29.11.2018 yildagi 971-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.11.2018 yildagi 971-son
Date of entry into force
30.11.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi PQ-129-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek, boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi yoʻnalishida kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) akademik litseyda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Damli va zarbli cholgʻular ijrochiligi” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musiqa taʼlimi va oʻquv jarayonining uzluksizligini taʼminlash maqsadida istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta taʼlim sinflari saqlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitish umumiy oʻrta hamda oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartlarining oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yilgi qabul kvotasi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 4-sinfini bitirgan 78 nafar oʻquvchini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) akademik litsey faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, moliyalashtirish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻquv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga metodik yordam koʻrsatish, darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlar, multimedia ilovalari, sinf jurnallari, oʻquvchilarning reyting daftarchalari va boshqa hujjatlar bilan taʼminlash, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) akademik litseyni saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 16-dekabrdagi 335-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 51-son, 543-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseyning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseyga ajratilgan mablagʻlar va amaldagi xodimlar soni doirasida xarajatlar smetasini hamda shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 29-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
971-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 971-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyining (keyingi oʻrinlarda akademik litsey deb ataladi) 5-sinfiga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 4-sinfini bitirgan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda nomzod deb ataladi) tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nomzodning bilim saviyasi, kasbiy (ijodiy) va intellektual qobiliyati, dunyoqarashi va psixologik jihatlarini aniqlash tanlab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tanlab olishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar akademik litseyga belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi bilan ishlash, kirish imtihonlarini oʻtkazish, zarur materiallar va hisobotlarni tayyorlash, ota-onalar murojaatlarini koʻrib chiqish va boshqa tashkiliy ishlarni bajarish uchun litseyda qabul komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qabul komissiyasi tarkibi har yili 25-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul komissiyasi tarkibi 7 nafardan kam boʻlmagan toq sonda tashkil etilib, uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti (keyingi oʻrinlarda — Jamoat xavfsizligi universiteti) vakillari, akademik litsey rahbar va pedagog xodimlari kiritilishi mumkin. Akademik litsey direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish teng huquqlilik va odillik tamoyillari asosida, mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nomzodlarni tanlab olish jarayonida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Akademik litsey rahbariyati tanlab olishni sifatli va oshkora oʻtkazish maqsadida har yili 1-aprelga qadar, ommaviy axborot vositalari orqali akademik litseyga nomzodlar tanlab olinishi haqida tashviqot tadbirlarini tashkil etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini 1 — 20-iyun kunlari qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tanlab olishda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan akademik litsey direktori nomiga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda toʻldirilgan soʻrovnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 dona 3x4 sm oʻlchamli rangli fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning oʻqish joyidan baholar tabelining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomzodning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tibbiy daftarchasi (063 shakl) va nomzodning ota-onasining (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) pasportlari (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxalari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali qabul komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kirish imtihonlari 20 — 30-iyun kunlari oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qabul komissiyasi faoliyati davomida murojaat etuvchi fuqarolarga maslahatlar berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Akademik litseyga nomzodlar kirish imtihonlarini oʻtkazish orqali tanlab olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun materiallar akademik litsey hamda Jamoat xavfsizligi universitetining yetakchi pedagog va psixologlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kirish imtihonlari davlat, rus va qoraqalpoq tillarida qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Nomzodlar bilan quyidagi kirish imtihonlari oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ona tili (diktant);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matematika (nazorat ishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqish;

psixologik sinov (test);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijodiy imtihon (musiqa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kirish imtihonlariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ona tili boʻyicha diktant matnining hajmi 110 — 120 soʻzdan iborat boʻladi, diktantni yozish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
matematika boʻyicha nazorat ishini oʻtkazish uchun nomzodlarga 4 ta topshiriq (2 ta misol va 2 ta vazifa) beriladi, ularni yechish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqish boʻyicha imtihonni oʻtkazish uchun nomzodga matn taqdim etiladi, oʻqish tezligi bir daqiqaga 70 soʻzdan kam boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik sinov uchun nomzodlarga 20 ta test savollari beriladi, ularni yechish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijodiy imtihonni oʻtkazish davomida nomzodning ijro etish usuli, xotira, eshitish qobiliyati va mustaqil tayyorlangan chiqishi baholanadi. Ijodiy imtihonni oʻtkazish uchun har bir nomzodga 15 — 20 daqiqa vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nomzodlarga ijodiy sinovlar oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan musiqa asbobi, ijodiy ishni bajarish uchun zarur anjom olib kirishlariga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nomzodlar barcha sinovlarning umumiy natijasi ketma-ketligi boʻyicha belgilangan kvotaga muvofiq oʻqishga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida akademik litseyga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar barcha sinovlarning umumiy natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, nomzod kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajratilgan besh foizli qoʻshimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan holatlarda, ular akademik litseyga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kirish imtihonlari 100 ballik tizimda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Imtihonlarga kelmagan nomzodlar bilan takroriy imtihonlar oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻtkazilgan imtihonlar natijalariga muvofiq tegishli qaydnomalar, yigʻilish bayonnomasi, qabul qilingan oʻquvchilarning roʻyxatlari rasmiylashtiriladi, ular qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va akademik litsey muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Akademik litsey direktori 3-iyulga qadar Qabul komissiyasi yigʻilishining bayonnomasi asosida nomzodlarni akademik litseyga oʻquvchilar safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari akademik litsey qabul komissiyasi tomonidan 5-iyulgacha eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kirish imtihonlari natijasidan norozi boʻlgan nomzodlarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) akademik litsey direktori buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda apellyatsiya komissiyasi deb ataladi) natija eʼlon qilingan kundan boshlab 3 kun davomida apellyatsiya berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya 3 kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan akademik litsey xodimlari orasidan komissiya raisi va toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Nomzodning apellyatsiyasini koʻrib chiqishda nomzod va uning ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Apellyatsiya komissiyasi nomzodning apellyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni qabul komissiyasiga va nomzodga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻquvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyidan chetlatish mazkur Nizomning 5-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻquvchi akademik litseydan quyidagi sabablarga koʻra chetlatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻligʻi tufayli (tibbiy komissiyaning xulosasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchining ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tashabbusiga koʻra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanlarni oʻzlashtirmaslik, birinchi yoki ikkinchi yarim yillikda (76 soat) uzrli sabablarsiz dars mashgʻulotlarida qatnashmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litsey ustavida belgilangan ichki tartib qoidalarini qoʻpol ravishda buzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oʻquvchilar akademik litseydan akademik litsey Pedagogik kengashining qaroriga muvofiq akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan chetlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Akademik litsey Pedagogik kengashi qarori asosida oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar avval oʻqigan maktabiga, oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda esa, mazkur hududdagi boshqa maktabga qaytarib yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Uzrli sabablarsiz dars mashgʻulotlarida qatnashmaganligi va akademik litsey ustavida belgilangan ichki tartib qoidalarini qoʻpol ravishda buzganligi uchun oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot ularni oʻqishdan chetlatish toʻgʻrisida buyruq chiqqan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalariga taqdim etiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga nomzodlarni tanlab olish va oʻqishga qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
(1-ilova belgisi va nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

_________________________________ga

(direktorning F.I.O.)‎‎

‎‎_________________________________da

‎‎(nomzodning ota-onasi yashash joyi)

‎‎yashovchi _________________________________dan

(nomzodning ota-onasi F.I.O.)

A R I Z A

‎‎Menga farzandim ___________________________________ning hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻqishga kirish uchun rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Akademik litseyda taʼlim olish sharoitlari bilan tanishdim.
‎‎Farzandim imtihonlarni __________________________ tilida topshiradi.

‎‎(oʻzbek, rus, qoraqalpoq)

‎‎Akademik litseyning ichki tartib qoidalari va belgilangan barcha talablarini bajarishiga vaʼda beraman.
‎‎_________________________________ _____________

(nomzodning ota-onasi F.I.O.)

(imzo)

20___ yil “____” _____________‎‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
(1-ilova belgisiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

S Oʻ R O V N O M A‎‎

Nomzodning F.I.O. _______________________________________________

‎‎‏
‏3x4 sm oʻlchamli
‎ rangli fotosurat

‎‎‏
‎‎‏

____________________________________________________‎‎
‎‎____________________________________________________
‎‎Tugʻilgan sanasi __________________________________________________
Tugʻilgan joyi ___________________________________________________
Millati ________________________________________________________
Uy manzili ______________________________________________________
‎‎____________________________________________________
Telefon raqami __________________________________________________
‎‎Maktab raqami va manzili __________________________________________

Yaqin qarindoshlar haqida maʼlumotlar

Yaqin qarindoshlar

F.I.O.‎‎

Tugʻilgan joyi va sanasi‎‎

Ish joyi va lavozimi

Yashash joyi‎‎

Izoh

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎____________________________ ‎‎___________

(nomzodning ota-onasi F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

20___ yil “____” _____________‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Topshiriqlarni bajarish

Maksimal ball

1.

Ona tili (diktant):

15

1.1

mutlaqo xatosiz yozilgan diktant, bitta orfografik yoki bitta punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan

13 — 15

1.2

diktant ikkita orfografik va ikkita punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati oʻzgarganda ularning umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi lozim

10 — 12

1.3

diktant toʻrtta orfografik va toʻrtta punktuatsion xatolar bilan yozilgan, xatolar nisbati oʻzgarganda ularning umumiy miqdori sakkiztadan, ammo orfografik xatolarning miqdori oltitadan oshmasligi lozim

7 — 9

1.4

diktant yettita orfografik va yettita punktuatsion xatolar bilan yozilgan

4 — 6

1.5

diktant toʻqqizta orfografik va toʻqqizta punktuatsion xatolar bilan yozilgan

1 — 3

1.6

diktant oʻnta va undan ortiq orfografik hamda oʻnta va undan ortiq punktuatsion xatolar bilan yozilgan

0

2.

Matematika (nazorat ishi):

15

2.1

barcha vazifalar va misollar xatosiz bajarilgan, 1 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

13 — 15

2.2

2 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

10 — 12

2.3

bitta vazifa va misolda yoki 3 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

7 — 9

2.4

ikkita vazifani bajarishda xatolarga yoki 4 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

4 — 6

2.5

ikkita vazifa va bitta misolni bajarishda xatolarga yoki 5 ta hisoblashga oid xatoga yoʻl qoʻyilgan

1 — 3

2.6

barcha vazifalar va misollar bajarilmagan

0

3.

Oʻqish:

10

3.1

bir daqiqada 70 ta va undan ortiq soʻz

10

3.2

bir daqiqada 60 — 65 soʻz

7 — 9

3.3

bir daqiqada 50 — 55 soʻz

4 — 6

3.4

bir daqiqada 40 — 45 soʻz

1 — 3

3.5

bir daqiqada 40 soʻzdan kam

0

4.

Psixologik test:

20

4.1

Har bir toʻgʻri javob uchun

1

5.

Ijodiy imtihon (musiqa):

40

5.1

ijro etish usuli (ritm):

10

5.1.1

berilgan usulni aniq takrorlash

8 — 10

5.1.2

berilgan usulni nisbatan takrorlash

5 — 7

5.1.3

berilgan usulni noaniq takrorlash

1 — 4

5.1.4

berilgan usulni takrorlay olmaslik

0

5.2

Xotira:

10

5.2.1

uzun va qisqa musiqa parchalarini aniq takrorlash

8 — 10

5.2.2

uzun va qisqa musiqa parchalarini nisbatan takrorlash

5 — 7

5.2.3

uzun va qisqa musiqa parchalarini noaniq takrorlash

1 — 4

5.2.4

uzun va qisqa musiqa parchalarini takrorlay olmaslik

0

5.3

Eshitish qobiliyati:

10

5.3.1

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlar sonini toʻliq topish

8 — 10

5.3.2

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlar sonini nisbatan topish

5 — 7

5.3.3

fortepianoda ijro etilgan tovush va tovushlarsonini noaniq topish

1 — 4

5.3.4

fortepianoda ijro etilgan tovushlarni topa olmaslik

0

5.4

Mustaqil tayyorlangan qoʻshiqni kuylash yoki asarni cholgʻuda ijro etish:

10

5.4.1

sof va aniq ohangda kuylash yoki cholgʻuda ijro etish

8 — 10

5.4.2

qoʻshiqni nisbatan sof ohangda kuylash yoki cholgʻuda asarni ijro darajasi

5 — 7

5.4.3

qoʻshiqni noaniq ohangda kuylash yoki cholgʻuda asarning ijro darajasi

1 — 4

5.4.4

qoʻshiqni kuylay olmaslik

0

Jami:

100

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlab olish, oʻqishga qabul qilish va oʻqishdan chetlatish tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyidan chetlatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
(5-ilova belgisi va nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 359-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 09/18/971/2249-son; 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2021-y., 09/21/500/0767-son; 05.07.2022-y., 09/22/359/0594-son; 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)