16.01.2019 yildagi PQ-4118-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.01.2019 yildagi PQ-4118-son
Date of entry into force
16.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda yogʻ-moy tarmogʻini rivojlantirish, aholi ehtiyojini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va tayyor mahsulotlar assortimentlarini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, haqiqiy holat shuni koʻrsatadiki, yogʻ-moy tarmogʻini boshqarishning yagona tizimining yoʻlga qoʻyilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish mexanizmining samarasizligi bilan bogʻliq muammolarning mavjudligi ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirishga, investitsiyalarni jalb qilish va tarmoqning jadal rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xom ashyo bazasining chegaralanganligi oqibatida tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 50 foizdan oshmaydi, bu davlat ishtirokidagi yogʻ-moy korxonalar faoliyatining samaradorligi va raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini yanada qisqartirish, respublika yogʻ-moy tarmogʻining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish uchun sharoit yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yogʻ-moy sanoati korxonalari, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtayogʻ” AJ negizida Oʻzbekiston Respublikasi yogʻ-moy sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi) tashkil etish hamda unga “Oʻzpaxtayogʻ” AJga tegishli boʻlgan mol-mulk va boshqa mablagʻlarni, shuningdek debitor va kreditor qarzdorliklarni oʻtkazish, “Oʻzpaxtayogʻ” AJga tegishli xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi koʻchmas mulk va aksiyalar paketi (ulushi) bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi “Oʻzpaxtayogʻ” AJning aksiyalar paketi (ulushi)ni 1-ilovaga muvofiq Agentlikka oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻlgan yogʻ-moy sanoati korxonalari va tashkilotlari “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi aʼzolari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlash uning taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga asosan uning taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi faoliyatini joriy taʼminlash va moliyalashtirish uning aʼzolarining badallari va ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻ-moy xom ashyolarini qayta ishlash va yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yagona kompleks sifatida yogʻ-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqqa keng joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi aʼzo — tashkilotlarining huquq va manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, xom ashyoni chuqur qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ozuqa-yem bazasini kengaytirish, ichki bozorni yogʻ-moy mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashda tarmoq korxonalariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani har tomonlama oʻrganish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik jihatdan qayta jihozlashda, yuqori unumli zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishda, mazkur maqsadlar uchun investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda tarmoq korxonalariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻ-moy tarmogʻining standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini xalqaro talablar va standartlarga uygʻunlashtirish orqali uni takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xom ashyo bazasini rivojlantirish hamda yogʻ-moy tarmogʻi tashkilotlarining moyli oʻsimlik urugʻlarini yetishtiruvchilar bilan oʻzaro munosabatlari mexanizmini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻ-moy sanoati sohasida kadrlarni tayyorlashga boʻlgan real ehtiyojni va istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqni jadal rivojlantirish va yogʻ-moy sanoatining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish, shuningdek mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi mol-mulk soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning shartnomalar asosida “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasiga ajratmalari yuridik shaxslar foyda soligʻining soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Korxonalar 2021-yil 1-yanvarga qadar oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish maqsadida TIF TN kodlari 1201 — 1207 guruhi boʻyicha import qilinadigan yogʻ-moy xom ashyosi hajmi (soya danagi, kungaboqar va boshqa moyli oʻsimliklar urugʻlari) uchun bojxona toʻlovlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan yogʻ-moy sanoati korxonalariga 2022-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan TIF TN kodlari 2815, 3802, 3815 guruhi boʻyicha uskunalar, butlovchi buyumlar, materiallar (kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral mahsulotlar va katalizatorlar) importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni 90 kunga kechiktirish imkoniyati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni kechiktirish boʻyicha qarzdorlik summasini qoʻshilgan qiymat soligʻi yuzasidan umumiy hisob-kitobda yopishni nazarda tutuvchi “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan yogʻ-moy sanoati korxonalarga qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha kechiktirish berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Yogʻ-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish boʻyicha 150,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi 37 ta investitsiya loyihalarini 2019-2020-yillarda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyor oʻsimlik yogʻi importini bosqichma-bosqich qisqartirish bilan bir vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha yetkazish va yuqori qoʻshilgan qiymatli yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yogʻ-moy xom ashyolari olib kirish hajmlarini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilga qadar respublikada muqobil moyli oʻsimliklar yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish hisobiga yogʻ-moy xom ashyolari jamgʻarish miqdorini 100 ming tonnaga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yilga qadar oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagacha yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha qiymati 100 mln. AQSH dollari boʻlgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga hamkorlikda oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) narxlar barqarorligini va ichki bozorning yogʻ-moy mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini bir maromda taʼminlash maqsadida 50 ming tonna hajmli zamonaviy yogʻ-moy xom ashyolari saqlash sigʻimlarini tashkil qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik 2019-yil 1-sentabrga qadar boʻlgan muddatda sotiladigan aksiya paketlari (ulushlari)ni baholash jarayonlarining shaffofligini, ularning boshlangʻich narxini, shuningdek savdoni tashkil etish va oʻtkazish shartlarini taʼminlagan holda ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq oʻtkaziladigan xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni belgilangan tartibda sotish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi va Agentlik bilan birgalikda yogʻ-moy tarmogʻiga korxonalarning uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlash uchun yetarli xom ashyo bazasiga ega boʻlgan xorijiy investorlarni va yetakchi yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ustav jamgʻarmasida davlat ulushi mavjud boʻlgan yogʻ-moy tarmogʻi korxonalarining boʻsh turgan yer uchastkalarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin va ularni ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan yogʻ-moy korxonalarining boʻshaydigan hududlarida ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — yogʻ-moy tarmogʻiga korxonalarning uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlash uchun yetarli xom ashyo bazasiga ega boʻlgan xorijiy investorlarni va yetakchi yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini jalb qilish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri B.T. Yusupovga — fermer xoʻjaliklari tomonidan soya va muqobil moyli oʻsimliklar urugʻlarini yetishtirishni tashkil qilish choralarini koʻrish, ularning hisobini yuritish va ularga har tomonlama koʻmaklashish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mavjud xom ashyo resurslaridan, infratuzilmalar, mehnat resurslari va bozor ehtiyojidan hamda hududdagi mavjud quvvatlardan kelib chiqqan holda yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni loyihalashtirishda tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda yogʻ-moy sanoati tarmogʻida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjalik vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yogʻ-moy sanoati tarmogʻi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy markazni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi zimmasiga yuklangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasini statistik maʼlumotlarni majburiy tarqatish reyestriga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzili boʻyicha bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 16-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4118-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga aksiya ulushlari oʻtkazib beriladigan xoʻjalik birlashmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Korxona nomi

“Oʻzpaxtayogʻ” AJ ulushi

(foizda)

1.

“Turon Xojeyli” AJ

79,7

2.

“Yogʻgar-Beruniy” AJ

89,3

3.

“Andijon yogʻ-moy” AJ

58,4

4.

“Asaka yogʻ” AJ

51,1

5.

“Kogon yogʻ ekstraksiya” AJ

51

6.

“Qarshi yogʻ ekstraksiya” AJ

51

7.

“Koson yogʻ ekstraksiya” AJ

51

8.

“Surxonoziqovqatsanoat” AJ

59,9

9.

“Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ

64,9

10.

“Uchqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ

51,7

11.

“Guliston ekstrakt yogʻ” AJ

58,9

12.

“Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ

56,3

13.

“Qoʻqon yogʻ-moy” AJ

51

14.

“Fargʻona yogʻ-moy” AJ

84,5

15.

“Urganch yogʻ-moy” AJ

60,3

16.

“Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ

56

17.

“Yevrosnar” MCHJ

51

18.

“Nurli don” MCHJ

51

19.

“Boʻston olami” MCHJ

51

20.

“Vangʻozi Agroeksport” MCHJ

51

21.

“Kontinent-N yogʻ-moy” MCHJ

51

22.

“Agroxizmat shindon” MCHJ QK

51

23.

“Namangan tola tekstil” MCHJ

51

24.

“MT Invest-Impeks” MCHJ

36,7

25.

“Moddiy-texnika taʼminoti bazasi” MCHJ

21,9

Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova izohi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarida kichik sanoat zonalari tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Oʻzpaxtayogʻ” AJ yogʻ-moy korxonalari roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Korxona nomi

Umumiy yer maydoni, ga

Shu jumladan:

asosiy ishlab chiqarish obyektlari

yordamchi bino
va inshootlar

boshqa tutash hududlar

1.

“Andijon yogʻ-moy” AJ

12,0

7,2

1,9

2,9

2.

“Asaka yogʻ” AJ

12,8

7,9

4,1

0,8

3.

“Kogon yogʻ ekstraksiya” AJ

15,0

7,9

3,8

3,3

4.

“Qarshi yogʻ ekstraksiya” AJ

14,9

7,4

1,7

5,8

5.

“Koson yogʻ ekstraksiya” AJ

17,1

9,1

2,7

5,3

6.

“Uchqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ

15,0

10,8

1,2

3,0

7.

“Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ

26,8

15,8

3,1

7,9

8.

“Surxonoziqovqatsanoat” AJ

17,2

14,0

2,2

1,0

9.

“Guliston ekstrakt yogʻ” AJ

17,1

9,1

2,1

5,9

10.

“Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ

19,2

10,9

5,9

2,5

11.

“Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ

10,0

8,0

1,6

0,4

12.

“Qoʻqon yogʻ-moy” AJ

17,2

10,8

4,1

2,3

13.

“Urganch yogʻ-moy” AJ

20,9

11,2

7,2

2,5

Jami

215,2

130,0

41,6

43,6

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 07/19/4118/2489-son, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)