomasining ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi va eksport qilinayotgan tovarga hisobvaraq-faktura (invoys) ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Qoidaga koʻra, tovarga berilgan sertifikat, shu tovar toʻgʻrisida quyidagi zarur maʼlumotlarni (ariza beruvchi taqdim qilgan maʼlumotlar asosida) oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) eksport qiluvchining nomi va manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) import qiluvchining nomi va manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) transportda tashish vositalari va harakatlanish marshruti (qanchalik aniqligiga qarab);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻrinlar soni va oʻrab-joylash turi, tovarni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi tovarning bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) brutto va sof ogʻirligi (ushbu koʻrsatkichlar boshqalar bilan, masalan, tovar birliklari soni yoki hajmi kabilar bilan almashtirilishi mumkin, basharti tovarni transportda tashishda uning vazni sezilarli darajada oʻzgarsa yoki bu birliklar tovarning ushbu turiga standart qoʻllanilsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) hisobvaraq-fakturaning raqami va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tovarning kelib chiqish mezonining asosi (ST-UZ kelib chiqish sertifikatlari uchun). Bunda mezonlar quyidagicha ifodalanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“P” — batamom ishlab chiqarilgan deb hisoblanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“D XXXX” — qayta ishlash natijasida tovar pozitsiyasining (tovarni tasniflovchi kodning) TIF TN boʻyicha dastlabki toʻrtta kod belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarish sodir boʻlib, yetarli darajada qayta ishlangan deb topilganda, tovar pozitsiyasini koʻrsatgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“D 50%” — ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 50 foizidan oshmagan va yetarli darajada qayta ishlangan deb topilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“D 70%” — ishlab chiqarishda foydalanilgan import mahsulotlar ulushi tovar tannarxining 70 foizidan oshmagan va yetarli darajada qayta ishlangan deb topilgan holda.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Sertifikat vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi va vakolatli organning muhri bilan tasdiqlanadi, shuningdek,ushbu Nizomning 36-bandi “g” kichik bandiga koʻra sertifikatlar tan olinadigan xorijiy davlatlar uchun QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyish orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Sertifikatni guvohlantirish joyi (shahri) va sanasi, shuningdek, vakolatli organning nomi va toʻliq manzili koʻrsatiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Sertifikatlarni tasdiqlash majburiyati yuklatiladigan shaxslar imzolarining namunalari va vakolatli organ muhrlarining bosma nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga, shuningdek, boshqa davlatlarning vakolatli organlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Sertifikat bir nechta nusxada, bitta asl nusxa va qolgan nusxalari “kopiya” (“nusxa”) belgisi bilan tuziladi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron sertifikat bundan mustasno.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining murojaatiga koʻra sertifikatning “bankka taqdim etish uchun” belgisi qoʻyilgan ikkinchi asl nusxasi berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Har bir sertifikat uni identifikatsiyalash mumkin boʻlgan odatiy tartib raqamiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ariza beruvchining iltimosiga koʻra sertifikatni tovar joʻnatilganidan soʻng bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan bir yildan kechiktirmasdan guvohlantirishga ruxsat etiladi. Bu holda, mazkur Nizomning 22, 24-bandida sanab oʻtilgan hujjatlarga ariza beruvchi tomonidan qoʻshimcha ravishda bojxona organlarining tovarning joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan tovarning kuzatuv hujjatlari va yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladi. Bunday hollarda sertifikatning “Xizmat belgilari uchun” ustunlarida “Keyinchalik berilgan” yozuvi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Sertifikat yoʻqolgan yoki buzilgan hollarda ariza beruvchi avval berilgan sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida avval taqdim etilgan hujjatlar asosida guvohlantiriladigan dublikat olish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bunday sertifikatning dublikati, sertifikat asl nusxasining rasmiylashtirilgan sanasi va raqami koʻrsatilgan holda, “dublikat” yozuviga ega boʻlishi kerak. Bunda dublikatga avval berilgan sertifikat asl nusxasining roʻyxatga olish raqami va dublikat rasmiylashtirilgan kunning sanasi qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron sertifikat berilganda, dublikat olish talab etilmaydi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish zarurati tugʻilganda, ariza beruvchi asoslantirilgan yozma murojaat asosida avval berilgan sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida yangi sertifikat olish huquqiga ega. Bunda “Xizmat belgilari uchun” ustunlariga avval berilgan sertifikatning raqami va sanasi koʻrsatilgan holda, “Sertifikat oʻrniga berilgan” yozuvi kiritiladi. Avval berilgan sertifikatning oʻrniga berilgan sertifikatga yangi roʻyxatga olish raqami va yangi sertifikat rasmiylashtirilgan kunning sanasi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Agar sertifikatning haqiqiyligiga yoki undagi eksport qilinayotgan mahsulotga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning aniqligiga shubha tugʻilishi munosabati bilan, Yevropa Ittifoqining, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning organlari Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtirilgan sertifikatni tekshirish uchun qaytarsa yoki rasmiy talab yoʻllasa, vakolatli organ sertifikatlash va sertifikatlarni tasdiqlashning belgilangan tartibiga rioya qilinganligini tekshirish boʻyicha choralar koʻradi, zarur boʻlganda mazkur tovarning eksport qiluvchilari — tashkilotlar jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday tekshiruv natijalari boʻyicha importyor-mamlakatning soʻrovnoma yuborgan organiga axborot yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Katta turkumlarda boʻlmagan (faktura qiymati 5000 AQSH dollarigacha boʻlgan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun 6000 yevrogacha boʻlgan) tovarlarning kelib chiqishini guvohlantirishda, eksport qiluvchilar tovarning kelib chiqish mamlakatini hisobvaraq-fakturada yoki tovarning kuzatuv hujjatlarida, agarda mazkur tovarlar turkumi bitta shartnoma doirasida yetkazib berilayotgan tovarlar turkumining bir qismi boʻlmasa deklaratsiyalashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Tovarlarning kelib chiqishida oʻz-oʻzini sertifikatlash tartibi (REX tizimida eksport qiluvchilarni roʻyxatga olish)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Yevropa Ittifoqi davlatlariga tovarlar eksport kilingan holda, Yevropa Ittifoqi Bosh preferensiyalar tizimining kelib chiqishi talablariga javob beradigan, umumiy qiymati 6000 yevrodan oshadigan tovarlarning kelib chiqishini deklaratsiyalash orqali tasdiqlash uchun, eksport qiluvchi Yevropa Ittifoqining Eksport qiluvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tizimida (REX) ruyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan YEI reglamentlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holda, roʻyxatdan oʻtkazish uchun masʼul organlar (keyingi oʻrinlarda ruyxatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) vakolatli organ tomondan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport qiluvchilar roʻyxatdan oʻtish uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish eksport qiluvchining arizasi va eksport qilinayotgan tovarning YEI reglamentlari talablariga muvofiqligi haqidagi ekspertiza dalolatnomasi asosida, oʻz tijoriy faoliyati, manzili, ishlab chiqaradigan va(yoki) eksport kilayotgan maxsuloti TIF TN kodlari va boshqa maʼlumotlarni ilova qilgan holda (qogʻoz koʻrinishida yoki elektron ravishda) taqdim kilgandan soʻng amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport qiluvchilarga REX-tizimining individual raqami beriladi, bunda ushbu eksport qiluvchi va tovarlarga biriktirilgan REX-tizimining individual raqamini hisobvaraq-fakturada yoki tovarning boshqa kuzatuv hujjatlarida koʻrsatib deklaratsiyalash asosida Yevropa Ittifoqi bojxona organlari tomonidan preferensiyalar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Eksport qiluvchi eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishini aniqlashga asos boʻlgan hujjatlarni, eksport kilingan yilning tugashidan boshlab uch yil muddatgacha saqlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy hamkorlik maqsadida eksport qiluvchi har chorakda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga tovarlarning kelib chiqishi haqidagi deklaratsiyani oʻz ichiga olgan invoysning skaner nusxasini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport qiluvchining reglament talablariga rioya etayotganligi, jumladan kelib chiqish toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning ishonchliligini aniqlash yiliga kamida bir marotaba roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ekspertiza oʻtkazib, ekspertiza dalolatnomasi tuzish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. YEIning Soliq va bojxona ishlari Bosh direktorati tomonidan deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash toʻgʻrisida soʻrovnoma joʻnatilgan taqdirda, eksport qiluvchi vakolatli yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan xabardor qilingandan soʻng 3 kun muddatda vakolatli organ/roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ishlab chiqarish va tovarning kelib chiqishini aniqlashga asos bulgan hujjatlar bilan tanishish uchun sharoit yaratib berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Soʻrovnomani koʻrib chiqish va javobini yoʻllash vakolatli organ tomonidan, eksport qiluvchi barcha hujjatlarni taqdim qilgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Kelib chiqish mamlakatini aniqlashning toʻgʻriligi va hisobvaraq-faktura yoki tovarning boshqa kuzatuv hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan tovarning kelib chiqishi haqidagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun masʼuliyat eksport qiluvchining zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash uchun toʻlov toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ekspertizani oʻtkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish va tovarning kelib chiqish sertifikatini rasmiylashtirish, shuningdek ekspert xulosasi rasmiylashtirilgan hollarda ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq miqdorda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ekspert ishlab chiqarishni ekspertiza qilish jarayonida mazkur tashkilotda amal qiluvchi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Qonunchilikka muvofiq ekspert, ekspertizaning xolisligi, sifati va oʻz vaqtida oʻtkazilishiga hamda ekspertiza dalolatnomasi, ekspert xulosasi va sertifikatning lozim darajada rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Tovarning kelib chiqishini sertifikatlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi hamda aynan sertifikatlash uchun taqdim etilgan va ekspertiza oʻtkazilgan tovarning eksport qilinishi uchun ariza beruvchi javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchi tomonidan berilgan maʼlumotlar ishonchsiz ekanligi aniqlangan yoki ushbu Nizomning 24-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda vakolatli organ berilgan sertifikatlarni belgilangan tartibda bekor qilishi mumkin.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Tovarning Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqishi toʻgʻrisidagi ekspert xulosasini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ekspertiza dalolatnomasi bilan birga arxivda uch yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxfiy xususiyatga ega yoki kelib chiqish qoidalarini qoʻllash maqsadida vakolatli organga maxfiy ravishda taqdim etilgan maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan qatʼiy maxfiy saqlanadi va bunday maʼlumotlarni taqdim etgan shaxs yoki Hukumatning ruxsatisiz vakolatli organ ularni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, sud tartibida oshkor qilish talab etilgan holatlar bundan mustasno.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Vakolatli organ oʻzi tomonidan berilgan sertifikatlarning maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash elektron tizimini yaratadi va yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqish sertifikatlarining maʼlumotlar bazasi tovar olib kirilayotgan mamlakat bojxona organlari tomonidan sertifikatni berilishi va uning toʻgʻri toʻldirilishi, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirishni on-layn rejimda (on-layn tekshiruv) amalga oshirish maqsadida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron sertifikatlashtirish tizimiga kiritilgan sertifikatning elektron shaklidagi mavjud maʼlumotlar tarkibi ariza beruvchiga berilgan qogʻoz koʻrinishidagi sertifikat asl nusxasidagi maʼlumotlar bilan bir xil boʻlishi va milliy qonunchilik hamda xalqaro standartlarda koʻzda tutilgan sertifikatni toʻldirish tartib va talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatning elektron shakli vakolatli organ tomonidan sertifikatning asl nusxasi guvohlantirilgandan kundan keyingi kundan kechiktirmay elektron sertifikatlashtirish tizimiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert va sertifikatni guvohlantirish uchun masʼul vakolatli shaxs sertifikatning toʻgʻri va oʻz vaqtida elektron tizimga kiritilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Ariza beruvchi vakolatli organning qaroridan norozi boʻlgan hollarda (rad etish, ijro etuvchi organ tomonidan sertifikatlash ishlarini sifatsiz oʻtkazish), vakolatli organga yoki belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudga murojaat qilishga haqli.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarni kelib chiqishini ekspertiza qilishni oʻtkazish va sertifikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyekt

Harakat

Muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi — eksport qiluvchi (korxona)

Yozma yoki elektron koʻrinishda tegishli hujjatlarini ilova qilgan holda ariza topshirish

Ariza beruvchiningxohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Taqdim qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqish va ishlab chiqarish/tovar saqlanayotgan joyga borib ekspertiza oʻtkazish.

2. Ekspertiza dalolatnomasi tuzish (rasmiylashtirish) (ekspertiza natijasi salbiy boʻlgan hollarda ekspert xulosasi rasmiylashtirish).

Bir ish kuni davomida (TIF TN kodlari boʻyicha 84 — 89 guruhlarda tavsiflanadigan tovarlarni sertifikatlashda — ikki ish kunigacha)

3-bosqich

Vakolatli organ

1. Tovarning kelib chiqish sertifikatini tuzish va rasmiylashtirish (ekspertiza dalolatnomasi asosida)

2. Sertifikatni elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish

Bir ish kuni davomida

4-bosqich

Ariza beruvchi — eksport qiluvchi (korxona)

Sertifikatni olish

Ariza beruvchiningxohishiga koʻra

5-bosqich

Ariza beruvchi — eksport qiluvchi (korxona)

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun vakolatli organga murojaat qilish zarurati tugʻilganda

Avval berilgan sertifikat rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida

6-bosqich

Vakolatli organ

Qayta rasmiylashtirish va sertifikat berish

Bir ish kuni davomida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ARIZA

(tovarlarning kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi sertifikat/ekspertiza
‎dalolatnomasini olish uchun)

Eksport qiluvchi _____________________________________________________________
‎______________________________ bilan _________________________ sanada tuzilgan‎ ______-sonli shartnoma asosida tovar(lar)ning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha ekspertiza oʻtkazish va tovar(lar)ning kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun ekspert ajratishingizni soʻraydi.

Tovar(lar)ning nomi _________________________________________________________

Hajmi ___________________________ ogʻirligi ______________________________ kg/m
‎____________________________________________________________________________

Ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) _________________________________________________

Yuk joʻnatuvchi _______________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Yuk qabul qiluvchi (sotib oluvchi) va uning manzili*_______________________________
‎____________________________________________________________________________

Yuk joʻnatish turi*____________________________________________________________

Joʻnatilish stansiyasi*:_______________________________________________________

Qabul qilish stansiyasi*:______________________________________________________

Sertifikatlar soni*__________________________________________________________

TIF TN kodi ________________________________________________________________

Toʻlovni kafolatlaymiz, bizning rekvizitlar: ___________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan tanishtirildim.

Ariza beruvchi

__________________

__________________________

(lavozimi)

(imzo)

(F.I.Sh.)

Izoh: ekspertiza dalolatnomasi olish uchun ariza topshirilganda* bilan belgilangan bandlar toʻldirilmaydi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ARIZA-DEKLARATSIYA

(umumiy shaklda tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi
‎sertifikatni berish uchun)

Ariza beruvchi _______________________________________________________________
‎_________________ bilan _____________________ sanada tuzilgan _____-sonli shartnoma asosida umumiy shakldagi tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni rasmiylashtirish uchun, ekspert ajratishingizni soʻraydi.

Toʻlovni kafolatlaymiz. Bizning rekvizitlar ____________________________________
‎____________________________________________________________________________

1. Tuzilgan sana: _____________________________________________________________

2. Tuzilgan joyi: ____________________________________________________________

3. Deklaratsiya ariza beruvchining vakili: ________________________________________
‎___________________________________________________________ tomonidan tuzildi.

(korxona nomi, F.I.O. pasport raqami, lavozimi)

4. Eksport qiluvchi (yuk joʻnatuvchi): ____________________________________________

5. Ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi): ______________________________________________

6. Sotib oluvchi (yuk qabul qiluvchi): ____________________________________________

7. Hisobvaraq-faktura (invoys): ________________________________________________

8. Yuk joʻnatish turi va sanasi: _________________________________________________

9. Joʻnatilish va qabul qilish stansiyasi: ________________________________________

10. Tovar nomi, TIF TN kodi, miqdori (tovar turlari koʻp boʻlganda, tovar nomini ushbu deklaratsiyaning alohida qoʻshimcha varaqlarida koʻrsatishga ruxsat etiladi):
‎____________________________________________________________________________

11. Ishlab chiqarish haqida maʼlumotlar (qisqacha ishlab chiqarish texnologik jarayoni, ishlab chiqarish uskunalari, binolari haqida maʼlumotlar va h.): ____________________
‎____________________________________________________________________________

12. Ishlatilgan xomashyo, yarim tayyor mahsulot, materiallar roʻyxati, ularning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar) _________________________________________
‎____________________________________________________________________________

(xomashyo nomi, shartnomalar, xisob-varaq fakturalar, TIF TN kodlarini koʻrsatgan holda yuk-bojxona deklaratsiyalari)

13. Tovardagi tarkibida import xom-ashyo va materiallarning ulushi (franko zavod narxi boʻyicha): ________

Xulosa qismi: Ushbu bilan, yuqoridagi maʼlumotlar toʻgʻriligi va 10-bandda koʻrsatilgan tovarlar haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasidan kelib chiqqanligi deklaratsiyalanadi. Taqdim qilingan barcha maʼlumotlar uchun javobgarlik masʼuliyatini olamiz va keyinchalik biz eksport qilgan tovar boʻyicha tovar olib kirilayotgan mamlakat vakolatli organlari tomonidan bizga ushbu ariza-deklaratsiyadagi maʼlumotlar asosida berilgan sertifikat doirasida notoʻgʻri yoki ishonchsiz maʼlumotlar aniqlangan taqdirda tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha barcha zarur maʼlumot va hujjatlarni taqdim qilishni oʻz zimmamizga olamiz.

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari bilan tanishtirildim.

Ariza beruvchi vakili (mansabi)

__________________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

15. Kelib chiqish mezoni: “___________________________________”

‎‎(Ekspert tomonidan toʻldiriladi)

_________________________________________

(F.I.O., imzo)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ INVESTITSIYALAR VA TASNQI SAVDO VAZIRLIGI YOKI
‎yoki UNING TOMONIDAN VAKOLAT BERILGAN ORGAN
‎MINISTERSTVO INVESTITSII I VNESHNEY TORGOVLI RESPUBLIKI UZBEKISTAN ILI DELEGIRUYEMIY IM ORGAN
‎(vakolatli organ manzili)

EKSPERTIZA DALOLATNOMASI _____________-son

1. Tuzilgan sana: _____________________________________________________________

2. Tuzilgan joyi: ____________________________________________________________

3. Dalolatnoma tuzuvchi ekspert: ________________________________________________

4. Ekspertiza: _______________________________________________________________

(korxona nomi, korxona rahbari (vakili) familiyasi, ismi, otasining ismi)

____________________________________________________________________________
‎________________________________________________________ ishtirokida oʻtkazildi.

5. Eksport qiluvchi: ___________________________________________________________

6. Ishlab chiqaruvchi: __________________________________________________________

7. Sotib oluvchi: ______________________________________________________________

8. Tovar nomi, miqdori: _______________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

9. Ekspertiza maqsadi — tovarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash: ____________

10. Taqdim etilgan hujjatlar (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar haqida maʼlumotlar va ularning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar): __________________

(nomi, tarkibi, artikul)

11. Ekspertiza natijasida aniqlandi: __________________________________________

Ekspert: _____________________________

vakil: _____________________________

(imzo)

(imzo)

13. Ekspert xulosasi: yuqorida koʻrsatilganlar asosida mahsulotning haqiqatdan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqilganligi tasdiqlanadi.

TIF TN boʻyicha mahsulot kodi: _________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Kelib chiqish mezoni: _________________________________________________________

Ekspertiza boshlanishi: ________________

Ekspertiza yakuni: _____________________

(sana)

(sana)

Ekspert: _________________________

(imzo)

M.Oʻ.

Dalolatnoma 20___ yil “___” _________ da roʻyxatga olindi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎INVESTITSIYALAR VA TASNQI SAVDO VAZIRLIGI
‎yoki UNING TOMONIDAN VAKOLAT BERILGAN ORGAN

‎MINISTERSTVO INVESTITSIY I VNESHNEY TORGOVLI
‎RESPUBLIKI UZBEKISTAN
‎ili DELEGIRUYEMIY IM ORGAN
‎(vakolatli organ manzili)

20___yil “___” _________dagi ___-_______-sonli
‎EKSPERT XULOSASI

1. Ekspertiza buyurtmachisi: ___________________________________________________

2. Ekspert: __________________________________________________________________

3. Ekspertiza maqsadi: ________________________________________________________

4. Taqdim etilgan hujjatlar (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar haqida maʼlumotlar va ularning olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar): __________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

5. Ekspertiza (oʻrganish) natijasi: _____________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________

Ekspert: _________________________

(imzo)

M.Oʻ.

Tarkibiy boʻlinma boshligʻi tomonidan roʻyxatga olindi: __________________________

(imzo)

Muhrsiz haqiqiy emas.

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ tomonidan tovarlarning kelib chiqishini aniqlash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish xizmati boʻyicha narxlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Xizmat nomi

Birlik

BHMning ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi miqdorida

(QQSni hisobga olmaganda)

1.

TIF TN kodi boʻyicha 84 — 89 guruhiga mansub boʻlmagan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish, sertifikat rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

0,65

1 sertifikat

0,35

2.

TIF TN kodi boʻyicha 84 — 89 guruhiga mansub tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash, sertifikat rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

1,25

1 sertifikat

0,35

3.

Sertifikatni rasmiylashtirmasdan, ekspertiza dalolatnomasi / ekspert xulosasini tuzish hamda rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi / ekspert xulosasi

0,65

4.

Ekspertiza dalolatnomasi yoki eksport qiluvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikatni rasmiylashtirish, avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirish, reeksport qilinayotgan tovarga sertifikat/ekspert xulosasini rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,65

5.

Sertifikatning qoʻshimcha varagʻi, alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga berilgan sertifikat

1 sertifikat

0,35

6.

Avval berilgan sertifikatga dublikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,1

7.

Eksport qilinayotgan tovarning shartnomada koʻrsatilgan barcha miqdori boʻyicha kelib chiqish mamlakatini aniqlash va rasmiylashtirish

1 ekspertiza dalolatnomasi

2,0

8.

Bankka taqdim qilish uchun sertifikatning asl nusxasi

1 sertifikat

0,3

9.

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirayotganda, uning qoʻshimcha varagʻini rasmiylashtirish

1 sertifikat

10.

Avval berilgan sertifikatni qayta rasmiylashtirayotganda, alohida transportda tashilayotgan tovar birliklariga sertifikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

11.

Sertifikatning qoʻshimcha varagʻiga dublikat rasmiylashtirish

1 sertifikat

0,1

12.

ST-UZ kelib chiqish sertifikatini rasmiylashtirish maqsadida ekspertiza oʻtkazish va sertifikatni rasmiylashtirish

tovar turkumiga

1,0

arizada koʻrsatilgan barcha miqdorga

3,0

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 09/19/994/4151-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)