30.07.2019 yildagi 636-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.07.2019 yildagi 636-son
Date of entry into force
31.07.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qaroriga muvofiq, shuningdek, avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ilovaga muvofiq.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) orqali murojaat qiladilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlari koʻrib chiqilishini YIDXPda kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ikki oy muddatda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish hamda yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 5-dekabrdagi 994-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 30-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
636-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Reglament qoidalari 7 va 8-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya varaqasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yoʻlovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat asosida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish — tijorat asosida, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoʻli bilan avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish xizmatini koʻrsatish natijasida daromad olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat asosida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Aholining hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli boʻlgan avtomobil transportida Oʻzbekiston hududi boʻylab yetkazib berishga, aeroportdan, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalardan mehmonxonaga va undan qaytishga, oʻz ehtiyojlari uchun yuklarni texnologik tashish uchun, shuningdek, turizm obyektlariga oʻzining ijarachilariga transport xizmatini koʻrsatish uchun hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasida nazarda tutilgan tashkilotlarga litsenziya olish talab etilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Litsenziya berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organlar deb ataladi) tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) — yoʻlovchilarni va yuklarni xalqaro tashish boʻyicha litsenziya/litsenziya varaqalarini berish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan — yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo tashish boʻyicha litsenziyalar/litsenziya varaqalarini berish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, bekor qilish va qayta rasmiylashtirish amalga oshiriladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organlar) mazkur Reglamentga 7 va 8-ilovalarda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi hamda huquqbuzarlarga berilgan litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, ularni bekor qilish yuzasidan litsenziyalovchi organlarga taqdimnoma kiritadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlikka litsenziyalovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi litsenziyalarning yigʻma reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi uchun ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziya asosida har bir avtotransport vositasiga ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq litsenziya varaqasi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya varaqalari bilan taʼminlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalangan holda, tijorat asosida yoʻlovchi tashishga, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu holatlar yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi litsenziya varaqasiga ega avtotransport vositasiga boshqa bir yuridik yoki jismoniy shaxslarning arizasiga muvofiq litsenziya varaqalari berilishi taqiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan — faoliyat turiga litsenziya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra avtotransport vositalarining harakatdagi tarkibiga faoliyat turiga berilgan litsenziya asosida — litsenziya varaqalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Reglamentning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarda qayta rasmiylashtirilgan ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra — litsenziya/litsenziya varaqalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi oʻzgargandagina, aynan shu avtotransport vositasiga undagi mavjud litsenziya varaqasi asosida ariza beruvchining litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish boʻyicha arizasiga koʻra — litsenziya varaqalari beriladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda belgilangan har bir holatda ariza beruvchi (yoki litsenziat) avtotransport vositalari mavjud boʻlgan taqdirda, ularning mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga avtotransport vositalarining roʻyxatini soʻrovnomada koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni ushbu Reglamentning 3-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” AT roʻyxatdan oʻtadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ariza beruvchi shaxsan oʻzi borgan taqdirda davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan mazkur Reglamentga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaga muvofiq shaklda avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziya berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnoma.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi mazkur bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan shakllarda soʻrovnoma va maʼlumotlarni shaxsan oʻzi toʻldiradi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi ushbu davlat xizmati boʻyicha soʻrovnoma toʻldirayotganda, oʻzini oʻzi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchidan mazkur bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat xizmatlarini koʻrsatganligi uchun yigʻim va davlat boji toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda 17-bandda koʻrsatilgan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat xizmatlarini koʻrsatganligi uchun yigʻim summasi toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda Transport jamgʻarmasi deb ataladi) oʻtkaziladi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun) — YIDXP orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar Transport jamgʻarmasida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi va toʻlangan yigʻimlar miqdori qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borib murojaat qilinganda, soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin bir soat mobaynida soʻrovnoma litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnoma YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni soʻrovnomaning litsenziyalovchi organga tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziyalovchi organ soʻrovnoma tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan litsenziya varaqasi olish uchun taqdim etilayotgan avtotransport vositasi(lar)ga tegishli maʼlumotlarni elektron soʻrov orqali oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hamkorlik yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki ijara shartnomasi asosida mavjud avtotransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ mazkur Reglament asosida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligini va litsenziya talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyatini amalga oshirish uchun arizalarini koʻrib chiqishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgani (ushbu Reglamentning 15-bandi beshinchi xatboshisi bundan mustasno) — Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasiga oid maʼlumotlar — Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasiga mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligi — Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yuqoridagi maʼlumotlar axborot tizimlari orqali tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga real vaqt rejimida davlat boji koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatganligi uchun belgilangan miqdorda toʻlovlar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazlari (oʻzi shaxsan kelib murojaat qilganda) yoki YIDXP/“Litsenziya” AT orqali (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) tushgan soʻrovnomada maʼlumotlar toʻliq taqdim qilingandan hamda yigʻim va davlat bojlari toʻliq toʻlanganligi tasdiqlangandan keyin litsenziya/litsenziya varaqalari rasmiylashtirib beriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziyalovchi organ davlat boji tushgan vaqtdan boshlab 10 daqiqada QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP/“Litsenziya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya/litsenziya varaqalari tushgandan soʻng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda muhrini bosib berish yoʻli bilan taqdim etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziya/litsenziya varaqalarini berish Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni 29-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar litsenziya/litsenziya varaqalarini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya/litsenziya varaqasini berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning (maʼlumotlar) ariza beruvchi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun bir yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish taqiqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya varaqalarini berishni boshqa asoslarda rad etish qatʼiy taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Litsenziya varaqalarini berish uchun toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda, ariza beruvchi litsenziya varaqalarini berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qilmasa, u holda koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi oʻzi soʻrovnoma bergan faoliyatni, bu haqda litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilib, amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma davlat xizmatlari markaziga rad etishning aniq sabablari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi lozim.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 757-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 09/24/757/0939-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchilar rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi elektron xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ariza beruvchi tomonidan litsenziya/litsenziya varaqasi berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni takroran koʻrib chiqish ariza beruvchining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni takroriy koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya/litsenziya varaqasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya/litsenziya varaqasi berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasi berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Litsenziya shartnomasi, litsenziya va litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya shartnomasi ommaviy oferta shaklida YIDXP va “Litsenziya” ATga joylashtiriladi va ariza berish jarayonida akseptlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziat — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) faoliyat turlari boʻyicha oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat — jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining (yakka tartibdagi tadbirkor) unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat — avtotransport vositasining davlat raqami belgisi oʻzgargandan keyin besh ish kuni ichida mavjud litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza litsenziatning xohishiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, “Litsenziya” AT orqali litsenziyalovchi organga xabarnoma yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya/litsenziya varaqasi asosida amalga oshiradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasini qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli maʼlumotlar koʻrsatilgan holda litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirishda ariza beruvchining litsenziya/litsenziya varaqasini berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda nazorat qiluvchi organ:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) va yuridik shaxslar murojaatlari asosida tekshiruvlar oʻtkazadi yoki litsenziat faoliyati xavf-tahlil natijalari boʻyicha tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoxud ularni bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqaradi va/yoki sudga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziya/litsenziya varaqalarisiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda sud organlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi kuyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan toʻxtatib turiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi yoki nazorat qiluvchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi oʻn kungacha muddatga litsenziyalovchi organ tomonidan oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga esa — sud tomonidan toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turishi litsenziatga litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, maxsus elektron tizimga kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organlar yoki sud litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilishi muddatini belgilashi shart. Bunda koʻrsatilgan muddat litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni maxsus elektron tizim orqali olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi haqida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklashi (tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi) shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida tegishli litsenziyalovchi organga qonunda belgilangan tartibda yetkaziladi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni maxsus elektron tizimga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklash haqida yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida uch ish kuni ichida qaror qabul qilmasa, litsenziat mazkur muddat oʻtgandan soʻng litsenziyalovchi organni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, sud litsenziyani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida ular koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Bunda litsenziya amal qilishining toʻxtatib turilishini sud tomonidan asossiz deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi axborot maxsus elektron tizim orqali joylashtirilishi kerak.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni 34-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya varaqasining amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan ilgari murojaat etilgan boʻlib, mazkur muddat ichida litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Quyidagilar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining qoʻpol tarzda buzilishi hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatning shtatida Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli lavozimni egallash uchun Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur boʻyicha malaka oshirgan va malaka imtihonidan oʻtgan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning boʻlmasligi;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 399-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/399/0614-son — 2021-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan ishlatish uchun belgilangan tartibda ruxsat etilmagan va yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtmagan avtotransport vositalaridan foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davriy tibbiy koʻrikdan va yoʻlga chiqishdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtmagan haydovchilarning ishlashiga yoʻl qoʻyilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya varaqalari bilan taʼminlanmagan avtotransport vositalariga yoʻl varaqalarining berilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan boshqa litsenziatga belgilangan tartibda biriktirilgan muntazam yoʻnalishda yoʻlovchilarni tashish xizmatini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam yoʻnalishlarda belgilangan tarif (yoʻl haqi) miqdorini asossiz ravishda oshirish hamda yoʻnalish sxemasidan chetga chiqqan holda (avtomobil yoʻllarida va koʻchalarda belgilangan tartibda vaqtincha cheklovlar kiritilgan yoki avtotransport vositalari harakati toʻxtatilgan holatlar bundan mustasno) belgilanmagan joyda yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Litsenziya/litsenziya varaqasi Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni 33-moddasida nazarda tutilgan tartibda va holatlarda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasi kuyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini yoki harakatlarni (faoliyatni) amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, qoʻshib yuborilishi bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya/litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat litsenziya/litsenziya varaqasining amal qilishini toʻxtatib turishiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organning litsenziya/litsenziya varaqasini berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya/litsenziya varaqasi qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasi mazkur bandning uchinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasi mazkur bandning sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi. Litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, litsenziatga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish haqida ariza bilan sudga murojaat qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya/litsenziya varaqasi mazkur bandning oʻn birinchi xatboshisida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga hamda litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, litsenziatga maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda litsenziya/litsenziya varaqasini bekor qilish asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ bekor qilingan litsenziya toʻgʻrisidagi axborotni bir ish kuni ichida maxsus elektron tizim vositasida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani/litsenziya varaqasini bekor qilishda, tugatishda, toʻxtatib turishda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun bir yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi”;
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) — yuk tashishni amalga oshirish boʻyicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya va litsenziya varaqasining berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya varaqasining amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasining rusumi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat turiga berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini tugatish asoslari va sanasi;
(39-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya/litsenziya varaqalarning bekor qilishning asoslari va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Litsenziya/litsenziya varaqalarining reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Davlat boji toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat bojining taqsimlanishi hamda qaysi maqsadlarda ishlatilishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalari soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya varaqasi uchun qoʻshimcha ravishda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP/“Litsenziya” AT orqali doimiy nazoratni amalga oshiradi va monitoring olib boradi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda litsenziya va litsenziya varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Litsenziya va litsenziya varaqalari olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish, “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtish.

2. Maʼmuriy reglament va ommaviy oferta bilan tanishib chiqish.

3. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlash.

1. Xohishiga koʻra.

2. Murojaat qilganda.

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

3. “Litsenziya” axborot tizimi

Soʻrovnomani litsenziyalovchi organga yuborish.

1. 1 soat mobaynida.

2. Avtomatik tarzda.

3-bosqich

Litsenziyalovchi organ

(Transport vazirligi va hududiy boshqarmalari)

1. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga mosligini oʻrganadi.

2. Ariza beruvchini litsenziya talab va shartlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qabul qilgan qarori yuzasidan xabar yuborish.

1. 2 ish kuni.

2. Avtomatik

tarzda.

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) qabul qilingan qaror haqida hamda litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun oʻrnatilgan tartibda davlat boji toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida xabardor qilish.

1 soat mobaynida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Litsenziya/litsenziya varaqalari berish haqida qaror kelib tushgandan soʻng litsenziya varaqalari berish uchun davlat boji toʻlovlari amalga oshiriladi.

3 oy mobaynida

6-bosqich

Litsenziyalovchi organ

1. Ijobiy qaror mavjudligi va litsenziya/litsenziya varaqalari berish uchun toʻlovlar toʻlanganidan soʻng QR-kod bilan himoyalangan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish.

2. Litsenziya/litsenziya varaqalarini (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish.

10 daqiqada

7-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Litsenziya/litsenziya varaqasini talabgorga oʻzi shaxsan kelganda unga oʻz muhrini qoʻyish yoʻli bilan berish.

1 soat mobaynida

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
(4-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

__________________

(sana)

________________

(raqam)

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziya

berish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — jismoniy shaxs
(yakka tartibdagi tadbirkor):

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. F.I.Sh.

3. Pasport maʼlumotlari (seriya va raqami)

4. Haydovchilik guvohnomasi (seriya, raqami va kategoriya)

5. STIR

6. MFO

7. Hisob raqami

8. Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi

9. Manzil

10. Telefon raqami

11. Elektron pochta manzili

12. Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlar

Oʻz hududida borligi

Shartnoma asosida

Sanasi

Shartnoma tuzilgan tashkilot nomi

II. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — yuridik shaxs:

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. Tashkilotning toʻliq nomi

3. Mulkchilik shakli

4. STIR

5. MFO

6. OKED

7. Hisob raqami

8. Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi

9. Asosiy faoliyat turi

10. Yuridik manzili

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili

13. Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlar

Oʻz hududida borligi

Shartnoma asosida

Sanasi

Shartnoma tuzilgan tashkilot nomi

14. Shtatda belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur boʻyicha malaka oshirgan va malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatiga litsenziya varaqasini

berish yuzasidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — jismoniy shaxs
(yakka tartibdagi tadbirkor):

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. Litsenziya raqami

3. Berilgan sana

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili

II. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot — yuridik shaxs:

1. Litsenziyalanadigan faoliyat turi

2. Tashkilotning toʻliq nomi

3. Mulkchilik shakli

4. Litsenziya raqami

5. Berilgan sana

6. Telefon raqami

7. Elektron pochta manzili

8. Shtatda belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur boʻyicha malaka oshirgan va malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Avtotransport vositasining rusumi

Davlat raqami

Ishlab chiqarilgan yili

Yuk koʻtarish quvvati, yoʻlovchi sigʻimi

Avtotransport turi

Tashuv turi hamda avtotransport vositasining toifasi

Faoliyat turi

Faoliyat koʻrsatish muddati

Avtotransport vositasining texnik holati

Mulkchilik toʻgʻrisida maʼlumotlar, ijara shartnomasi muddati, sanasi, ijaraga beruvchi nomi

Avtoransport vositasining qayd etish guvohnomasi raqami

Berilgan sanasi

Texnik holati

(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya varaqalarini olish uchun tashkilot ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Avtotransport vositasining rusumi

Davlat raqami

Ishlab chiqaril-gan yili

Yuk koʻtarishi quvvati, yoʻlovchi sigʻimi

Avtotransport turi

Faoliyat

turi

Faoliyat koʻrsatish muddati

Avtotransport vositasining texnik holati

Mulkchilik toʻgʻrisida maʼlumotlar, ijara shartnomasi muddati, sanasi, ijaraga beruvchi nomi

Avtotransport vositasining qayd etish guvohnomasi raqami

Berilgan sanasi

Texnik holati

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
(6-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi

____________________________ hududida avtotransport vositalariga TX-1, TX-2 va joriy taʼmirlash ishlarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Tashkilotning tibbiy xonasi barcha tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan.‎‎‎

Tashkilotda avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash uchun barcha sharoitlar mavjud, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan tashkilot mexanigi oʻtkazadi va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan tashkilot tibbiy xodimi oʻtkazadi. ‎‎‎

Avtotransport vositalarini kundalik texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni kundalik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar litsenziya shartnomasi shartlariga mos keladi. ‎‎‎

‎‎_________________________________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
______________________________ga tegishli avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun bilan _______ yil _______ oyida _______-sonli shartnoma tuzilgan. ‎‎‎
‎‎Ushbu tuzilgan shartnomaga asosan____________ garaji hududida__________________ xodimlari tomonidan avtotransport vositasi kundalik texnik koʻrikdan va haydovchi kundalik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.‎
Avtotransport vositasini kundalik texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni kundalik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar litsenziya shartnomasi shartlariga mos keladi. ‎
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

7-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Litsenziya nomi:

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari.

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish;

b) yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish;

v) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish;

g) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish;

d) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari.

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) koʻrsatilgan holda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalari olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) Ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratib berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;

v) oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning bir yil ichida tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.

2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun:

yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobusda tashish (sigʻimiga/yoʻlovchi oʻrniga qarab):

14 oʻringacha

BHMning 1 baravari

14 oʻrindan ortiq

BHMning 2,5 baravari

yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobilda tashish

4 oʻringacha

BHMning 2 baravari

4 oʻrindan ortiq

BHMning 3,5 baravari

yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha 12 oʻrindan ortiq avtobusda tashish

BHMning 28 baravari

yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobusda tashish, 1 ta transport vositasi uchun

BHMning 22 baravari

yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobilda tashish, 1 ta transport vositasi uchun

BHMning 7 baravari

haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositasida oʻzini-oʻzi band qilgan holda yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish

BHMning 1 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

2 ish kuni;

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun real vaqt rejimida (10 daqiqada).

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;

b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;

v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud boʻlishi;

g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;

d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;

e) tenderlar natijalari boʻyicha vakolatli organlar bilan shartnoma asosida:

yoʻlovchilarni yoʻlovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yoʻlovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni taʼminlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat koʻrsatish sifatining past boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda, avtomobilda muntazam tashish (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari); muntazam yoʻnalishlarga sunʼiy yoʻldoshli harakatni kuzatish navigatsiya qurilmalari bilan toʻliq jihozlangan avtotransport vositalarini chiqarish hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilgan holda, ularning harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida belgilangan serverga muntazam uzatilishini tashkil etish;

j) tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

z) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya varaqalarining oʻz vaqtida olinishi;

i) shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi;

k) yoʻnalishsiz taksilarning hamda yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashuvchi yengil avtotransport vositalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi;

l) muntazam yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarda faoliyat yuritadigan avtotransport vositalarining tender shartnomalarida mavjud boʻlishi;

m) oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar oʻz avtotransport vositasini bir yilda bir marotaba texnik koʻrikdan oʻtkazishi hamda bir yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishi;

n) yoʻnalishsiz taksilarning litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hududda yoki yondosh hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) faoliyat koʻrsatishi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi.

2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar va ijara shartnomasi yoki tender shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi.

12.

Izoh.

Ariza beruvchi litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.

Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Ariza beruvchi taqdim etgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligi uchun javob beradi.

Yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxslarning mavjud boʻlishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-dekabrdagi PQ-443-son qarorining 9-bandiga muvofiq elektromobillar va gibrid avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

8-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Litsenziya nomi:

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziya/litsenziya varaqalari.

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar.

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun korxona ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga hamda haydovchilik guvohnomasiga oid maʼlumotlar, litsenziya berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma va/yoki litsenziya varaqalarini olish uchun ariza beruvchi ixtiyorida boʻlgan avtotransport vositalarining roʻyxati bilan birga avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar yoki ijara asosida tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) ariza beruvchida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud ariza beruvchining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratib berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

1. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirilmaydi.

2. Avtomototransport vositasining bir birligi uchun 1 yilga litsenziya varaqalari berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari. Bunda yuklarni avtomobil transportida tashishda foydalaniladigan shatakchi avtomobillarga litsenziya varaqalari berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

2 ish kuni.

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonunchilik hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;

b) qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan, belgilangan tartibda Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;

v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud boʻlishi;

g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;

d) tashish va yongin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

e) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziat tomonidan qoʻshimcha litsenziya varaqalarining oʻz vaqtida olinishi;

j) xalqaro yuk tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

1. Litsenziyaning amal qilish muddati cheklanmaydi.

2. Litsenziya varaqasi bir yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bir yildan kam boʻlsa, litsenziya varaqasining amal qilish muddati ularning muddati bilan cheklanadi.

12.

Izoh.

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobil hamda xorijiy davlat hududida roʻyxatga olingan tirkama yoki yarim tirkamadan iborat transport vositalari tarkibidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xalqaro tashishda yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobilga olingan litsenziya varaqasi avtotransport vositalarining butun tarkibi uchun amal qiladi.

Litsenziya varaqasining amal qilishi litsenziya varaqasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Ariza beruvchi (yuridik shaxslar) litsenziyalovchi organga murojaat qilganda, bir ariza bilan ushbu litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.

Ariza beruvchi taqdim etgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligi uchun javob beradi.

Yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxslarning mavjud boʻlishiga oid talablar Transport vazirligi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomobilda tashish xavfsizligini taʼminlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida oʻrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi.

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son — 2024-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 465-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/636/3495-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/399/0614-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 02.08.2024-y., 09/24/465/0569-son; 18.11.2024-y., 09/24/757/0939-son; 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)