03.10.2018 yildagi 789-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.10.2018 yildagi 789-son
Date of entry into force
04.10.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlarining koʻrsatilishida byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarni yanada bartaraf etish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mazkur sohadagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2018-yil 15-oktabrdan davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining quyidagi tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilish boʻyicha tartib bekor qilinsin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning yashash joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi) yashayotganligi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning ishsizligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolani, yolgʻiz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligi haqida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) shaxsning tavsifnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilishi jarayonida shaxsning yashash joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi) yashayotganligi hamda uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish zaruriyati tugʻilganda, davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mazkur maʼlumotlarni tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali soʻrab oladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab, davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida oila tarkibi, shu jumladan qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlar davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga ikki oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlarni, ularni berish aniq muddatlarini va bepulligini nazarda tutgan holda, fuqarolarga taqdim qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2018-yil 15-oktabrdan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 3-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
789-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash qoidalari 37-bandining “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-iyundagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 24-25-son, 226-modda) bilan tasdiqlangan Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 09/22/451/0743-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil 6-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Bolalarni Bolalar uyiga qabul qilish uchun hujjatlar Nizomga 1-ilova 12-bandining ikkinchi xatboshisidagi “oila tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan maʼlumotnoma” soʻzlari “oila tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2019-y., 09/19/38/2491-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom 8-bandining “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarining 17-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hisobga olish asboblari bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilar tomonidan sarflangan suv hajmini aniqlash uchun zarur boʻlgan doimiy va vaqtinchalik istiqomat qiluvchilar soni haqidagi maʼlumotlar ISKX tashkiloti tomonidan isteʼmolchining yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan mustaqil ravishda soʻrab olinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 342-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi Nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki xomiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning tavsifnomalarini, ularning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan soʻrab oladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 74-bandning ikkinchi xatboshisidan “yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan olingan maʼlumotnoma va tavsifnoma” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“j” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“z” kichik bandidan “yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“e” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“j” kichik bandidan “yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 82-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom 13-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“I guruhiga kiruvchi urush va mehnat fronti faxriylari oʻzlariga hamrohlik qiluvchi shaxsning pasport nusxasini ham taqdim etadilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi 18-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oliy mahorat sport maktabiga sportchilarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom 7-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 681-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 35-son, 932-modda) bilan tasdiqlangan “Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium” MCHJ tomonidan zayom berish tartibi toʻgʻrisida Nizom 12-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 17.01.2019-y., 09/19/38/2491-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son; 25.02.2022-y., 09/22/89/0164-son, 17.08.2022-y., 09/22/451/0743-son; 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)