Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024 08.01.2019 yildagi PF-5614-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.01.2019 yildagi PF-5614-son
Date of entry into force
09.01.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror, ijobiy oʻsishini taʼminlamoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirish, tovarlar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, iqtisodiy salohiyatni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligi va faoliyati samaradorligini kuchaytirish asosida aholi turmush darajasini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Islohotlar yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish, samarali fiskal siyosatni yuritish, soliqqa tortish tizimi va soliq maʼmuriyatchiligini tubdan isloh qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy resurslarni taqsimlashda bozor tamoyillarini keng joriy qilish asosida respublikaning raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtishi jarayonlarini tezlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini mustahkamlash, aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlamlarini himoya qilish hajmlari va turlarini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini yanada oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy boyliklardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhit muhofazasini taʼminlash, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Iqtisodiy kengash (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiy kengash) 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy kengash huzurida “Islohotlar yoʻl xaritasi”dagi aniq chora-tadbirlarning eng muhim yoʻnalishlarini ekspertizadan oʻtkazuvchi, xorijiy mutaxassislardan iborat Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy kengash (A. Aripov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda bir hafta muddatda “Islohotlar yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert guruhlari tarkiblarini tasdiqlasin hamda ularni vazirlik va idoralarning masʼuliyatli, istiqbolli va yuksak kasbiy mahoratga ega yosh kadrlar bilan toʻldirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Iqtisodiy kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni va xatarlarni tahlil qilish va aniqlash, tahlil natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kelgusida amalga oshiriladigan yangilanishlar yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Islohotlar yoʻl xaritasi”ning aniq yoʻnalishlari boʻyicha strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini taʼminlash hamda kompleks masalalarni puxta oʻrgangan holda hal etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning aʼzolari va jalb qilingan mutaxassislar faoliyatini tashkil etish, “Islohotlar yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan eng muhim dasturlar va chora-tadbirlarni ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Islohotlar yoʻl xaritasi”ni ijro etish davomida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini idoraviy koʻlamda va keng jamoatchilik ishtirokida har tomonlama muhokama qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Islohotlar yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishi va nazorat qilinishini tashkil etish, zarur hollarda belgilangan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishi uchun tezkor choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik oʻrnatish, shu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib belgilansinki, unga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul idora “Islohotlar yoʻl xaritasi”ga kiritilgan masalalar yuzasidan materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oldindan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan Iqtisodiy kengash Kotibiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kotibiyat Iqtisodiy kengash aʼzolari va Xalqaro ekspertlar guruhi bilan birga materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻrganib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta ishlangan materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va jalb qilingan ekspertlar, shu jumladan Xalqaro ekspertlar guruhi aʼzolarining xulosalari Iqtisodiy kengash yigʻilishida muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy kengash “Islohotlar yoʻl xaritasi”ga kiritilgan masalalar boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, keng muhokama qilish, tasdiqlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga kiritishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiy kengash (A. Aripov) masʼul idoralar bilan birgalikda quyidagi loyihalarning tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Strategiyalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalarni isloh qilish boʻyicha — 2019-yil 1-iyungacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli Oʻzbekiston-2030) boʻyicha — 2019-yil 1-dekabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlimni rivojlantirish boʻyicha — 2020-yil 1-martgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish boʻyicha — 2020-yil 1-sentabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Konsepsiyalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha — 2019-yil 1-aprelgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha — 2019-yil 1-oktabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha — 2019-yil 1-oktabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat pensiya tizimini isloh qilish boʻyicha — 2020-yil 1-yanvargacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish boʻyicha — 2020-yil 1-iyungacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Yoʻl xaritalari”:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsion muhitni yaxshilash boʻyicha — 2019-yil 1-aprelgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish boʻyicha — 2019-yil 1-noyabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha — 2020-yil 1-sentabrgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, Xalqaro ekspertlar guruhi aʼzolari va boshqa jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish va ular mehnatiga haq toʻlash, Iqtisodiy kengashning faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlar Iqtisodiy kengash kotibiyati taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti hamda jalb qilingan grantlar, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning texnik koʻmaklari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Iqtisodiy kengash kotibi — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.Y. Xaydarovga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Islohotlar yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini tizimli monitoring qilishni tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida vazirlik va idoralarga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning aʼzolari va jalb qilingan xorijiy ekspertlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har 15 kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga “Islohotlar yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish boʻyicha batafsil axborotni tegishli ilovalari bilan kiritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, “Islohotlar yoʻl xaritasi”ga kiritilgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati va ularning amalga oshirilishi keng yoritilishini tashkil etsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 8-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5614-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PF-5614-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritasi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Yoʻnalishlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

Masʼul ijrochilar

I. Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash

1.1

Makroiqtisodiy institutlarni kuchaytirish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Inflyatsiyani pasaytirish va barqaror narxlarni taʼminlash boʻyicha Hukumat va Markaziy bankning birgalikdagi harakatlarini ishlab chiqish:

Markaziy bankning monetar siyosat va moliyaviy barqarorlikni boshqarishdagi avtonomiyasini mustahkamlash;

inflyatsiyani bosqichma-bosqich pasaytirishning oʻrta muddatli dasturini ishlab chiqish;

XVJ pul siyosati va kapital bozorlari boʻyicha texnik yordam hisobotida tavsiya etilgan qisqa muddatli va institutsional choralarni amalga oshirish.

Iqtisodiy kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil sentabr

Asosiy ijrochi:

Markaziy bank (Nurmuratov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Davlat statistika qoʻmitasi

(Begalov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi makroiqtisodiy maʼlumotlarni jamlash sifatini yaxshilash va tahlil qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan Dasturni ishlab chiqish:

makroiqtisodiy maʼlumotlarni jamlash va chop etish jarayonini tezlashtirish;

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari oʻrtasida doimiy maʼlumotlarni almashish va makroiqtisodiy siyosat chora-tadbirlarini birgalikda ishlab chiqish tizimini yoʻlga qoʻyish;

markazlashgan va nomarkazlashgan statistik tizimlarni qoʻllashga asoslangan zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan soʻrovnomalar oʻtkazish va jamlash tizimini hamda statistik maʼlumotlarni qayta ishlash va eʼlon qilish tizimlarini shakllantirish;

makroiqtisodiy tahlilning xalqaro amaliyotda sinovdan oʻtkazilgan axborot tizimlari va kompyuter modellarini joriy etish;

oʻrta muddatli makroiqtisodiy tahlil (fiskal, soliq va qarz) va prognozlashtirishning yangi vositalarini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil noyabr

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Markaziy bank (Nurmuratov),

Davlat statistika qoʻmitasi

(Begalov),

Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev),

Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi

(Sadikov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev)

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasini
2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;

iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligi, investitsion va eksport salohiyatini oshirish;

tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

oʻrtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga kirish, mehnat bozoridagi keskinlik darajasini kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish va kam taʼminlanganlik darajasini pasaytirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil mart

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat investitsiya qoʻmitasi (Bekenov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Tashqi savdo vazirligi (Xoʻjayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev),

Markaziy bank (Nurmuratov),

Davlat statistika qoʻmitasi

(Begalov),

Davlat raqobat qoʻmitasi

(Sharipov)

1.2

Fiskal siyosat

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi fiskal siyosat samaradorligini oshirish Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

vaqtinchalik tashqi shoklar va islohotlar natijasida yuzaga keladigan yoʻqotishlarni boshqarishning yetarlicha moslashuvchan shart-sharoitlarini taʼminlaydigan fiskal siyosat qoidalarini ishlab chiqish;

umumiy fiskal balans doirasida davlat dasturlarini kreditlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi konsolidatsiyalashgan budjeti va amaliyotlarini aniq hisobga olishni joriy etish;

fiskal xavf-xatarlarning aniqlash, oshkor qilish va boshqarish qoʻllanmasini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Markaziy bank (Nurmuratov),

Davlat investitsiya

qoʻmitasi

(Bekenov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat xarajatlari samaradorligi va hisobdorligini yaxshilash boʻyicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

�irik xarajatli sohalarda davlat xarajatlari samaradorligini tahlil qilish;

davlat korxonalari va boshqa budjetdan tashqari tashkilotlarning moliyaviy mablagʻlari oʻtkazmalarini boshqarish qoidalarini ishlab chiqish;

davlat budjeti xarajatlari samaradorligi boʻyicha islohotlarni amalga oshirishda tarmoq vazirliklarini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish;

budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini baholovchi muhim indikatorlarni joriy qilgan holda budjet tashkilotlarini dasturiy-maqsadli moliyalashtirish usuliga oʻtish;

davlat xarajatlarini oʻrta muddatli budjetlashtirishni va xalqaro amaliyotga muvofiq davlat budjeti loyihasini qonun shaklida tasdiqlash tartibini joriy qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil oktabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Markaziy bank (Nurmuratov)

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish Strategiyasini ishlab chiqish:

davlat aktivlari (shu jumladan davlat korxonalari, davlat maqsadli fondlari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi) sifati va likvidliligini konsolidatsiyalashgan holda baholash;

ichki va tashqi qarzlarning hamda davlat qarzi hajmining “yuqori chegarasini” joriy qilish;

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish, oʻrta muddatli investitsiyalash strategiyasini qabul qilish, milliy farovonlik suveren jamgʻarmalarining xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotlarini eʼlon qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

davlat maqsadli jamgʻarmalarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti doirasida konsolidatsiyalash nuqtai nazaridan isloh qilish masalalarini koʻrib chiqish;

ichki bozorda davlat qarzlarini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

qarzlarni boshqarish infratuzilmasini yaxshilash va davlat qimmatli qogʻozlari muomalasi negizida bozor vositalarini rivojlantirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil noyabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Davlat investitsiya

qoʻmitasi (Bekenov)

1.3

Soliq islohoti

1. Jahon amaliyotiga muvofiq yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

Kodeksni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Hisob palatasi (Ikramov),

Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev)

2. Soliq organlari va soliq tizimining faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan soliq maʼmuriyatchiligiga hamda iqtisodiy siyosatga mos keluvchi axborot tizimlari va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish.

3. “Xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish boʻyicha Dastur ishlab chiqish

II. Raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonini jadallashtirish

Yer va kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish

2.1

Yerdan foydalanish va foydalanuvchilarning huquqlari

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish:

kichik, oʻrta va yirik fermer xoʻjaliklari talabidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi yerlarini ajratish mezonlarini qayta koʻrib chiqish, barcha jarayonlarning shaffofligi, samaradorligi va raqobatbardoshligini taʼminlash;

yer huquqlari va ularni berishning yangi shakllarini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

ishlab chiqarish shartnoma maqsadlariga erishish uchun yerdan foydalanishni tartibga solish va fermerlar tomonidan ekinlarni tanlash shakllarining moslashuvchanligini oshirish choralarini koʻrish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil oktabr

Asosiy ijrochi:

“Yergeodezkadastr” davlat

qoʻmitasi

(Abdullayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligi

vazirligi (Yusupov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi mulkchilik huquqlarini kuchaytirish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

elektron kadastr guvohnomalarini rasmiy hujjat sifatida tan olish va ularga elektron hukumat platformasi orqali kirish imkoniyatini berish;

geomakon axborotlariga erkin kirishni taʼminlash va mulkchilikni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlish imkoniyatini osonlashtirish;

yangi tahrirdagi “Mulk toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil

may

Asosiy ijrochi:

“Yergeodezkadastr” davlat

qoʻmitasi

(Abdullayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Moliya vazirligi

(Xaydarov)

2.2

Moliya bozorlarini takomillashtirish va rivojlantirish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi moliya sektorini yanada rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

bank sektorida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish;

moliya regulyatorining avtonomligini kengaytirish;

bank nazoratini kuchaytirish instrumenti sifatida kredit reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish;

bank tizimini nazorat qilish va boshqarish sohasida Markaziy bankning salohiyatini mustahkamlash;

kapital bozorining xorijiy investitsiyalarga nisbatan meʼyor va cheklovlarini qayta koʻrib chiqish;

banklararo munosabatlar va kapital bozori, shu jumladan fond va sugʻurta bozori hamda lizing xizmatlari bozorini kengaytirish;

qarz qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish, ulushli va qarz instrumentlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, qimmatli qogʻozlar chiqarish jarayonini soddalashtirish;

bozor xatarlarini xedjlash va moliyaviy barqarorlikni taʼminlashning asosiy dastaklaridan boʻlgan, hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish;

investitsiya kompaniyalari, anderayterlar, venchur jamgʻarmalar faoliyatini rivojlantirish;

tadbirkorlik subyektlari loyihalarini va startaplarni moliyalashtirishning muqobil mexanizmlarini (masalan, kraudfanding) joriy etish;

zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni (“Fin-tech”) rivojlantirish uchun normativ-huquqiy bazani yaratish;

elektron raqamli moliyaviy xizmatlar sohasi uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

moliyaviy xizmatlar qamrovini oshirish, moliya sektorida isteʼmolchilarni himoya qilish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha strategiyani ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil

mart

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil

may

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

2. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan Moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

xalqaro ilgʻor amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida, jumladan mikroqarz sohasidagi cheklovlarni bekor qilishni nazarda tutgan holda, mikromoliyalashtirish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilikni va meʼyorlarni qayta qoʻrib chiqish;

mikrokredit tashkilotlar moliyaviy barqarorligini taʼminlashga va ularning faoliyatidagi xatarlarni oldindan aniqlashga qaratilgan mikrokredit tashkilotlar faoliyatini boshqarish boʻyicha normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;

mikrokredit tashkilotlari uchun meʼyorlarni liberallashtirish va xorijiy yuridik shaxslarga ularning muassisi/aksioneri boʻlishiga ruxsat berish;

Sugʻurta faoliyati turlariga oid qonunchilik tuzilmasini qayta koʻrib chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil aprel

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil iyun

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Jahon iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish

2.3

Savdo siyosati va eksportni liberallashtirish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Savdo siyosati va eksportni liberallashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish:

notarif savdo toʻsiqlari va buzib koʻrsatishlarni qayta koʻrib chiqish, ularni Jahon savdo tashkiloti meʼyor va kelishuvlariga muvofiqlashtirish, karantin, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya nazorati organlari faoliyati tizimini takomillashtirish;

import, eksport, tranzit operatsiyalari boʻyicha hujjatlarni maqbullashtirish maqsadida murakkablashgan jarayon va rasmiyatchiliklarni bartaraf etish va talablarni qayta koʻrib chiqish;

respublikaning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha muzokaralarni bosqichma-bosqich olib borish;

xalqaro amaliyotga mos keluvchi eksportni qoʻllab-quvvatlovchi institutlarning milliy tizimini shakllantirish;

turli tarmoqlarning meʼyoriy-xuquqiy hujjatlarini JST bitimlariga moslashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqish;

chegara postlari ishi samaradorligini oshirish;

chegaraoldi savdolarini kengaytirish;

tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishdagi xarajat va chiqimlarni qisqartirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil may

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil iyul

Asosiy ijrochi:

Tashqi savdo vazirligi (Xoʻjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat bojxona qoʻmitasi

(Azimov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Shadmanov),

“Oʻzstandart” agentligi

(Sattorov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.4

Aviatsiya sektorini isloh qilish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon banki maslahatchilar guruhi bilan birgalikda aviatsiya sektorini isloh qilish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

Aviatashuvlar boʻyicha biznesni, aeroport xizmatlari va boshqa xizmatlar, shuningdek ularni tartibga solish vakolatlarini alohida ajratib chiqarish;

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning uzoq muddatli moliyaviy strategiyasini aniqlash va qarzdorligini qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar;

jahon amaliyotiga muvofiq aeroportlarni va qoʻshimcha xizmatlarni (masalan, yoqilgʻi) diskriminatsiya qilinmaydigan rejimdagi biznes sifatida boshqarish;

raqobat uchun noinfratuzilmaviy xizmatlarni (quruqlikdagi xizmatlar, yoqilgʻi va boshqalar) tashkil etish;

infratuzilma badallarini tartibga solish tizimini yaratish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil aprel

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK (Xakimov),

Davlat investitsiya qoʻmitasi (Kudratov),

Moliya vazirligi

(Haydarov),

OʻTTJ (Vafayev)

2.5

AKT va telekommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish

Quyidagilarni oʻz ichiga olgan Milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli Oʻzbekiston-2030) Strategiyasini ishlab chiqish:

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida elektron xizmatlar infratuzilmasini yaxshilash va raqamlashtirishga oʻtilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

xususiy investitsiyalarni jalb qilish va maʼlumotlarni himoya qilish tizimini yaxshilash maqsadida elektron iqtisodiyot sohasidagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish;

texnologiya sohasida startaplarni venchur orqali moliyalashtirish, elektron tijoratni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

iqtisodiyot tarmoqlari va kunlik hayotda blok-cheynlar, internet vositalari va boshqa zamonaviy internet texnologiyalarini joriy etish;

aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar turini kengaytirgan holda “Elektron hukumat” tizimini yanada takomillashtirish;

dasturlash, autsorsing boʻyicha xizmatlarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil noyabr

Asosiy ijrochi:

LBMA (Li)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi

(Sadikov),

Innovatsion rivojlanish

vazirligi

(Abduraxmonov)

Xususiy sektorni rivojlantirishdagi cheklovlarni bartaraf etish

2.6

Raqobat va tijorat nizolarini hal etish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi raqobat muhitini rivojlantirish va monopoliyaga qarshi tartibga solish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

ochiq iqtisodiyot va bozor raqobatini taʼminlashda monopoliyaga qarshi organning rolini kuchaytirish;

kompaniyalarning raqobatga zid harakatlar bilan kurashishi uchun meʼyorlarni ishlab chiqish, shu jumladan, turli jarimalarni oʻrnatish va joriy etish tuzilmasini tashkil etish, ustunlik mavqeyini aniqlash uchun bozor ulushini bekor qilish;

milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha meʼyorlarni ishlab chiqish;

monopolist-korxonalar reyestrini yuritish jarayonini istisno qilish qismi boʻyicha “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga tuzatishlar kiritish;

tabiiy monopoliyalar mahsuloti va xizmatlari narxlarini shakllantirishning takomillashtirilgan normativ qoidalarini joriy qilish;

monopoliyaga qarshi qonunni buzganlik va kompaniyalarning raqobatga zid harakatlari uchun iqtisodiy sudlar tomonidan jarimalarni belgilash tartibini joriy qilishni nazarda tutish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil aprel

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil iyun

Asosiy ijrochi:

Davlat raqobat qoʻmitasi

(Sharipov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi

(Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Oliy sud

(Kamilov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.7

Tadbirkorlik muhitidagi islohotlar

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon bankining “Biznes yuritish” uslubi asosida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash:

tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan har bir yoʻnalish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish (qurilishga ruxsat olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish, xalqaro savdo, bankrotlikka ruxsat va boshqalar);

normativ bazaga oʻzgartirishlarni oʻz vaqtida amaliy kiritish samarali mexanizmlarini joriy etish;

kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirish, tadbirkorlar bilan “qayta aloqa”ni oʻrnatish orqali ularning takliflarini muhokama qilish mexanizmini yaratish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil aprel

Asosiy ijrochi:

LBMA (Li)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikromov),

Davlat raqobat qoʻmitasi

(Sharipov),

Moliya vazirligi

(Xaydarov),

Qurilish vazirligi

(Toʻxtayev),

Tashqi savdo vazirligi

(Xoʻjayev),

Oliy sud

(Kamilov),

Adliya vazirligi (Davletov)

2.8

Investitsiya muhitini takomillashtirish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish:

jahonning ilgʻor amaliyotini inobatga olgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar strategiyasi va Investitsiya kodeksini qabul qilish;

xorijiy investitsiyalarni, avvalam bor, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli masalalarni aniqlash boʻyicha choralar koʻrish;

xorijiy investorlar bilan ishlashning institutsional bazasini yanada takomillashtirish;

maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil mart

Asosiy ijrochi:

Davlat investitsiya qoʻmitasi (Kudratov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikromov),

Tashqi savdo vazirligi

(Xoʻjayev),

Adliya vazirligi (Davletov)

Tarmoqlar faoliyati samaradorligi va iqtisodiyot samaradorligini oshirish

2.9

Qishloq xoʻjaligi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

ishlab chiqarishga investitsiyalarni jalb etish hamda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qoʻshilgan qiymati zanjirini yaratish;

eksport mahsulotlarining ustuvor nomenklaturasini aniqlash maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining raqobat ustunliklarini baholash;

tomchilatib sugʻorish, gidroponika texnologiyalari va boshqa ilgʻor agrotexnologiyalarni qoʻllash orqali qishloq xoʻjaligini intensiv rivojlantirishga oʻtish;

qishloq xoʻjaligida inson kapitalining oʻsishi tizimini yaratish (fermerlarni yangi texnologiyalarga, budjetlashtirishga, eksport va tashqi bozorlarda savdoga oʻqitish);

kichik fermer xoʻjaliklarni qoʻshilgan qiymat zanjirlariga faol integratsiya qilish;

hududlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash darajasini oshirish;

yerlarni ajratish hamda unumdorlikni ragʻbatlantirish va sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish orqali ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni davom ettirish;

modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish orqali qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sanitariya va fitosanitariya tadbirlarini yaxshilash hisobiga meva-sabzavotchilik va boshqa turdagi mahsulotlarning eksport raqobatdoshligini oshirish;

JST talablariga mos ravishda oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil sentabr

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro

etuvchilar:

Qishloq xoʻjaligi

vazirligi (Yusupov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Xamrayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

LBMA (Li),
“Oʻzstandart” agentligi

(Sattarov),

Davlat investitsiya qoʻmitasi (Kudratov),

Innovatsion
rivojlanish vazirligi (Abduraxmanov)

2.10

Qayta tiklanuvchi energetika

Quyidagilarni nazarda tutadigan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish Strategiyasini ishlab chiqish:

qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishga jalb etilgan tuzilmalarning tashkiliy vakolatlari, roli va javobgarligini aniq belgilash;

qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish moliyalashtirish mexanizmlari (mablagʻlar, imtiyozlar, imtiyozli qarzlar, kredit liniyalari);

qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi loyihalarni va loyiha ishlab chiquvchilarni tanlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash;

oʻzgaruvchan qayta tiklanuvchi energiyaga integratsiya qilish uchun tarmoqlar salohiyati va moslashuvchanligini oshirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil noyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“Energiya tejash milliy

kompaniyasi” AJ (Muratov),

“Oʻzbekenergo” AJ (Mustafayev),

Davlat investitsiya qoʻmitasi (Vafayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

2.11

Energiya samaradorligi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi energiya samaradorligini yaxshilash Strategiyasini ishlab chiqish:

qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan imtiyoz va preferensiyalar berish, qayta tiklanuvchi manbalarni yanada rivojlantirish va ulardan hosil qilinadigan energiyadan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va ragʻbatlantirish;

energiya sarfi yuqori boʻlgan tarmoq va sohalarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha maxsus tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;

energiya samaradorligi standartlarini kengaytirish rejasini va markirovkalash dasturlarini ishlab chiqish;

energiya auditi va energiya auditorlari uchun akkreditatsiyalash/ sertifikatsiyalash meʼyorlari va qoidalarini ishlab chiqish;

energiya isteʼmoli yuqori boʻlgan korxonalarda ISO 50001 xalqaro standarti boʻyicha energetika menejmenti tizimini joriy etish;

qayta tiklanadigan energiya obyektlari, jumladan quyosh va shamol energiya stansiyalari qurilishi uchun tariflarni belgilash va investorlarni tanlashning auksion usullarini joriy etish;

zamonaviy energiya resurslar bozorini shakllantirish, shuningdek energiya resurslari narxi siyosatini takomillashtirish, xususan blokli tariflash, auksion savdolari va boshqa mexanizmlarni joriy etish;

yangi energiya samarador biznes-modellar sifatida xususiy energoservis kompaniyalari (ESKO) va super-ESKOlarning energiya samaradorligiga koʻmaklashish uchun meʼyoriy nizom va siyosatni ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil noyabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“Energiya tejash milliy

kompaniyasi” AJ (Muratov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

“Oʻzbekenergo” AJ (Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ (Ashrafxanov),

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov)

Kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilash

2.12

Energetika xoʻjaligi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi integratsiyalashdan milliy energetika Stategiyasini ishlab chiqish:

elektr energiyasi va gaz sektori uchun nisbatan kam qiymatli investitsiya dasturlarini hisobga olgan holda energetika sektorini isloh qilish va rivojlantirish;

energetika, gaz tarmoqlari korxonalari uchun moliyaviy qoplash va xarajatlarni qoplashning tarmoq prinsiplari;

energetika sektoriga xususiy investorlarni jalb etish va ular ishtiroki variantlarini aniqlash;

ishtirok etuvchi xususiy sektor kompaniyalari tanlovi shaffofligini taʼminlash uchun raqobatni taʼminlash chora-tadbirlarini aniqlash.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil fevral

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil aprel

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

“Oʻzbekenergo” AJ (Mustafoyev),

“Oʻzbekneftgaz” AJ (Ashrafxanov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),
“Energiya tejash milliy

kompaniyasi” AJ (Muratov),

Davlat investitsiya qoʻmitasi (Vafayev),

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Qoʻchqorov),

“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi (Isaqulov)

2.13

Suv taʼminoti tizimi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi uzluksiz suv taʼminoti va sanitariya xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha integratsiyalashgan dasturlarni ishlab chiqish:

sektorda xarajatlarni qoplash barqarorligiga erishish uchun yangi tarif siyosatini qabul qilish (isteʼmol qilish asosida bloklashtirish oshiriluvchi tariflar);

hisoblashning avtomatlashtirish va hisob kitoblarni takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

meʼyorlar va siyosat oʻrtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish va sektorni mustahkamlash va modernizatsiya qilish uchun institutsional va huquqiy tuzilmani takomillashtirish;

davlat kommunal kompaniyalari ustidan davlat nazorati va tekshiruvini optimallashtirish (masalan, tegishli sektor rejalariga mos ravishda shartnomalarni bajarish, maqsadlarni belgilash);

davlat-xususiy sheriklik amaliyotini joriy etish;

suv, suv resurslari, ularning manbalari va iqlimni himoyalash integratsiyalashgan resurslarini boshqarishni kuchaytirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

“Uyjoykomxizmat”

vazirligi (Saliyev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),
Moliya vazirligi (Xaydarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

rivojlantirish

vazirligi

(Sadikov)

III. Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularga xizmat koʻrsatishni mustahkamlash

Aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish

3.1

Pensiya islohoti

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat pensiya tizimini isloh qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish:

pensiya tizimi tavakkalchiliklarini baholash, buning asosida amaldagi pensiya tizimini qayta koʻrib chiqishni tashkil etish va uni isloh qilishning salohiyatli variantlarini aniqlash;

Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimlarini baholashni oʻtkazish (toʻlovlarni yigʻish va hisob yuritish, nafaqalarni toʻlash va kelishish, aʼzolar bilan aloqa va boshqalar);

mehnat daftarchalarini raqamlashtirish bilan birgalikda pensiya ajratmalari va bandlikni hisobga olish tizimlarini modernizatsiya qilish;

pensiya tizimi barqarorligining oʻrta va uzoq muddatli prognozini ishlab chiqish, maqbul pensiya formulasini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil oktabr

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Qudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev),
Davlat soliq qoʻmitasi (Musayev)

3.2

Ijtimoiy kafolatlar tizimi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ijtimoiy kafolatlar tizimini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ni ishlab chiqish:

ijtimoiy kafolatlar taqdim etish tizimini takomillashtirish uchun ijtimoiy registrni joriy etish;

kam daromadli oilalarga toʻlanadigan ijtimoiy nafaqalarni yagona maqsadli toʻlovlarga birlashtirish orqali ijtimoiy nafaqa tizimlarini jamlash;

islohotlar natijasida yuzaga keladigan joriy oʻzgarishlarni inobatga olgan holda, ijtimoiy himoya tizimlarining qamrab olinishini taʼminlash maqsadida ularning holati va darajasini muntazam koʻrib chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil sentabr

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

3.3

Mehnat bozorini isloh qilish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi mehnat bozorini isloh qilish boʻyicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

davlat sektorida ish haqi fondini isloh qilish (jumladan, ish haqini indeksatsiya qilish jarayonlari);

vaqtincha ishsizlikni sugʻurtalash xizmatidan foydalanishni soddalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ishlovchilarni ijtimoiy sugʻurtalashning amaldagi tizimini Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari va xalqa�o normalarga moslashtirish, shuningdek ayollar kamsitilishiga barham berishga yoʻnaltirilgan bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlash tizimini takomillashtirish;

katta yoshlilar uchun taʼlim dasturlarini amalga oshirish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash;

kasb-hunar texnik taʼlim dasturlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish variantlarini tahlil qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

Imkoniyatlarni kengaytirish va fuqarolarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash

3.4

Iqtisodiy imkoniyatlardan keng foydalanish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida xotin-qizlarning ishtirokini cheklashga barham berish;

xotin-qizlarning iqtisodiyotda ishtirokini kengaytirish uchun davlat dasturlarining manzilliligini yaxshilash;

xotin-qizlar oʻrtasida professional yetakchilik va tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil sentabr

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil oktabr

Asosiy ijrochi:

Oʻzbekiston Xotin-qizlar

qoʻmitasi (Narbayeva)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

3.5

Sogʻliqni saqlash

Quyidagilarni nazarda tutuvchi sogʻliqni saqlashni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasini” ishlab chiqish:

sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorning keng ishtirok etishi;

tibbiy xizmatlarni davlat tomonidan moliyalashtirishni oshirish, arzon dori-darmonlar bilan taʼminlash;

tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga kafolatli tibbiy xizmatlar toʻliq va sifatli koʻrsatilishini nazorat va monitoring qilishning amaliy mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish;

imkoniyatlarni baholash va majburiy tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

sogʻliqni saqlashning tibbiy va notibbiy xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil noyabr

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

3.6

Taʼlim

Quyidagilarni nazarda tutuvchi taʼlimni rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish:

xalqaro standartlarga javob beradigan va jahon mehnat bozorida Oʻzbekiston yoshlarining raqobatbardoshligini taʼminlaydigan zamonaviy taʼlim tizimini yaratish;

PISA, TIMSS va PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlari bilan birgalikda ishlash;

oʻqituvchilarni tayyorlash oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish, oʻqituvchilarni asosiy faoliyat sohasidan ajralmagan holda ularning malakasini oshirish, shuningdek, ushbu dasturlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

uzluksiz taʼlim tizimining sifatini nazorat qilishni taʼminlash;

mazkur sektorda qaror qabul qilishga koʻmaklashish maqsadida hukumat, universitetlar va ish beruvchilar oʻrtasida muloqotni kengaytirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil dekabr

Kengashda muhokama qilishi:

2020-yil fevral

Asosiy ijrochi:

Taʼlim sifatini nazorat

qilish davlat inspeksiyasi

(Tashkenbayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim

vazirligi (Madjitov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Shermatov),

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

IV. Kuchli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish

Davlatni ishlab chiqaruvchidan xususiy sektor sherigiga aylantirish

4.1

Iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish va davlatning iqtisodiy faoliyatini optimallashtirish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash;

davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi,

Adliya vazirligi

(Davletov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi iqtisodiyotda davlatning rolini qisqartirish boʻyicha Kompleks qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

davlat organlari funksiyalarining va davlat tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning ayrim turlarini xususiy sektor subyektlariga oʻtkazish;

yuridik shaxslarning professional uyushmalarini shakllantirish (oʻzini oʻzi boshqarish organlari) yoʻli bilan tadbirkorlik faoliyatining oʻzini oʻzi boshqarish boʻyicha qonunchilik bazasini yaratish orqali davlat tomonidan tartibga solishni qisqartirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyun

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Davlat raqobat qoʻmitasi

(Sharipov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Musayev),

Adliya vazirligi (Davletov)

4.2

Davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalarni isloh qilish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalarni isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqish:

davlat korxonalari samaradorligini oshirish va boshqarishni takomillashtirish, shu jumladan ularni nazorat qilish tartib-qoidalarini qayta koʻrib chiqish;

turli davlat boshqaruvi organlari tasarrufida boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarining davlat ulushlarini yagona boshqaruv organiga berish;

davlat sektorida korporativ boshqaruv prinsiplarini keng joriy etish, shuningdek, “Mustaqil direktorlar” institutini rivojlantirish;

budjet subsidiyalarini qisqartirish va davlat korxonalari uchun bank moliyalashtirishidan imtiyozli foydalanish;

xususiy sektorni iqtisodiy va infratuzilma tarmoqlarida ishtirok etishga jalb qilish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil mart

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil may

Asosiy ijrochi:

Davlat raqobat qoʻmitasi

(Sharipov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Adliya vazirligi

(Davletov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat korxonalarining samaradorlik koʻrsatkichlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

mablagʻlar / faoliyat samaradorligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va toʻgʻri axborot olish uchun davlat korxonalarining monitoring tizimini joriy etish;

davlat korxonalari faoliyatiga manfaatdor tomonlarni jalb qilish boʻyicha strategiyalarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish;

bir-biriga bogʻliq tomonlar bilan bitimlarning shaffofligini oshirish maqsadida davlat korxonasini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyun

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Davlat raqobat qoʻmitasi

(Sharipov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Moliya vazirligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Adliya vazirligi

(Davletov)

Davlat boshqaruvi va hisobdorligi tizimini mustahkamlash

4.3

Davlat xizmati tizimini isloh qilish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat xizmatini isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqish:

davlat xizmatchilarining mehnat unumdorligini va mehnatiga haq toʻlashning bir xilligini oshirish;

davlat xizmatchilarning huquqiy maqomini, tasnifini aniqlash;

xizmatga qabul qilish (tanlov asosida), kadrlar zaxirasini shakllantirish, xizmatni oʻtash, davlat xizmatchilarining malakali korpusini tashkil etish maqsadida odob-axloq normalariga rioya etishni taʼminlashning shaffof mexanizmlarini joriy etish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2019-yil iyul

Kengashda muhokama qilishi:

2019-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Adliya vazirligi

(Davletov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

4.4

Mahalliy davlat hokimiyati organlari rolini kuchaytirish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi mahalliy darajada xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish:

soliqlarni belgilash va mahalliy davlat hokimiyat organlarining daromadlardan foydalanishi boʻyicha qoʻshimcha vakolatlarni berish hisobidan mamlakat budjet tizimini yanada nomarkazlashtirish;

“Obod qishloq” dasturining imkoniyatlarini kengaytirish va mustahkamlash;

mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish instituti sifatida “mahalla” mustaqilligini mustahkamlash strategiyasini ishlab chiqish;

ijtimoiy hisobdorlik loyihasini va fuqarolarning “Obod qishloq” dasturi orqali ishtirokini oshirish vositalarini loyihalashtirish hamda ishga tushirish;

mahalliy boshqaruv va nomarkazlashtirish sohasida isloh qilish va siyosatning batafsil rejasini joriy qilish;

loyihalarni viloyatlar (tumanlar, shaharlar) darajasida boshqarish sifatini oshirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:

2020-yil yanvar

Kengashda muhokama qilishi:

2020-yil fevral

Asosiy ijrochi:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari

Islohotlarga yondashuvni mustahkamlash

4.5

Maʼlumotlar va axborotlar sifati

Quyidagilarni nazarda tutuvchi muhim maʼlumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlash boʻyicha Kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

Oʻzbekistonda rasmiy maʼlumotlar va statistikani yaxshilash bosh rejasini ishlab chiqish;

Oʻzbekistonning Xalqaro taqqoslash dasturida ishtirok etishi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish (xarid qilish qobiliyati paritetini oʻzgartirish koeffitsiyentini hisoblab chiqish);

uy xoʻjaliklari, korxonalar va firmalar budjetlari, ishchi kuchini tadqiq etish va tadqiqotlarning boshqa tanlangan turlarini takomillashtirish rejasini ishlab chiqish;

milliy roʻyxatga olish jadvalini aniqlash;

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika boʻlimining KOMTREYD tizimiga qoʻshilish va muntazam ravishda eksport va import maʼlumotlarini taqdim etib borish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2019-yil yanvar

Kengashda muhokama qilish:

2019-yil fevral

Asosiy ijrochi:

Davlat statistika qoʻmitasi

(Begalov)

Birgalikda ijro

etuvchilar:

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev)

Islohotlar jarayonida aholining xabardorligi va ishtirokini kengaytirish

4.6

Islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning ishtiroki

Islohotlar jarayonida fuqarolar va ijtimoiy guruhlarning ishtirokini taʼminlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi”ini ishlab chiqish:

jamoat xizmatlarini taqdim etish masalalarida fuqarolarning ishtirokini oshirish va oʻzaro bogʻliqlikni taʼminlash;

vazirlik va idoralar tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida fuqarolar murojaatlarning qanoatlantirish mexanizmlari va dasturlarini amalga oshirishni davom ettirish;

keng doiradagi manfaatdor tomonlar ishtirokida islohotlar masalalari boʻyicha milliy va mintaqaviy darajadagi jamoatchilik maslahatlarining tizimlashtirilgan dasturlarini amalga oshirish;

davlat xaridlari tizimidan ochiq foydalanishni joriy qilish, uning shaffofligini oshirish, fuqarolarning ishtirokini taʼminlash va davlat xaridlari ustidan nazoratni kuchaytirish;

manfaatdor tomonlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishning tegishli rejalari, axborotni oshkor etish siyosati, rasmiy aloqa kanallari va jamoatchilikning shikoyat taqdim etish mexanizmini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

FJSHMI

(Kamilov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Adliya vazirligi (Davletov)

V. Atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish

5.1

Suv resurslari va irrigatsiyani boshqarish

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish:

suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorining normativ bazasini yangilash va yaxshilash;

suv resurslari xavfsizligi, jumladan, talab prognozlari, iqtisodiy kelishuvlar va barqaror hosildorlikni baholash masalalari boʻyicha milliy diagnostika oʻtkazish;

sanoat va tarmoqlarda suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning maqsadli va tarmoq dasturlarini belgilash;

energiya va suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning innovatsion choralarini joriy qilish, shu jumladan, yirik nasos stansiyalarini demontaj qilinishini batafsil baholash rejasini ishlab chiqish;

ekologik va ijtimoiy baholash va boshqarish rejasini (ESAMP) ishlab chiqish;

suvdan foydalanish samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirish uchun resurslardan foydalanishning moliyaviy mexanizmini yaratish;

irrigatsiya va infratuzilma, toʻgʻon/toʻsiqlar va asosiy gidravlika infratuzilmasini modernizatsiya qilish rejasini ishlab chiqish;

asosiy suv xoʻjaligi obyektlarida suvni real vaqt rejimida hisobga olish tizimini joriy qilish choralarini ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Xamrayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Yusupov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish:

sugʻorish va drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya qilish rejasini ishlab chiqish;

yer melioratsiya obyektlarining davlat hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish va joriy etish;

meliorativ obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni markazlashgan tarzda hisobga olish va ularni yagona koordinatali tizimga makon jihatidan bogʻlash bilan birga, nazorat qilishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

ichki xoʻjalik gidromelioratsiya tarmogʻidan foydalanish va boshqarishning yangi tizimini yaratish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020-yil iyul

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil avgust

Asosiy ijrochi:

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Xamrayev)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Qishl�q xoʻjaligi vazirligi

(Yusupov),

Iqtisodiyot vazirligi

(Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

5.2

Atrof-muhitni boshqarish

Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish:

atrof-muhit toʻgʻrisida integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish;

atrof-muhit ixloslanishini kamaytirishni, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va inson salomatligini yaxshilashni nazarda tutuvchi “yashil iqtisod”ni joriy etish;

amalga oshirish normativ bazasining asosiy tamoyillarini belgilash maqsadida ekologiya kodeksining loyihasini tayyorlash;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi nazorat faoliyati toʻgʻrisidagi sharhlar va tegishli yigʻma maʼlumotlardan ommaviy foydalana olishni taʼminlash;

2019 — 2028-yillar mobaynida mamlakatda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;

isteʼmol xususiyatini yoʻqotgandan keyin atrof-muhitga zarar yetkazadigan ishlab chiqarilgan va import qilingan tovarlar guruhiga ekologik badal joriy etish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini (“ifloslantiruvchi toʻlaydi” tamoyili asosida) takomillashtirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish

2020-yil avgust

Kengashda muhokama qilish:

2020-yil sentabr

Asosiy ijrochi:

Davlat ekologiya qoʻmitasi

(Qoʻchqorov)

Birgalikda ijro etuvchilar:

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Shadmanov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Yusupov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Xaydarov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: “Yoʻl xaritasi”ga Iqtisodiy kengashning qaroriga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi, normativ-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar sohaga hamda tegishli munosabatlarni tartibga solish predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi PF-5614-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Iqtisodiy kengash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 06/19/5614/2437-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)