10.04.2019 yildagi PF-5707-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.04.2019 yildagi PF-5707-son
Date of entry into force
11.04.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda respublikada aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika (keyingi oʻrinlarda — farmatsevtika mahsulotlari) bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlari yetarli darajada emasligi hamda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining tor assortimenti ichki bozor ehtiyojlarini qondirmayapti va importga haddan tashqari bogʻlanib qolishga sabab boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni tatbiq etish boʻyicha ishlarning sust tashkillashtirilishi tashqi bozorlarda raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini va tarmoqning eksport salohiyatini cheklamoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda yetakchi xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratishni ragʻbatlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlari va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “O`zmedimpeks” Davlat unitar korxonasini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boʻyicha funksiyalarini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar amal qilish muddati tugagunga qadar amalda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmogʻini, jumladan uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yoʻli bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika bozori konyunkturasini oʻrganishni tashkillashtirish, aholi va sogʻliqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada toʻldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmogʻini, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yoʻli bilan davlat tomonidan boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmogʻiga ilgʻor xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari toʻgʻrisida toʻliq axborot yigʻishni taʼminlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz joriy etilmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxati Agentlik tomonidan shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bunda mazkur roʻyxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari nomlari tayyor mahsulotga ham, “in bulk” mahsulot shaklida import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ham joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sanoatda ishlab chiqarish va dorixonada tayyorlash uchun moʻljallangan, import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxati Agentlik tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi va tasdiqlanadi, shuningdek, bir yilda kamida ikki marta yangilab borilishi va Agentlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari milliy ishlab chiqaruvchilariga tijorat banklari kreditlari boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 8 milliard soʻmdan oshmaydigan miqdordagi mablagʻga kafillik beradi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“in bulk” mahsuloti asosida ishlab chiqariladigan dori preparatlari va (yoki) tibbiyot buyumlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatini uzaytirish, shuningdek, ularni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish mazkur analogik milliy mahsulotni ichki bozor ehtiyojini taʼminlaydigan hajmda ishlab chiqaruvchi boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar, sinov tariqasida, dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini davlat tomonidan xarid qilishni amalga oshirishda ikki va undan ortiq ishtirokchilar — analogik mahsulotni (xalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha) milliy ishlab chiqaruvchilari mavjud boʻlgan taqdirda davlat buyurtmachisi import dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish taklifi mavjud barcha buyurtmalarni rad etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yilning 1-yanvariga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarining klinik oldi tadqiqotlarini amalga oshiruvchi barcha laboratoriyalar Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlar oʻtkazuvchi barcha klinik bazalari Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024-yil 1-iyulga qadar farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagilar Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvarga qadar — farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʻullanuvchi tarmoqli dorixonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvarga qadar — boshqa dorixonalar.
(4-bandning birinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoniga asosan birinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar farmatsevtika tarmogʻi va respublika sogʻliqni saqlash tizimiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish tarmoq jadvalini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼul vazirlik va idoralarning rahbarlariga “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ilmiy-tadqiqot va sinov laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda — Agentlikka Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ajratiladigan Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 2019-yil 1-yanvar holatiga mavjud valyuta mablagʻlari qoldigʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2023-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini tegishli yil uchun amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish uchun esa Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining oʻzlashtirilmagan mablagʻlari, ular yetishmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlik qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va quyidagilar uni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan ekvivalenti 25 mln AQSh dollaridagi milliy valyutadagi mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliyaviy institutlar hamda boshqa xorijiy donorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini yaratish boʻyicha ilmiy ishlanmalarni tashkillashtirish uchun Agentlik qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga grantlar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va farmatsevtika mahsulotlarining sifat nazoratini amalga oshiruvchi davlat laboratoriyalarini zarur asbob-uskuna va texnika bilan jihozlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada ishlab chiqarilmaydigan farmatsevtika mahsulotlari yangi turlarining klinik-oldi va klinik tadqiqotlarini mahalliy muassasalarda oʻtkazish uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining sarf-xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida qoplash;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarining 50 foizini, ular roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan soʻng qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ilgari surish boʻyicha, shu jumladan xorijda oʻtkaziladigan koʻrgazma va yarmarkalar tashkil qilish, seminarlar oʻtkazish, taqdimot materiallari, koʻrgazma stendlarini tayyorlash, Agentlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarining mazkur tadbirlarda ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ishchilari va jalb etiladigan mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, Agentlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mamlakatimizda avval ishlab chiqarilmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan ekvivalenti 1 mln AQSh dollaridan oshmagan kreditlarning foizlar boʻyicha xarajatlarini ikki yil mobaynida qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan Agentlik faoliyati bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Jamgʻarmaning xarajatlar smetasi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2718-son qaroriga muvofiq ochilgan kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi va Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga 25 mln AQSh dollaridan ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan apteka ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan apteka ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2019 — 2021-yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agentlik 2019-yil 1-avgustga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga kiritilgan import qilinadigan dori vositalari guruhlarini mahalliylashtirish boʻyicha investitsiya loyihalarining roʻyxatini ularni amalga oshirishning aniq muddatlari, moliyalashtirish manbalari va tashabbuskorlarini belgilagan holda shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi ishtirokida jalb qilish va zarur boʻlganda, farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Gʻaniyev va A.A. Abduhakimov manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada talab yuqori boʻlgan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun barqaror obroʻga ega yetakchi farmatsevtika kompaniyalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini uzoq muddatli moliyaviy resurslar bilan taʼminlash maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-iyunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalarining tashkiliy-shtat tuzilmasi ushbu Farmon bilan belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirishning aniq koʻrsatkichlari va maqsadli indikatorlariga erishishga asoslangan butunlay yangicha baholash tizimini joriy etishni koʻzda tutgan holda Agentlik faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2019-yilda mazkur Farmonni amalga oshirish doirasida Agentlik xarajatlari uchun mablagʻlar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini koʻzda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi Agentlikning maʼmuriy binosini taʼmirlash davrida Agentlikni davlat tasarrufidagi boʻsh turgan obyektlarga vaqtinchalik joylashtirishga koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada farmatsevtika tarmogʻi mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurti filialini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Agentlikning rasmiy saytlarida 2017-2018-yillarda va keyingi yillarda farmatsevtika mahsulotlarining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni organlar, tashkilotlar, mahsulotlarning nomlanishi va naturada ifodalangan hajmlari kesimida joylashtirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining barcha klinik bazalarida klinik tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlarini tashkil etishning shaffof mexanizmini, shuningdek, koʻrsatiladigan xizmatlar narxini belgilash va klinik tadqiqotlar oʻtkazishning har bir bosqichida tomonlarning javobgarlik doirasini nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sogʻliqni saqlash vazirligi Agentlik va boshqa idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.A. Abduhakimov, E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 10-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5707-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritasi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini yaxshilash chora-tadbirlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Agentlikning Toshkent shahar, Ch. Aytmatov koʻchasi, 1A-uy manzilidagi binosini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.

Tadbirlar

rejasi

2019-yil
1-iyunga

qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi hamda Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK qoshida Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) talablariga mos keladigan klinik-oldi tadqiqotlar laboratoriyasini tashkil qilish.

Tadbirlar

rejasi

Ishlab chiqish — 2019-yil
1-iyunga

qadar

Amalga oshirish — 2019-2020 yy.

Agentlik (S. Kariyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. Gʻulomov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov)

3.

Agentlikka “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini taʼminlash maqsadida Samarqand shahrida operativ boshqaruv huquqi asosida maʼmuriy bino ajratish.

Samarqand viloyati hokimining qarori

2019-yil
1-iyunga

qadar

Samarqand viloyati

hokimligi (E. Turdimov),
Agentlik (S. Kariyev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (N. Joʻrayev)

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Agentlik qoshida farmatsevtika texnoparkini tashkil qilish uchun yer maydonini ajratish;

farmatsevtika texnoparki hududida farmatsevtika sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtining filialini joylashtirish;

farmatsevtika texnoparki hududida ilmiy-tadqiqot va tajriba-ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish;

farmatsevtika texnoparki hududida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning yangi binosini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil
1-iyulga

qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev)

II. Farmatsevtika tarmogʻi va sogʻliqni saqlash tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish chora-tadbirlari

5.

Barcha mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarini Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)ning milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“Oʻzstandart” agentligi
(D. Sattorov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining barcha klinik bazalarini klinik tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Agentlik (S. Kariyev),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

7.

Farmatsevtika mahsulotining klinik-oldi tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha barcha laboratoriyalarni Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP)ning milliy talablariga moslashtirish boʻyicha majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov)

8.

Farmatsevtika mahsulotini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalarni Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)ning milliy talablariga moslashtirish nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Agentlikning “Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme” (PIC/S) xalqaro tashkiloti va sohaga ixtisoslashgan boshqa xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish.

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Zarur amaliyotlar milliy sertifikatlashtirish organini sohaga ixtisoslashgan xalqaro organlardagi zarur amaliyotlar talablariga akkreditatsiya qilish va uning negizida zarur amaliyotlar milliy inspektoratini tayyorlash.

Tadbirlar
rejasi

Ishlab chiqish — 2019-yil

1-iyunga

qadar

Amalga oshirish — 2019-2020 yy.

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov),

Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov)

10.

Zarur amaliyotlar (GxR) talablariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiyalar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov)

11.

Klinik tadqiqotlar natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash protokollariga yangi mahalliy original dori preparatlarini kiritish tartibini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Innovatsion sogʻliqni saqlash
milliy palatasi (R. Izamov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Agentlik (S. Kariyev)

12.

Eng ilgʻor regulyatorlik amaliyotlarini, xususan oraliq isbotlovchi maʼlumotlarga koʻra roʻyxatga olish rejimlari va ayrim toifadagi bemorlarning ixtiyoriy ravishda eng yangi terapiyadan foydalanish tartibini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-sentabrga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Agentlik (S. Kariyev)

13.

Farmatsevtika mahsulotlarining sifati va ular sifatini nazorat qilish usullariga qoʻyiladigan zamonaviy xalqaro talablarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi

2020-yil
1-sentabrga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Agentlik (S. Kariyev),
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

III. Farmatsevtika tarmogʻini davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

14.

Agentlik qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

15.

2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlarni oʻtkazish va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari roʻyxatini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. Gʻulomov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov),
Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev)

16.

Ulgurji va chakana savdo korxonalarida farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy texnikani saqlash hamda aylanmasi (realizatsiyasi) sifatini nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

17.

Klinik tadqiqotlardan oldin va ularni oʻtkazishda jarayonni hamda samarali oʻzaro hamkorlikni tashkil etish tartibini takomillashtirish, xodimlarning malakasi va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlar qiymatini va klinik tadqiqotlarni oʻtkazishning har bir bosqichida tomonlarning javobgarlik doirasini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Innovatsion rivojlanish
vazirligi (I. Abdurahmonov),

Agentlik (S. Kariyev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

18.

Import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Agentlik
qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

19.

Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz tatbiq qilinmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Har chorakda (zarur boʻlganida)

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)
Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov),
Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev)

20.

Xorijiy investorlarning mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning texnik koʻmagi (grantlari)ni, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda 2020 — 2024-yillarda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-oktabrga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. Gʻulomov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohalari va predmetiga qarab yaxlit bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Loyiha nomlanishi

1.

Antibiotiklar

2.

Endokrin tizimi patologiyasini davolash dori vositalari

3.

Yalligʻlanishga qarshi nosteroid dori vositalari

4.

Viruslarga qarshi dori vositalari

5.

Meʼda-ichak yoʻllari patologiyasini davolash dori vositalari

6.

Immunobiologik dori vositalari

7.

Nafas aʼzolari patologiyasini davolash dori vositalari

8.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash dori vositalari

9.

Onkologiya kasalliklarini davolash dori vositalari

10.

Bolalarda sil (tuberkulyoz) bilan infeksiyalanishni erta aniqlash uchun diaskin testlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5229-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 10-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 15-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoni 1-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida faoliyat boshlanganidan keyin ikkinchi moliyaviy yili yakunlariga koʻra (dori vositalari va tibbiyot buyumlarni ishlab chiqaruvchilar uchun — birinchi dori vositasini yoki tibbiyot buyumini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan vaqtdan boshlab) ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning 25 foizidan kam boʻlmagan, uchinchi va keyingi yillarda 50 foizdan kam boʻlmagan miqdorda eksport qilish belgilanadi. Mazkur shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektining erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi hamda avval taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-yanvardagi “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3489-son qarori 6-bandi ikkinchi xatboshi “sikl boʻyicha” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)