Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2021 10.01.2019 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.01.2019 yildagi 16-son
Date of entry into force
10.01.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.05.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” 2019-yil 16-dekabrdagi OʻRQ-595-son Qonuni” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorligini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-maydagi PQ-3739-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublikada mahalliy xomashyo bazasida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi va “Imperial Jewelry Inc.” (AQSh) kompaniyasi oʻrtasida “Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgani:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “Imperial Jewelry Inc.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan uch yillik davr mobaynida 20 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya mablagʻlari kiritilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish muddati yakuniga qadar yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmining 10 tonnagacha yetkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 tadan kam boʻlmagan yangi ish oʻrinlari yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) loyihani amalga oshirish maqsadida “Imperial Jewelry Inc.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida “Imperial Jewelry” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona (keyingi oʻrinlarda “Imperial Jewelry” MChJ XK deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekzargarsanoat” uyushmasining “1 — Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi mulkiy kompleksining bir qismi va Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Zargarlik koʻchasi, 46 B manzilida joylashgan “2 — Zargarlik korxonasi” Davlat korxonasi binosining 457 kv. m. maydonli binosini (keyingi oʻrinlarda mulkiy kompleksi deb ataladi) “Imperial Jewelry” MChJ XKga “nol” xarid qiymatida sotish toʻgʻrisidagi takliflariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 1-bandi a) kichik bandiga muvofiq erishilgan kelishuvlar doirasida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda mulkiy kompleksning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti oldidagi va davlatning maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek, boshqa kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash majburiyatlarini bajarishi sharti bilan rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarishi sharti bilan “Imperial Jewelry” MChJ XK bilan “nol” xarid qiymatida mulkiy kompleksning oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Imperial Jewelry” MChJ XK tomonidan qabul qilinadigan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar zarur darajada bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan tartibda toʻliq hajmda bajarilganidan soʻng mulkiy kompleksga egalik qilish huquqi “Imperial Jewelry” MChJ XKga oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning ushbu qarorda belgilangan shartlar asosida amalga oshirish taʼminlanmagan taqdirda “nol” xarid qiymatida sotilgan mulkiy kompleks Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga kelgusida maqsadli foydalanish uchun qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvardan boshlab har yili qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va taqsimlash prognozini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar va shakllantirilgan buyurtmalar portfeliga koʻra mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar uchun qimmatbaho metallar hajmlarini nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi va “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda ilgʻor xorijiy tajriba tahlillari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlgan va belgilangan talablarga javob beradigan korxonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar — zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi mexanizmini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslardan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida, shuningdek, qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar hamda tijorat banklari tarmoqlari orqali bevosita qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga sotish narxini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari orqali konvertatsiya qilinadigan valyuta oʻrnini bosuvchi investitsiya vositasi — naqdsizlashtirilgan metall hisob raqamlari ochish uchun qimmatbaho metallardan keng foydalanish maqsadida metallar yombisi savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 10-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 09/19/16/2455-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)