Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 27.10.2018 yildagi 880-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.10.2018 yildagi 880-son
Date of entry into force
30.10.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq, yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasini davlat tomonidan samarali tartibga solish, ishlab chiqarish va boshqa obyektlarni yongʻindan saqlashning ishonchli texnik vositalarini yaratishda yagona muhandislik-texnika siyosatini oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatining yangi talablari va shartlari toʻgʻrisidagi axborot bir oy muddatda yuridik shaxslarga — litsenziatlarga yetkazilishi va tushuntirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlar faoliyati ustidan samarali nazorat qilinishini va ular tomonidan ushbu sohada qonun hujjatlariga, amaldagi normalar va standartlarga rioya qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 27-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
880-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalash suvli, gazli, kukunli yongʻinni oʻchirish qurilmalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash va yongʻin haqida xabar berish signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatga tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda foydalaniladigan tushunchalar va taʼriflar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinga qarshi avtomatika vositalari — obyektda (bino, inshoot, xona, hududda) yongʻin chiqishi belgilari toʻgʻrisidagi axborotlarni qabul qilish va ularga ishlov berish, yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish hamda yongʻinga qarshi xavfsizlikni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan kuchlar va vositalarni xabardor qilish uchun moʻljallangan texnik vositalar kompleksi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻinni oʻchirish qurilmalari (suvli, gazli, kukunli) — olovni oʻchiradigan moddalar chiqarish hisobiga yongʻinni oʻchirish uchun moʻljallangan turgʻun texnik vositalar yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabar berish vositalari — ovozli, nutqli, yorugʻlikli va kombinatsiyalashtirilgan yongʻindan darak beruvchi vositalar, ularni boshqarish priborlari, shuningdek, yongʻin xavfsizligining evakuatsiya belgilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalari — obyektni (bino, inshoot, xona, hududni) qoʻriqlashning holati toʻgʻrisidagi axborotlarni qabul qilish, ularga ishlov berish, uzatish va aks ettirish uchun moʻljallangan texnik vositalar yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya qurilmalari — yongʻinni aniqlash, yongʻin, maxsus axborot toʻgʻrisidagi bildirishnomaga (xabar berishga) ishlov berish, berilgan topshiriq shaklida taqdim etish va/yoki yongʻinni oʻchirishning avtomatik qurilmalarini va texnik qurilmalarni ishga tushirish uchun komanda berish moʻljallangan texnik vositalar yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi vositalari — qoʻriqlash signalizatsiyasi va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyaning qoʻshma tizimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Obyektlarda oʻrnatiladigan yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati litsenziyalanadi va faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalarida oʻrnatiladigan yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyati litsenziyalanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabgorning arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanadigan faoliyatning bir qismiga berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziya talabgoriga va litsenziatga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) yuridik shaxs-litsenziya talabgorining doimiy shtatida maxsus tayyorgarlikka va tegishli ixtisoslik (yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish) boʻyicha kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek, quyidagi malakalar boʻyicha maʼlumotga va maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan kamida ikkita xodimning (ishlarning rahbari va bajaruvchi) mavjud boʻlishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) loyihalashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning rahbari va bajaruvchisi “Muhandislik” (elektrotexnika, elektronika, elektromexanika, radiotexnika, telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish va boshqarish, muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, yongʻin xavfsizligi, shuningdek, yongʻinni oʻchirishning suvli qurilmalari uchun — suv taʼminoti va suv chiqarish inshootlari) yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yongʻindan darak berish, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash va yongʻin haqida xabar berish signalizatsiyalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning rahbari “Muhandislik” (elektroenergetika, elektronika va mikroelektronika, avtomatlashtirish va boshqarish, radiotexnika, telekommunikatsiya) yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajaruvchilar elektroenergetika, elektronika va mikroelektronika, avtomatlashtirish va boshqarish, radiotexnika, telekommunikatsiya yoʻnalishlari boʻyicha 3-razryaddan past boʻlmagan tegishli malaka boʻyicha oliy, kasb-hunar-texnik maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yongʻinni oʻchirish (suvli, gazli, kukunli va boshqa) qurilmalarni montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarning rahbari “Muhandislik” (elektroenergetika, elektronika va mikroelektronika, avtomatlashtirish va boshqarish, radiotexnika, telekommunikatsiya) yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajaruvchilar quyidagi yoʻnalishlar: qoʻlda payvandlovchi elektr payvandlovchi (gaz bilan payvandlovchi) 5-razryaddan past boʻlmagan, sanitariya-texnik uskunalarni montaj qiluvchi (sanitariya-texnik tizimlar va asbob-uskunalarni montaj qiluvchi) 4-razryaddan past boʻlmagan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalari elektromontyori (elektr asbob-uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektromontyor, aloqa apparatlari va qurilmalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektromontyor, radioelektron apparatlar va priborlarni montaj qiluvchi) 3-razryaddan past boʻlmagan, avtomatik nazorat qilish, rostlash va boshqarish priborlari, apparatlari va tizimlarini sozlovchi (nazorat-oʻlchov priborlari va avtomatika sozlovchisi) 5-razryaddan past boʻlmagan tegishli malaka boʻyicha oliy, kasb-hunar-texnik maʼlumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) litsenziya talabgorida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur moddiy-texnik baza mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) litsenziat tomonidan yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlariga, normativ hujjatlar va standartlar talablariga rioya etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlangan yongʻinga qarshi avtomatika vositalari, qoʻriqlash signalizatsiyalari, yongʻindan darak beruvchi, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalari vositalari va tizimlaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalari vositalarini montaj qilish loyihalarining hisobini olib borish va ularni ishlatishning butun davrida loyihalarning (yoki ularning nusxalarining) saqlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) litsenziat tomonidan obyektlarda oʻrnatilgan yongʻinni oʻchirish qurilmalari, qoʻriqlash signalizatsiyalari, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotlarning, shuningdek, obyektni qoʻriqlash va uning xavfsizligini taʼminlash tizimi toʻgʻrisida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish jarayonida maʼlum boʻlib qolgan boshqa maʼlumotlarni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sudlangan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi shaxslarning ishga yollanishiga yoki jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladigan litsenziya bitimida ushbu Nizomning 8-bandida sanab oʻtilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha mutaxassislarning malaka tarkibi toʻgʻrisida tegishli hujjatlar (mehnat daftarchasining, maʼlumoti yoki maxsus tayyorgarligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari) ilova qilingan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi) va ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar roʻyxatiga muvofiqlik yuzasidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan va ariza berilgan kunda amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi va litsenziyalovchi organ yigʻimni litsenziyalashda ishtirok etgan boʻlinmalar oʻrtasida taqsimlaydi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilova muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan taqdirda, koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin litsenziya talabgori litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan holda oʻzi ariza bergan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida unga litsenziya berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ xulosa tayyorlash uchun zarurat boʻlganda oʻz mablagʻlari hisobiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun talab qilinadigan mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi (uning bir qismi)ning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi va litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar blankalarining saqlanishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ nomidan litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi hamda litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilganligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar (dalolatnomalar, maʼlumotnomalar, sertifikatlar, formulyarlar va boshqalar) bilan birgalikda arizasi olingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida amalga oshiriladi. Bunda litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda ushbu qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yuridik shaxs-litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi hamda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida axborot eʼlon qilishi va eʼlonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan litsenziatga majburiyat yuklovchi qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan qaror asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Reyestrda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Faoliyatning litsenziyalanadigan turining barcha yoʻnalishlari boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun litsenziat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning ishlashi uchun binoga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
signalizatsiyaning texnik vositalarini va yongʻinni oʻchirish qurilmalarini hamda asboblarni saqlash uchun binoga (yoki ajratilgan joyga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarini saqlash uchun temir sandiqqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqlash-yongʻin tizimlari va yongʻinni oʻchirishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasida qonun hujjatlariga, texnik reglamentlarga, ishlarni bajarish va qabul qilish normalari va qoidalariga ega boʻlishi kerak*.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziat 1-bandda koʻrsatilganlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan loyihalashtirish uchun dasturiy-grafik kompleksli Pentium IV shaxsiy kompyuterga (undan past emas);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grafik materiallarni bosish uchun qurilmaga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziat 1-bandda koʻrsatilganlardan tashqari quyidagi jadvalda koʻrsatilgan priborlarga, asbob-uskunalarga va vositalarga ega boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Pribor, asbob-uskuna va vositaning nomi

Pribor, asbob-uskuna va vositaning turi

Kombinatsiyalashtirilgan pribor

S-4312 (4311) yoki shunga oʻxshash

Megommetr

M-1101M E6-4A yoki shunga oʻxshash

Shumomer

Sh-71 yoki shunga oʻxshash

Elektr kavsharlagich

Istalgan turi

Elektr perforator

Istalgan turi

Elektr parmadasta

Istalgan turi

Chilangarlik asboblari toʻplami

Istalgan turi

Elektr montaj asboblari toʻplami

Istalgan turi

Montaj qiluvchining kaskasi

Istalgan turi

Montaj qiluvchining kamari

Istalgan turi

Narvon

Istalgan turi

Ikki yoqqa ochiladigan narvon

Istalgan turi

Kompressor

SO-7 yoki shunga oʻxshash — faqat yongʻinni oʻchirish qurilmalarini montaj qilish, sozlash va taʼmirlash uchun

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar roʻyxati litsenziyalovchi organning saytida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktabrdagi 880-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 32-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 56-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son Qonuni)” 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 5-modda) ilovaning 29-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 62-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/880/2124-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)