Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2020 29.03.2019 yildagi 260-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.03.2019 yildagi 260-son
Date of entry into force
30.03.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 352-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi boshligʻi bir hafta muddatda Boshqarma boshligʻi, Boshqarma boʻlimlari mudirlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlash uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning boʻlinmalari ustavlarini tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-apreldagi 228-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining boshligʻi Y.J.Maqsudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 29-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
260-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-martdagi 260-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Boshqarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Boshqarma oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Boshqarma tarkibiga quyidagi idoraviy mansub tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda idoraviy mansub tashkilotlar deb ataladi) kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtoxoʻjaligi” davlat muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xoʻjalik hisobidagi oshxonasi” davlat unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining bosmaxonasi” davlat unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Semurgʻ” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi” davlat muassasasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va apparatining faoliyatini moddiy-texnik, transport, moliyaviy va ijtimoiy-maishiy jihatdan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, uning oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkaziladigan yigʻilishlar va tadbirlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni moddiy-texnik, moliyaviy jihatdan va boshqacha tarzda taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat uyining binolari, obyektlari, xonalari va asbob-uskunalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat koʻrsatishni tashkil etish, ularni zarur holatda saqlash, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun pul mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat uyi va idoraviy mansub tashkilotlarning binolari hamda boshqa obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va uning apparati, idoraviy mansub tashkilotlar, shuningdek, davlat organlari rahbariyatiga transport xizmati koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli binolar va obyektlarda belgilangan rejim hamda xavfsizlik talablariga idoraviy mansub tashkilotlar rioya etishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida buxgalteriya va statistika hisobini tashkil etish hamda yuritish, hisobotlarni tuzish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarda nazorat-taftish faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul tarkibiy boʻlinmalariga Hukumatning hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tashkil etishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Vazirlar Mahkamasi va uning apparati faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash masalalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat uyi binosidan foydalanilishini, uning saqlanishini va unga texnik xizmat koʻrsatilishini, muhandislik tizimlari, kommunikatsiyalar va uskunalarning belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq uzluksiz ishlashini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat uyi binosini mebel, inventar va ichki koʻrinish jihozlari bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari hamda xodimlarini zarur kompyuter va boshqa texnika, aloqa vositalari, sarflash materiallari, idora anjomlari, bosma mahsulotlar va boshqa buyumlar bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻilishlar, shu jumladan selektor va videokonferensaloqa rejimida yigʻilishlar oʻtkazilganda majlislar zallarini texnik jihozlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar binolarini va obyektlarini, jumladan, videokuzatuv tizimi hamda boshqa elektron-texnik vositalardan foydalangan holda yongʻinga qarshi muhofaza qilish, ularda kirish-chiqish rejimi va qoʻriqlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari ishtirokidagi protokol va boshqa tadbirlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etadi, Vazirlar Mahkamasining sovgʻa-taqdimot fondini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminoti masalalarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash rejalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi, loyihalashtirishni tashkil etadi va taʼminlaydi, koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarning obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini tashkil etadi va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining ehtiyojlari uchun dasturiy taʼminot, shu jumladan axborot-huquqiy tizimlar, virusga qarshi dasturlar va boshqa dasturiy komplekslar xarid qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik-texnologik tizimlar qoʻllab-quvvatlanishini, serverlar va lokal-hisoblash tarmoqlari, telekommunikatsiya va audio-video uskunalari ishlashini, kompyuter uskunasi va periferiy qurilmalar texnik jihatdan kuzatib borilishini, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika sozlanishi hamda taʼmirlanishini tashkil etadi, axborot xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat safarlariga yuboriladigan Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi apparati va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlari uchun temir yoʻl chiptalari va aviachiptalar bron qilinishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) transport xizmati koʻrsatish masalalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtoxoʻjalikning avtotransport vositalaridan foydalanish qoidalarining loyihasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi va ularga rioya etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga xizmat avtomobillarini biriktirish va navbatchi avtotransport vositalari ishini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport xizmati koʻrsatish Avtoxoʻjalikka yuklangan davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtoxoʻjalik transport vositalarining zarur tarzda saqlanishini, ulardan foydalanishni, ularning texnik jihatdan soz holatda boʻlishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtoxoʻjalik tomonidan avtotransport vositalarining hisobga olinishi, xarid qilinishi, taqsimlanishi va hisobdan chiqarilishini tashkil etadi hamda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport xizmatini koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) moliya-iqtisodiyot masalalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisoboti tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparati va idoraviy mansub tashkilotlarning navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va budjet majburiyatlari limitlarini idoraviy mansub tashkilotlar oʻrtasida taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet hisoboti, shuningdek, moliya, soliq va statistika hisobotini tuzadi va tegishli organlarga belgilangan tartibda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash yuzasidan idoraviy mansub tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini moliyaviy nazorat va tahlil qiladi, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi hisobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli birlamchi hujjatlar asosida Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga ish haqi, ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlar, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari va boshqa toʻlovlar hisoblanishi hamda belgilangan muddatlarda toʻlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushadigan pul mablagʻlari va tovar-moddiy boyliklar hisobga olinishini nazorat qiladi, idoraviy mansub tashkilotlarning choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tekshiradi hamda qabul qiladi, yigʻma hisobotlar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati taftishdan oʻtkazilishini tashkil qiladi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar, hisob-kitoblar va toʻlov majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarni hisobga olish va hisobdorlik boʻyicha yoʻriqnoma hujjatlari bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ijtimoiy-maishiy taʼminot masalalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat uyi binosida va idoraviy mansub tashkilotlarda umumiy ovqatlanish va chakana savdoni tashkil etish xizmatlari koʻrsatilishini tashkil qiladi, sotilayotgan mahsulotlar va tovarlarning sifati nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatining xodimlari uchun sogʻlomlashtirish tadbirlari va madaniy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Semurgʻ” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohiga yoʻllanmalar taqsimlanishi va sotilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida idoraviy mansub tashkilotlar ishini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy-texnik, transport, moliyaviy va ijtimoiy-maishiy jihatdan samarali taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, ularga biriktirilgan davlat mulkidan samarali foydalanish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, ularni ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarning boʻlimlari va boshqa tarkibiy birliklari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini kelishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy tusdagi maʼlumotlar himoya qilinishini, shuningdek, bunday maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati nazorat qilinishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma unga yuklangan vazifalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarurat boʻlganda, Boshqarma yurituviga kiritilgan masalalarni hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish, ushbu maqsadlarda komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan Boshqarma hamda unga idoraviy mansub boʻlgan tashkilotlar faoliyati masalalari boʻyicha belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni qayta tashkil etish, shuningdek, idoraviy mansub yangi tashkilotlarni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) roʻyxatini kelishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha takliflar kiritish, ushbu obyektlar boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarga biriktirilgan mulkdan foydalanish tartibi va shartlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, idoraviy mansub tashkilotlarga nisbatan muassis funksiyalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, idoraviy mansub tashkilotlarning daromadlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan buxgalteriya operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Boshqarma unga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Boshqarmaning tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Boshqarmaning tuzilmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnik taʼminot boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-iqtisodiyot boʻlimi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Boshqarma ishiga boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Boshqarma boshligʻi va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Boshqarmaning ishi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boshqarmaning ish rejasi, boʻlimlarning ish rejalari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning ish rejasi va Boshqarma boshligʻining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimlarning ish rejalari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Boshqarma boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqarma ishiga bevosita rahbarlik qiladi, boʻlimlar ishini tashkil etadi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularining taqsimlanishini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar ijro intizomining sifatini, ichki mehnat tartibi qoidalarining talablariga rioya etilishini, ularning vazifalar va topshiriqlarni ishonchli, oʻz vaqtida, sifatli hamda samarali bajarishini, takliflar va loyihalar tayyorlashini, tegishli masalalar yuzasidan topshiriqlar hamda qabul qilingan qarorlarning bajarilishi taʼminlanishini, tegishli materiallar bilan ishlashda maxfiylik rejimini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarmaning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya etiladigan nomzodlar, ularning professional darajasi va ishchanlik malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi takliflarni puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biriktirilgan masalalar boʻyicha tizimli monitoring tashkil etilishi va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, yuzaga keladigan muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy ahvolni tahlil qiladi, xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar va tuzatishlar kiritadi, xarajatlar smetasini bajarish boʻyicha tezkor maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga kelishish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar boʻyicha buyruqlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar-moddiy boyliklarni olish yoki berish uchun tuziladigan shartnomalar Moliya-iqtisodiyot boʻlimi tomonidan koʻrib chiqilib imzolangach, ularga viza qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni qayta tashkil etish, shuningdek, idoraviy mansub yangi tashkilotlarni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlarning ishlash holati va natijadorligini muntazam oʻrganib boradi, ularning faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy mansub tashkilotlar hisobi va hisobotlari tekshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining holati boʻyicha xulosalar tayyorlanishini taʼminlaydi, idoraviy mansub tashkilotlarning shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishi hamda amalga oshiriladigan operatsiyalarning qonuniyligini, mablagʻlar maqsadli sarflanishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida Boshqarmaga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining bayonnomalari hamda topshiriqlari bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga binoan shartnomalar tuzadi, belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Boshqarma boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishilgan holda boʻlim mudirlaridan biri bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Boshqarmaning boʻlim mudirlari va mutaxassislari oʻz faoliyatini funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Moliya-iqtisodiyot boʻlimi mudiri zimmasiga qonun hujjatlari va funksional vazifalar taqsimlanishida nazarda tutilgan bosh buxgalter funksiyalari ham yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-martdagi 260-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning boʻlinmalari ustavlarini tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-apreldagi 228-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining “Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va unga boʻysunadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-bandda:

“a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

“b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

g) 10-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining funksional vazifalarini ishlab chiqadi va Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi boshligʻiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital va joriy taʼmirlashning amaldagi va yillik rejasini, shuningdek, ushbu ishlarni moliyaviy taʼminlash rejasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Xoʻjalik faoliyati boshqarmasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi tasdiqlagan rejaga muvofiq asosiy fondlar joriy va kapital taʼmirlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat uyi binosini zarur mebel, turli tovarlar, uskunalar va materiallar bilan jihozlash uchun ehtiyojni aniqlaydi, buning uchun zarur talabnomalar tayyorlaydi hamda ularni kelishadi, shuningdek, Xoʻjalik faoliyati boshqarmasiga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat intizomi, mehnatni muhofaza qilish va fuqaro mudofaasiga, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya normalari, qoidalar va gigiyena normativlariga rioya etilishining nazoratini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi, Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining murojaatlari koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir takliflar kiritadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 18-bandga “yoki Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi boshligʻi bilan kelishilgan holda, Hukumat uyidan foydalanish boshqarmasining xizmatlari (boʻlimlari) rahbarlaridan biri” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 3-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xoʻjalik hisobidagi oshxonasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Xoʻjalik hisobidagi oshxona deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va unga boʻysunadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-bandagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

g) 6-bandda:

“a” kichik bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Noʻjalik” soʻzi “Xoʻjalik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 32-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“32. Xoʻjalik hisobidagi oshxonaning ishlab chiqarish va moliya-xoʻjalik faoliyati Xoʻjalik faoliyat boshqarmasi tomonidan taftishdan oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 40-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 4-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining”Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtoxoʻjaligi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Avtoxoʻjalik deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va unga boʻysunadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Davlat muassasasi” soʻzlari“DM” qisqartma soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 10-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi xatboshidagi “aholiga va tashkilotlarga pulli xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini izlaydi” soʻzlari “pulli xizmatlar koʻrsatadi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi boshligʻiga xizmat avtomobillarni biriktirish va navbatchi avtotransport vositalaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarini belgilangan tartibda hisobga olish, xarid qilish, taqsimlash va hisobdan chiqarishni taʼminlaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. Avtoxoʻjalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 5-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining bosmaxonasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Bosmaxona deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va unga boʻysunadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 16-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bosmaxonaning yetakchi muhandis-texnologi va bosh buxgalteri Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi boshligʻi bilan kelishilgan holda, Bosmaxona direktorining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 40-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan” soʻzlari “tartibda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 6-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining “Semurgʻ” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda “Semurgʻ” BSO deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va unga boʻysunadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-bandagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 6-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining “Semurgʻ” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi” davlat muassasasi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. “Semurgʻ” BSO unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari xodimlarining 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan farzandlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslarning bevosita “Semurgʻ” BSOga buyurtmanomalari boʻyicha Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi bilan kelishgan holda, ularning farzandlarini yoz davrida dam olishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlomlashtirish-tarbiya ishlarini amalga oshirish, “Semurgʻ” BSO xodimlarining oʻz vazifalarini bajarishi uchun tegishli sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavsumdan tashqari vaqtlarda Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi bilan kelishgan holda, aholining dam olishini tashkil etish, tashkilotlar xodimlari uchun turli tadbirlar oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlarni pulli asosda koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoz mavsumida binolar va inshootlar, kommunikatsiyalar, texnologik uskunalardan tegishli ravishda foydalanilishini va oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtiradi, mavsumga tayyorgarlik boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xizmatlarni koʻrsatadi va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) rus tili matnida 11-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Upravlyayuщim” soʻzi “nachalnikom Upravleniya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. “Semurgʻ” BSO qonun hujjatlarida belgilagan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2019-y., 09/19/260/2853-son)