Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2024 19.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3155
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarori, 19.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3155
Date of entry into force
19.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3155]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 29-yanvardagi 01/11-05/02-sonli ““Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3155-2, 05.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais N. ShARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-11/01-05-son

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2019-yil 19-martdagi 01-11/01-05-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
METODIKASI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Metodika Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarini (bundan buyon matnda loyihalar deb yuritiladi), shuningdek amaldagi qonunchilik hujjatlarini tovar va moliya bozoridagi raqobatga taʼsirini baholash (bundan buyon matnda raqobatga taʼsirni baholash deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 06.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Metodikada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 06.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat — “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga taʼsirni baholash — loyihalar va amaldagi qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlarni aniqlash.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Loyihalar va amaldagi qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish hamda tegishli choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Metodika favqulodda holatlarni oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari va loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar raqobatga taʼsirni baholashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining huquqiy oqibatlarini tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash qismi boʻyicha umumiy baholash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarini qoʻllash jarayonida tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash xavfini aniqlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznes yuritish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar va moliya bozorining barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlar yaratishda toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklaydigan loyihalarni yoki amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish boʻyicha taklif va tavsiyalar kiritish.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Raqobatga taʼsirni baholash vakolatli organ tomonidan quyidagi usullar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ex-ante” — loyihalarning raqobatga taʼsirini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ex-post” — amaldagi qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Raqobatga taʼsirni baholashning asosiy mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyiha yoki amaldagi qonunchilik hujjatining raqobatga taʼsiri quyidagi oqibatlarning biriga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlganda uning taʼsiri raqobat uchun salbiy deb baholanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarining (bundan buyon matnda yetkazib beruvchilar deb yuritiladi) doirasi va sonini cheklashga olib kelsa, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar yoki moliya bozorining alohida ishtirokchilariga raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi soliq va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar, eksklyuziv huquqlar, kafolatlar, yengilliklar, preferensiyalarni bersa yoki muddatini uzaytirsa;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 06.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat yuritish sharti sifatida raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi litsenziyalash yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartibini oʻrnatsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim yetkazib beruvchilarning oʻz tovar va xizmatlarini realizatsiya qilish imkonini cheklasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchining tovar va moliya bozoriga kirishidagi yoki undan chiqishidagi xarajatlarini sezilarli darajada oshirsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga ularning bozorga kirishiga toʻsqinlik qiladigan texnik tartibga solishning yangi shartlarini oʻrnatsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar va xizmatlarini realizatsiya qilish yoki ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek investitsiya kiritish imkonini cheklovchi geografik toʻsiq oʻrnatsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yetkazib beruvchilarning oʻzaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchilarning tovarlarga va xizmatlarga narx belgilash imkoniyatini chegaralasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib beruvchilarning oʻz tovar va xizmatlarining reklamasi yoki marketingini amalga oshirish erkinligini chegaralasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim yetkazib beruvchilarga boshqalar oldida afzallik beruvchi yoki tovar va xizmatlar xarid qiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) tanlashi mumkin boʻlgan darajadan oshuvchi tovar sifati standartlarini oʻrnatsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xarajatlarini oshirsa, shuningdek resurslarni (moddiy, moliyaviy va mehnat) ayrim yetkazib beruvchilarga, shu jumladan tovar yoki moliya bozorining yangi ishtirokchisiga ajratish yoʻli bilan, boshqalarning xarajatlariga nisbatan koʻproq sarflanishiga olib kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar yoki moliya bozorlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davlat korxonasi yoki davlat ulushi bor korxonalar tuzishni nazarda tutsa va uning natijasida raqobatni cheklaydigan holat yuzaga kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida oʻzaro raqobatlashishga qiziqishini pasaytirsa, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi oʻzini oʻzi boshqaradigan yoki birgalikda boshqariladigan tartib yaratsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumotlarni, shu jumladan yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarish, narxlar, aylanmalar yoki xarajatlar boʻyicha axborotlarini yoritishni talab etsa yoki ragʻbatlantirsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining amal qilishidan har qanday alohida tarmoq yoki yetkazib beruvchilar guruhi faoliyatiga immunitet taqdim qilsa;
(6-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) isteʼmolchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonini chegaralasa, jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning oʻz xohishlari asosida ular kimdan tovar (ish, xizmat) sotib olish masalasini hal qilish imkoniyatlarini chegaralasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning bir tovar yoki mahsulot yetkazib beruvchilardan boshqasiga oʻtishida narxni oshirib, ularning imkoniyatlarini kamaytirsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchi uchun tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olishda zarur boʻlgan axborotning asl mohiyatini oʻzgartirib, natijada ularning adashishiga olib kelsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. “Ex-ante” usuli boʻyicha raqobatga taʼsirni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihalar vakolatli organga majburiy tarzda kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yangi cheklovlarni, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar va litsenziyaning yangi turlarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni, shuningdek qoʻshimcha texnik tartibga solish shartlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tovar yoki moliya bozori ishtirokchilarida ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan talablar (shartlar)ni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga soliq va yigʻimlar boʻyicha imtiyoz, kafolat hamda boshqa preferensiyalar belgilash, shuningdek ayrim tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga eksklyuziv huquqlarni berish;
(7-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 06.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tabiiy monopoliya subyektlarining tovar (ish, xizmat)lari narxi (tarif)ini va boshqa tartibga solinadigan narx (tarif)ni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) isteʼmolchilar yoki tovar va moliya bozori ishtirokchilari uchun infratuzilma va tabiiy monopoliya subyektlarining tovar (ish, xizmat)laridan foydalanish shartlarini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tabiiy monopoliya subyektlarining tovar va moliya bozorlarida ishtirokining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) davlat korxonalari va tabiiy monopoliya subyektlarini tashkil etish va qayta tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) tovar va moliya bozorlarida davlat ishtiroki yoki davlat organlarining istalgan koʻrinishdagi harakatlarining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) tovar va moliya bozori ishtirokchilarining istalgan koʻrinishdagi resurslar, jumladan xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliyaviy resurslardan foydalanish shartlarining oʻzgarishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu Metodikaning 7-bandida keltirilgan masalalar ishlab chiqilayotgan loyihada mavjud boʻlgan taqdirda, loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tegishli masalasiga koʻra quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar va moliya bozori ishtirokchilarining tovar va moliya bozoriga kirish xarajatlari (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) loyihani qabul qilinishidan barcha manfaatdor boʻlgan tomonlar uchun foydaning (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) raqobatchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarining xarajatlari va foydalari hisob-kitobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) loyihaning qabul qilinishi yuzasidan manfaatlariga taʼsir koʻrsatadigan tegishli tovar va moliya bozori ishtirokchilarining soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) muqobil narxlar va tariflar, shu jumladan bozorga kirib keluvchi import mahsulotlarning narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) loyiha bilan tartibga solinadigan tovar (ish, xizmat)ga ehtiyojning darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) loyihani tayyorlashga asos boʻlgan hujjatlar va tahliliy maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot taqdim qilingan hisob-kitoblar va maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari (bundan buyon matnda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatlari loyihalari deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) belgilangan tartibda mazkur Metodikaning 8-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar bilan birga vakolatli organga kiritiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vakolatli organ tomonidan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari (bundan buyon matnda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari deb yuritiladi) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarida (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) belgilangan tartibda mazkur Metodikaning 8-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar bilan birga vakolatli organga kiritiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 06.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan Qoidalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalari ishlab chiqilgach, mazkur Metodikaning 8-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar bilan birga vakolatli organning hududiy organlariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organning hududiy organlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarini koʻrib chiqish Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarida (roʻyxat raqami 3333, 2021-yil 18-noyabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 06.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vakolatli organ Reglamentda belgilangan muddatlarga muvofiq raqobatga taʼsirni baholash oʻtkazilayotgan loyiha yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi hujjatni ishlab chiqqan tashkilotga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Loyiha yuzasidan raqobatga taʼsirni baholash natijalari vakolatli organning xulosasi loyiha ishlab chiquvchi tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan Reglamentga asosan vakolatli organning xulosasi loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda unga vakolatli organning xulosasi majburiy tartibda ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. “Ex-post” usuli boʻyicha raqobatga taʼsirni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Raqobatga taʼsirni baholashning “ex-post” usuli boʻyicha raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishini aniqlash yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari yiliga kamida ikki marotaba xatlovdan oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vakolatli organning tashabbusiga, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga, jamoatchilik nazorati subyektlarining taklif va tavsiyalariga, ommaviy axborot vositalari orqali oʻrganilgan yoki chop etilgan boshqa materiallarni oʻrganib chiqish natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Raqobatga taʼsirni baholashning “ex-post” usuli boʻyicha oʻtkazilganda vakolatli organ hamda uning hududiy organlari amaldagi qonunchilik hujjatlarining raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vakolatli organning hududiy organlari oʻtkazilgan xatlovlar natijasi yuzasidan vakolatli organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vakolatli organ amaldagi qonunchilik hujjatini raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid deb topganida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatlari yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli tartibda takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, qoʻmitalar va idoralar tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlari yuzasidan — raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdimnoma kiritadi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 06.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organning hududiy organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid deb topganda ular yuzasidan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdimnoma kiritadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Raqobatga taʼsirni baholash uchun axborot manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Raqobatga taʼsirni baholashni oʻtkazishda rasmiy va norasmiy axborotlardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Rasmiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy eʼlon qilishlar, shu jumladan internet jahon axborot tarmogʻining rasmiy resurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organlarining statistik maʼlumot va hisobotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud amaliyoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Norasmiy maʼlumotlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organga nodavlat tashkilotlar hamda fuqarolar tomonidan kiritilgan murojaatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
internet tarmogʻining norasmiy jahon axborot resurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik orasidan oʻtkaziladigan soʻrovnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vakolatli organ quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga taʼsirni baholash oʻtkazilayotgan hujjat predmetiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanishishga;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga taʼsirni baholash oʻtkazilayotgan hujjatlarning normalariga aniqlik kiritishga va ular boʻyicha tegishli tushuntirishlar olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha boʻyicha manfaatlariga aloqador tomonlarning, shuningdek mustaqil ekspertlar va boshqa malakali mutaxassislarning fikrlarini oʻrganishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga taʼsirni baholashni tashkillashtirish va oʻtkazish uchun qonunchilik hujjatlari bilan oʻrnatilgan talablarga rioya qilishga;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatga taʼsirni baholashni oʻtkazishda unga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etmaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga.
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vakolatli organning loyihalar boʻyicha bergan xulosasi ushbu hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mazkur Metodikada qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mazkur Metodika talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mazkur metodika Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 11-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuror O. MURODOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 15-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/3155/2975-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son)