21.05.2019 yildagi PF-5723-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.05.2019 yildagi PF-5723-son
Date of entry into force
21.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni

Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga haq toʻlash miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish hamda mehnatga haq toʻlash, pensiyalar tayinlash hamda soliqlar, davlat bojlari, jarimalar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirish oʻrtasidagi shartlarning bogʻliqligini bartaraf etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2019-yil 1-sentabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori oʻrniga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori joriy etilsin.
(1-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PF-5898-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son — 2020-yil 1-fevraldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1,0 tarif koeffitsiyenti boʻyicha Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi birinchi razryadi boʻyicha oylik tarif stavkasining puldagi ifodasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat munosabatlari sohasida lavozim maoshi, ustamalar, qoʻshimcha haq, gonorar, qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya toʻlovlari va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qoʻyilgan boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boʻyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan xodimlar mehnatiga haq toʻlashning quyi chegarasi sifatida tashkiliy-huquqiy shakli va mehnat munosabatlaridan qatʼi nazar barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi hamda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlishi mumkin emas;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bazaviy hisoblash miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek, boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning cheklangan miqdorini;
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va koʻkrak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar, shuningdek, oziq-ovqat va yoʻlkira uchun xarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalar miqdorlarini aniqlashda qoʻllaniladi;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6094-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiya taʼminoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek, xodimlarning mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular oʻzlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni qoplashda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qoʻshimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning barcha turlari mazkur toʻlovlarning soʻmda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi (zarur hollarda koʻp tomonga yaxlitlanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlashning boshqa tartibi oʻrnatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qayta koʻrib chiqish hamda nafaqalar, kompensatsiyalar va toʻlovlarning alohida turlari miqdorlarini mutlaq summada belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini qoʻllash hamda tashkilotlarda mehnatga soatbay haq toʻlash tizimini belgilash boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar uch oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 21-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5723-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 06/19/5723/3160-son, 13.07.2019-y., 06/19/5765/3418-son; 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)