02.12.2019 yildagi PQ-4542-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.12.2019 yildagi PQ-4542-son
Date of entry into force
03.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan davr mobaynida respublikada issiqlik taʼminoti tizimini yaxshilash hamda aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliy chora-tadbirlar doirasida issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish holati kompleks oʻrganildi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar sinovdan oʻtkazildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichi issiqlik taʼminoti tizimini kompleks modernizatsiya qilish va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar asosida uning texnik darajasini oshirish zarurligini taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, aholini issiqlik energiyasi hamda issiq suv bilan taʼminlash sifati va darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2018 — 2022-yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2912-son qaroriga muvofiq isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash va uning sifatini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni, shuningdek, ushbu sohadagi boshqaruvning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan 2018 — 2022-yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon banki ishtirokida markaziy qozonxonalar, isitish tizimlari hamda tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni, uylar va kvartiralar ichki issiqlik taʼminoti tizimlarini yopiq issiqlik taʼminoti tizimiga oʻtkazgan holda tiklashni nazarda tutuvchi umumiy qiymati 220,7 mln AQSH dollari boʻlgan “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda issiqlik manbalarining isitish uskunalarini kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etgan holda rekonstruksiya qilishni, shuningdek, magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarini almashtirishni nazarda tutuvchi hisob-kitob qiymati 780,4 mln AQSH dollari boʻlgan “Buxoro, Fargʻona, Quvasoy, Nukus va Urganch shaharlarida markaziy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida toʻlash tizimiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilar uchun issiqlik taʼminoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik taʼminoti tarmoqlaridagi yoʻqotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining 2020-yilgi parametrlarini shakllantirishda aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlarni qoplash uchun 1-ilovaga muvofiq zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti sohasiga ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona ishlatilishini taʼminlash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari tomonidan tegishli yil uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi boʻyicha choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda quyidagilar uchun javobgardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq koʻrsatilishini, shuningdek, isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi va issiq suv uchun toʻlovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlari, isteʼmolning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni oʻlchami asosida oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlashni, shuningdek, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga taʼmirlash xizmati koʻrsatilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va oʻrnatilishini, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Toshkent shahar hokimligi ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarning Toshkent shahrida amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Issiqlik taʼminoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasini tugatgan holda, issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ularning obyektlaridan ishonchli va samarali foydalanishni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan Issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi hamda Issiqlik taʼminoti tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan yangidan tashkil etilayotgan boshqarmalarning shtat birliklari soni Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019 — 2022-yillarda respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga ushbu bandda nazarda tutilgan “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazish sarf-xarajatlarini kamaytirish, magistral va uylarning ichki issiqlik taʼminoti tarmoqlarida mavjud yoʻqotishlarni qisqartirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti sohasiga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari, jumladan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda uning isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi faol joriy etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti sohasida davlat tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish boʻyicha har tomonlama tahlil oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik taʼminoti sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining holati toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh (B.A. Xoʻjayev) bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlash boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlikni saqlovchi, shu jumladan penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobigʻiga oʻralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar, shuningdek, individual issiqlik punktlari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish sohasida sanoat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro kooperatsiyani kengaytirish boʻyicha mavjud salohiyatni oʻrgansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud xom ashyo resurslarini inobatga olgan holda, mahalliylashtirilishi lozim boʻlgan, issiqlik taʼminoti sohasida foydalaniladigan mahsulotlar roʻyxatini shakllantirsin hamda 2020 — 2022-yillarda ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va quvvatlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat texnika universitetida (Toshkent qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji negizida) — issiqlik taʼminoti sohasida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni (issiqlik texnikasi muhandisi, muhandis-metrolog, energiya auditi muhandisi, muhandis-iqtisodchi) tizimli oʻqitish va tayyorlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohaga oid taʼlim muassasalarida — zamonaviy va innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllagan holda, issiqlik taʼminoti obyektlarini loyihalashtirish, qurish, boshqarish va ulardan foydalanish sohasida mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash boʻyicha doimiy ishlaydigan qisqa muddatli (3 oydan 12 oygacha) kurslarni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 2-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4542-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlarni qoplash uchun mablagʻlarning hisob-kitob summasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

mln soʻm

T/r

Korxonalarning nomi

Summa *

Jami respublika boʻyicha, shu jumladan:

333 197,7

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

“Kommunallik issilik orayi” DUK

138,2

“Taxiatash issilik tarmaklari” MCHJ

190,0

2.

Andijon viloyati

“Issiqlik manbai” DUK

211,8

3.

Buxoro viloyati

“Issiqlik manbai” DUK

13 923,5

“Buxoroenergomarkaz” DUK

8 837,1

4.

Jizzax viloyati

“Issiqlik manbai” DUK

184,3

5.

Qashqadaryo viloyati

“Issiqlik manbai” DUK

207,2

6.

Namangan viloyati

“Issiqlik manbai” DUK

171,3

7.

Samarqand viloyati

“Issiqlik manbai” DUK

169,4

8.

Surxondaryo viloyati

“Issiqlik manbai” ICHB

110,3

9.

Toshkent viloyati

“Issiqlik manbai” ICHB

4 687,7

“Issiqlik energiyasi” ICHK (Chirchiq shahri)

4 988,1

“Issiqlik energiyasi” DUK (Angren shahri)

18 881,3

“Kommunal xizmat koʻrsatish” DK (Angren shahri)

1 843,9

10.

Fargʻona viloyati

“Issiqlik manbai” ICHB

1 192,5

“Kirguli issiqlik manbai” MCHJ

2 372,6

11.

Xorazm viloyati

“Xorazm issiqlik manbai” DUK

1 645,4

12.

Toshkent shahri

“Toshissiqquvvati” DUK

273 443,1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan issiqlik taʼminoti korxonalariga ajratiladigan mablagʻlar summasi asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida aholiga amalda sotiladigan issiqlik energiyasi hajmlari va tariflar tafovuti boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2022-yillarda respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritasi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlarning nomi

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Ekspertlarni jalb qilgan holda “Issiqlik taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan toʻla-toʻkis va sifatlitaʼminlashga yoʻnaltirilgan issiqlik taʼminoti sohasini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishni;

aholiga koʻrsatilayotgan issiqlik taʼminoti xizmatlari sifatini oshirishga, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni ragʻbatlantirishga, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan issiqlik taʼminoti sohasidagi davlat tarif siyosatini;

issiqlik taʼminoti tizimlarining tarkibi va klassifikatsiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish texnologiya va usullarini, shu jumladan elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya), shuningdek, ekologiya xavfsizligini taʼminlash va yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanishni inobatga olgan holda boshqa turdagi energiyani issiqlik energiyasiga aylantirishni;

issiqlik taʼminoti subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni va oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishning zamonaviy usullarini, shuningdek, mazkur sohada shakllangan ijobiy amaliyotni va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda ushbu subyektlarning huquq va majburiyatlarini.

Amalga oshirish shakli: Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ekspertlarni jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va toʻla miqyosda modernizatsiya qilish strategiyalari loyihalarini, shu jumladan issiqlik taʼminoti sxemalari, issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish rejalari, mazkur strategiyalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Amalga oshirish shakli: strategiyalar loyihalari va tahliliy maʼlumotnomalar

2020-yil 1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha)

3.

Issiqlik taʼminoti xizmatlariga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan shakllantirilayotgan narx (tarif) tarkibiga issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha sarf-xarajatlar kiritilishini nazarda tutish.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-iyul

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

4.

Issiqlik yuklamalarini hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishga sarflanadigan yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv normalarini, shuningdek, texnologik yoʻqotishlar normalarini aniqlash tartibini bugungi kun holatini inobatga olgan holda takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-iyul

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov)

II. Issiqlik taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish va ushbu sohadagi xizmatlar sifatini oshirish

5.

Har bir hududda bittadan qozonxona misolida issiqlik taʼminoti tizimlarining holati va samaradorligini kompleks oʻrganish boʻyicha grafik-reja ishlab chiqish va amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi aniq takliflar kiritish:

Ishlab chiqish:

2019-yil 20-dekabr

Ijrochilarning mablagʻlari

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha)

issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sarf-xarajatlarini kamaytirishni;

magistral va uylarning ichki issiqlik taʼminoti tarmoqlarida amaldagi yoʻqotishlarni qisqartirishni;

elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya) texnologiyasini joriy etish imkoniyatlarini;

issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish tizimini, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma

Amalga oshirish:

2019-yil dekabr — 2020-yil aprel

6.

Hududlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini oʻz vaqtida ishlab chiqish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

2020-2021-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

issiqlik taʼminoti sohasidagi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2020-yil 1-yanvar

Vazirlar Mahkamasiga loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari va ularni moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida takliflar kiritish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi, texnik-iqtisodiy asoslar va takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma

har bir loyihaning TIAsi tayyorlanishiga qarab

8.

Issiqlik taʼminoti tizimlari samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirish imkoniyatlari va mexanizmlarini, shu jumladan zarur qurilma va uskunalar xarid qilish uchun lizing mexanizmlaridan qisman garov taʼminoti sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kafolat taqdim etgan holda foydalanish usullarini oʻrganish.

Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma

2020-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

9.

Aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy manbalardan yagona issiqlik taʼminoti tizimiga issiqlik energiyasini yetkazib berish tizimini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma

2020-yil 1-sentabr

DXSHni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev)

III. Issiqlik energiyasi va issiq suvni nazorat qilish hamda hisobga olish tizimini takomillashtirish

10.

Issiqlik taʼminoti korxonalarida issiqlik energiyasi va issiq suvni nazorat qilish hamda hisobga olishning integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ishlab chiqish:

2020-yil 1-yanvar

Issiqlik taʼminoti korxonalarining oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev)

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi

Amalga oshirish:

2020-2021-yillar davomida

12.

Isteʼmolchilarning oʻz ehtiyojidan kelib chiqqan holda issiqlik isteʼmol qilishni tartibga solish imkoniyatini taʼminlaydigan issiqlikni hisobga oluvchi kvartira ichki asboblarini oʻrnatish uchun koʻp kvartirali uylarni issiqlik energiyasi taqsimlagichlari bilan jihozlash imkoniyatlarini oʻrganish nuqtai nazaridan qurilish normalari va qoidalarini, ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish.

Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma

2020-yil 1-sentabr

Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha)

13.

Energiya yoʻqotilishi manbalari va sabablarini aniqlash, shuningdek, energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga barham berish maqsadida hududlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini energetika tekshiruvdan (energiya auditi) oʻtkazish, shu jumladan:

2020 — 2022-yillar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

2020 — 2022-yillarda hududlar kesimida issiqlik taʼminoti tizimlarini energiya auditidan oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish;

2020-yil 1-mart

issiqlik taʼminoti tizimlarini energiya auditidan oʻtkazish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish;

2020-yil 1-may

energiya auditi sohasida ixtisoslashgan tashkilotlarni belgilangan tartibda jalb qilish;

2020-yil 1-sentabr

energiya auditi yakunlariga koʻra energiya tejaydigan chora-tadbirlar boʻyicha hududlar kesimida takliflar shakllantirish va ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar va kelgusida amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish

har bir hudud boʻyicha energiya auditidan soʻng 20 kun ichida

IV. Issiqlik taʼminoti sohasining kadrlar salohiyatini oshirish

14.

“Kommunaloʻquv” oʻquv-metodik markazi” DUK negizida issiqlik taʼminoti sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha doimiy ishlaydigan kurslar tashkil etish, shu jumladan:

taʼlimning ilgʻor amaliyoti va texnologiyasi asosida 3 oydan 12 oygacha muddatli mutaxassislar malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;

soha mutaxassislarini issiqlik taʼminotini boshqarishning zamonaviy usullariga doimiy oʻqitishni tashkil etish uchun xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb etish boʻyicha tizimli choralar koʻrish.

Amalga oshirish shakli: oʻquv dasturlari, oʻqitish kurslari

2020-yil 1-aprel

“Kommunaloʻquv” oʻquv-metodik markazi” DUK mablagʻlari, xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)

15.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Qoʻshkoʻpir, Angor, Qarshi va Bekobod tumanlaridagi taʼlim muassasalari negizida taʼlimning ishlab chiqarish bilan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik sohalarida samarali integratsiyalashuvini taʼminlaydigan professional-taʼlim klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar

2020-yil 1-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)

16.

Issiqlik taʼminoti sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning kasb mahoratini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari,amaliy seminar va treninglar, shuningdek, ularning chet elda ishlab chiqarish amaliyoti oʻtashini tashkil etish uchun xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlarini jalb etish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Xoʻjayev Botir Asadillayevich

iqtisodiyot va sanoat vaziri, Ishchi guruh rahbari

Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

Tursunov Yorqin Ergashevich

moliya vazirining oʻrinbosari

Xodjayev Sherzod Hikmatullayevich

energetika vazirining oʻrinbosari

Xidoyatov Sherzod Saidjanovich

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

Vafayev Shuxrat Abdusharifovich

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

Umarov Olimjon Muxamadjanovich

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Rajabbayev Sharof Raximberdiyevich

innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b.

Xoljigitov Gʻolib Ablakulovich

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori

Djamalov Gʻofir Oribjanovich

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5d-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5e-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5j-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5z-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5i-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5k-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5l-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5m-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5n-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 07/19/4542/4099-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)