Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
05.04.2022
01.04.2019
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori hamda mamlakatimizda teatr sanʼatini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan tadbirlar oʻtkazishning gʻoyaviy-badiiy saviyasini, taʼsirchanligini kuchaytirish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali teatr rejissyorlari va aktyorlarini amaliy tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi va Toshkent shahar hokimligining Madaniyat vazirligi muassisligidagi “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi negizida “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda teatr-studiya deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar teatr-studiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda teatr sanʼatini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasi va taʼsirchanligini kuchaytirish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali teatr ijodkorlarini amaliy tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr sanʼati sohasida malakali yosh rejissyorlar, aktyorlar, dramaturglar, notiqlik sanʼati boʻyicha mutaxassislarni izlab topish va ularning mahoratini oshirish maqsadida professional truppa hamda havaskorlik jamoasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktyorlik sanʼati va rejissyorlik boʻyicha teatr va sanʼat muassasalarining ijodiy xodimlari hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining talaba va oʻquvchilari uchun amaliyot kurslari (ijodiy ustaxona) tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi teatrlarning yosh isteʼdodli aktyorlari va boshqa ijodiy xodimlari uchun doimiy ravishda trening, mahorat darslari, teatr sanʼati bilan bogʻliq oʻquv-tajriba mashgʻulotlari hamda maxsus loyiha boʻyicha tajriba spektakllari yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyati, festival, koʻrik-tanlov, teatrlashtirilgan shoular, maʼruzalar, madaniyat, sanʼat, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, dam olish va ijodiy kechalar, maqsadli teatrlashtirilgan marosim kechalari va boshqa tomosha tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi shtatlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar teatr-studiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr-studiyaning spektakl, tomoshalar namoyishi va gastrol faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, teatr-studiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar uning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, teatr-studiya “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining teatr-studiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, Markaz-1 mavzesi, 9-uy manzilida joylashgan binoning bir qismini (248 kv.m.) teatr-studiyaga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda mazkur obyektni belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qabul qilib olsin hamda undan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda teatr-studiyaning yangi tahrirdagi ustavining belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi talabalarining tajriba-amaliyot darslarini teatr-studiyada tashkil etish hamda teatr-studiyada tahsil olayotgan iqtidorli yosh rejissyor va aktyorlarning Toshkent shahrida yashashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli yotoqxonalarda zarur shart-sharoitlar yaratishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 20-fevraldagi 43-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 8-9-son, 80-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 30-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
266-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 266-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHTATLARI

* Binolarning ichki qismi, shu jumladan ishlab chiqarish va xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 800 kv.m tozalash maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teatr-studiyani kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchi lavozimi mavjud boʻlgan foydalanilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun 1,0 birlik hisobida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 266-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorining 1-ilovasidagi “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi” soʻzlari “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 25-son, 500-modda) rus tili matnidagi 2-ilovasida “Teatra-studii “Diydor” rejisserskogo i akterskogo masterstva” soʻzlari “Gosudarstvennogo uchrejdeniya “Molodejnogo eksperimentalnogo teatra-studii “Diydor”” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/266/2859-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)