14.11.2019 yildagi O‘RQ-584-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.11.2019 yildagi O‘RQ-584-son
Date of entry into force
15.11.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 33-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sogʻligʻini va atrof-muhitni gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish uchun utilizatsiya yigʻimi (bundan buyon matnda utilizatsiya yigʻimi deb yuritiladi) undirishni”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi “boshqa majburiy toʻlovlardan” degan soʻzlardan keyin “utilizatsiya yigʻimidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Utilizatsiya yigʻimi summalari daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari tegishincha oʻninchi va oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) 25-moddasining ikkinchi qismidagi “xususiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda) 66-moddasining birinchi qismidagi “shuningdek dafn etish nafaqasini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda) 63-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun moʻljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 4, 199-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 5-moddaning oʻn birinchi xatboshisidagi “xususiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi “turar joylardan” degan soʻzlardan keyin “va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ichki ishlar organlari tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan hamda yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda amalga oshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) VIII boʻlimning nomidagi “XUSUSIY” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 128-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“128-modda. Uy-joy mulkdorlarining shirkati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy mulkdorlarining shirkati (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) koʻp kvartirali bitta yoki bir nechta zich joylashgan, obodonlashtirish elementlari boʻlgan umumiy yer uchastkasi bilan birlashtirilgan uydagi xususiy turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining birlashmasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkat turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining tashabbusi bilan tashkil etiladi, u notijorat tashkiloti boʻlib, oʻz ustaviga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkatlarning tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 132-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“132-modda. Koʻp kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori oʻziga qarashli turar joyni oʻz hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat koʻrsatish, uni joriy va kapital taʼmirlash hamda koʻp kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining oʻrnini qoplashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkdorning koʻp kvartirali uydagi oʻziga qarashli turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan toʻliq yoki qisman ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori oʻzining umumiy mol-mulkni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma boʻyicha ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazishi mumkin, bunda haqning oʻz vaqtida toʻlanishi masʼuliyati turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorining zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdori shirkatni, boshqaruvchini yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joy va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkasini saqlash boʻyicha umumiy xarajatlarni toʻlashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga oʻtkazilganligi haqida xabardor qilishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 134-moddaning oltinchi qismidagi “(ijrochi direktor)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 138-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“138-modda. Uy-joy fondini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. Koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni taʼmirlash ishlarini bajarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish yuritishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uyni boshqarish “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkat tashkil etilmagan koʻp kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot, bir tomondan, va uy-joy fondi mulkdori yoki shirkat, agar shirkat tashkil etilmagan boʻlsa, koʻp kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar mulkdorlari, ikkinchi tomondan, uy-joy fondini boshqarish shartnomasining taraflaridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismining uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilaridagi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi “(ijrochi direktor)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 40-modda, № 10, 671-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“231-modda. Utilizatsiya yigʻimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sogʻligʻini va atrof-muhitni gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida utilizatsiya yigʻimi toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Utilizatsiya yigʻimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan — gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari ishlab chiqarilganda (yigʻilganda, tayyorlanganda) undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Utilizatsiya yigʻimining miqdorlari, utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalarining, oʻziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining turlari hamda toifalari, shuningdek utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni bajarish boʻyicha infratuzilmani tashkil etish uchun xarajatlar utilizatsiya yigʻimidan tushgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-269-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) 18-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari” degan soʻzlar “uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-276-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 476-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 9-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 24-maydagi OʻRQ-844-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 26-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 03/23/844/0293-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda) 171-moddasining 8-bandidagi “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolaridan” degan soʻzlar “koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-13-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 412-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-223-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 337-modda) 12-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 1 va 7-moddalari mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 2, 4, 5-moddalari, 8-moddasi 1, 3, 4, 5-bandlari, 9 va 12-moddalari “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 6-moddasi 3-bandi, 13-moddasi “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-584-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 25.05.2023-y., 03/23/844/0293-son; 07.08.2026-y., 03/26/1163/0826-son)