02.07.2019 yildagi 549-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.07.2019 yildagi 549-son
Date of entry into force
03.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoni)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 2-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
549-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT 2017-y., 14-son, 228-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish, saqlash va yetkazib berishda ularning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, hujjatli va elektron rasmiylashtirish tartibi va talablariga qatʼiy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-band quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro patentlanmagan nom — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasi (substansiyasi)ning qisqartirilgan nomini berish orqali dori vositasini identifikatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron retsept — yagona elektron retseptlar maʼlumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan elektron hujjat. Elektron retsept axborot texnologiyalari va axborot tizimlari xizmatlari hamda texnik vositalardan foydalangan holda yaratiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yongʻin xavfsizligi qoidalariga, mehnat muhofazasi qoidalariga, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi taʼminlanishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshiga “Dorixona filialining mudiri” soʻzlaridan keyin “oliy yoki oʻrta maxsus” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarga ruxsat etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 15-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 26-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda ular haqidagi maʼlumotlarni dorixonaning peshtaxtasi va xaridorlar uchun koʻrinadigan boshqa joylarga qoʻyish taʼqiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“27. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar, shu jumladan, elektron retseptlar boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) quyidagi mazmundagi 291-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“291. Dori vositalari (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilishda dorixonalar tegishli veb-saytlar va (yoki) mobil ilovalarda quyidagi maʼlumotlarni joylashtirishga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tadbirkorlik subyektining identifikatsiya raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bogʻlanish telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (raqami, amal qilish muddati, litsenziyani berishga vakolatli organning nomi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar haqidagi maʼlumotlar (xalqaro patentlanmagan va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (yetkazib beruvchi), qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma, chakana realizatsiya narxi, savdo ustamasi miqdori, muvofiqlik sertifikati (belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar analoglari haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob shakli, yetkazib berish tartibi va narxi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Vrach retsepti boʻyicha dori vositasini berish retseptda qayd etilgan xalqaro patentlanmagan nom asosida amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarini berish normasi vrach retseptiga muvofiq belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) quyidagi mazmundagi 311-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“311. Retsept asosida dori vositasini berishda dorixonaning farmatsevt xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampi qoʻyilgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga topshiradi, retsept dorixonada qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Retsept asosida tayyorlab berilgan dori vositalarini berishda, qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dorixonada retseptlarni qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Retseptning yirtma koreshogi bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan yoʻqotilgan yoki u yaroqsiz xolga kelib qolgan xolatlarda dorixona xodimi tomonidan retseptning dorixonada saqlanayotgan, yirtma koreshogi oʻrnini bosuvchi, tasdiqlangan nusxasi berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositasini elektron retsept asosida berishda dorixonaning farmatsevt xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi”dagi tegishli maydonchalarga dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevtning familiyasi, ismi, otasining ismini kiritib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 34-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“34. Favqulodda holatlarda, bemorning yashash joyidan joʻnab ketishi, vaqtincha ketishi dorixonaga muntazam qatnashining imkoni yoʻqligi va boshqa shu kabi holatlarda dori vositalari retsept boʻyicha uch oygacha boʻlgan muddat mobaynida qoʻllash uchun zarur miqdorda berilishiga yoʻl qoʻyiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 35-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda retseptning yirtma koreshogi, unga ushbu Nizomga muvofiq maʼlumotlarni kiritgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga qaytariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) quyidagi mazmundagi 371-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“371. Retseptda ushbu Nizomga zid ravishda rasmiylashtirilgan yoki bir-biriga nomutanosib dori vositalari koʻrsatilgan boʻlsa, dorixona tomonidan unga “Retsept haqiqiy emas” shtampi bosiladi va bekor qilinadi. Bunda bekor qilingan retsept haqidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish jurnalida qayd etiladi va retseptni bergan davolash-profilaktika muassasasining rahbariga notoʻgʻri yozilgan retseptlar toʻgʻrisida xabar beriladi hamda vrach tomonidan berilgan retseptga nomutanosib dori vositalari dorixona tomonidan berilganda, dori vositalari qaytariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) quyidagi mazmundagi 391-band qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“391. Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilishda, zarur hollarda dorixonalar tomonidan aholiga sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish mumkin. Bunda dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish dorixona xodimi — farmatsevtik maʼlumotga ega mutaxassis bilan birga amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berish uchun ularning sifati va xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlovchi dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash kamerasi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vositasi texnik soz va toza holatda tutilishi kerak. Tashish jarayonida dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash kamerasida kerakli zarur harorat, namlik, shuningdek, toza havo taʼminlab turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchov uskunalariga kiruvchi asboblar foydalanishdan avval, shuningdek, taʼmirlangandan soʻng belgilangan tartibda birlamchi tekshiruvdan oʻtadi va (yoki) qiyoslanadi, foydalanish jarayonida esa tekshiriladi va qiyoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashish shunday amalga oshirilishi lozimki, bunda ularning sifat koʻrsatgichlari yoʻqolmasligi hamda dori vositalarining oʻramlari va tibbiy qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnomalarda qayd etilgan saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida saqlash haroratini talab etuvchi dori vositalarini tashish haroratni doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunasi yoki termokonteyner bilan jihozlangan transport vositasida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalari va tibbiy buyumlar, ularning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan hamda tashqi muhit taʼsiridan saqlovchi transport vositalarida tashiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) 41-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha dorixonalarda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni amalga oshiruvchi hududiy komissiyalarning ishchi organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga yuklanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) Nizomga quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Retseptlarni qayd etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI

Dorixona nomi
(dorixona filiali)

________________________________________________________________________________________________________________________

T/r

Sana

Bemorning
F.I.O.

Retseptni bergan davolash-profilaktika tashkilotining nomi

Davolovchi

shifokor
F.I.O.

Dori vositasining nomi, miqdori va dozasi

Dori vositasining shakli

Dori vositasining narxi

Bemorning manzili, telefon raqami

Izoh

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JURNALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Dorixona nomi
(dorixona filiali)

________________________________________________________________________________________________

T/r

Sana

Retseptni bergan davolash-profilaktika tashkilotining nomi

Notoʻgʻri retsept bergan shifokorning

F.I.O.

Retsept tarkibi

Retseptdagi xatoliklar (dozasi notoʻgʻri koʻrsatilgan dori vositalari yoki undagi yozuvlarning noaniqligi koʻrsatiladi)

Davolash-profilaktika tashkilotining

rahbariga xabar

berilganligi haqidagi maʼlumot

Dorixona/filiali farmatsevtning
F.I.O.

Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)