Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019 30.12.2000 yildagi 519-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.12.2000 yildagi 519-son
Date of entry into force
30.12.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 16 YoShGA TOʻLMAGAN FUQAROSI GUVOHNOMASINI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga vaqtincha chiqishlari tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi namunasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari guvohnomalari tayyorlab berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolari guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur pul mablagʻlari ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarining chet elga chiqishlari masalalarini koʻrib chiqish va hal etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son* Farmoni bilan tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalarga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pasport tizimi qoidalarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 22-sentabrdagi PF-4364-son Farmoni bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tugatilgan.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda oʻz meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ichki ishlar vaziri Z. Almatov, Tashqi ishlar vaziri A. Komilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 30-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
519-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-dekabrdagi 519-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi chet elga vaqtincha chiqishida guvohnomani rasmiylashtirish va berish tartibini nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar oʻqish, davolanish, yoshlarning xalqaro festivallarida va sport musobaqalarida qatnashish uchun chet elga chiqishlarida ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), tashkilotlar va muassasalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalarga chet elga borayotgan fuqaro va uning ota-onalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ariza beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya 7 kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Maxsus komissiyaning qarori va 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chet elga chiqayotgan fuqarolari roʻyxati chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga joʻnatiladi.
(2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalari taqdim etilgan anketa-ariza, buyurtmanoma, Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma asosida voyaga yetmagan shaxsni vaqtincha chet elga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi bilan 7 kun muddatda taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Guvohnoma ota-onalarga, vasiylarga (homiylarga), tashkilotlar, muassasalar vakillariga beriladi, ulardan voyaga yetmagan shaxs chet eldan qaytgandan soʻng guvohnoma ichki ishlar organlariga topshirilishi toʻgʻrisida tilxat olinadi. Voyaga yetmagan shaxsning Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi ichki ishlar organlariga topshirilgunga qadar Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmasida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi chet elda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun haqiqiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlari boʻlgan maxsus qogʻozda 86 mm. x 125 mm. kattalikda 16 betdan iborat qilib tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Guvohnoma qatʼiy hisobda turadigan blank hisoblanadi va seriyalari va tartib raqamlariga koʻra viloyatlar boʻyicha tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Guvohnomaning muqovasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va “Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasi” soʻzlari oʻzbek va ingliz tillarida oltin harflar bilan botirib yozilgan yashil rangda boʻladi. Muqova maxsus kimyoviy mato bilan himoyalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan oʻzbek, rus va ingliz (Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham qoraqalpoq tilida) tillarida toʻldiriladi. Guvohnomaga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tugʻilgan vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tugʻilgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) millati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) jinsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) guvohnomaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) fuqaroning shaxsiy kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) guvohnoma kim tomonidan va qachon berilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) dunyoning barcha mamlakatlariga borish uchun haqiqiyligi toʻgʻrisida belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) alohida belgilar (qon rezusi va boshqa maʼlumotlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) vizalar toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) axborot maʼlumotlari va shaxsiy maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a”—“z” kichik bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar hamda fuqaroning 35 x 45 mm kattalikdagi fotosurati guvohnomaning uchinchi betiga yoziladi va yopishtiriladi hamda maxsus plyonka bilan himoyalanadi, fotosuratning chetlari botirib mahkamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. GUVOHNOMANI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vaqtincha chet elga chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarosi guvohnomasini olish uchun ota-onalar, vasiylar (homiylar), tashkilot va muassasalarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35 x 45 mm kattalikdagi oq-qora yoki rangli toʻrtta fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki muassasaning belgilangan namunadagi buyurtmanomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan shaxsning chet elga chiqishi uchun ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmagan shaxsga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomani rasmiylashtirish jarayonida bolaning millati ota-onalarning millatiga koʻra belgilanadi. Agar ota-onalar turli millatga mansub boʻlsalar, unda guvohnoma berishda voyaga yetmagan shaxsning millati guvohnoma oluvchining xohishiga qarab ota yoki onaning millati yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va viza muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Guvohnoma uch oy muddatga, chet elga oʻqish yoki davolanish uchun chiqishda esa oʻqish yoki davolanish muddatiga beriladi. Zarur boʻlgan hollarda (davolanish muddati uzaytirilganda, yaqin qarindoshlar vafoti va boshqalar) mazkur guvohnomaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasida yoki konsullik muassasasida muayyan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining masʼul xodimi guvohnomaning oltinchi betidagi “maʼlumotlar” jadvaliga oʻzbek va ingliz tillarida tegishli yozuvni kiritib qoʻyadi. Yozuv elchi yoki konsul tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet elda boʻlgan vaqtda guvohnoma egasi oʻn olti yoshga toʻlishi bilan mazkur shaxs Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Mazkur ariza belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi. Rasmiylashtirilgan pasport Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga uning egasiga topshirish uchun joʻnatiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topshirilgandan soʻng guvohnoma belgilangan tartibda yoʻq qilinishi uchun Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Guvohnoma egasi uni ehtiyotlik bilan saqlashi kerak. Guvohnoma oʻgʻirlatib yoki yoʻqotib qoʻyilgan hollarda uning egasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga zudlik bilan xabar berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroning yozma holdagi arizasiga koʻra belgilangan tartibda unga yangi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelish uchun sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Guvohnoma yoʻqotib qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi xabar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vafot etgan voyaga yetmagan shaxslarning guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolik xizmati boʻlinmalariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Topilgan guvohnomalar ichki ishlar organlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga topshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Guvohnomalarni olib qoʻyish (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), shuningdek garovga qoʻyish va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Guvohnoma berganlik uchun fuqarolardan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Davlat taʼminotida boʻlgan fuqarolar davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Nizomni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan gerbli muhrlar va viza muhrlari, shtamplar va blanklarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.