23.05.2019 yildagi PQ-4332-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.05.2019 yildagi PQ-4332-son
Date of entry into force
23.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]

Respublikamizga investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish uchun asos sifatida investitsiyaviy muhitni yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va investitsiya faoliyatini samarali tartibga solish borasida mamlakatda keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, hududlarning hamda iqtisodiyot tarmoqlarining xom ashyo, infratuzilma va mehnat salohiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarining mavjud emasligi xorijiy kapitalni faol jalb qilish jarayonlariga toʻsqinlik qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi ishlab chiqarish faoliyatiga boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni jalb qilishni taqozo etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Potensial investorlarga taklif etish uchun xarajatlarni qoplay oladigan istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, mamlakatimiz uchun ustuvor boʻlgan iqtisodiyot sohalari va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish orqali respublika investitsiya salohiyatini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmoniga muvofiq foydalanilmayotgan obyektlardan samarali foydalanish, shuningdek, boʻsh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yoʻl xaritalari”)ni ishlab chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) zimmasiga yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikka qoʻshimcha ravishda 70 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalariga 5 tadan shtat birliklari ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalariga — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri bilan kelishilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim oʻrinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmalariga — hokim oʻrinbosari — viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi bilan kelishilgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim oʻrinbosari — tuman (shahar) investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi lavozimi kiritilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat hokimliklari tuzilmalaridagi (Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan tashqari) — viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari tuzilmalaridagi — viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi tuzilmasidagi — hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidagi -hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari, turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tuzilmasidagi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari boshligʻi hamda tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari boshligʻi lavozimlari tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlarda, tumanlarda (shaharlarda) kichik sanoat zonalarini hamda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha tegishli birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlarda (shaharlarda) turizmni rivojlantirish borasidagi vazifalar hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha tegishli oʻrinbosari zimmasiga yuklanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning mazkur bandga muvofiq boʻshayotgan shtat birliklari Vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalarida saqlanib qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga mazkur qarorning 2 — 4-bandlari talablariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yangilangan tuzilmasini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnologik rivojlanish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi “Investitsiyalar boʻyicha ekspert markazi” unitar korxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsion, yetakchi texnologiyalar va klaster yondashuvini qoʻllagan holda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh tayyor mahsulotlar(tovarlar) ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mamlakatning raqobatdagi ustunligi, sanoat, infratuzilma, xom ashyo va inson salohiyatini safarbar qilishga yoʻnaltirilgan yangi investitsiya loyihalarini aniqlash va ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, tashqi bozorlarga chiqish va jahon bozorlariga raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni chiqarish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini va istiqbolli korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiya hajmlariga boʻlgan ehtiyojlarini aks ettiruvchi, potensial investorlarni qiziqtirishi mumkin boʻlgan dastlabki hisob-kitoblar va boshqa maʼlumotlarga ega boʻlgan aniq loyihalarni ifodalovchi Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv investitsiya xaritasini ishlab chiqish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalariga texnik hamrohlik qilish, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq ularning texnik-iqtisodiy asoslanishlarini mahalliy va xorijiy loyiha-tadqiqot va injiniring tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan litsenziya dasturlari va tizimlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga potensial investorlarni jalb qilish uchun investitsiya loyihalarini, shu jumladan dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishlar bilan birga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 33 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq Vazirlik va Markazga ajratilayotgan qoʻshimcha shtat birliklari 103 ta boshqaruv xodimlari shtat birligi, shu jumladan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining 35 tadan, shuningdek, Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining 33 ta shtat birligi qisqartirilishi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarni lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktorini — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori oʻrinbosarlarini — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz direktori moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Markaz xodimlariga nisbatan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda taʼlimning minimal darajasi va ishchilarga kasbi boʻyicha malakaviy razryadlarni belgilash qismida Markaz uchun, xorijiy davlatlarda oliy oʻquv yurtlarini tugatgan tegishli yoʻnalishdagi mutaxassislarga nisbatan qoʻllanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnologik rivojlanish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi “Investitsiyalar boʻyicha ekspert markazi” unitar korxonasining barcha huquqlari,majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ushbu qaror kuchga kirgunga qadar ustav fondi (kapitali)ni shakllantirishga kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Investitsiyalar boʻyicha ekspert markazi” unitar korxonasining kreditor va boshqa qarzdorligini qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar bank xarajatlari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Markaz iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida investitsiya takliflarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda Vazirlikka koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Markaz faoliyati va uning taʼminoti xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning texnik koʻmagi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda mazkur qarorni amalga oshirish borasida Markaz xarajatlari, shu jumladan 3 ta yengil avtomobilni sotib olish va taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab, har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda 2019-yil uchun tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish, Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, respublikaning xorijdagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan maʼlumotlarni soʻrab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlaridan zarur statistik maʼlumotlarni begʻaraz asosda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida ekspert-tahliliy ishlarni olib borish va investitsiya takliflarini ishlab chiqish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni tuzish orqali xalqaro ekspertlarni, davlat tashkilotlari va ularning vakillarini, mahalliy va xorijiy loyiha-tadqiqot va injiniring kompaniyalarini,shuningdek, alohida mutaxassislarni jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markaz begʻaraz foydalanish huquqi asosida Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 51-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,zarur hollarda, Markaz faoliyati natijalarini baholash asosida uning boshqaruv xodimlari shtat birligini oshirish masalasini koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining roʻyxatida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini, zarur hollarda, texnik-iqtisodiy asoslanishlar bilan birga ishlab chiqishni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda hududlar kesimida 2019-2020-yillar uchun dastlabki hisob-kitoblarni nazarda tutadigan Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish dasturini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzInjiniring” respublika loyiha instituti va “OʻzLITIneftegaz” AJning “UorliParsons Oʻzbekiston injiniring” QK MCHJdagi ulushlarini Markazga oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 23-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4332-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi

TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 50 nafar.

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4135-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi etib hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlik, Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 1 534 nafar, shu jumladan Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlari — 276 nafar etib belgilansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 7-bandning beshinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 16-bandning “e” kichik bandi toʻrtinchi xatboshidagi “va Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 2-ilovada “Texnologik rivojlanish agentligi” bloki “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” bloki bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 3-ilovaning rus tilidagi matnida “1217yed.” va “226 yed.” soʻzlari mos ravishda “1534 yed.” va “276 yed.” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni — 50 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4198-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Texnologik rivojlanish agentligi” soʻzlari “Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son; 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)