18.01.2019 yildagi 45-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.2019 yildagi 45-son
Date of entry into force
18.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-son hamda “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 10-maydagi PQ-3712-son qarorlariga muvofiq qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning salohiyatini oshirish va sohaning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tizimidagi Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-gʻallachilik, sabzovot-polizchilik, bogʻdorchilik va boshqa ekinlarni parvarish qilishda intensiv texnologiyalarni qamrab olgan holda qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtirish boʻyicha barcha agrotexnik tadbirlarni toʻliq mexanizatsiyalashni taʼminlaydigan istiqbolli mashinalashgan agrotexnologiyalar va resurslarni tejaydigan texnika vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lalmi yerlar va choʻl yaylovlarida don, moyli va ozuqabop ekinlar yetishtirish boʻyicha yangi agrotexnologiyalar va texnika vositalarini yaratish va joriy etish yoʻli bilan mahsuldorligi kam yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish va qayta ishlash jarayonlarining samaradorligini, jumladan, noanʼanaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda axborot texnologiyalarini qoʻllash va agrotexnologik tadbirlarni kompleks avtomatlashtirish hisobiga oshirishga qaratilgan innovatsion ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjalik texnikasi va texnika vositalarining yangi zamonaviy turlaridan respublika qishloq xoʻjaligida samarali foydalanishga doir ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ilmiy va oliy taʼlim muassasalari hamda mashinasozlik korxonalari, shuningdek, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan ilmiy-texnik kooperatsiya oʻrnatish va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-2020-yillarda qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning amaliy salohiyatini oshirish va Institutning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarurat boʻlganda, Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan bino va inshootlarni saqlash, shuningdek, xodimlarning (ilmiy xodimlardan tashqari) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining asoslangan hisob-kitoblariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun moʻljallangan parametrlarini shakllantirishda Institutda qurilish-taʼmirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobiga mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash vositalarini yaratish boʻyicha barcha ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va tajriba-konstruktorlik ishlari yagona reja asosida Institut va “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institut ilmiy xodimlari tomonidan innovatsion ishlanmalar asosida yaratilgan mashinalar va mexanizatsiya vositalari namunalarini tayyorlash va ularni davlat sinovlaridan oʻtkazish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi innovatsion ishlanmalar asosida yaratilgan mashinalar va mexanizatsiya vositalari namunalarini belgilangan tartibda sinash uchun tegishli shartnomalar asosida tayyorlashni taʼminlasin, ichki va tashqi bozorlarda ularga boʻlgan talabni, mavjud analoglarga nisbatan texnik parametrlari va narxi boʻyicha raqobatbardoshligini kompleks tarzda oʻrganishni amalga oshirsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda klasterlar yaratishning jahon tajribasini oʻrganib chiqsin va respublikada ushbu tajribadan foydalanish boʻyicha aniq takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzagroservis” AJning Institutning Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanining “Gulbahor” shaharchasi “Ahil” mahallasida joylashgan namoyishlar saroyi binosi, bostirmalar va qorovulxona binosini “Oʻzagroservis” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Institutning foydalanilmayotgan bino va inshootlarini 3-ilovaga muvofiq ochiq savdo orqali sotish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 3-ilovaga muvofiq Institutning boʻsh turgan va foydalanilmayotgan bino va inshootlari bozor narxida belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qoʻyilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, yer uchastkalari maydonlarini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-martdagi 114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq bino va inshootlarni (18, 20, 21, 24-pozitsiyalar) sotishdan tushadigan mablagʻlar Institutning maxsus hisob raqamida jamgʻariladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shu jumladan, taʼmirlash-qayta tiklash ishlari, zamonaviy ilmiy, texnologik hamda laboratoriya asbob-uskunalari va vositalar bilan jihozlash uchun yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Institutning maxsus hisob raqamidagi pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Institutning ustavini ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 18-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 601-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-2020-yillarda qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish, bajariladigan ilmiy tadqiqotlarning salohiyatini oshirish va Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlarining natijadordigini oshirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish va tijoratlashtirishni faollashtirish

1.

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlari natijalari amaliyotga joriy etilishini tizimli tashkil etish.

Idoralararo tasdiqlangan ilmiy tadqiqotlarni bajarish konsepsiyasi

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, qishloq xoʻjaligi mashinasozlik korxonalari, qishloq xoʻjalik sohasidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari

2.

Yaratilayotgan qishloq xoʻjaligi mashinalarining tajriba va maket nusxalarini tayyorlash uchun zamonaviy konstruktorlik boʻlimiga ega boʻlgan tajriba sexini tashkil etish.

Kelishilgan taklif

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi

3.

Ishlab chiqarishga tayyor ilmiy ishlanmalar roʻyxatini shakllantirish.

Kelishib tasdiqlangan roʻyxat

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

4.

Ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish choralarini koʻrish.

Har bir ishlanma boʻyicha kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar

2019-yil

iyul

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

5.

Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mashina va mexanizmlari namunalarini adaptatsion sinovlaridan oʻtkazish.

Chora-tadbirlar

2020-yil

yanvar

Fanlar akademiyasi,
“Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ

II. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish, butlovchi qismlar va sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini izchil joriy etish

6.

Maʼmuriy bino va laboratoriya korpuslarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash.

Loyiha taklifi

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

7.

Zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish, asbob-uskunalar bilan jihozlash va butlovchi qism hamda sarflash materiallari bilan taʼminlash.

Loyiha taklifi

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

8.

Mavjud axborot-kommunikatsiya vositalari tizimini yangilash.

Kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar grafigi

2019-yil avgust

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

9.

Bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, ayrim toifadagi xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil sentabr

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

10.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Kelishib tasdiqlangan chora-tadbirlar jadvali

tasdiqlangan jadval boʻyicha

Fanlar akademiyasi,
Moliya vazirligi

III. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasidagi tashkilot, korxona, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro aloqalarni kuchaytirish va hamkorlikning samaradorligini oshirish

11.

Institut doktoranturasida turdosh ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari uchun ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni maqsadli tayyorlash.

Tashkilot kengashining qarori

2019-yil
may

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

12.

Bajarilayotgan ilmiy muammoli mavzular boʻyicha tuzilgan ilmiy-ijodiy guruh tarkibida doktorantlar ulushi 10 foizdan kam boʻlmasligini taʼminlash.

Tashkilotning buyrugʻi

har yili yanvar oyida

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

13.

Ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy ishlanmalar amaliyotga joriy etilishini taʼminlovchi hamkorlikni mustahkamlash.

Isteʼmolchilarga taqdim etiladigan loyihalar taklifi

2019-yil

mart

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, qishloq xoʻjaligi mashinasozlik korxonalari

IV. Xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardosh qishloq xoʻjalik texnikasi ishlab chiqarilishini faollashtirish

14.

Xorijiy stajirovkalarni tashkil etish uchun yosh olimlar va ilmiy xodimlar hamda yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

Kelishib tasdiqlangan jadval

2019-yil fevral

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

15.

Yosh olimlar va ilmiy xodimlar xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida stajirovkadan oʻtishini taʼminlash.

Xorijiy muassasalar bilan tuziladigan shartnomalar

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

16.

Ilmiy xodimlar uchun seminar va treninglar oʻtkazish uchun xorijiy mutaxassis va olimlarni jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

mart

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

17.

Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlarini keng jalb qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil aprel

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

18.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va doktorantlarga maslahatchilik qilish uchun PhD ilmiy darajasiga ega xorijiy olimlarni jalb qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

avgust

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining boʻshayotgan va ochiq savdo orqali sotuvga qoʻyilayotgan bino va inshootlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Obyektlar nomi

Qurilgan yili

Kadastr raqami

Maydoni,
kv m

Joylashgan joyi

1

2-maʼmuriy bino laboratoriya bokslari, bostirmasi va qorovulxonasi bilan

1981

11 — 15 — 10 — 03 — 02 — 2104

20793,56

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Gulbaxor shaharchasi, “Shodlik” mahallasi

2

Issiqxona majmuasi, qorovulxonasi bilan

2008

10 — 15 — 10 — 03 — 02 — 0314

20000,0

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Gulbaxor shaharchasi, “Shodlik” mahallasi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, yer uchastkalari maydonlarini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-martdagi 114-son qaroriga 2-ilovadan 22-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.”
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 09/19/45/2500-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 25.09.2021-y., 09/21/601/0909-son)