Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
08.10.2024
05.04.2022
13.10.2021
14.12.2020
16.10.2019
04.01.2019
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga ajratilgan paxta maydonlarida sifatli urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish va moliyalashtirishni tartibga solish hamda Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish ishlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazib borsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 2-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari va oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari — paxta xom ashyosini yetishtirish faoliyati Hukumat qarorlari bilan belgilangan xoʻjalik subyektlari va urugʻchilik klasterlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻlik paxta xom ashyosi — kelgusi yil paxta hosili uchun urugʻlik chigit ekish maqsadida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻchilik xoʻjaliklari — urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish huquqiga ega boʻlgan xoʻjaliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustama mablagʻ — urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishda ishtirok etuvchi tashkilotlarni ragʻbatlantirish maqsadida urugʻchilik xoʻjaliklari, ilmiy muassasalar, nav mualliflari va urugʻchilikka bevosita aloqador boʻlgan subyektlarga ajratiladigan mablagʻ.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yetishtirilgan urugʻlik chigit va paxta xom ashyosi taqsimoti, oʻz ehtiyoji uchun foydalanish yoki sotish masalalari paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari bilan birgalikda respublikada oxirgi 3 yilda urugʻlik chigitning amaldagi sarfidan hamda kelgusi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan kelib chiqib, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdori va navlarini aniqlaydilar va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-oktabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urugʻlik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻza navlari boʻyicha joylashtirish masalalari har yil 1-noyabrga qadar Hukumatning qarorida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish urugʻlik paxta qiymatining 60 foizigacha Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizada kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamgʻarma bilan tuzilgan Bosh bitimga muvofiq tijorat banki paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma tomonidan har oyning 5-kunigacha tijorat bankiga kredit resurslari ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tijorat banki tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun kredit resurslari ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda moliyalashtirish, shu jumladan, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, boshqa resurslar va xizmatlarni xarid qilish va joyiga yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalarga muvofiq urugʻchilik fermer xoʻjaliklarining mehnat haqini oyma-oy toʻlab berish va urugʻlik paxta hosili uchun toʻliq oʻzaro hisob-kitoblarni yil yakunigacha amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urugʻchilik fermer xoʻjaliklariga berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmatlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va urugʻlik paxta xom ashyosi sifatini oshirish, qishloq xoʻjaligi xodimlarini ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan toʻliq masʼuliyat yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tayyorlangan urugʻlik paxta xom ashyosiga ustamalar toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Urugʻlik paxta xom ashyosiga qonunchilik hujjatlariga asosan yetishtirilgan urugʻlik paxta xomashyosidan tayyorlangan urugʻlik chigit Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti (OʻzDSt-663-2017 “Urugʻlik chigit. Texnikaviy shartlar”) talablariga mos boʻlganda, paxta xomashyosi qiymatiga nisbatan superelita va elita urugʻlik chigit uchun 50 foiz, I avlod (R1) uchun 35 foiz, II avlod (R2) uchun 25 foiz va III avlod (R3) uchun 15 foiz miqdorida ustamalar hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 622-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ustamalar xarajati tayyorlangan urugʻlik chigit narxiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ustamalar yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdoriga hisoblanadi va quyidagi tartibda ikki bosqichda hisob-kitob amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) paxta-toʻqimachilik klasterlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — urugʻlik paxta xom ashyosi yetkazib beruvchi tomonidan yetishtirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi paxta-toʻqimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 50 foizi paxta-toʻqimachilik klasterlari ixtiyorida qoldiriladi, qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
(16-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urugʻchiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tarkibiga kiruvchi urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta xom ashyosini topshirgan vaqtda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin ustamaning qolgan 50 foiz qismi 100 foiz deb hisoblanib, shundan 10 foizi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari ixtiyorida qoldiriladi, 40 foizi ularning tarkibiga kiruvchi urugʻchilik fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan ustamalarni toʻlash boʻyicha urugʻlik chigit tayyorlovchi tashkilotlar oʻrtasida shartnomalar tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustamalarning hisobi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan hisobot shakllari asosida hisoblanadi va toʻlanadi.
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va quyidagicha taqsimlanadi:
(16-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga va uning viloyat hududiy boshqarmalariga hamda elita urugʻchiligi laboratoriyalariga — 20 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nav originatorlari, institutlar, seleksioner va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga — 30 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻtkaziladigan mablagʻning nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlarga tegishli qismi taqsimotida ularning tayyorlangan paxta urugʻligidagi ulushi eʼtiborga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisobvaragʻidan oʻtkazib beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari oʻz ehtiyojlari uchun gʻoʻzaning xorijiy nav va duragay urugʻlarini belgilangan tartibda olib kelishi va yetishtirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391-son “Paxtachilikda urugʻchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirishni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Muddatlar
Urugʻlik paxta xom ashyosini yetishtirish hajmini aniqlash
1-bosqich
Kelgusi yil hosili uchun paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan urugʻlik paxta xom ashyosi miqdorini aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
1-oktabrgacha
2-bosqich
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urugʻlik paxta xom ashyosi ekiladigan maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish masalalarini Hukumat qarorida belgilash.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
1-noyabrgacha
Urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish
3-bosqich
Urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari oʻrtasida urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini tuzish
Urugʻchilik fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari
1-yanvargacha
4-bosqich
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga ariza berish
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari
10-yanvargacha
5-bosqich
Jamgʻarma bilan tuzilgan Bosh bitimga asosan tijorat banki paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish boʻyicha Jamgʻarmaga ariza berish
Tijorat banklari
20-yanvargacha
6-bosqich
Jamgʻarma tomonidan tijorat bankiga kredit resurslari ajratish
Jamgʻarma
har oyning 5-kunigacha
7-bosqich
Tijorat banki tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini moliyalashtirish uchun resurslar ajratish
Tijorat banklari
Agrotexnik tadbirlarga asosan oyma-oy
Tayyorlangan urugʻlik paxta uchun ustama ajratish
8-bosqich
Yetishtirilgan urugʻlik paxta uchun birinchi bosqichda 50 foiz ustama mablagʻlarni ajratish
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari
Urugʻlik paxta topshirilgan vaqtda
9-bosqich
Yetishtirilgan urugʻlik paxtadan tayyorlangan va kelgusi yilda ekilgan urugʻlik chigit uchun ikkinchi bosqichda qolgan 50 foiz ustama mablagʻlarni ajratish
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari, Jamgʻarma
Kelgusi yil hosili uchun urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin
10-bosqich
Ikkinchi bosqichda ajratilgan ustama mablagʻlarni taqsimlash
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
Kelgusi yil hosili uchun urugʻlik chigit ekilgandan (sotilgandan) keyin
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
________tumanidagi ________ MChJda 20___ yil paxta hosilidan tayyorlangan urugʻlik chigit uchun urugʻchilikda ishtirok etgan barcha subyektlarga toʻlanadigan ustama haqlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOB-DALOLATNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Urugʻlik paxta yetishtirgan korxona nomi
Paxtaning seleksion navi
Paxtaning navi va sinfi
Paxta tolasining tipi
Urugʻlik chigitning reproduksiyasi (avlodi)
Urugʻlik paxtaning konditsion vazni (tn)
Ishlab chiqarilgan urugʻlik chigit
Sotilgan urugʻlik chigitga toʻgʻri keladigan paxta
Sertifikatga mos kelishi boʻyicha tahlil natijalari
Sotilgan urugʻlik chigit (tn)
Shu jumladan
Foizi
1 tn urugʻlik paxtaning xarid narxi, soʻm
Xarid narxi boʻyicha paxta xom ashyosiningqiymati (ming soʻm)
Toʻlanadigan
ustama mikdori
Birinchi bosqichda hisoblangan ustama (ming soʻm)
Xarid qilish davrida xoʻjalikkatoʻlangan ustama (ming soʻm)
2-bosqichda hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan ustama haqi
Jami 50 % ustama
shundan
tonna
foiz
sertifikatlash sanasi
narxi, soʻm sertifikat raqami
chigitning unuvchanlik sinfi
Tukli (Sertifikatlangan) chigit
Tuksizlantirilib jami sotilgantukli urugʻlik chigit
Shundan
foiz
soʻmma ming soʻm
Urugʻchilik xoʻjaliklarga 40%
Institut originatorlariga 30%
Paxta tozalash korxonalariga 10 %
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DKga 20 %
Tuksiz (Sertifikatangan)chigit
Sotilgantuksiz (Sertifikatlangan) chigit
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
Asosiy urugʻlik fond
1
Jami:
Zaxira urugʻlik fond
1
Jami:
Jami
“ _______” tashkilot boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
_____________________
(imzo)
____________________
F.I.O
“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish” DUK viloyati filiali boshligʻi
_____________________
(imzo)
____________________
F.I.O
Urugʻchilikni rivojlantirish markazi DK viloyati boshqarmasi boshligʻi
_____________________
(imzo)
____________________
F.I.O
“________________” MChJ rahbari
_____________________
(imzo)
____________________
F.I.O
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 09/19/2/2413-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/641/0954-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.10.2024-y., 09/24/622/0789-son)