Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2005 28.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 824
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Vaqtinchalik tartibi, 28.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 824
Date of entry into force
28.09.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat soliq qoʻmitasi

1999-yil 10-sentabr

№ 99-114

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOLIQ TOʻLOVChILARNING HISOBOTLARI VA BALANSLARINI QABUL QILIShNING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 28-sentabrda 824-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Vaqtinchalik tartib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 10-iyuldagi 2005-42-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy hisobot, soliqlar, majburiy toʻlovlar va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalar qabul qilib olish hamda roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1500, 29.07.2005-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalterlik hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa qonun va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat soliq xizmati idoralari tomonidan soliq toʻlovchilarning hisobotlar, balanslar va hisob-kitoblarni topshirish, qabul qilinish tartibini boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Tartibning amal qilishi xoʻjalik yuritishda yoki operativ tarzdagi boshqaruvida mol-mulkka ega boʻlgan va oʻz majburiyatlari boʻyicha ana shu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob raqamiga ega boʻlgan hamma turdagi korxonalar va tashkilotlarga (shu jumladan, ularning alohida boʻlinmalari) tatbiq etiladi (bundan keyin soliq toʻlovchi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. SOLIQ TOʻLOVChINING HISOBOT TAQDIM ETISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Soliq toʻlovchi, Davlat soliq xizmati idoralaridan roʻyxatdan oʻtish vaqtida korxonada hisobot va balanslar, soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni topshirish huquqiga ega mansabdor shaxslari roʻyxatini taqdim etadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq korxonaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha javobgar shaxsni soliq toʻlovchining huquqlari va vazifalari bilan imzo qoʻygan holda tanishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq organlariga hisobotlarni toʻldiruvchi va ularni topshiruvchi javobgar shaxslar haqidagi pasport maʼlumotlarni taqdim etish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Soliq toʻlovchilarning mansabdor shaxslari hisobotni belgilangan muddatlarda yuridik shaxslarni soliqqa tortish boʻlimi huzuridagi soliq toʻlovchilarning hisobot va balanslarni qabul qilish sektoriga (bundan buyogʻi hisobotlar va balanslarni qabul qilish sektori), yoki bevosita buning uchun idoraning maxsus tashkil etilgan boʻlinmasiga 2 nusxada taqdim qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hisobotlarning yuqorida aytib oʻtilgan u yoki bu shaklini tuzish va taqdim etish muddatlari, tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqlar boʻyicha hisob-kitoblarni taqdim qilish muddatlari va tartibi ularni hisoblash va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi amaldagi yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. SOLIQ IDORALARINING HISOBOTLARNI QABUL QILISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisobotlarni qabul qilib olgan shaxs soliq toʻlovchining ilova xatining oʻngdan pastki burchagiga davlat soliq xizmati idorasining roʻyxatga olish shtampini qoʻyadi, kirish raqami va hujjatning kelib tushgan sanasini koʻrsatadi. Shundan keyin hisobotlarni taqdim etuvchiga ushbu Tartibning 1-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma beradi, unda hisobotlarni olish sanasi va soliq toʻlovchining rasmiy ravishda qabul qilingan hisobotning bir nusxasini yoki unga doir mulohazalarni olish uchun kelishi lozim boʻlgan sana koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hisobotlar va balanslarni qabul qilish sektorining xodimlari soliq toʻlovchilarning hisobotlarini olgach, ularning olinganligini ushbu Tartibdagi 2-ilovaga muvofiq tegishli roʻyxatga olish jurnalida qayd qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni ham nazarda tutish kerakki, topshiriladigan hisobotlarni qayd qilish jurnali raqamlanishi, shnurlab oʻtilishi, muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliq toʻlovchilarning taqdim etgan hisobotlarni qabul qilishda, Davlat soliq xizmati vakolati doirasidan ortiqcha talab qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. HISOBOTLARNI QABUL QILISh VAQTIDA TEKShIRILADIGAN MASALALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisobotlar va balanslarni qabul qilish sektori xodimlari quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun bilan belgilangan va davlat soliq xizmati idoralariga taqdim etilishi zarur boʻlgan hisobotlar shakllarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi korxonaning hisobotlarini topshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarining imzolarini va korxona muhrlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobotlarning barcha rekvizitlarini (bank hisobvaraqlari raqamlari, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari, yuridik manzil, sanalar va shu kabilarni) toʻldirishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobotlari shakllarida nazarda tutilgan barcha koʻrsatkichlarni toʻldirishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud boʻlmagan holda bu modda (qator, grafa) chizib qoʻyilganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar boʻyicha imtiyozlar mavjud boʻlgan taqdirda ularning miqdorini tegishli ravishda taqsimlanganligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot shakllarini va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni shu soliq toʻlovchiga belgilangan soliq toʻlash tartibiga mos kelishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlarning muayyan turlaridan toʻgʻri yoki qisman ozod qilingan soliq toʻlovchilar boʻyicha soliq imtiyozlari miqdorini hisoblab chiqishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqatdagi faoliyati statistika organlari tomonidan berilgan faoliyat kodiga mos kelishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa masalalarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hisobotga doir eʼtirozlar boʻlmagan taqdirda taalluqli kompyuter dasturi orqali hisobot kuniga hisoblangan soliq toʻlovlari summalari koʻrsatkichlari hisobvaraqlariga yozuvlarni oʻtkazish va budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblarga koʻra operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun, soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi boʻlimiga topshiriladi, shundan keyin budjet bilan hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlar koʻchirilib, soliq summalarining shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni kompyuterdan qogʻozga chiqarib, belgilangan holda hisobotlar va balanslarni qabul qilish sektoriga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boqimandalar mavjud boʻlgan taqdirda soliqlar tushumini hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi boʻlimi boqimandalarni majburiy tarzda undirish boʻlimi bilan birgalikda 30 kun muddat ichida boqimandalarni uzish haqida talabnoma tayyorlaydi, uni imzo qoʻygan holda soliq toʻlovchiga hisobot uzil-kesil qabul qilingan vaqtda va soliq toʻlovchiga qabul qilingan hisobotning bir nusxasini berish vaqtida topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shunday keyin hisobotlar va balanslarni qabul qilish sektorining xodimlari hisobot qabul qilingani haqida shtamp qoʻyib, qabul qilingan hisobotning bir nusxasini soliq toʻlovchiga qaytaradilar, shuningdek (boqimandalar mavjud boʻlgan taqdirda) boqimandani uzish zarurligi toʻgʻrisidagi talabnomani imzo qoʻydirib topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Taqdim etilgan hisobotlar va hisob-kitoblar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda qayta ishlash uchun soliq toʻlovchiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Shu bilan birga davlat soliq xizmati idoralari mazkur Tartibning 3-ilovasiga muvofiq “Hisobotga doir mulohazalar” tayyorlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur mulohazalar tuzatilish va hisobotlar hamda balanslarni topshirish uchun belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etilishi lozim. Bunday holda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 135-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan maʼmuriy va moliyaviy sanksiyalar soliq toʻlovchiga nisbatan qoʻllanmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda qayta ishlab chiqilgan hisobot davlat soliq xizmati idorasiga yana taqdim etiladi va hisobotga bogʻliq shunday keyingi ishlar ushbu Tartibning 6-8-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Soliq toʻlovchilarning hisobotlariga ishlov berish kelib tushgan paytidan to hisobotning yoki mulohazalarning bir nusxasi soliq toʻlovchiga berilishi paytigacha ikki kundan oshmagan muddatda amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda yuqorida aytilgan muddatning tugash vaqti dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddatda hisobot topshirmaganligi uchun soliq toʻlovchilar moliyaviy va maʼmuriy javobgarlikka qonunda belgilangan tartibda tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Soliq toʻlovchilarning qabul qilingan hisobotlari hisobotlar va balanslarni qabul qilish sektorlarida maxsus ajratilgan va yopiladigan yaroqli idora shkaflarida saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. HISOBOTLARDAN FOYDALANISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sektor va soliq idoraning boshqa boʻlinmalari masʼul xodimlari (hisobotlardan foydalanuvchilar), soliq toʻlovchilarning topshirgan hisobotlarini sektordan tashqarisiga olib chiqib ketish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilarning hisobotlaridan maʼlumotlar olish zarurati tugʻilganda axborotdan foydalanuvchilar hisobotlar bilan bevosita sektorning oʻzida ishlash (maʼlumotlarni koʻchirib yozish, hisobot shakllaridan, soliq hisob-kitoblaridan nusxalar olish) huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hisobotdan foydalanuvchiga soliq toʻlovchining buxgalterlik hisoboti yoki hisobotlarning ayrim shakllari zarur boʻlib qolgan taqdirda hisobotdan foydalanuvchi zarur hujjatlarning nusxalarini olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobotdan foydalanuvchilarni va ular tomonidan olingan ayrim hisobot shakllarini roʻyxatga olish uchun 4-ilovada koʻrsatilgan, raqamlangan, shnurlangan va muhr bilan tasdiqlangan hisobotlardan foydalanuvchilarni roʻyxatga olish jurnali yuritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hisobotlardan ichki va tashqi foydalanuvchilarga hisobotlar oʻrnatilgan tartibda faqatgina soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlarini yozma ravishdagi koʻrsatmasiga asosan berilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. HISOBOTLAR VA BALANSLARNI QABUL QILISh SEKTORI XODIMLARI, ShUNINGDEK HISOBOTLARDAN FOYDALANUVChILARNING JAVOBGARLIGI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Hisobotlar va balanslarni qabul qilish sektori xodimlari, shuningdek axborotdan foydalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hisobotlarning saqlanishi va soliq toʻlovchining hisobotlari va balanslari maʼlumotlari sir saqlanishini taʼminlash uchun javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Tartibning 9-bandida koʻrsatilgan savollar boʻyicha olib borilgan tekshiruvning sifatsiz amalga oshirilgan hollarda, soliq toʻlovchidan hisobotlarni qabul qilgan sektor xodimlari qonunda belgilangan tartibda javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. SOLIQ TOʻLOVChILARNING JAVOBGARLIGI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Soliq toʻlovchi taqdim etiladigan hisobotning oʻz vaqtida topshirilishi va uning toʻgʻriligi uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais oʻrinbosari Sh. SATTOROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibga
1-ILOVA

Hisobotning qabul qilinganligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTNOMA

Korxonaning ‎nomi_______________________________________________________________
hisobot qabul qilingan sana “____”_______________ ‎‎‎
‎‎qabul qilingan hisobotni yoki unga doir mulohazalarni olish uchun kelish “____”______________ ‎
‎‎Hisobotni qabul qilgan shaxs ______________________________________________________

‎‎Familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo‎

Muhr oʻrni‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibga
2-ILOVA

Korxonalar hisobotini roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI

№ ‎ Korxonaning nomi‎ Hisobot qabul qilindi‎ Qayta ishlashga yuborildi‎ Hisobot qayta ishlovdan soʻng qabul qilindi‎ Hisobotni qabul qilgan kishi F.I.O.‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3, 4, 5-ustunlarda hisobotni qabul qilish sanasi (hisobotni qabul qilgan shaxs qoʻygan sanaga muvofiq), qayta ishlashga yuborish va qayta ishlangan hisobotni qabul qilish sanalari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibga
3-ILOVA

Hisobotlar yuzasidan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MULOHAZALAR

‎‎1. Hisobotlar toʻliq emas___________________________________________________________________________________‎

‎‎Hisobotlarning qaysi shakllari yoʻqligi koʻrsatilsin‎

2. Mansabdor shaxslar imzosi yoʻq ____________________________________________________________________________

Qaysi shakllarda ‎

‎‎3. Barcha rekvizitlar toʻldirilganmi:‎
— bank hisobotlari raqami‎
— yuridik manzil‎
— javobgar shaxs‎
‎‎Zarurat boʻlsa, qaysi shakllarda toʻldirilmaganligi koʻrsatilsin‎
‎‎4. Hisobotlar shakllarining toʻldirilmagan koʻrsatkichlari bor yoki hisobot shakllari belgilangan meʼyorlar buzilgan holda toʻldirilgan‎
‎‎________________________________________________________________________________________________________‎

‎‎Qaysi shakllarda ekanligi koʻrsatilsin‎

5. _______________________________________________________soliqlar boʻyicha qoʻllanadigan imtiyozlar tafsiloti yoʻq ‎‎‎
‎‎6. _____________________________________________________soliqlarni toʻlashdan ozod qilishda tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) yoʻq ‎
‎‎7. Boshqalar ______________________________________________________________________________________________‎

sababi koʻrsatilsin

Inspektor________________‎
sana______________‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Izoh: mulohazalar faqat hisobotlar yuzasidan eʼtirozlar bor boʻlganda toʻldiriladi. Mulohazalar ikki nusxada toʻldiriladi, ulardan bittasi inspeksiyada saqlanadi.‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobotlardan foydalanuvchilarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
№ ‎ Hisobotdan foydalanuvchi F.I.Sh. Olingan hisobotlar roʻyxati‎ Olingan vaqti‎ Oluvchining imzosi‎ Qaytarish vaqti‎ Qaytarib oluvchining imzosi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎