Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
27.04.2024
30.04.2021
11.03.2021
28.09.2020
29.11.2019
04.09.2019
26.11.2018
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish Dasturiga (keyingi oʻrinlarda — Dastur) muvofiq yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi, turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan taʼminlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Dastur ijro qilinishini oʻrganish yakunlari qishloq joylarda arzon uy-joylarga talab yuqori ekanligini koʻrsatdi, yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni taqozo etadigan uy-joylar qurilishini tashkil etish va muhtoj oilalarni arzon uylar bilan taʼminlash boʻyicha bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurilishi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga kiradigan yer uchastkalaridan foydalanish holatlari koʻplab uchramoqda. Xususan, joriy yilda mazkur maqsadlar uchun tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan 1065 gektar yerning 60 gektarga yaqini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, qurilayotgan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarning narxini maqbullashtirish hamda energiya samarador va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning arzon qurilish materiallaridan foydalangan holda meʼmoriy va texnik yechimlarni qoʻllash yetarli darajada taʼminlanmayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va namunaviy loyihalar boʻyicha arzon-uy-joylar qurilishida oʻzaro uygʻunlik taʼminlanmayotgani natijasida respublika budjeti, maqsadli jamgʻarmalar va ijrochilar mablagʻlari ortiqcha sarf qilinmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurishda shaharsozlik norma va qoidalari talablarini buzish, qurilish-montaj ishlarini sifatsiz bajarish, loyihadan chetga chiqish holatlari mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arzon uy-joylar qurilishini samarali tashkil etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, aholi punktlarining muhandislik-transport kommunikatsiyalarini va infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholining uy-joyga boʻlgan yuqori talabini toʻliq qondirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar qishloq joylarda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish va muhtoj oilalarni arzon uy-joy bilan taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylarni hududiy optimal joylashtirish hamda ular uchun faqat qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi yerlari toifalariga kirmaydigan yer uchastkalarini taqdim etish hisobiga yer resurslaridan oqilona foydalanish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar uchun moʻljallangan arzon uy-joylar qurish koʻlamini kengaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylarning narxini pasaytirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida meʼmoriy va texnik yechimlarni maqbullashtirish, mahalliy qurilish materiallari, uskunalar va zamonaviy devorbop materiallarni keng qoʻllashni nazarda tutuvchi yangi namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylarni qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joylarni taqdim etishda manzillilik, shaffoflik va ijtimoiy adolatni taʼminlash tamoyillarini inobatga olgan holda qishloq joylarda yashovchilarning turmush sharoitlarini yaxshilash va uy-joyga muhtoj oilalarning ehtiyojini qondirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishini “Obod qishloq” dasturi bilan oʻzaro uygʻunlikda tashkil etish, shuningdek, qishloq joylarda samarali kanalizatsiya tizimlarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Dastur doirasida quyidagi yangi namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar (keyingi oʻrinlarda — arzon uy-joylar) qurilishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholi zichligi yuqori boʻlgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlangan hududlarda toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi oʻrinlarda — fuqarolarning alohida toifalari) uchun besh qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish loyiha” MCHJ tomonidan mahalliy qurilish materiallari, uskunalar va zamonaviy devorbop materiallardan keng foydalangan holda barpo etiladigan va qishloq sharoitiga moslashtirilgan arzon koʻp kvartirali uylarning (yordamchi inshootlar va hovli qurilmalari bilan birgalikda) namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Qurilish vazirligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda markazlashgan kanalizatsiya, gaz va issiqlik taʼminoti tizimlari bilan taʼminlanmaydigan arzon koʻp kvartirali uylar uchun moʻljallangan lokal oqova suv tozalash inshootlari va qattiq yoqilgʻida ishlovchi energiya samarador isitish qozonlari joriy etilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arzon uy-joylar, shuningdek, ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti inshootlari va tarmoqlari hamda yoʻllar (sement-beton qoplamali) qurilishi boʻyicha buyurtmachi etib “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ, bosh loyihachi etib esa “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest IK” MCHJ, ishtirok etuvchi tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda qishloq joylarda arzon uy-joylar qurilishi boʻyicha asosiy parametrlar 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha asosiy parametrlar 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda arzon uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlar 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuliga qadar arzon uy-joylar qurilishi monitoringi boʻyicha axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) ishlab chiqsin va tatbiq qilsin, ushbu tizim uy-joy quruvchilar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun Internet tarmogʻida real vaqt rejimida quyidagilar toʻgʻrisida axborot olish imkoniyatini taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining hajmlari (shu jumladan obyektlarning fotosuratlari va video-yozuvlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan pudratchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan obyektlarda oʻtkazilgan nazorat tartibida oʻlchash natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni moliyalashtirishning borishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arzon uy-joylar, tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishining kelgusi yillar uchun asosiy parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 1-iyunga qadar “Obod qishloq” dasturi bilan oʻzaro bogʻlangan holda tasdiqlanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arzon uy-joylar, tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishining massivlar kesimidagi taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3630-sonli qarori bilan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3480-sonli qarorining 7-ilovasida koʻrsatilgan asosiy qurilish materiallari va uskunalar “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ tomonidan bosh pudrat tashkilotlariga markazlashtirilgan tartibda yetkazib beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz taʼminoti inshootlari va tarmoqlari hamda yoʻllar qurilishi markazlashtirilgan manbalar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, shuningdek, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi ishtirokchilariga, qurilish materiallari va uskunalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga, shuningdek, transport tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli qarorida nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arzon koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida noturar joylari qurilishi “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arzon koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida qurilayotgan noturar joylar yertoʻlasi bilan birga “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ tomonidan “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksionga qoʻyiladi va ularni sotishdan olingan daromadlar “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJning zaxira jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimini ishlab chiqish, tatbiq etish va qoʻllab-quvvatlash “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ tomonidan uning zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 2019-yilda qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi asosiy parametrlari va yigʻma koʻrsatkichlarining jadal ravishda ijro etilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan birgalikda ikki hafta muddatda arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun buyurtmachilarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi yerlari toifalariga kirmaydigan hamda tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalariga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan boʻsh yer uchastkalari ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirok etuvchi tijorat banklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda arzon uy-joylar qurilishi uchun talabgorlarni tanlash va ularning boshlangʻich badallarini shakllantirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilar va loyiha tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilar bilan birgalikda uch oy muddatda arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun pudrat tashkilotlari aniqlanishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Suv taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish vazirligi bilan birgalikda arzon koʻp kvartirali uylar uchun suv taʼminoti tizimlari loyihalari uzluksiz suv taʼminotini taʼminlovchi samarali texnik yechimlarni, shu jumladan, zarur hollarda, maxsus inshootlarni (bosimli suv minorasi, rezervuar va boshqalar) oʻrnatishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar hokimliklari va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda markazlashtirilgan kanalizatsiya, issiqlik va gaz taʼminoti tizimlari bilan taʼminlanmaydigan arzon koʻp kvartirali uylar uchun zarur boʻlgan hajm va quvvatlarda lokal oqova suv tozalash inshootlari va qattiq yoqilgʻida ishlovchi energiya samarador isitish qozonlari ishlab chiqarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik-transport kommunikatsiyalariga ulanmagan, uzluksiz elektr va suv taʼminoti yoʻlga qoʻyilmagan arzon uy-joylar foydalanishga qabul qilinmaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti inshootlari hamda tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash hududiy ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekenergo” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda arzon koʻp kvartirali uylarni hamda ularning ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti inshootlarini uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ichimlik suvi, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti inshootlari va tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllari qurish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan zarur mablagʻlar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari boʻyicha:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-2019-yillar dasturlarini amalga oshirish doirasida 2 yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 4 foizli stavka boʻyicha va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida boʻlishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan boshlab dasturlarni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 4 foizdan tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida boʻlishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan foiz stavkasi miqdorida va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining marjasi yiliga 3 foiz miqdorida boʻlishini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida qishloq joylarda yashovchi shaxslar uchun — 20 yil, fuqarolarning alohida toifalari uchun — 15 yil muddatlarga milliy valyutada kredit liniyalarini ochsin, ushbu mablagʻlar arzon uy-joylar qurilishiga maqsadli yoʻnaltirilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, ishtirok etuvchi tijorat banklari arzon uy-joylar qurilishi uchun uy-joy quruvchilarga 2 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan (2020-yilda va keyingi yillarda Dasturni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda kreditdan foydalanishning dastlabki 5 yili mobaynida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan foiz stavkasida) va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq joylardagi arzon uy-joylarni sotib olish uchun — 20 yil muddatga va uy-joy quruvchilarning boshlangʻich badali 10 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning alohida toifalari tomonidan arzon koʻp kvartirali uylarni sotib olish uchun — 15 yil muddatga va uy-joy quruvchilarning boshlangʻich badali 25 foiz miqdorida ipoteka kreditlari taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Qishloq qurilish bank” ATB tomonidan “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJga ajratilgan 350 milliard soʻm miqdoridagi kreditlarni qaytarish muddati 2019-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi buyurtmachilar hamda loyiha tashkilotlarning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha arzon uy-joylar, shuningdek, ularning muhandislik transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga va birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlariga muvofiq haqini oldindan toʻliq toʻlash sharti bilan metall prokati va sement ajratilishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, ishtirok etuvchi tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlari qurilishi uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda avval imzolangan qarz bitimlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan muzokaralar olib borsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatida, eksperiment tariqasida qurilishning innovatsion usullaridan, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalangan holda davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida arzon uy-joylar qurilishi boʻyicha taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik fond (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchilar) bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarda energiya samarador uy-joylar qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” qoʻshma loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻshma loyiha) amalga oshirilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma loyiha doirasida 2019 — 2021-yillarda arzon uy-joylar qurilishi uchun 3,0 million AQSH dollari miqdorida maqsadli grantlar ajratilishi nazarda tutilgan boʻlib, ular qurilayotgan arzon uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma loyiha doirasida “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ tomonidan arzon uy-joylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy energiya tejamkor materiallar va texnologiyalardan foydalanishni koʻzda tutuvchi namunaviy loyihalari ishlab chiqildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya samarador arzon uy-joylarning qurilishi Qoʻshma loyiha ishtirokchilari bilan kelishgan holda aniqlanadigan massivlarda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadli grantlar BMT Taraqqiyot dasturi bilan grantlar ajratish boʻyicha imzolanadigan shartnomaga muvofiq “Qishloq qurilish bank” ATB orqali ipoteka krediti doirasida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129 va 171-moddalariga muvofiq Qoʻshma loyiha boʻyicha ajratilgan maqsadli grantlar “Qishloq qurilish bank” ATB va mablagʻ oluvchi jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi hamda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarga tortilmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi PQ-4435-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ va “Qishloq qurilish bank” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma loyiha ishtirokchilari bilan kelishgan holda namunaviy loyihalarning joylarga bogʻlanishini va energiya samarador arzon uy-joylar qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grantlardan maqsadli foydalanilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat va monitoring olib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma loyiha ishtirokchilari talabiga binoan monitoring va nazorat natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Toshkent shahar hokimligi ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qarori doirasida Toshkent shahrida qurilayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar hisobidan har yili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi harbiy xizmatchilari, qutqaruvchilari va xodimlari uchun — 56 ta kvartira;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PQ-3224-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari uchun — 300 ta kvartira;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 29-iyundagi 444-sonli qaroriga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlari uchun — 168 ta kvartira;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashda qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-sentabrdagi 753-sonli qaroriga muvofiq mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar uchun — 420 ta kvartira;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-apreldagi 285-sonli qaroriga muvofiq ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun — 66 ta kvartira ajratilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga muvofiq shaharlarda qurilayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar hisobidan har yili mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar uchun amaldagi parametrlar va nizomlarga binoan kvartiralar taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq qurilishi tugallangan arzon uy-joylarda asosli tarzda nazorat tartibida oʻlchash natijalari boʻyicha aniqlangan va ushlab qolingan summalar uy-joy quruvchilarga qaytariladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ va ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmuni va mohiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorning talablari oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis amalga oshirilishini taʼminlash ustidan qattiq nazorat olib borilishi yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (Ramatov) zimmasiga,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan yigʻma koʻrsatkichlar va asosiy parametrlarga muvofiq arzon uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari hamda infratuzilma obyektlari oʻz vaqtida va sifatli qurilishi yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri (Toʻxtayev) zimmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirish va ularda mahalliy zamonaviy qurilish materiallari va uskunalarini keng qoʻllash, shuningdek, mahalliy qurilish industriyasini barqaror rivojlantirish va pudrat tashkilotlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri (Qoʻchqorov) zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4028-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda qishloq joylarda va fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon uy-joylar qurilishi boʻyicha yigʻma koʻrsatkichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Arzon uy-joylar va kvartiralar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar, shuningdek, muhtoj oilalarning arzon uy-joylarga boʻlgan real talablari asosida shakllantirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Arzon koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida joylashgan kvartiralar, birinchi navbatda, tarkibida I va II guruh nogironligi bor shaxslar boʻlgan oilalarga hamda ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni joylarga bogʻlash yakunlaridan soʻng taxminiy qiymatga aniqlik kiritiladi. Uy-joylarning yakuniy narxiga ularni qurishda foydalanilgan qurilish materiallari, jihozlar va boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlik kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Uy-joy quruvchilarni ipoteka kreditlash maqsadida arzon uy-joylarni ishtirokchi tijorat banklar oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
(1.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda qishloq joylarda arzon uy-joylar qurilishi boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy parametrlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Arzon uy-joylar va kvartiralar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar, shuningdek, muhtoj oilalarning arzon uy-joylarga boʻlgan real talablari asosida shakllantirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Arzon koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida joylashgan kvartiralar, birinchi navbatda, tarkibida I va II guruh nogironligi bor shaxslar boʻlgan oilalarga hamda ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni joylarga bogʻlash yakunlaridan soʻng taxminiy qiymatga aniqlik kiritiladi. Uy-joylarning yakuniy narxiga ularni qurishda foydalanilgan qurilish materiallari, jihozlar va boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlik kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Uy-joy quruvchilarni ipoteka kreditlash maqsadida arzon uy-joylarni ishtirokchi tijorat banklar oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
(2.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy parametrlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Arzon koʻp kvartirali uylar (5 qavatli, 30 kvartirali) Nukus shahri, viloyatlarning maʼmuriy markazlari va yirik shaharlarda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Arzon koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida joylashgan kvartiralar, birinchi navbatda, tarkibida I va II guruh nogironligi bor shaxslar boʻlgan oilalarga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Boshlangʻich badallar Mudofaa vazirligi tomonidan Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutiladigan mablagʻlar hisobidan va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Boshlangʻich badallar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutiladigan mablagʻlar hisobidan va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni joylarga bogʻlash yakunlaridan soʻng taxminiy qiymatga aniqlik kiritiladi. Uy-joylarning yakuniy narxiga ularni qurishda foydalanilgan qurilish materiallar, jihozlar va boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlik kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Uy-joy quruvchilarni ipoteka kreditlash maqsadida arzon uy-joylarni ishtirokchi tijorat banklar oʻrtasidagi taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
(3.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-2020-yillarda qishloq joylarda arzon uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlar va transport kommunikatsiyalari qurilishi boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻma koʻrsatkichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
km
T/r
Hududlar nomi
Ichimlik suvi tarmoqlari
Lokal oqava-tozalash inshootlari (dona)
Kanalizatsiya tarmoqlari
Elektr tarmoqlari
Gaz tarmoqlari
Qattiq yoqilgʻida ishlovchi issiqlik inshootlari (dona)
Kirish va ichki yoʻllar (sement-beton qoplamali)
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
16,8
36
14,0
14,3
13,4
10,0
7,3
2.
Andijon viloyati
33,4
92
35,2
28,7
29,2
26,0
15,5
3.
Buxoro viloyati
23,3
40
15,4
19,8
17,2
10,0
9,7
4.
Jizzax viloyati
17,5
46
20,2
15,1
16,3
16,0
8,4
5.
Qashqadaryo viloyati
33,9
48
20,4
28,8
24,5
10,0
13,9
6.
Navoiy viloyati
15,8
30
12,4
13,5
12,4
10,0
6,8
7.
Namangan viloyati
33,6
86
34,6
28,8
29,3
28,0
15,5
8.
Samarqand viloyati
44,2
106
39,2
37,8
35,9
28,0
19,5
9.
Surxondaryo viloyati
32,1
32
13,6
27,1
21,0
16,0
12,4
10.
Sirdaryo viloyati
22,1
20
8,2
18,6
14,0
6,0
8,4
11.
Toshkent viloyati
19,8
30
18,6
17,0
17,4
16,0
9,2
12.
Fargʻona viloyati
35,1
86
34,6
30,1
30,1
26,0
16,0
13.
Xorazm viloyati
18,7
56
21,2
16,1
16,9
18,0
8,8
Jami:
346,3
708
287,6
295,6
277,4
220
151,6
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Qurilishi massivlarni tanlash, arzon uy-joylarning namunaviy loyihalarini joylarga bogʻlash va tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlar va transport kommunikatsiyalari loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlariga koʻra qurilish parametrlariga aniqlik kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Inshootlar, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, shuningdek yoʻllarning qurilishi markazlashgan manbalar va xalqaro moliyaviy institutlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Elektr va gaz taʼminoti tarmoqlarining qurilishi tegishli ravishda “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(4.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2018-y., 07/18/4028/2219-son; 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)