Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
02.02.2026
30.01.2025
05.04.2022
08.02.2022
20.11.2021
12.08.2021
21.05.2021
23.11.2018
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikning xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklik:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherikning tashabbusi bilan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida tanlov oʻtkazilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish doirasida nodavlat taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha bitim tuzgan xususiy sherikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 22-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
944-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-sonli qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan davlat-xususiy sheriklikning ushbu shaklini amalga oshirishdagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizom qoidalari asosida tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha taʼlim sohasidagi oʻzaro samarali hamkorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etishga qaratilgan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik loyihasi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) — xususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyekti — xususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital taʼmirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherik — davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish boʻyicha bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sherik boʻla olmaydi, shuningdek, xususiy sherik tarafida ishtirok eta olmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy koʻmakka muxtoj oilalar — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, aʼzolari nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar boʻyicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari boʻlgan oilalar, toʻrt yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalar;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va davlat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlarining bolalari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan va u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida tanlov oʻtkazilmay toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish istagini bildirgan talabgor Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza beradi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binoga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza taqdim etiladigan kundan uzogʻi bilan bir oy oldin soliqlar, yigʻimlar, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik hamda boshqa moliyaviy sanksiyalar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha qiymatining kamida 25 foizini moliyalashtirish boʻyicha xususiy sherikning imkoniyatini tasdiqlovchi hujjat yoki boshqa tashkilotning kafilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etish rejalashtirilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining belgilangan tartibda tasdiqlangan va kelishilgan loyiha-smeta hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm organlarining maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish boʻyicha xulosalari;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurish uchun dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar.
(5-bandning oltinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza tushgan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida 7 kun mobaynida bitim tuziladi. Bitimda uning amal qilish muddati 30 yil etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududdagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Sanepidqoʻm organlarining maktabgacha taʼlim muassasasini qurish boʻyicha berilgan asoslangan salbiy xulosalari bilan taklif etilgan loyihalar davlat sherigi tomonidan 3 kun ichida rad etiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun toʻgaraklar va boshqa taʼlim xizmatlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizigacha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizigacha miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda subsidiyalar olish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamgʻarmalari hisobidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiyalar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oylik kompensatsiyalar olish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foyda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda bitimni sud tartibida bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga muvofiq xususiy sherik boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

8. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim amal qiladigan butun muddat davomida tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlarini va maxsus kontingentlarni ota-onalar toʻlovini tegishli hududdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda belgilagan holda imtiyozli qabul qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurish, qurilishini tugallash, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash uchun loyiha umumiy qiymatining 25 foizi miqdorida oʻz mablagʻlarini kiritish;
(8-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati davomida qonunchilik talablariga, shu jumladan, davlat taʼlim talablariga rioya qilish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini yuqori malakali pedagogik va boshqa kadrlar bilan toʻldirish, oʻquv-tarbiya jarayonini qonunchilikka qatʼiy muvofiq holda tashkil etish choralarini koʻrish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalash va oʻqitishning yuqori sifatini taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, isteʼdodli bolalarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim jarayonining samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni oʻrnatish, oʻqitish muddatlari va shartlarini, tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini hamda boshqa shartlarni ular bilan kelishgan holda belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga muvofiq xususiy sherikka boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(8-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish yuzasidan axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring olib borish va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi holatini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish doirasida aniqlangan kamchiliklar xususiy sherik tomonidan bartaraf etilishini talab qilish;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimni sud tartibida bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga muvofiq xususiy sherik boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda davlat sherigi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherikning loyihani amalga oshirishga mablagʻi yetarli boʻlmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherikka maktabgacha taʼlim sohasida uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherikning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga muvofiq davlat sherigi zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xususiy sherik tomonidan bitim shartlariga amal qilinmasligi oqibatida bitim belgilangan tartibda bekor qilinsa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish doirasida xususiy sherikka ajratilgan imtiyozli kredit tegishli bankning tijorat kreditlari uchun belgilangan foiz stavkasi asosida qayta hisoblab chiqiladi va oshirilgan foiz stavkasida qaytariladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻndirilgan kreditlar boʻyicha hisoblangan foiz stavkalari ham qayta hisob-kitob qilinib, yetkazilgan zarar xususiy sherikdan undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha qoʻllanilgan imtiyozlar ham qayta hisob-kitob qilinib, xususiy sherik tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibining
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
Davlat xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligiga ariza bilan murojaat qilish.
Talabgor xohishiga koʻra
2-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
Talabgor tomonidan loyiha boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
Hujjat qabul qilingan kundan boshlab 15 kun mobaynida
3-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
a) Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, muzokaralar asosida bitim tuzish.
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 7 kun mobaynida
b) Hududdagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining asoslangan salbiy xulosalari bilan taklif etilgan loyihani rad etish.
Hujjat qabul qilingan kundan boshlab 3 kun mobaynida
4-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi
Loyihaning amalga oshirilishini oʻrganish va nazorat qilish.
Doimiy ravishda
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/944/2209-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)