13.05.2019 yildagi PF-5715-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.05.2019 yildagi PF-5715-son
Date of entry into force
15.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016 — 2018-yillarda ipoteka krediti amaliyotining kengayishi 82 mingdan ortiq uy-joylarning foydalanishga topshirilishini taʼminladi, buning natijasida mamlakatimizning barcha hududlaridagi 400 mingga yaqin fuqarolar turar joy sharoitlarini yaxshilashga erishdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq joylarda arzon uy-joylar va shaharlarda koʻp qavatli uylar, yosh oilalarga, harbiy xizmatchilarga, budjet tashkilotlari xodimlari va aholining boshqa toifalari uchun uy-joylar qurish boʻyicha davlat maqsadli dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — maqsadli dasturlar) izchil amalga oshirish davom etmoqda. Mazkur maqsadlar uchun respublikaning tijorat banklari tomonidan jami 10 trillion soʻmdan ortiq ipoteka kreditlari berildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, mamlakatimiz uy-joy sektorini rivojlantirish zarurati ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrishni talab etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining turmush darajasini izchil oshirish, ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati va qurilish industriyasini rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar va ragʻbatlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) bilan birgalikda Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilganligi, uning doirasida bozor tamoyillari asosida uzoq muddatli barqaror ipoteka moliyalashtirish tizimini yaratish uchun OTB tomonidan 200 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari ajratish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy banki va tijorat banklarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshlangʻich ustav kapitali miqdori 25 mlrd soʻm boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) taʼsis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika tijorat banklari va boshqa yuridik shaxslarga ixtiyoriy ravishda Kompaniyaning taʼsischilari boʻlish huquqini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Kompaniya ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari boʻyicha aksiyador huquqini amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — XMI va XHMT) mablagʻlarini jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining arzon uy-joylarga oʻsib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan ipoteka qimmatli qogʻozlarini chiqarish va ularni investorlar orasida joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka krediti tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish, ipoteka bozorini rivojlantirishning zamonaviy uslublari va vositalarini tatbiq etish, ipoteka krediti va ipoteka qimmatli qogʻozlar bozorida xavflarni kamaytirish va likvidlikni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka krediti va qayta moliyalashtirish sohasida, shu jumladan xorijiy ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda metodologik va normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch oy muddatda Kompaniya faoliyatini tashkil etishga texnik koʻmaklashish (grant) mablagʻlarini ajratish masalasini OTB bilan koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, Kompaniya tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Kompaniya aksiyadorlar mablagʻlarini hamda XMI va XHMTning qarz mablagʻlarini, shuningdek, qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali mahalliy va xalqaro kapital bozorlaridagi uzoq muddatli resurs mablagʻlarni jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Kompaniya jalb qilingan mablagʻlarni Kompaniya tomonidan oʻrnatiladigan malakaviy talablarga mos keluvchi tijorat banklariga kredit resurslarini ajratish yoʻli bilan qayta moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tijorat banklari Kompaniya tomonidan belgilangan shartlarda qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tijorat banklari ipoteka kreditlari, ipoteka shartnomalari boʻyicha talab huquqlaridan yoki garov xatlari boʻyicha huquqlardan Kompaniya foydasiga voz kechadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Kompaniya tijorat banklari bilan huquqlari avval Kompaniyaga oʻtkazib berilgan ipoteka kreditiga xizmat koʻrsatish shartnomasini yoki garov xatlarini ishonchli boshqaruvga berish shartnomasini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tijorat banklari qarz oluvchilar va ipoteka beruvchilar tomonidan kredit shartnomalari va ipoteka shartnomalarining Kompaniya foydasiga lozim darajada bajarilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompaniya tomonidan ipotekani qayta moliyalashtirishning qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shakllari ham tatbiq etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasida 2019 — 2021-yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020-yil maqsadli dasturlar ijrosi doirasida quyidagilar nazarda tutilgan yangi shartlarda ipoteka kreditlari ajratish:
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi banklarga ajratilayotgan kredit resurslari hamda aholiga berilayotgan ipoteka kreditlari boʻyicha imtiyozli davrni 1 yilgacha qisqartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilash;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka kreditlari foizlarini annunitet toʻlovlari formulasi boʻyicha hisoblash tartibini tatbiq etish (oylik toʻlov asosiy qarz qoldigʻiga hisoblangan foizlar boʻyicha toʻliq toʻlovni hamda kreditning bir qismini oʻz ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha toʻlovlar kredit toʻlashning butun davrida bir xil boʻladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beradigan yuridik shaxslarga maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari sonini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylar va kvartiralarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida uy-joylarni xarid qilishga talabgor jismoniy shaxslarni uy xoʻjaliklarining daromadi, qurilish maydoni, koʻchmas mulk qiymati narxlari va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda tanlab olishning yangilangan tartibi va mezonlarini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 2020-yil 1-yanvardan boshlab 2020-yil va kelgusi yillarda maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida taqdim etilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi (shu jumladan importda) boʻyicha amaldagi imtiyozlar bekor qilinsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-dekabrga qadar maqsadli dasturlarni amalga oshirish samaradorligini har tomonlama baholash hamda keng jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarning amal qilishini bekor qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudrat tashkilotlari, pudrat tashkilotlari va subpudrat tashkilotlariga, qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransporti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga, shuningdek, ularni tashishda qatnashadigan tashkilotlar, ishlar (xizmat) koʻrsatish korxonalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari, transport korxonalari, “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ, “Oʻzshahar qurilish invest” IK, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ, “Oʻzsanoateksport” AJ hamda “Toshkent qishloq qurilish servis” MChJga berilgan soliq imtiyozlari (qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yakka tartibdagi uy-joy yoki koʻp qavatli uydagi xonadonning qiymati 300 million soʻmdan oshmagan taqdirda, olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan va soliq solinadigan jismoniy shaxslar va ular oila aʼzolarining (birga qarz oluvchilar) jami 15 million soʻmgacha boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari summasi soliq davri davomida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmasligini koʻzda tutuvchi tartibni oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bekor qilinayotgan soliq imtiyozlari oʻrniga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslar va qonun bilan belgilanadigan fuqarolarning boshqa toifalariga ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal va (yoki) foizlarni toʻlash uchun subsidiyalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari G.K. Saidova media-rejani tasdiqlasin va aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini, xususan ipoteka kreditlari berishning yangi shartlari hamda mazkur Farmonda koʻrsatilgan boshqa masalalarni yoritish boʻyicha mavzuga oid studiyadagi va sayyor turkum telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkillashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining 12 ta shtat birligini qoʻshimcha ajratgan holda Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti tashkil etilsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli dasturlar ijrosi samaradorligini tahlil qilish va monitoringida ishtirok etish, ular boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli dasturlarni amalga oshirish tadbirlarini moliyalashtirishni taʼminlash, ipoteka krediti bozorini rivojlantirishga XMI va XHMT mablagʻlarini jalb etishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ipoteka qimmatli qogʻozlarni va moliyaviy vositalarni tartibga solish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan ilgʻor jahon tajribasini va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini inobatga olgan holda takliflar tayyorlash;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, belgilangan tartib-taomillar va qoʻllanilayotgan mexanizmlar toʻgʻrisida jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 2019-yil 1-yanvarga qadar qurilishga ruxsat etilgan uy-joy fondi obyektlarini (2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturiga, 2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilgan obyektlar bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozorida realizatsiya qilish oboroti 2019-yil 1-yanvardan 2020-yilning 1-yanvariga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son— 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Belgilansinki, ushbu Farmonning 2-ilovasi 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan oʻzgartirish 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5715-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida 2019 — 2021-yillarda ipoteka krediti tizimini rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Ipotekani qayta moliyalashtirish boʻyicha kompaniya tuzish va uning faoliyatini tashkil qilish

1.

Aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidagi Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) faoliyatini tashkil qilish choralarini koʻrish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2019-yil 1-avgustgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

2.

Kompaniyaning ichki siyosati va hujjatlarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish uchun tijorat banklarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlashda yordam koʻrsatish.

Kompaniyaning ichki hujjatlari

2019-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

3.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmini koʻzda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2019-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari ishtirokida Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-noyabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov)

5.

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining faoliyatini tartibga soluvchi, shu jumladan ular uchun iqtisodiy va boshqa majburiy normalarni (kapital yetarliligi, likvidlik va boshqalar boʻyicha talablar) belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-dekabrgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov)

II. Ipoteka krediti bozorini va ushbu sohaning moliyaviy vositalarini rivojlantirish

6.

Ipoteka qimmatli qogʻozlarini chiqarish, emissiya qilish, taqdim etish va muomalasida yuzaga keluvchi munosabatlarni, shuningdek, qayd etilgan ipoteka qimmatli qogʻozlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish qoidalarini tartibga soluvchi “Ipoteka qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil 1-yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

7.

Garov shartnomasi va garov xati boʻyicha huquqlarni rasmiylashtirish, roʻyxatga olish va boshqaga berish, shuningdek, ijobiy jahon amaliyotini hisobga olgan holda garovga qoʻyilgan mulkni undiruvga qaratish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil 1-yanvargacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Adliya vazirligi (Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Xaydarov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (Abdullayev)

8.

Qimmatli qogʻoz chiqaruvchining oʻz kapitali doirasida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish cheklovlarini bekor qilishni nazarda tutgan holda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-avgustgacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

9.

Yetakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda ipoteka krediti sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2021-yillar davomida

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank (Nurmuratov)

10.

Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri va garov reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2019-yil 1-sentabrgacha

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (Abdullayev), Markaziy bank (Nurmuratov)

11.

Institutsional investor (pensiya jamgʻarmalari, sugʻurta kompaniyalari va boshqalar) tomonidan qimmatli qarz qogʻozlariga, shu jumladan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga qoʻyilmalar tartibini boshqarishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlar

2020-yil 1-iyungacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov)

12.

Seriyali obligatsiyalar chiqarilishini oldindan roʻyxatga olish tartibini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-iyungacha

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (Nazirov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

III. Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ipoteka krediti bozorini moliyalashtirish va rivojlantirish departamenti faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan uni malakali kadrlar bilan toʻldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 1-iyulgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

14.

Bank yoki boshqa qonun bilan himoyalangan maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlaydigan, konsolidatsiyalashgan qarz oluvchilar, ipoteka kreditlarining soni, turi, hajmi, garovga qoʻyilgan mulkning narxi, kreditlar qiymati, kredit qarzlari toʻlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ipoteka bozorining yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Markaziy bank (Nurmuratov), manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Aholiga qulay shaklda quyidagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portalni ishlab chiqish:

ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar toʻlash tartibi;

uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, ular tomonidan qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni va joylashuvi;

ipoteka krediti olish mumkin boʻlgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-yanvargacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Markaziy bank(Nurmuratov)

16.

Xalqaro amaliyot va umumqabul qilingan standartlarga muvofiq ipoteka bozori holati boʻyicha toʻliq maʼlumotni aks ettiruvchi yangicha hisobot shakllarini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-avgustgacha

Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

17.

Quyidagilar boʻyicha yangi yondashuvni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:

uy xoʻjaliklari va uy-joy sektori daromadlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni yigʻish va tarqatish;

uy xoʻjaliklari daromadlarini tegishli kichik toifalar kesimida, shuningdek, joriy uy-joy sharoitlari va aholi turmush darajasining boshqa jihatlaridan kelib chiqib taqsimlash;

yangi va mavjud koʻp kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari narxlari boʻyichamaʼlumotlarni yigʻish va tarqatish hamda ilgʻor xalqaro amaliyotga muvofiq uy-joy narxlari indeksini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2020-yil 1-yanvargacha

Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov)

18.

Yuridik shaxslarning arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarni amalga oshirishda buyurtmachi yoki bosh pudratchi sifatida qatnashishi uchun malakaviy talablarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil 1-oktabrgacha

Qurilish vazirligi (Toʻxtayev), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)

19.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarining ijrosi samaradorligini xatlovdan oʻtkazish va tahlil qilish, shuningdek, ularni unifikatsiya va konsolidatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish:

aholining keng qatlamlari uchun uy-joylar va kvartiralarni xarid qilish imkoniyatlarini oshirish maqsadida kredit ajratish shartlarini qayta koʻrib chiqish;

qurilish hajmlarini optimallashtirgan holda namunaviy loyihalar asosida mavjud ipoteka krediti dasturlarini amalga oshirishni bosqichma-bosqich yakunlash;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil 1-avgustgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi(Begalov), Qurilish vazirligi(Tuxtayev)

20.

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida jismoniy shaxslarga uy-joy va kvartiralarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditini berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-avgustgacha

Markaziy bank (Nurmuratov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

21.

Tijorat banklarining kreditlarini jalb qilgan holda qurilgan shaxsiy uy-joylar va koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarning aholiga sotilmagan qismini inventarizatsiya qilish va ulardan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil 1-sentabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Markaziy bank(Nurmuratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

“Qishloq qurilish invest” IK va “Oʻzshahar qurilish invest” MChJ faoliyati samaradorligini oʻrganish va uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada kuchaytirish boʻyicha taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil 1-dekabrgacha

Moliya vazirligi (Ashrafxanov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sharipov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqib, chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgartirilishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun oʻrnatilgan eng uzoq muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2639-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2020-yil 1-yanvargacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotlari — “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv taʼminoti obyektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar — foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish loyiha” MChJ — “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha bajarilgan loyiha-qidiruv ishlari hajmlari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsanoateksport” AJ — 7-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yogʻoch-taxta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha boshqa qurilish materiallari uchun, shu jumladan ular “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga sotilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent qishloq qurilish servis” MChJ va transport korxonalari — metall listlarni qayta ishlash va ularni “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2022-yil 1-yanvargacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudrat tashkilotlari — “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv taʼminoti obyektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun soliqlar toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subpudrat tashkilotlari — massivlarda uylar, suv taʼminoti obyektlari va avtomobil yoʻllari qurishga “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, ularni tashiydigan tashkilotlar — foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga va “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ — soliqlar toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsanoateksport” AJ — 7-ilovaga muvofiq respublikada ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan yogʻoch-taxta materiallari, tomga yopiladigan metall listlar uchun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha boshqa qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent qishloq qurilish servis” MChJ va transport korxonalari — metall listlarni qayta ishlash va ularni “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga yetkazib berish boʻyicha ishlar hajmlari uchun yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2660-son qarorining rus tilidagi matnining 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Osvobodit, v ramkax realizatsii Programmi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) fizicheskix lits (zayemshikov) ot uplati naloga na imushestvo po priobretennim kvartiram do pogasheniya imi ipotechnogo kredita, predostavlennogo AKIB “Ipoteka bank”, AKB “Uzpromstroybank“ i AKB “Asaka bank”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) srokom do 1-yanvarya 2020 goda ot uplati naloga na dobavlennuyu stoimost:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
generalnie podryadnie i subpodryadnie organizatsii — v chasti obyemov rabot, osushestvlyayemix imi po stroitelstvu i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organizatsii-proizvoditeley stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta (na territorii respubliki) — v chasti realizuyemix IK “Uzshaxar kurilish invest” i podryadnim organizatsiyam obyemov stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
generalnie podryadnie organizatsii — za vvozimie dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov sirye, izdeliya, uzli, konstruksii, stroitelnie materiali, stroitelnuyu texniku i oborudovaniye, a takje zapasnie chasti k nim, avtotransportnie sredstva, vklyuchaya dorojno-stroitelnuyu texniku, po perechnyam, utverjdayemim v ustanovlennom poryadke;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organizatsii-importerov — za importiruyemie stroitelnie materiali, sirye, izdeliya, uzli i konstruksii, vklyuchaya pilomateriali i krovelnie metallicheskiye listi, passajirskiye lifti, individualnie kotli, oborudovaniye i zapasnie chasti k nim, v tom chisle komplektuyushiye detali i materiali dlya ix proizvodstva (ili sborki), a takje v chasti postavok importiruyemix tovarov v adres IK “Uzshaxar kurilish invest” i generalnix podryadnix organizatsiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organizatsii, vipolnyayushiye raboti (uslugi), vklyuchaya nerezidentov Respubliki Uzbekistan, — v chasti, svyazannoy s realizatsiyey Programmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IK “Oʻzshahar qurilish invest”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) srokom do 1-aprelya 2021 goda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
generalnie podryadnie i subpodryadnie organizatsii — ot uplati nalogov (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost) v chasti obyemov rabot, osushestvlyayemix imi po stroitelstvu i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organizatsii-proizvoditeley stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta (na territorii respubliki) — ot uplati yedinogo nalogovogo plateja v chasti realizuyemix IK “Uzshaxar kurilish invest” i podryadnim organizatsiyam obyemov stroitelnix materialov, oborudovaniya, stroitelnoy texniki i avtotransporta dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov na usloviyax “pod klyuch”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IK “Oʻzshahar qurilish invest” i generalnie podryadnie organizatsii – ot uplati tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i tamojennix sborov) za vvozimie dlya stroitelstva i rekonstruksii obyektov mnogokvartirnix domov sirye, izdeliya, uzli, konstruksii, stroitelnie materiali, stroitelnuyu texniku i oborudovaniye, a takje zapasnie chasti k nim, avtotransportnie sredstva, vklyuchaya dorojno-stroitelnuyu texniku, po perechnyam, utverjdayemim v ustanovlennom poryadke;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organizatsii-importerov — ot uplati tamojennix platejey (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost i tamojennix sborov) za importiruyemie stroitelnie materiali, sirye, izdeliya, uzli i konstruksii, vklyuchaya pilomateriali i krovelnie metallicheskiye listi, passajirskiye lifti, individualnie kotli, oborudovaniye i zapasnie chasti k nim, v tom chisle komplektuyushiye detali i materiali dlya ix proizvodstva (ili sborki), a takje yedinogo nalogovogo plateja v chasti postavok importiruyemix tovarov v adres IK “Uzshaxar kurilish invest” i generalnix podryadnix organizatsiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organizatsii, vipolnyayushiye raboti (uslugi), vklyuchaya nerezidentov Respubliki Uzbekistan, — ot uplati yedinogo nalogovogo plateja v chasti, svyazannoy s realizatsiyey Programmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IK “Oʻzshahar qurilish invest” — ot uplati nalogov (za isklyucheniyem naloga na dobavlennuyu stoimost)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3479-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. “Qishloq qurilish invest” IK” MChJga yogʻoch-taxta materiallari, tom yopish uchun temir listlar va temir yassi prokatining eng yaxshilarini tanlab olish natijalari boʻyicha tender savdolarini oʻtkazmasdan import kontraktlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida ekspertizadan oʻtkazgan holda ishlab chiqaruvchilardan mustaqil sotib olish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yogʻoch-taxta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini import qilishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2020-yil 1-yanvargacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish doirasida bosh pudrat tashkilotlariga yogʻoch-taxta va tom yopish uchun metall listlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yogʻoch-taxta va temir yassi prokatini realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ tomonidan yogʻoch-taxta materiallari, tom yopish uchun metall listlar va temir yassi prokatini bosh pudrat tashkilotlariga, shuningdek, “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasining buyurtmasiga muvofiq asalari uyalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilish rentabelligi 5 foizdan oshmagan narxda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Qishloq qurilish bank” ATB bilan birgalikda oʻn kun muddatda yogʻoch-taxta materiallari va tom yopish uchun metall listlar importini moliyalashtirish manbalari va mexanizmlari boʻyicha takliflar kiritsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-ilovaning 1-bandidagi “Sement, shu jumladan, sement klinkeri” soʻzlari “Sement klinkeri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5715/3133-son, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)