11.09.2019 yildagi 935-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori, 11.09.2019 yildagi 935-son
Date of entry into force
11.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais M. ABDUSALOMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
935-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 34-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, siyosiy partiyalar tomonidan vakolatli vakil tayinlash va uni roʻyxatga olish tartibini, vakolatli vakilning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Siyosiy partiya aʼzosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi siyosiy partiyaning vakolatli vakili boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vakolatli vakil tayinlash va uni roʻyxatga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaziy saylov komissiyasining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi), tuman, shahar saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun siyosiy partiyaning rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman eʼlon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda oʻz vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga hujjatlarni (murojaatnoma, nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3 x 4 hajmdagi fotosurati) taqdim etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaziy, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiya tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni koʻrib chiqib, uch kunlik muddatda uni roʻyxatga oladi va mazkur Nizomning ilovasida belgilangan shaklda unga mandatni beradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Vakolatli vakillikka nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli vakillarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyaning hududiy organlari saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun saylov uchastkalari tuzilgan kundan eʼtiboran oʻz vakolatli vakillarini tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Siyosiy partiyaning hududiy organi rahbari saylovga kamida oʻn kun qolganida ariza bilan tegishli saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatli vakillari roʻyxatini (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda) taqdim etadi. Bunda ariza:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida — hududiy saylov komissiyasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻshab qolgan oʻrinlarga xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar saylov komissiyasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda — hududiy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga vakolatli vakillikka nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3 x 4 sm hajmdagi fotosurati ilova qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tegishli saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakillari roʻyxati kelib tushgan vaqtdan boshlab, besh kun ichida vakolatli vakillarni roʻyxatga oladi va ularga mazkur Nizomning ilovasida belgilangan shaklda mandatlar beradi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan farqlash uchun alohida belgilar (rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagi hollarda vakolatli vakilga mandat berish rad etilishi mumkin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzod 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovga oʻn kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyadan nomzod roʻyxatga olinmagan boʻlsa (saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etadigan vakolatli vakillarga nisbatan qoʻllaniladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 3 va 6-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Siyosiy partiya saylovga qadar istagan vaqtda tegishli saylov komissiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda vakolatli vakilni vakolatidan mahrum qilishi mumkin. Bunday hollarda saylov komissiyasi vakolatli vakilni roʻyxatdan chiqaradi va unga berilgan mandatni bekor qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Vakolatli vakilning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov komissiyasining majlislarida, saylov komissiyalariga hujjatlarni, shu jumladan toʻplangan imzo varaqlarini topshirishda, imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish, shu jumladan uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan koʻchirma nusxasini olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili takroriy ovoz berish paytida ham saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda hozir boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashga, ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini oʻz yonida olib yurishi shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ciyosiy partiya vakolatli vakilining vakolat muddati saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axborot matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran tugagan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SIYOSIY PARTIYA VAKOLATLI VAKILINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MANDAT NAMUNASI

Izoh: 140 x 100 mm. oʻlchamdagi mandat bir tarafli oʻzbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori 2-bandi va 2-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining oʻn birinchi xatboshisi va 10-ilovasi.