20.09.2018 yildagi 747-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.09.2018 yildagi 747-son
Date of entry into force
22.09.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni toʻplovchi markazlashtirilgan tizim ishga tushirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar boʻyicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ushbu tizimni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Videoregistratorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar 2017-yilda nihoyasiga yetganligi hamda mahalliy korxonalar tomonidan videoregistratorlarni ichki bozorga yetkazib berish imkoniyati mavjudligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2019-yil 1-iyuldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar jamoat transporti va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar oʻrnatish boʻyicha majburiy tartib joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno;
(4-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/377/0622-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a1) 2021-yil 1-yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qaroriga asosan “a1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a2) jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qaroriga asosan “a2” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar hamda donor mamlakatlar kreditlari va grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 20-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
747-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — videotexnika vositalari deb ataladi) orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishi (keyingi oʻrinlarda huquqbuzarlik deb ataladi) holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 125 — 127, 1282, 1283, 131, 135, 1351, 136, 138 — 141, 1763, 194-moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Huquqbuzarliklarni videotexnika vositalari orqali qayd etish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jismoniy va yuridik shaxslar videotexnika vositalari orqali yoʻl harakati ishtirokchilari (yoʻlovchi va piyodalar bundan mustasno) tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarini qayd etishi hamda uch ish kuni ichida markazlashtirilgan tizim (ejarima.uz veb-sayti) orqali ichki ishlar organlariga koʻrib chiqish uchun yuborishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holati toʻgʻrisidagi videoyozuvda quyidagilar aniq aks ettirilishi lozim:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilgan huquqbuzarlik holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik sodir etilgan sana va vaqt.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarga har qanday tarzda oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Oʻzgartirish kiritilgan videoyozuvlar koʻrib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno (qoida tariqasida, videoyozuvning davomiyligi 120 sekunddan oshmasligi lozim).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarni markazlashtirilgan tizimga yuborishda quyidagilar toʻliq koʻrsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisob raqami (videoyozuv yuridik shaxs vakili nomidan toʻldirilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uyali telefon raqami yoki bank plastik kartasi raqami va elektron manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markazlashtirilgan tizimga kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼmuriy amaliyot markazlari xodimlari tomonidan uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagi hollarda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlar asosida maʼmuriy ish yuritilmaydi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvlar mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda yoki sifatsiz boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvlar markazlashtirilgan tizimga mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga rioya etmagan holda yuklanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvlarga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videoyozuvda qayd etilgan huquqbuzarlik boʻyicha qaror qabul qilingan yoki maʼmuriy ish yuritilayotgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan uni yuborgan shaxsga oʻn besh kun muddat ichida elektron tarzda javob yuboriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Huquqbuzarlik holatlari aks ettirilgan videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasining xizmat avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar bundan mustasno.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 377-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/377/0622-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarlik boʻyicha sud tomonidan maʼmuriy jarima bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo chorasi qoʻllangan hollarda videoyozuvni yuborgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq ragʻbatlantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Huquqbuzarlik holatlari aks ettirilgan videoyozuvlarni yuborgan fuqarolar uyali telefon raqamini yoki bank plastik kartasi raqamini, yuridik shaxslar esa bank hisob raqamini koʻrsatish orqali ragʻbatlantirish puli qanday usulda qabul qilib olinishini koʻrsatib oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ragʻbatlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bank hisob raqamiga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan avtomatik tarzda pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 713-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2018-y., 09/18/747/1950-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 12.11.2020-y., 09/20/713/1504-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.07.2022-y., 09/22/377/0622-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)