17.07.2019 yildagi 598-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.07.2019 yildagi 598-son
Date of entry into force
18.07.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fransiya bilan hamkorlikda Milliy restavratsiya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uni ilgʻor zamonaviy texnologiya va jihozlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda Luvr muzeyida (Parij shahri) Oʻzbekistonning muzey eksponatlari koʻrgazmasi oʻtkazilishini tashkil etish hamda xorijda Oʻzbekistoning muzey fondlarining samarali namoyish qilinishiga sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-martdagi F-5455-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzurida Madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma raisiga, zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasiga tegishli Buxoro viloyatining Buxoro shahri, Arabon koʻchasi, 10-uy manzilida joylashgan “Joʻrabek karvon saroyi” madaniy meros obyektiga “Ustoz-shogird” bolalar amaliy sanʼati markazi nodavlat notijorat tashkiloti tekin foydalanish huquqi asosida 10 yil muddatga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu madaniy meros obyektini saqlash xarajatlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda obyektni asrab-avaylash ishlari “Ustoz-shogird” bolalar amaliy sanʼati markazi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Milliy restavratsiya markazi faoliyatini takomillashtirish va uni jihozlash ishlari doirasida jalb etiladigan xorijiy tashkilotlar vakillari va xorijiy mutaxassislarga ushbu markazning murojaatiga asosan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan — mamlakatimizga kirish vizalari, zarur hollarda, I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan — xorijiy ishchi kuchini va mutaxassislarni jalb qilishga ruxsatnoma berilishi (muddati uzaytirilishi), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi tomonidan — belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishi hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyilishi va muddati uzaytirilishi taʼminlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markazga ikkita, shu jumladan, shaxsan biriktirilgan bitta yengil avtomobil va bitta yuk avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga sotib olish va saqlashga limit ajratilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Markazni Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 47-uy manzildagi Fransiya madaniyat markazining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi chet el restavratsiya muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda madaniy meros obyektlari va sanʼat ashyolarini restavratsiya qilish uchun zarur laboratoriya asbob-uskunalari va Markazni jihozlash uchun texnika va mebellar roʻyxatini shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz joylashtiriladigan binoning tegishli xonalarini kapital taʼmirlash uchun texnik-iqtisodiy asoslash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz joylashtiriladigan binoning tegishli xonalarini kapital taʼmirlash, zarur laboratoriya asbob-uskunalari, texnika va mebellar bilan jihozlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlarni 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturida nazarda tutish uchun ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Markaz faoliyatini toʻliq amalga oshirishi uchun quyidagi takliflarga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlariga madaniy meros obyektlari hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrashda ilmiy tadqiqotlar ishlarini amalga oshirish boʻyicha Markaz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat muzeylarida faoliyat yuritayotgan restavrator, taʼmirchi-rassomlarning malakasini muntazam oshirib borish maqsadida shartnoma asosida malaka oshirish kurslari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda davlat muzeylariga Markaz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat etiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi G.O. Umerova zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
598-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 598-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining

TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 21 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 598-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi hamda xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining alohida mulkiga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, banklarda hisob-kitob va valyuta hisobraqamlariga, oʻzining nomi yozilgan dumaloq muhrga, firma blankalariga hamda shtampga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Jamgʻarma qarorlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz oʻz faoliyatini Jamgʻarma topshiriqlari va buyurtmalari, vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi, qisqartirilgan nomi — Restavratsiya markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — National Restoration Center under the Arts and Culture Development Foundation under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Restoration Centre;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Natsionalniy restavratsionniy sentr pri Fonde razvitiya kulturi i iskusstva pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Sentr restavratsii.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 47-uy manzilida (pochta manzili) joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Markazning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda bu sohada mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali restavratsiya ishlarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy madaniy meros obyektlari va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzey faoliyati tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, madaniyat va sanʼat muassasalarida konservatsiya va restavratsiya ishlarini yaxshilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini muhandislik jihatidan restavratsiya qilishning yangi texnologiyalari va usullarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
restavratsiya qilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallari va shikastlanishlar holatini kompleks tashxis qilish, laboratoriya kimyo-biologik tadqiqotlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish, qayta tiklash boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros ashyolarini asrash boʻyicha ilmiy-loyiha faoliyatini bajarish uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy konservatsiya qilish, restavratsiya qilish va qayta tiklash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzey ashyolari va kolleksiyalari eskirishi, saqlanishining holati oʻzgarishi prinsiplarini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarix va madaniyat ashyolarini restavratsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniy meros ashyolari bilan loyiha, restavratsiya, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlar ustidan nazorat qilish va texnik tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda bu sohada mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali restavratsiya ishlarini rivojlantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz negizida, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda stajirovkadan oʻtish, mahorat darslari, ixtisoslashtirilgan taʼlim dasturlarini tashkil etish va oʻtkazish, tegishli sertifikatlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida madaniyat va sanʼat sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat tashkilotlar bilan mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish, shu jumladan, Markazni rivojlantirishning ilmiy konsepsiya va dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) moddiy madaniy meros obyektlari va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga berilgan madaniy meros obyektlarini saqlash, fuqarolarning ular bilan tanishishini taʼminlash, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga restavratsiyaga berilgan madaniy meros obyektlari, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, ularning restavratsiyaga qadar hamda restavratsiyadan keyingi holatini qayd qilish hamda indentifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy madaniy meros obyektlarini va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joy (xona) ajratish hamda unda talab etiladigan namlik va yorugʻlik sharoitini taʼminlash, ishonchli qoʻriqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) muzey faoliyati tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, madaniyat va sanʼat muassasalarida konservatsiya va restavratsiya ishlarini yaxshilash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sanʼat muassasalarida konservatsiya va restavratsiya qilish sohasida muzey faoliyatini amalga oshirish amaliyotlari toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzey ashyolari va kolleksiyalari saqlanishi, konservatsiya qilinishi va asralishini taʼminlashning eng yaxshi amaliyotlari boʻyicha tavsiyalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqish va tarqatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Ustavning 6-bobida belgilangan manbalardan tushadigan mablagʻlarni oʻzining gʻazna hisobvaraqlarida jamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldinga qoʻyilgan maqsadlar va vazifalar bajarilishini taʼminlash uchun shartnomalar tuzish, shu jumladan, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida asosiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha maslahatlar berish, boshqa xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulkni boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konservatsiya va restavratsiya qilish ishi sohasida madaniyat va sanʼatni rivojlantirishning har xil masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbus koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni Jamgʻarma bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalar va funksiyalar bajarilishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz daromadlarining istiqbolli koʻrsatkichlari ijrosi natijadorligini tahlil qilishga va mablagʻlar tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisida Jamgʻarma raisiga hisobot berishga majburdir.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markazga Jamgʻarma raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor (keyingi oʻrinlarda direktor deb ataladi) rahbarlik qiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda Markazning nomidan ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Direktor Jamgʻarma raisi bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor oʻz faoliyatida Jamgʻarma raisiga boʻysunadi va Markaz faoliyati toʻgʻrisida unga har chorakda hisobot beradi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Direktorning asosiy funksional majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markazning shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 25-dekabrga qadar Jamgʻarmaning raisi bilan kelishgan holda kelgusi yilga Markaz tadbirlari kalendar rejasini, tadqiqotlarning mavzuli rejalarini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz boʻlimlari boshliqlarining hisobotini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq Markaz xodimlariga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoʻshimcha pul, mukofot va boshqa pullarni toʻlash tartibi va shartlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalar uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha tezkor majlislar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarini intizomiy jazoga tortish va ragʻbatlantirish masalalarini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Markazning alohida sohalariga rahbarlik qilishi borasida oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsan javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirishning tegishli darajasini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Markaz mulkini va mablagʻlarini tasarruf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini taʼminlash uchun boshqa masalalarni belgilangan tartibda hal etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish, mulkini tasarruf etish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma smetasida belgilangan hajmdagi Markazni saqlash va unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan mablagʻlar;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy faoliyat boʻyicha ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz mulkini asosiy fondlar (uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma vositalar, shuningdek, moliyaviy resurslar va barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga sotib olinadigan boshqa moddiy boyliklar tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz oʻziga biriktirilgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Barcha tadqiqot materiallari, shuningdek, tuzilgan shartnomalarga muvofiq Markaz buyurtmasiga binoan boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan tadqiqotlar Markaz faoliyatining intellektual mulki obyektlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xoʻjalik, ilmiy-texnik faoliyatdan tushgan daromadlar, shuningdek, xayriya, homiylik mablagʻlari va begʻaraz tushumlar hisobiga sotib olingan mulk va vositalar Markaz mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Markaz direktori Markazning oʻz mablagʻlari hisobidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat vazifalari tashabbus koʻrsatib va vijdonan bajarilishini ragʻbatlantirish maqsadida yuqori malakali xodimlarga lavozim maoshining 200 foizgacha miqdorda oylik ustamalar belgilash;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning oʻz vazifalarini vijdonan bajaruvchi xodimlarini lavozim maoshining 100 foizi miqdorigacha har chorakda mukofotlash;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlariga bir oylik haq toʻlash fondi miqdorigacha biryoʻla moddiy yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan belgilangan bayram kunlari munosabati bilan Markaz xodimlarini har bir bayram uchun bir lavozim maoshi miqdorida mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har oyda ovqatlanish va yoʻlkira uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida haq toʻlanishini belgilash huquqiga egadir.
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga mablagʻlar yetishmasligi Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlariga alohida topshiriqlarni bajarganlik uchun maxsus va shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamgʻarma Markazga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda Markaz faoliyati monitoringini olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 598-son qaroriga
3-ilova
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RAZRYADLARI
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Direktor

15

Direktorning oʻrinbosari

14

Boʻlim boshligʻi

13

Bosh buxgalter

13

Bosh yuriskonsult

14

Bosh mutaxassis

11

Yetakchi mutaxassis

10

Mutaxassis

9

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2019-y., 09/19/598/3443-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)