Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
27.12.2025
27.12.2024
16.04.2020
06.12.2019
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat buyurtmasi. Davlat ehtiyojlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlari tizimining shaffofligini taʼminlash hamda uni yanada takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash hamda samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli orqali xaridlarni amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida eʼlon joylashtiradi. Bunda eʼlonda xarid komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning oʻn kundan kam boʻlmagan soʻnggi muddati hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasida nazarda tutilgan axborot boʻlishi kerak;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid komissiyasining eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha bayonini u rasmiylashtirilgan kuni davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida ikki ish kuni muddatga jamoatchilik muhokamasiga joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni ular tuzilgan sanadan boshlab uch ish kundan kechiktirmasdan belgilangan tartibda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridlarni elektron doʻkon va boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion orqali qonunda belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tanlov va tender savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat buyurtmachilariga elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirish huquqi beriladi. Bunda, elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasida xarid qilish tartib-taomili yakuniga koʻra tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan boʻlsa, davlat buyurtmachisi elektron doʻkonning asosiy sahifasidan foydalanmasdan mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga haqli emas.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda bir oy muddatda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalidagi elektron doʻkon savdo maydonchasida davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qoʻshimcha sahifa yaratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-yanvardan boshlab Moliya organlari va budjet tashkilotlari moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazi bazasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari uchun oʻquv jarayoniga sohadagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda davlat xaridlari boʻyicha maxsus kurslar tashkil qilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 2020-yil 1-apreldan boshlab budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablagʻlariga nisbatan Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochish orqali gʻazna ijrosi mexanizmi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4544-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov va tender savdolari orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddatlari
Ijrochilar
1.
Texnik topshiriqnomani ishlab chiqish.
Tender (tanlov) savdolarini elektron tarzda tashkil etish yuzasidan texnik topshiriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.
2020-yil yanvar
Moliya vazirligi (O. Isakov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Davlat xaridlari maxsus axborot portali va tegishli axborot tizimlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
Tasdiqlangan texnik topshiriqnomaga asosan davlat xaridlari maxsus axborot portali va tegishli axborot tizimlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
2020-yil fevral
3.
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3016-son, 2018-yil 26-may) va Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3015-son, 2018-yil 21-may) tender (tanlov) savdolarini elektron tarzda oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
2020-yil yanvar
Moliya vazirligi (J. Qoʻchqorov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
4.
Tizimni sinovdan oʻtkazish.
Tender (tanlov) savdolari boʻyicha joriy qilingan mexanizmlarni sinovdan oʻtkazish.
2020-yil mart
Moliya vazirligi (O. Isakov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
Davlat buyurtmachilari va ishtirokchilarning tanlov va tender savdolarida ishtirok etishlari yuzasidan oʻquv seminarlarini tashkil etish.
Joylarga chiqib oʻquv seminarlari oʻtkazilishi boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash.
6.
Tender (tanlov) savdolarini elektron tarzda oʻtkazish tizimini amaliyotga joriy qilish.
Iqtisodiyot sohalari va hududlar boʻyicha tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish.
2020-yil aprel
(grafik boʻyicha)
Moliya vazirligi (O. Isakov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-594-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi “budjet” soʻzidan keyin “tizimi budjetlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi xatboshidan “va mahalliy kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilayotgan kvotalarning bajarilishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta mablagʻlari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari (kreditlari)ni qaytarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Moliya vazirligi tomonidan toʻlovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta mablagʻlarini boshqarish, chet el valyutasidagi mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish hamda budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “budjet tashkilotlarining” va “Davlat budjeti” soʻzlari tegishli ravishda “budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan” va “budjet tizimi budjetlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet” soʻzlari “budjet tizimi budjetlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 9-banddagi “vazirligining Gʻaznachiligi Toshkent shahar, X. Sulaymonova koʻchasi” soʻzlari “vazirligi Gʻaznachiligi Toshkent shahar, Istiqlol koʻchasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 30-sentabrdagi “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2414-son qarorining rus tili matnidagi 1-bandning toʻrtinchi, yettinchi — toʻqqizinchi va oʻn birinchi xatboshilaridan hamda 3-bandning toʻrtinchi xatboshisidan“i gosudarstvennix zakupok” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3720-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “boshqaruvi hamda davlat xaridlarining” soʻzlari “boshqaruvining” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 11-bandning uchinchi xatboshisidagi “hamda davlat xaridlari sohalari” soʻzlari “sohasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 13-banddan “hamda davlat xaridlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3930-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qaroriga 31-ilovaning 7-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga 31-ilovaning 11-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-son qaroriga 31-ilovaning 13-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini keng jalb qilish toʻgʻrisida”gi PQ-1475-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son qaroriga 36-ilovaning 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qaroriga 5-ilovaning 8-bandi.