18.09.2019 yildagi 783-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.09.2019 yildagi 783-son
Date of entry into force
19.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammitini oʻtkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammitini Samarqand shahrida oʻtkazilishi va ushbu tadbirda 20 dan ortiq davlat rahbarlarining ishtirok etishi munosabati bilan Samarqand shahrida ulkan meʼmoriy, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarning zudlik bilan amalga oshirilishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Sammitini yuqori darajada oʻtkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3608-son qarori bilan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Samarqand viloyat hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, Samarqand viloyati hokimligiga 5 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,00 foizni tashkil qiladigan va qayta moliyalashtiradigan bankning marjasisiz, 25 mln AQSh dollariga teng ekvivalentdagi kreditni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy kursi boʻyicha milliy valyutada Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga Samarqand viloyati hokimligining navbatdagi badali sifatida ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditidan Samarqand shahrining ichki yoʻllari (koʻchalar) holatini yaxshilash hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammiti doirasida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tuziladigan manzilli roʻyxatlarga muvofiq foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, jamgʻarmani oʻz vaqtida shakllantirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb qilinadigan kreditini qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Samarqand viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimovning Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditni maqsadli sarflanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda mazkur jamgʻarmadan ajratiladigan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, uning oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan monitoring oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 18-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
783-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 783-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROGNOZ JADVALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kredit summasi

25 mln AQSh dollari

Kredit muddati

5 yil, shu jumladan imtiyozli davr — 2 yil

Foiz stavkasi

yillik 2,00 % (bank marjasi — 0,00 %)

ming AQSh dollari

Qoplash davrlari

Oʻzlashtirish miqdori

Toʻlov summasi

Jami toʻlov miqdori*

asosiy qarz

foizlar*

2019-yil II yarim yilligi

25 000,0

-

-

2020-yil I yarim yilligi

250,68

250,68

2020-yil II yarim yilligi

249,32

249,32

2021-yil I yarim yilligi

250,68

250,68

2021-yil II yarim yilligi

3 571,43

250,68

3 822,11

2022-yil I yarim yilligi

3 571,43

214,87

3 786,30

2022-yil II yarim yilligi

3 571,43

178,08

3 749,51

2023-yil I yarim yilligi

3 571,43

143,25

3 714,68

2023-yil II yarim yilligi

3 571,43

106,85

3 678,28

2024-yil I yarim yilligi

3 571,43

71,62

3 643,05

2024-yil II yarim yilligi

3 571,42

35,62

3 607,04

Jami

25 000,0

25 000,0

1 751,66

26 751,66

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Kreditning haqiqatda olingan miqdori va sanasidan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/783/3765-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)