06.05.2019 yildagi 373-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.05.2019 yildagi 373-son
Date of entry into force
06.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish, eksport salohiyatini rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish;

eksport qiluvchilarni, shu jumladan, chet elda, marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari boʻyicha axborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash;

xorijiy xaridorni izlashga koʻmaklashish va eksport kontrakti tuzish, shu jumladan, uni tayyorlash bosqichigacha muzokaralar jarayoniga koʻmaklashish;

milliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish boʻyicha vazirliklar, respublika idoralari, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hamda eksport qiluvchilarga eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifalari va funksiyalari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkonini yaratish;

elektron tashqi savdo platformasini yuritish, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga kirishda koʻmaklashish;

mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sifatli mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchi ekanligini tasdiqlash uchun oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targʻib qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy koʻrgazmalarni va tovarlar yarmarkalarini har yili oʻtkazish, shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali amalga oshirish;

eksport qiluvchi tashkilotlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar hamda xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi savdo faoliyati masalalari boʻyicha biznes-forumlar tashkil etish va oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.

eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchilarning garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini toʻlash, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarini, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy resurslar ajratish hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb etish ishlarini tashkillashtirish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/6/0004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSh dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar berish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 631-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga kafilliklar berish tadbirlarini moliyalashtirish uchun 2022-yildan boshlab har yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan 10 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ ajratilishi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 631-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev hamda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
373-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 373-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, funksiyalari, vazifalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik oʻzining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish doirasida eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga va bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda Agentlik nomi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankalarga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlikning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Eksportni ragʻbatlantirish agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Export Promotion Agency under the Ministry of Investments and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Export Promotion Agency;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Agentstvo prodvijeniya eksporta pri Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — Agentstvo prodvijeniya eksporta.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 34-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish, eksport salohiyatini rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchilarni, shu jumladan, chet elda, marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari boʻyicha axborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy xaridorni izlashga koʻmaklashish va eksport kontrakti tuzish, shu jumladan, uni tayyorlash bosqichigacha muzokaralar jarayoniga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish boʻyicha vazirliklar, respublika idoralari, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hamda eksport qiluvchilarga eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifalari va funksiyalari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkonini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tashqi savdo platformasini yuritish, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga kirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sifatli mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchi ekanligini tasdiqlash uchun oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targʻib qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy koʻrgazmalarni va tovarlar yarmarkalarini har yili oʻtkazish, shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchi tashkilotlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar hamda xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi savdo faoliyati masalalari boʻyicha biznes-forumlar tashkil etish va oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish;
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchilarning garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini toʻlash, savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlari, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilish;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy resurslar ajratish hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb etish ishlarini tashkillashtirish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/6/0004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSh dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar berish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 631-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish;
(6-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlik yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) eksportni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etish, eksport salohiyatini rivojlantirish davlat dasturlari amalga oshirilishiga koʻmaklashish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki eksport infratuzilmasini takomillashtirish va eksport faoliyatini liberallashtirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilishdagi toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻrganadi, tahlil qiladi va ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, shu jumladan, meva va sabzavotlarni tayyorlash, qayta ishlash va saqlashga ilmiy yondashuv joriy etilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning eksport qiluvchi tashkilotlari mahsulotlariga tashqi sotish bozorlaridagi toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi savdo vakolatxonalari va elchixonalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda kamsituvchi, tarif va notarif toʻsiqlarga samarali munosabat bildirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) eksport qiluvchilarni, shu jumladan, chet elda, marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi, chet el bozorlariga “yagona darcha” prinsipi orqali kirish masalalari boʻyicha axborot va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon bozorida mahsulotlarga talab va hajmlarni tahlil qilish, taqqoslash va aniqlash boʻyicha axborot taqdim etadi, shuningdek, sotish bozorlari (xablar) mahsulotlar bilan toʻldirilganligini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini yetkazib berish, transportda tashishning eng samarali usullarini joriy etish va xaridorlarga koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro sertifikatlar, standartlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishida koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan, chet elda soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi boʻyicha axborot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xorijiy xaridorni izlashga koʻmaklashish va eksport kontrakti tuzish, shu jumladan, uni tayyorlash bosqichigacha muzokaralar jarayoniga koʻmaklashish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻida izlash, muzokaralar va yozishmalarga kirishish, elchixonalar va savdo vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlik, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga taklifnomalarni, shu jumladan, viza bilan qoʻllab-quvvatlashni rasmiylashtirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi dasturlarini tayyorlash yoʻli bilan xaridorlarni jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy sheriklar bilan muzokaralar oʻtkazishda, eksport kontraktini tuzish, shu jumladan, eksport kontraktlari va bitimlari loyihalarini tayyorlash bosqichiga qadar mahsulotni yetkazib berish shartlarini muhokama qilishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) milliy mahsulotlarni xorijga eksport qilish boʻyicha vazirliklar, respublika idoralari, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash hamda eksport qiluvchilarga eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifalari va funksiyalari haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkonini yaratish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchilarni eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, vakolatli davlat hokimiyati organlarining vazifavlari va funksiyalari toʻgʻrisida xabardor qilish yoʻli bilan chet elda milliy eksport mahsulotlarining kirishi boʻyicha respublika vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarini amaldagi soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning imtiyozlari va preferensiyalari bilan tanishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) elektron tashqi savdo platformasini yuritish, mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron savdo maydonlariga kirishda koʻmaklashish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritgan holda tegishli elektron tashqi savdo maydonchasini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish va eksport faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga elektron savdoning yetakchi xalqaro maydonlariga kirish, shu jumladan, tijorat takliflarini tayyorlash va ularni yetakchi elektron savdo maydonchalarida joylashtirish boʻyicha koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning sifatli mahsulotlarni ishonchli yetkazib beruvchi ekanligini tasdiqlash uchun oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targʻib qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish, shu jumladan, “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini, tarmoq va mintaqaviy koʻrgazmalarni va tovarlar yarmarkalarini har yili oʻtkazish, shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali amalga oshirish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan, import qiluvchilarni, xorijiy mehmonlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, xorijiy va mahalliy ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida mavzuli seminarlar, sessiyalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish yoʻli bilan “Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasini har yili tashkil etadi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchi tashkilotlarning ishlab chiqariladigan mahsulotlar namunalari va tarqatma axborot materiallari bilan ishtirok etishi uchun xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarida Oʻzbekiston pavilionini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat takliflarini va mahsulotlar namunalarini taqdim etgan holda xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlar nomidan ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) eksport qiluvchi tashkilotlar uchun oʻquv seminarlari va treninglar hamda xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik subyektlari uchun tashqi savdo faoliyati masalalari boʻyicha biznes-forumlar tashkil etish va oʻtkazish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo vakolatxonalari va yetakchi xorijiy oʻquv markazlari bilan hamkorlikda eksport qiluvchi tashkilotlar uchun xorijiy taʼlim seminarlarini va treninglarni oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajribali xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb etgan holda eksport qiluvchilar uchun ilgʻor taʼlim dasturlari asosida taʼlim seminarlari va treninglarni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) eksport qiluvchi tashkilotlarga ham respublikada, ham xorijda standartlashtirish va sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlarini joriy etishga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish sohasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ham respublikada, ham chet elda standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish boʻyicha eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy koʻmaklashadi, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) ushbu yoʻnalishlarda xarajatlarning tegishli qismini qoplash yoʻli bilan roʻyxatdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrgazma stendlarini tashkil etishda va xalqaro koʻrgazmalar-yarmarkalarda ishtirok etishda, taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazishda, shu jumladan, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari)ning potensial sotish bozorlariga kirishda eksport qiluvchilarni hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi;
(7-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunchiliqda nazarda tutilgan boshqa manbalardan Agentlikka ajratiladigan subsidiyalar hisobidan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsatish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “i” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport qiluvchilarga ular garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotishga qaratilgan marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, toʻqimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim etadi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 437-sonli qaroriga asosan “i” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2020-y., 09/20/437/1065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizini qoplab beradi;
(7-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab beradi;
(7-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyaviy resurslar ajratish hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb etish ishlarini tashkillashtirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablagʻlar jalb etish ishlarini tashkil etadi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan “k” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/6/0004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) elektrotexnika tarmogʻi tashkilotlariga moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, tanlovlar (tenderlar) doirasida avans toʻlovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha kafolat muddatlarini taʼminlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov taʼminoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSh dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi 631-sonli qaroriga asosan “l” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratadi.
(7-bandning “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport mahsulotlari xorijiy bozorlarga kirishi masalalari boʻyicha statistik maʼlumotlar, takliflar, xulosalar va boshqa zarur materiallarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha yozishmalar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda oʻxshash xorijiy agentliklar va tashkilotlar bilan texnik va iqtisodiy axborotni ayirboshlash, vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, aloqalar va munosabatlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzaro hamkorlik qilish, ishlarni bajarishga va xizmatlar koʻrsatishga muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishga mahalliy va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlashni tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlari muassislari (ishtirokchilari) tarkibiga kirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining topshiriqlarini ijro etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish uchun Agentlik mansabdor shaxslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va uning mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni tashkil etishning zamonaviy shakllari Agentlik faoliyatiga joriy etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq tashkil etish va amalga oshirish, xizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini taʼminlash, xizmat safari sarf-xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularning sabablari va shartlarini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etish, elektron hujjatlar aylanishi tizimini keng joriy etish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslarning tushayotgan murojaatlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish, ularni koʻrib chiqish natijalari hisobga olinishi va kuzatib borilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda bundan buyon boʻlishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy javobgarligi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning tuzilmasini va shtatdagi xodimlari sonini oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik va mehnat intizomining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari holatlari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida xizmat surishtiruvlari oʻtkazilishini tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik mol-mulkini boshqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Agentlik direktorining oʻrinbosari va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish hamda keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktorga takliflarni taqdim etish, ularning kasbiy mahoratini, oʻz ishini bilishini, amaliy tajribasini, ishbilarmonlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlarining yuqari darajasini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlari va rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarni eshitish, yakunlar boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish, ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sirlariga va maxfiy axborotga taalluqli axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Direktor ish tashkil etilishini taʼminlaydi va Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Agentlik faoliyatining sifati va pirovard natijalari uchun javob beradi va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlikni xalqaro munosabatlarda ifodalaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktori boʻlmaganida uning vakolatlarini direktor oʻrinbosari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agentlikning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga binoan muvofiqlashtiriladi va boshqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agentlik faoliyati, uning samaradorligi va natijadorligi yuzasidan muntazam baholanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, moliyaviy institutlar va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha haqlar va ustamalardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun) ustamalar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan Agentlik xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar asosiy egallab turgan lavozimi boʻyicha Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlariga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/373/3093-son; 11.07.2020-y., 09/20/437/1065-son, 09.01.2021-y., 09/21/6/0004-son, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/631/0950-son; 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son; 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)