Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
25.05.2024
21.09.2019
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan davr mobaynida arxiv ishi va ish yuritish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishda ijobiy natijalarga erishildi hamda muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi, Milliy arxiv fondi Oʻzbekiston xalqining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv hujjatlar bilan boyitildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, tahlil va oʻrganish natijalari arxiv ishi va ish yuritish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish, davlat arxivlarini moddiy-texnika bazasini yaxshilash, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini qoʻllash zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, qogʻoz shaklidagi, kino, foto va fono hujjatlarini raqamlashtirishni yanada jadallashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan boshqaruv (ish yuritish)ga oid, ilmiy-texnikaviy va boshqa hujjatlarning arxiv saqloviga topshirilishida ularning elektron va Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlarining sugʻurta nusxalari talab etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020-yil 1-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish boʻyicha choralarni koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil 1-iyungacha Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini joriy qilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar roʻyxatini qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi jarayonlarini toʻliq qamrab oluvchi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud boʻlgan “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2021-yil 1-yanvargacha davlat arxivlarida saqlanayotgan fondlarni xatlovdan oʻtkazib, ular haqida tegishli maʼlumotlarni qamrab olgan maʼlumotlar bazasini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan arxiv maʼlumotnomalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlikning 2020-yil 1-yanvardan boshlab arxiv ishi sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlarini ilovaga muvofiq qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori oʻrinbosari qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori va uning oʻrinbosari mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning hududiy arxiv ishi boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash Agentlik direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar tuzilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi negizida Oʻzbekiston Milliy arxivi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar davlat arxivi negizida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik huzurida muassasa shaklida Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Milliy arxivi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining, Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi Oʻzbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi Oʻzbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivining, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi Toshkent shahar davlat arxivining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va sugʻurta nusxalarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini faollashtirish orqali arxiv axborotlaridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv xizmatlarini bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xodimlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soha xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirishning ilgʻor va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik 2023-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich davlat arxivlari saqlovida boʻlgan shaxsiy tarkib hujjatlarini shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shuningdek, rekonstruksiya qilinishi va mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan davlat arxivlarining foydalanilmayotgan bino va inshootlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning roʻyxatini tuzsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar shaxsiy tarkib boʻyicha davlat arxivlarini davlat-xususiy sheriklik asosidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlariga aylantirish choralarini koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlik bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 20-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5834-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoniga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvardan boshlab arxiv ishi sohasidagi koʻrsatish muddatlari qisqartirilayotgan davlat xizmatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

T/r
Davlat xizmatining nomi
Davlat xizmatini koʻrsatish muddati
1.
Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish boʻyicha ichki meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini oʻrganish.
Xizmat soʻrov yoki rasmiy xat davlat arxiviga kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida koʻrsatiladi.
Qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda xizmat 20 kun ichida koʻrsatiladi.
2.
Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish.
Xizmat soʻrov yoki rasmiy xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida koʻrsatiladi.
Qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda xizmat 15 kun ichida koʻrsatiladi.
3.
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).
Xizmat soʻrov yoki rasmiy xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida koʻrsatiladi.
Qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda xizmat 20 kun ichida koʻrsatiladi.
4.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish.
Xizmat soʻrov yoki rasmiy xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida koʻrsatiladi.
Qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda xizmat 15 kun ichida koʻrsatiladi.
5.
Raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish.
Xizmat soʻrov yoki rasmiy xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida koʻrsatiladi.
Qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda xizmat 20 kun ichida koʻrsatiladi.
6.
Hujjatlar va kitoblarni taʼmirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish.
Xizmat soʻrov yoki rasmiy xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida koʻrsatiladi.
Qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda xizmat 15 kun ichida koʻrsatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 06/19/5834/3780-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)