Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRIShNI TAʼMINLASh YuZASIDAN DAVLAT DASTURINI TASDIQLASh HAQIDA” 1994 YIL 16 IYuNDAGI 304-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy Majlisning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqidagi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
* Ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar Davlat dasturini amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Dasturning amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida har yili dekabr oyida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish Respublika davlat komissiyasiga axborot taqdim etib borilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-mart,
104-son