03.10.2019 yildagi 839-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.10.2019 yildagi 839-son
Date of entry into force
04.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” MChJ ishtirokida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha taʼlim xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash, ularning toʻlaqonli hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish, bolalar nogironligining oldini olish ishlarini kuchaytirish hamda imkoniyatlari cheklangan bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” MChJning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hududida imkoniyati cheklangan bolalar uchun reabilitatsiya markazlari boʻlgan 150 oʻrinli (har biri) ikkita koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro viloyati hududida 250 oʻrinli umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotini (keyingi oʻrinlarda obyektlar deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Obyektlarning binolari va inshootlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va foydalanishga topshirish 2021-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” MChJning homiylik mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga obyektlarni qurish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro shahri, Gʻijduvon koʻchasidagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 1,5 gektar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarshi shahri, Jayhun koʻchasidagi “Roguzar” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 1,9 gektar boʻlgan tegishli yer uchastkalarining bir hafta muddatda belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumani, “Darxon” mahalla fuqarolar yigʻini, Darxon koʻchasi 201-uy manzilida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi hududining bir qismi hisobidan 2 gektar boʻlgan yer uchastkasining Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan bir hafta muddatda belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mazkur qarorning 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Obyektlarni qurish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” MChJ — buyurtmachi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“SDS Proekt” MChJ — Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi obyektlar boʻyicha bosh loyiha tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʼZSNANARSOZLIK LITI” DUK — Buxoro viloyatidagi obyekt boʻyicha bosh loyiha tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuksak parvoz qurilish” MChJ — Qashqadaryo viloyatidagi obyekt boʻyicha bosh pudrat tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dong Seung Korea” MChJ — Toshkent va Buxoro viloyatlaridagi obyekt boʻyicha bosh pudrat qurilish tashkiloti etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga, istisno tariqasida, qurilish-montaj ishlarini bir vaqtning oʻzida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birgalikda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buyurtmachi — “LUKOYL Oʻzbekistan Opereyting Kompani” MChJ, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari 2021-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatga vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartibotlaridan oʻtishdan, shuningdek, obyektlarni qurish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar, detallar, ehtiyot qismlar va materiallar boʻyicha bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish doirasida Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tegishliligi boʻyicha barcha muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini oʻz mablagʻlari hisobidan bepul asosda koʻchirish, oʻtkazish va ulashni, irrigatsiya tizimlarini koʻchirishni, shuningdek, obyektlarga olib boruvchi yoʻllar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi qoshidagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, obyektlarni qurish va jihozlash doirasida 2022-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 09/21/493/0759-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan buyurtmachi — “LUKOYL Oʻzbekiston Opereyting Kompani” MChJga taqdim etiladigan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) “nol” stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga bepul asosda beriladigan obyektlar va mol-mulk soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2020-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati boʻyicha tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligining buyurtmasiga binoan obyektlar qurilishi doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarni qoplash hisob raqamiga yigʻimlar undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 3-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
839-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 09/19/839/3861-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 09/21/493/0759-son; 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)